255-modda. Majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaxsning majburiyatlari
Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-421-son) · Sana: 29.03.2017 · Amalda
Majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaxs:
sudning hukmi, ajrimi yoki qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida yashash joyidagi jazolarni ijro etish inspeksiyasida hisobga turishi;
majburiy jamoat ishlarini bajarish va oʻtash shartlariga rioya etishi;
oʻzi uchun belgilangan joyda (obyektda) ishlashi hamda majburiy jamoat ishlarining belgilangan muddatlari va hajmlarini ishlab berishi;
majburiy jamoat ishlarini oʻtash joyidagi (obyektidagi) tashkilotning (organning) ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etishi, mehnatga vijdonan munosabatda boʻlishi;
yashash joyi oʻzgarganligi haqida jazolarni ijro etish inspeksiyasini xabardor qilishi, shuningdek uning chaqiruviga binoan yetib kelishi shart.
