“451-modda. Majburiy jamoat ishlari
Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-421-son) · Sana: 29.03.2017 · Amalda
Majburiy jamoat ishlari mahkumni haq toʻlanmaydigan foydali jamoat ishlarini bajarishga majburiy tarzda jalb qilishdan iboratdir. Mahkum ishlayotgan yoki oʻqiyotgan boʻlsa, majburiy jamoat ishlari ishdan yoki oʻqishdan boʻsh vaqtda oʻtaladi.
Mahkumlar majburiy jamoat ishlarini oʻtashi mumkin boʻlgan joylar (obyektlar) va majburiy jamoat ishlarining turi mazkur jazoning ijrosini nazorat qiluvchi organlar tomonidan belgilanadi.
Majburiy jamoat ishlari bir yuz yigirma soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha boʻlgan muddatga tayinlanadi va olti oy davomida kuniga toʻrt soatdan koʻp boʻlmagan vaqtda, mahkumga bogʻliq boʻlmagan holatlar yuzaga kelgan taqdirda esa, bir yilgacha boʻlgan muhlatda kuniga toʻrt soatdan koʻp boʻlmagan vaqtda oʻtaladi.
Majburiy jamoat ishlari pensiya yoshiga yetgan shaxslarga, oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxslarga, homilador ayollarga, uch yoshga toʻlmagan bolalari bor ayollarga, birinchi va ikkinchi guruh nogironlariga, harbiy xizmatchilarga, chet el fuqarolariga va Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan shaxslarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Mahkum jazoni oʻtashdan boʻyin tovlagan taqdirda, sud majburiy jamoat ishlarining oʻtalmagan muddatini majburiy jamoat ishlarining toʻrt soatini ozodlikni cheklashning yoki ozodlikdan mahrum qilishning bir kuniga tenglashtirgan holda hisoblab, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. Jazoni oʻtashdan boʻyin tovlanilgan vaqt jazoning oʻtalgan muddatiga qoʻshib hisoblanmaydi”;
5) 47-moddaning ikkinchi qismidagi “qamoq” degan soʻz chiqarib tashlansin;
6) 48-modda chiqarib tashlansin;
7) 481-moddaning ikkinchi qismidagi “olti oydan” degan soʻzlar “bir oydan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 50-moddaning ikkinchi qismidagi “olti oydan” degan soʻzlar “bir oydan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 61-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Har xil turdagi asosiy jazolarni qoʻshganda ozodlikdan mahrum qilishning bir kuni:
