2017-2019-yillar davrida dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida (PQ-2853-son)
27.03.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Keyingi yillarda respublikaning faoliyat koʻrsatayotgan dehqon bozorlari va savdo majmualari hududlarida bir qator qurilish va rekonstruksiya- qilish ishlari amalga oshirilishi tufayli sotuvchi va xaridorlar uchun qulay sharoitlar yaratilib, sanitariya holatini yaxshilash, jamoat tartibini saqlash va yongʻin xavfsizligini taʼminlash borasida ijobiy natijalarga erishildi.
Shu bilan birga, joriy vaziyatning tahlili olib borilgan ishlarga qaramasdan, aksariyat dehqon bozorlarida xavfsizlik choralari, xususan bino va inshootlarda yongʻin xavfsizligi talablari, sanitariya qoidalari va normalari, gigiyena normativlari toʻliq inobatga olinmaganligini, shuningdek bozor hududlariga yaqin masofalarda joylashgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari yetishmasligi kabi holatlar sotuvchi va xaridorlar uchun muayyan noqulayliklar tugʻdirayotganligini koʻrsatdi.
Dehqon bozorlarining mamlakat iqtisodiyotidagi, aholining kundalik hayotidagi oʻrni va ahamiyatini inobatga olib hamda xaridorlar uchun qulay sharoitlar yaratish, savdoni tashkil etish sohasida zamonaviy talablarga muvofiq savdo xizmati koʻrsatishning ilgʻor tajribasi va yuksak madaniyatini keng targʻib qilish va izchil joriy etish, mavjud dehqon bozorlarini sharqona va milliy meʼmorchilik anʼanalarini hisobga olgan holda zamonaviy savdo majmualari tarzida mukammal rekonstruksiya qilish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tomonidan respublika hududlari boʻyicha aholi sonini, mavjud dehqon bozorlarining aholi punktlariga nisbatan joylashuv masofasini hisobga olgan holda toʻrt tipdagi gipermarket, supermarket va minimarketlar koʻrinishidagi, shuningdek ularga tutash maydonlarda barpo etiladigan sendvich-panellardan keng foydalanilgan yengil konstruksiyali, vaqtinchalik yigʻma pavilyonlardan iborat zamonaviy savdo majmualarining (keyingi oʻrinlarda zamonaviy savdo majmualari deb ataladi) namunaviy loyihalari ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
2017 — 2019-yillar davrida dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq;
2017 — 2019-yillar davrida dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish dasturini amalga oshirish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi hududiy ishchi komissiyalarning namunaviy tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar hokimlari — hududiy ishchi komissiyalarning raislari:
2017-yil 1-maygacha Respublika komissiyasi bilan kelishgan holda dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualarini qurish ishlarini amalga oshirish uchun salohiyatli investorlar aniqlanishini;
dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish ishlari barcha shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya etilgan holda amalga oshirilishini hamda obyektlarning Dasturda nazarda tutilgan muddatlarda foydalanishga topshirilishini;
barcha manfaatdor tashkilotlar tomonidan Dasturni bajarish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirish va roʻyxatdan oʻtkazish, zarur ruxsatnomalar (kelishishlar) olishga doir ishlar va tartibotlarning oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlasinlar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi (A.X. Toʻxtayev):
yangi zamonaviy savdo majmualarining ishlab chiqilgan namunaviy loyihalarining oʻz vaqtida davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini;
loyihalash institutlarini biriktirib qoʻyish orqali belgilangan tartibda yangi zamonaviy savdo majmualari amaldagi shaharsozlik normalari va qoidalariga, sanitariya qoidalari hamda normalariga, gigiyenik normativlarga soʻzsiz rioya etilgan holda, fuqarolar xavfsizligini va obyektlarda yongʻin xavfsizligini taʼminlash talablariga va tasdiqlangan namunaviy loyihalarga qatʼiy muvofiq holda qurilishi ustidan tegishli arxitektura-qurilish nazorati oʻrnatilishini;
zamonaviy savdo majmualarini loyihalashtirish va loyihaning umumiy qiymatini shakllantirish jarayonida maqbul loyiha yechimlarini qoʻllash yuzasidan qoʻyiladigan talablarga, ularda barcha infratuzilma obyektlari (shu jumladan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari, hududni obodonlashtirish va boshqalar) joylashtirilishiga, xavfsizlik talablariga (kuzatuv kameralari oʻrnatilishiga) toʻliq rioya etilishi ustidan tizimli nazorat amalga oshirilishini taʼminlasin.
7. “Oʻzagrosanoatloyiha” MCHJ Dasturni amalga oshirish doirasida respublika shaharlari va qishloq joylarida dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish loyihalarini ishlab chiqish boʻyicha bosh loyihalash tashkiloti etib belgilansin.
8. 2017-yilda ishga tushirish rejalashtirilgan zamonaviy savdo majmualari obyektlari boʻyicha qurilish va loyihalashtirish ishlarini bir vaqtning oʻzida olib borishga istisno tariqasida ruxsat etilsin.
10. Belgilab qoʻyilsinki:
zamonaviy savdo majmualarining qurilishi tadbirkorlik subyektlari va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzurida tashkil qilinadigan Bozorlar qurilishi direksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Direksiya deb ataladi) tomonidan keyinchalik qurilishi tugallangan zamonaviy savdo majmualarini tadbirkorlik subyektlariga belgilangan tartibda sotish sharti bilan amalga oshiriladi;
respublika hududlarida dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish boʻyicha pudrat tashkilotlarini tanlash Direksiya tomonidan amalga oshiriladi.
11. Zamonaviy savdo majmualari qurilishi bilan bogʻliq xarajatlarni optimallashtirish maqsadida 2020-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda:
Direksiya — zamonaviy savdo majmualarini qurish uchun berilgan yer uchastkalari uchun yer soligʻi, shu jumladan bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda davlat bojlari va yigʻimlar, qurilishi tugallangan zamonaviy savdo majmualarini belgilangan tartibda sotishdan olingan daromadlar boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi, qoʻshilgan qiymat soligʻi, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi hamda davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy toʻlovlar toʻlashdan;
tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, zamonaviy savdo majmualari qurilishiga sendvich-panellar yetkazib beradigan tashkilotlar bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
13. Belgilab qoʻyilsinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ishtirokida sendvich-panellardan, yigʻma yengil konstruksiyalardan keng foydalanilgan holda barpo etilgan savdo pavilyonlarini oʻz ichiga olgan dehqon bozorlarining ustav fondida belgilangan tartibda 51 foizdan kam boʻlmagan davlat ulushi saqlab qolinadi;
Direksiya tomonidan dehqon bozorlari hududida yigʻma konstruksiyali vaqtinchalik savdo pavilyonlarini qurishga sarflangan mablagʻlar zamonaviy savdo majmualari loyiha qiymatiga kiritilmaydi. Bunda Direksiya zarurat boʻlganda yengil konstruksiyali vaqtinchalik savdo pavilyonlarini buzish va boshqa joyga koʻchirish huquqiga ega boʻladi.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari va favqulodda vaziyatlar boshqarmalari tomonidan zamonaviy savdo majmualari loyihalarini ishlab chiqishda fuqarolar xavfsizligi hamda yongʻin xavfsizligi talablari taʼminlanishi, videokuzatuv kameralari hamda favqulodda vaziyatlar haqida fuqarolarga xabar berish tizimi bilan jihozlanishi. ayniqsa avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari yetarli boʻlishi, jamoat, shaxsiy va avariya-qutqaruv avtotransport vositalari erkin harakatlanishi uchun yoʻllar zarur sifatga ega boʻlishi ustidan nazorat oʻrnatilishini;
qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga topshirishdan oldin ularda xavfsizlikni taʼminlashni nazarda tutuvchi amaliy-taktik mashgʻulotlar oʻtkazilishini va keyinchalik bunday tadbirlarni har chorakda bir marta oʻtkazilishi yoʻlga qoʻyilishini taʼminlasinlar.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzmetkombinat” AJ va “Oʻzqurilishmateriallari” AJ buyurtmachi hamda loyihalash tashkilotining asoslangan hisob-kitoblariga binoan dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish uchun tartibga solinadigan narxlar boʻyicha metall prokati va sement ajratilishini taʼminlasinlar.
16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish ishlarini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda zarur yer uchastkalari ajratilishini, shuningdek ularning hududlari tayyorlanishini hamda bino va inshootlar buzilishi tufayli yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazilgan zararlar qoplanishini taʼminlasinlar.
17. 2017-yil 1-apreldan boshlab shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq:
dehqon bozorlariga tutash hududlarda joylashgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari ushbu dehqon bozorlari tarkibiga oʻtkaziladi va keyinchalik ular faoliyatidan tushgan pul tushumlari dehqon bozorlarining soliq solinadigan daromadlari tarkibiga kiritiladi hamda ushbu mablagʻlarning 50 foizi mahalliy budjetlarga yoʻnaltiriladi;
50 ta va undan ortiq savdo oʻrinlari mavjud boʻlgan barcha dehqon bozorlarida, shuningdek dehqon bozorlariga tutash hududlardagi avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida bir martalik yigʻimning yigʻilishi davlat soliq xizmati organlarining xodimlari tomonidan nazorat qilinishi taʼminlangan holda faqat bank tizimi orqali undirilishini avtomatlashtirilgan tarzda hisobga olish majburiy tartibda joriy qilinadi.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi dehqon bozorlari hududida sanitariya- epidemiologiya xizmati va yongʻin xavfsizligi davlat xizmatining doimiy faoliyat koʻrsatuvchi turgʻun postlari tashkil etilishini, bozorlarda sanitariya, moliyaviy intizomga rioya etilishi, yongʻin xavfsizligi holati uchun masʼul boʻlgan xodimlar biriktirilishini, shuningdek ularning faoliyati tashkil etilishini belgilangan tartibda taʼminlasinlar.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi masalaga aloqador vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda Dehqon bozorlarida va zamonaviy savdo majmualarida oziq- ovqatlar hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari savdosini samarali tashkil etish va ularning qoshida savdo-xarid korxonalari tashkil qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflar kiritsin.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
21. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari-qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 27-mart,
PQ-2853-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-martdagi PQ-2853-son qaroriga 1-ILOVA
2017 — 2019-yillar davrida dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish
DASTURI
T/r Hududlar nomi Faoliyat koʻrsatayotgan oziq-ovqat (dehqon) bozorlari Rekonstruksiya qilinadigan bozorlarning umumiy soni Dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualarini qurish Dehqon bozorlari va savdo majmualarini ishga tushirish muddatlari Moliyalashtirish manbalari jami shu jumladan: tugatilishi lozim boʻlgan dehqon bozorlari* I-tipdagi savdo majmuasi (3 qavatli gipermarket 3553,6 kv.m) II-tipdagi savdo majmuasi (2 qavatli supermarket 2138,5 kv.m) III-tipdagi savdo majmuasi (1 qavatli supermarket 1441,5 kv.m) IV-tipdagi savdo majmuasi (1 qavatli minimarket 515 kv.m) Respublika boʻyicha JAMI 301 242 9 28 126 79 59 — Qoraqalpogʻiston Respublikasi 17 16 0 2 12 2 1 — 1. Nukus shahri “Nukus dehqon bozori” AJ 1 1 — 1 — — — 2017-yil Oʻzmilliybank Nukus boʻlimi mablagʻlari, tadbirkorlarning oʻz mablagʻlari, boshqa tijorat banklarning kreditlari 2. Xoʻjeyli tumani “Xojeli diyxan bazari” MCHJ 1 1 — 1 — — — 2018-yil Oʻzmilliybank Xoʻjayli filiali mablagʻlari 3. “Takiyatas diyxan bazari” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2019-yil 4. Amudaryo tumani “Mangʻit dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil Oʻzmilliybank Nukus boʻlimi mablagʻlari, tadbirkorlarning oʻz mablagʻlari, boshqa tijorat banklarning kreditlari 5. �yeruniy tumani “Shabboz dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2019-yil Oʻzmilliybank Nukus boʻlimi mablagʻlari, tadbirkorlarning oʻz mablagʻlari, boshqa tijorat banklarning kreditlari 6. Kegeyli tumani “Kegeyli diyxan bazari” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil Oʻzmilliybank Chimboy filiali mablagʻlari 7. “Xalqobod diyxan bazari” MCHJ 1 0 — — — — 1 — 8. Qoʻngʻirot tumani “Konirat diyxan bazari” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil Oʻzmilliybank Qoʻngʻirot filiali mablagʻlari 9. Qonlikoʻl tumani “Qonlikoʻl diyxan bazari” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2017-yil Oʻzmilliybank Qoʻngʻirot filiali mablagʻlari 10. Moʻynoq tumani “Moʻynoq diyxan bazari” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2019-yil Oʻzmilliybank Qoʻngʻirot filiali mablagʻlari 11. Nukus tumani “Akmangʻit diyxan bazari” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2018-yil Oʻzmilliybank Nukus boʻlimi mablagʻlari, tadbirkorlarning oʻz mablagʻlari, boshqa tijorat banklarning kreditlari 12. Taxtakoʻpir tumani “Taxtakoʻpir diyxan bazari” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil Oʻzmilliybank Chimboy filiali mablagʻlari 13. Toʻrtkoʻl tumani “Toʻrtkoʻl El rizqi bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil Oʻzmilliybank Toʻrtkoʻl filiali mablagʻlari 14. Chimboy tumani “Chimboy diyxan bazari” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil Oʻzmilliybank Chimboy filiali mablagʻlari 15. Shumanay tumani “Shumanay diyxan bazari” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2017-yil Oʻzmilliybank Xoʻjayli filiali mablagʻlari 16. Ellikqalʼa tumani “Ellikqalʼa dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2017-yil Oʻzmilliybank Toʻrtkoʻlfiliali mablagʻlari 17. Qoraoʻzak tumani “Karaozek diyxan bazari” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil Oʻzmilliybank Chimboy filiali mablagʻlari Andijon viloyati 23 21 2 0 8 11 2 — 1. Andijon shahri “Yangi bozor” AJ dehqon bozor 1 1 — — 1 — — 2017-yil Oʻzmilliybank Andijon boʻlimi mablagʻlari, tadbirkorlarning oʻz mablagʻlari, boshqa tijorat banklarning kreditlari 2. “Soy buyi dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2018-yil 3. “Qishloq xo'jaligi mahsulotlari” OAJ 1 1 — — — 1 — 2018-yil 4. Asaka shahri “Asaka dehqon bozori” MCHJ 1 1 1 — — — 2017-yil Oʻzmilliybank Asaka filiali mablagʻlari, tadbirkorlarning oʻz mablagʻlari, boshqa tijorat banklarning kreditlari 5. “Qora tepa dehqon (ozik-ovkat) bozori” MCHJ 1 0 — — — — 1 — 6. Xonobod shahri “Xonobod dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2018-yil Oʻzmilliybank Qoʻrgʻontepa filiali mablagʻlari, tadbirkorlarning oʻz mablagʻlari, boshqa tijorat banklarning kreditlari 7. Oltinkoʻl tumani “Oltinkoʻl dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2017-yil Oʻzmilliybank Andijon boʻlimi mablagʻlari 8. Andijon tumani “Kuygan yor dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil Oʻzmilliybank Izboskan filiali mablagʻlari 9. Baliqchi tumani “Baliqchi dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2019-yil Oʻzmilliybank Shahrixon filiali mablagʻlari 10. “Chinobod dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2018-yil 11. Boʻz tumani “Boʻz dehqon (oziq-ovqat) bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2018-yil Oʻzmilliybank Shahrixon filiali mablagʻlari 12. Buloqboshi tumani “Buloqboshi dehqon (oziq-ovqat) bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2019-yil Oʻzmilliybank Qoʻrgʻontepa filiali mablagʻlari 13. Jalaquduq tumani “Jalaquduq dehqon (oziq-ovqat) bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2018-yil Oʻzmilliybank Qoʻrgʻontepa filiali mablagʻlari 14. “Oyim dehqon (ozik-ovkat) bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2019-yil 15. Izboskan tumani “Izboskan dehqon (oziq-ovqat) bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2019-yil Oʻzmilliybank Izboskan filiali mablagʻlari 16. Ulugʻnor tumani Ulugʻnor “Dehqon oziq-ovqat bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2018-yil Oʻzmilliybank Shahrixon filiali mablagʻlari 17. Qoʻrgʻontepa tumani “Qoʻrgʻontepa tuman dehqon (oziq-ovqat) bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil Oʻzmilliybank Qoʻrgʻontepa filiali mablagʻlari 18. “Qorasuv dehqon (oziq-ovqat) bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2019-yil 19. “Dardok dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2019-yil 20. Marhamat tumani “Marhamat dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil Oʻzmilliybank Marxamat filiali mablagʻlari 21. Shahrixon tumani “Shahrixon dehqon bozori” MCHJ 1 1 1 — — — — 2017-yil Oʻzmilliybank Shahrixon filiali mablagʻlari 22. Paxtaobod tumani “Madaniyat dehqon (ozik-ovkat) bozori” MCHJ 1 0 — — — — 1 — 23. Xoʻjaobod tumani “Xoʻjaobod dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2019-yil Oʻzmilliybank Andijon boʻlimi mablagʻlari Buxoro viloyati 19 17 0 2 9 6 2 — 1. Buxoro shahri “Buxoro Markaziy dehqon bozori” OAJ 1 1 — 1 — — — 2017-yil Oʻzmilliybank Buxoro boʻlimi mablagʻlari, tadbirkorlarning oʻz mablagʻlari, boshqa tijorat banklarning kreditlari 2. “Dilkusho dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2017-yil 3. “Sharq dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil 4. “Toʻqimachi dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2019-yil 5. Kogon shahri “Sohibkor dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2017-yil Oʻzmilliybank Kogon filiali mablagʻlari, tadbirkorlarning oʻz mablagʻlari, boshqa tijorat banklarning kreditlari 6. “Saxovat dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2018-yil 7. Olot tumani “Olot dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil Oʻzmilliybank Qorakoʻl filiali mablagʻlari 8. Buxoro tumani “Tala-Osiyo dehqonobod bozori” 1 1 — — — 1 — 2018-yil Oʻzmilliybank Buxoro boʻlimi mablagʻlari 9. Vobkent tumani “Vobkent markaziy bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil Oʻzmilliybank Vobkent boʻlimi mablagʻlari 10. Gʻijduvon tumani “Gʻijduvon dehqon bozori” AJ 1 1 — 1 — — — 2017-yil Oʻzmilliybank Gʻijduvon boʻlimi mablagʻlari 11. “Zafarobod dehqon bozori” OAJ 1 1 — — — 1 — 2018-yil 12. Jondor tumani “Jondor dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil Oʻzmilliybank Buxoro boʻlimi mablagʻlari 13. Qorakoʻl tumani “Qorakoʻl dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2019-yil Oʻzmilliybank Qorakoʻl filiali mablagʻlari 14. “Karaxoji dehqon bozori” MCHJ 1 0 — — — — 1 — 15. Peshku tumani “Peshku-Navoiy dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2018-yil Oʻzmilliybank Romitan filiali mablagʻlari 16. “Peshku dehqon bozori” MCHJ 1 0 — — — — 1 — 17. Romitan tumani “Romitan dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2019-yil Oʻzmilliybank Romitan filiali mablagʻlari 18. Shofirkon tumani “Shofirkon dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil. Oʻzmilliybank Shofirkon filiali mablagʻlari 19. Qorovulbozor tumani “Dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2018-yil Oʻzmilliybank Qorovulbozor filiali mablagʻlari Jizzax viloyati 20 17 0 1 10 6 3 — 1. Arnasoy tumani “Arnasoy dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2017-yil Oʻzmilliybank Mirzachoʻl filiali mablagʻlari 2. “Ulmon Ota dehqon bozori” MCHJ 1 0 — — — — 1 — 3. Baxmal tumani “Baxmal dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil Oʻzmilliybank Jizzax boʻlimi mablagʻlari 4. “Chorshanba dehqon bozori” MCHJ 1 0 — — — — 1 — 5. Baxmal tumani “Payshanba dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2017-yil Oʻzmilliybank Jizzax boʻlimi mablagʻlari 6. Gʻallaorol tumani “Gʻallaorol dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — I — — 2017-yil. Oʻzmilliybank Jizzax boʻlimi mablagʻlari 7. “Lalmikor dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil. 8. “Sangzor savdo servis dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2019-yil. 9. “Payshanba dehqon bozori” MCHJ 1 — — — — 1 — 10. Sh. Rashidov tumani “Uchtepa dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2017-yil Oʻzmilliybank Jizzax boʻlimi mablagʻlari 11. Doʻstlik tumani “Doʻstlik dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2019-yil Oʻzmilliybank Mirzachoʻl boʻlimi mablagʻlari 12. Zarbdor tumani “Zarbdor dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2017-yil Oʻzmilliybank Jizzax boʻlimi mablagʻlari 13. Zomin tumani “Zomin dehqon bozori” MCHJ 1 1 — 1 — — — 2017-yil Oʻzmilliybank Jizzax boʻlimi mablagʻlari 14. “Pishagar dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil. 15. “Duoba dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2019-yil 16. Mirzachoʻl tumani “Mirzachoʻl dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil Oʻzmilliybank Mirzachoʻl boʻlimi mablagʻlari 17. Paxtakor tumani “Paxtakor dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil Oʻzmilliybank Paxtakor filiali mablagʻlari 18. Forish tumani “Forish dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil Oʻzmilliybank Paxtakor filiali mablagʻlari 19. “Farxod dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2018-yil 20. Yangiobod tumani “Balandchaqir dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil Oʻzmilliybank Jizzax boʻlimi mablagʻlari Qashqadaryo viloyati 52 32 0 3 13 16 20 — 1. Qarshi shahri “Yerqoʻrgʻon dehqon bozori” AJ 1 1 — — 1 — — 2017-yil. Oʻzmilliybank Qarshi boʻlimi mablagʻlari, tadbirkorlarning oʻz mablagʻlari, boshqa tijorat banklarning kreditlari 2. “Naqshab Darvozasi dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2019-yil 3. “Kunchiqar dehqon bozori” MCHJ 1 0 — — — — 1 — 4. “Qarshi Markaziy dehqon bozori” AJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil Oʻzmilliybank Qarshi boʻlimi mablagʻlari, tadbirkorlarning oʻz mablagʻlari, boshqa tijorat banklarning kreditlari 5. “Naxshab sohil boʻyi bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2019-yil 6. Gʻuzor tumani “Gʻuzor dehqon (oziq-ovqat) bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil Oʻzmilliybank Gʻuzor filiali mablagʻlari 7. “Shoʻrtan baraka dehqon oziq-ovqat bozori” MCHJ 1 0 — — — — 1 — 8. Dehqonobod tumani “Dehqonobod dehqon (oziq-ovqat) bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2018-yil Oʻzmilliybank Gʻuzor filiali mablagʻlari 9. “Qorashina-nur dehqon bozori” MCHJ 1 0 — — — — 1 — 10. Dehqonobod tumani “Tursunxon-Bibizulayho dehqon bozori” MCHJ 1 0 — — — — 1 — 11. “Gumbuloq dehqon (oziq-ovqat) bozori” MCHJ 1 0 — — — — 1 — 12. “Sezugar dehqon (oziq-ovqat) bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2019-yil Oʻzmilliybank Gʻuzor filiali mablagʻlari 13. “Musirov Joʻrabek Bolliyevich dehqon bozori” MCHJ 1 0 — — — — 1 — 14. “Sherxon Nurxon Chashmasi bozori” MCHJ 1 0 — — — — 1 — 15. “Gulboy oʻgʻli Ilxom bozori” MCHJ 1 0 — — — — 1 — 16. Qamashi tumani “Qamashi Fayz dehqon bozori” MCHJ 1 1 — 1 — — 2018-yil Oʻzmilliybank Gʻuzor filiali mablagʻlari 17. “Mangʻit karvon yoʻli dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2019-yil 18. “Oʻrta Chim savdo mol bozori” MCHJ 1 0 — — — — 1 — 19. Qarshi tumani “Beshkent dehqon (oziq-ovqat) bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil Oʻzmilliybank Qarshi boʻlimi mablagʻlari 20. “Qovchin dehqon (oziq-ovqat) bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — 2018-yil 21. Koson tumani “Koson dehqon bozori” MCHJ 1 1 — 1 �� — 2017-yil Oʻzmilliybank Qarshi boʻlimi mablagʻlari 22. “Alatun (oziq-ovqat) bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2019-yil. 23. “Poʻlati (oziq-ovqat) bozori” MCHJ 1 0 — — — — 1 — 24. “Azizbek Xudoyorbek bozori” MCHJ 1 0 — — — — 1 — 25. Kitob tumani “Siddiq bobo may bozori” MCHJ 1 0 — — — — 1 — 26. “Kitob dehqon bozori” MCHJ 1 1 — 1 — — — 2018-yil Oʻzmilliybank Shahrisabz filiali mablagʻlari 27. “Narimon dehqon (oziq-ovqat) bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2018-yil 28. MCHJ “Makrid dehqon (oziq-ovqat) bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2019-yil 29. Muborak tumani “Muborak dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil Oʻzmilliybank Muborak filiali mablagʻlari 30. “Jurabozor Xitoy bozori” MCHJ 1 0 — — — — 1 — 31. “U. Murtazayev dehqon bozori” MCHJ 1 0 — — — — 1 — 32. Nishon tumani “Nishon dehqon (oziq-ovqat) bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — 2018-yil Oʻzmilliybank Nishon filiali mablagʻlari 33. “Nuriston noz-neʼmatlari” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2019-yil 34. “Eshmamatov Jumma Eshmatovich dehqon bozori” MCHJ 1 0 — — — — 1 — 35. “Oydin kaptarli dehqon bozori” MCHJ 1 0 — — — — 1 — 36. Kasbi tumani “Kasbi dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — 2018-yil Oʻzmilliybank Qarshi boʻlimi mablagʻlari 37. “Qamashi dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2019-yil 38. Chiroqchi tumani “Chiroqchi dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2019-yil Oʻzmilliybank Shahrisabz filiali mablagʻlari 39. “Chiyali gʻururim dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil 40. “Koʻktosh barakasi dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2018-yil 41. “Shoʻrquduq dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil 42. “Koʻkdala dehqon (oziq-ovqat) bozori” MCHJ 1 0 — — — — 1 — 43. “Chuvullok oziq-ovqat dehqon bozori” MCHJ 1 0 — — — — 1 — 44. “Qalqama oziq-ovqat dehqon bozori” MCHJ 1 0 — — — — 1 — 45. Shahrisabz tumani “Yangikesh dehqon bozori” MCHJ 1 1 — 1 — — — 2018-yil Oʻzmilliybank Shahrisabz filiali mablagʻlari 46. Yakkabogʻ tumani “Yakkabogʻ-Istiqbol dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil Oʻzmilliybank Shahrisabz filiali mablagʻlari 47. “Yakkabogʻ shaharcha dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2019-yil 48. “Yakkabogʻ baraka invest dehqon bozori” MCHJ 1 0 — — — — 1 — 49. Mirishkor tumani “Jeynov dehqon oziq-ovqat bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2017-yil Oʻzmilliybank Muborak filiali mablagʻlari 50. “Jeynov noz-neʼmatlari dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2019-yil 51. “Mirishkor dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2019-yil 52. “Pomuk dehqon (oziq-ovqat) bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2019-yil Navoiy viloyati 10 1 0 7 2 3 — 1. Navoiy shahri “Saxovat dehqon bozori” MCHJ 1 1 1 — — — — 2017-yil Oʻzmilliybank Navoiy boʻlimi mablagʻlari, tadbirkorlarning oʻz mablagʻlari, boshqa tijorat banklarning kreditlari 2. Zarafshon shahri “Navroʻz dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil Oʻzmilliybank Zarafshon filiali mablagʻlari, tadbirkorlarning oʻz mablagʻlari, boshqa tijorat banklarning kreditlari 3. Uchquduq tumani “Uchquduq dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2019-yil Oʻzmilliybank Uchquduq filiali mablagʻlari 4. Konimex tumani “Markaziy dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil Oʻzmilliybank Malikrobod filiali mablagʻlari 5. “Qizilqum dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2017-yil 6. Qiziltepa tumani “Qiziltepa tuman dehqon bozori” AJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil Oʻzmilliybank Qiziltepa filiali mablagʻlari 7. Tomdi tumani “Tomdi dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil Oʻzmilliybank Zarafshon filiali mablagʻlari 8. Navbahor tumani “Mustaqillik dehqon bozori” 1 0 — — — — 1 — 9. Xatirchi tumani “Markaziy dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2017-yil Oʻzmilliybank Navoiy boʻlimi mablagʻlari 10. “Xoʻjaqul Eshon bobo dehqon bozori” MCHJ 1 0 — — — — 1 — 11. “Parmidon saxovat dehqon bozori” MCHJ 1 0 — — — — 1 — 12. Nurota tumani “Nurota dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 2018-yil Oʻzmilliybank Navoiy boʻlimi mablagʻlari 13. Karmana tumani “Markaziy dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2019-yil Oʻzmilliybank Malikrobod filiali mablagʻlari Namangan viloyati 33 25 0 2 18 5 8 — 1. Namangan shahri “Sardoba dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2017-yil Oʻzmilliybank Namangan boʻlimi mablagʻlari, tadbirkorlar—ning oʻz mablagʻlari, boshqa tijorat banklarning kreditlari 2. “Yoshlik baraka dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2017-yil 3. Mingbuloq tumani “Mingbuloq dehqon bozori” MCHJ 1 1 — 1 — — — 2018-yil Oʻzmilliybank Toʻraqoʻrgʻon filiali mablagʻlari 4. Kosonsoy tumani “Kosonsoy dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2019-yil Oʻzmilliybank Kosonsoy filiali mablagʻlari 5. “Tergachi baraka dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil 6. Namangan tumani “Toshbuloq dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2017-yil Oʻzmilliybank Namangan boʻlimi mablagʻlari 7. “Bogʻi Eram kasanachi dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — — I — 2019-yil 8. Norin tumani “Norin dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil Oʻzmilliybank Uchqoʻrgʻon filiali mablagʻlari 9. “Toʻda dehqon bozori” MCHJ 1 1 — 1 — — — 2019-yil 10. Pop tumani “Gʻurumsaroy dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil Oʻzmilliybank Chust filiali mablagʻlari 11. “Pop dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2019-yil 12. “Madaniyat Chorkesar baraka dehqon bozori” MCHJ 1 0 — — — — 1 — 13. “Fayzli Erkin savdo dehqon bozori” MCHJ 1 0 — — — — 1 — 14. Toʻraqoʻrgʻon tumani “Gʻuzor-96 dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2017-yil Oʻzmilliybank Toʻraqoʻrgʻon filiali mablagʻlari 15. “Samijon universal baraka dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil 16. “Shahand dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2019-yil 17. “Shahidon dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil 18. Toʻraqoʻrgʻon tumani “Toʻraqoʻrgʻon dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2019-yil Oʻzmilliybank Toʻraqoʻrgʻon filiali mablagʻlari 19. “Axsi bozori Yoqutxon JS dehqon bozori” 1 0 — — — — 1 — 20. Uychi tumani “Uychi dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2018-yil Oʻzmilliybank Uychi filiali mablagʻlari 21. “Uychi Yorqoʻrgʻon baraka dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2018-yil 22. Uchqoʻrgʻon tumani “Uchqoʻrgʻon dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil Oʻzmilliybank Uchqoʻrgʻon filiali mablagʻlari 23. “Qoʻgʻay dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2019-yil 24. “Mehnatobod savdo baraka bozori” MCHJ 1 0 — — — — 1 — 25. Chortoq tumani “Chortoq dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil Oʻzmilliybank Chortoq filiali mablagʻlari 26. “Kushon Chortoq baraka dehqon bozori” MCHJ 1 0 — — — — 1 — 27. Chust tumani “Chust dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil 28. “Baraka olmos dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2019-yil 29. “Gʻova savdo servis dehqon bozori” MCHJ 1 0 — — — — 1 — Oʻzmilliybank Chust filiali mablagʻlari 30. “Bofanda aralash mollari dehqon bozori” MCHJ 1 0 — — — — 1 — 31. Yangiqoʻrgʻon tumani “Yangiqoʻrgʻon dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil Oʻzmilliybank Toʻraqoʻrgʻon filiali mablagʻlari 32. “Nanay dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2019-yil. 33. “Iskovot dehqon bozori” MCHJ 1 0 — — — — 1 — Samarqand viloyati 36 25 1 8 13 3 11 — 1. Samarqand shahri “Siyob dehqon bozori” MCHJ 1 1 1 — — — — 2019-yil. Oʻzmilliybank Samarqand boʻlimi mablagʻlari, tadbirkorlarning oʻz mablagʻlari, boshqa tijorat banklarning kreditlari 2. “Temiryoʻl dehqon bozori” MCHJ 1 1 — 1 — — — 2017-yil 3. “Magshag-bozori” dehqon bozori MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil. 4. “Damariq dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil 5. “Tabiat saxovati” dehqon bozori MCHJ 1 1 — — — 1 — 2019-yil. 6. Toyloq tumani “Toyloq bozori” dehqon bozori MCHJ 1 1 — 1 — — — 2018-yil Oʻzmilliybank Urgut filiali mablagʻlari 7. “Jumabozor” dehqon bozori MCHJ 1 0 — — — — 1 — 8. Kattaqoʻrgʻon shahri “Markaziy dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2017-yil Oʻzmilliybank Kattaqoʻrgʻon filiali mablagʻlari 9. Kattaqoʻrgʻon tumani “Payshanba bozori” MCHJ dehqon bozori 1 1 — — 1 — — 2018-yil Oʻzmilliybank Kattaqoʻrgʻon filiali mablagʻlari 10. “Ashur bobo asx” MCHJ dehqon bozori 1 0 — — — — 1 — 11. Kattaqoʻrgʻon tumani “Mastura-C.J” MCHJ dehqon bozori 1 0 — — — — 1 — 12. “Tasmachi M.A.T” MCHJ dehqon bozori 1 1 — — 1 — — 2019-yil Oʻzmilliybank Kattaqoʻrgʻon filiali mablagʻlari 13. Oqdaryo tumani “Oqdaryo dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — 2019-yil Oʻzmilliybank Registon filiali mablagʻlari 14. Bulungʻur tumani “Bulungur dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil Oʻzmilliybank Bulungʻur filiali mablagʻlari 15. Jomboy tumani “Jomboy dehqon bozori” MCHJ 1 1 — 1 — — 2017-yil Oʻzmilliybank Jomboy filiali mablagʻlari 16. Ishtixon tumani “Ishtixon dehqon bozori” MCHJ 1 1 — 1 — — 2018-yil Oʻzmilliybank Kattaqoʻrgʻon filiali mablagʻlari 17. “Mitan dehqon bozori” MCHJ 1 1 — 1 — — 2019-yil 18. Qoʻshrabot tumani “Qo'shrabot dehqon bozori” MCHJ 1 1 — 1 — — — 2018-yil Oʻzmilliybank Kattaqoʻrgʻon filiali mablagʻlari 19. “Josh dehqon bozori” MCHJ 1 0 — — — — 1 — 20. “Oqtepasoy dehqon bozori” MCHJ 1 0 — — — — 1 — 21. “Uzumzor chamani dehqon bozori” MCHJ 1 0 — — — — 1 — 22. Narpay tumani “Dehqonobod dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil. Oʻzmilliybank Kattaqoʻrgʻon filiali mablagʻlari 23. Payariq tumani “Chelak dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil. Oʻzmilliybank Jomboy filiali mablagʻlari 24. “Payariq dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2019-yil 25. Pastdargʻom tumani “Pastdarg'om meva-sabzovot dehqon bozori” MCHJ 1 1 — 1 — — — 2018-yil Oʻzmilliybank Pastdargʻom filiali mablagʻlari 26. “Juma dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2019-yil 27. “Uchqora dehqon” MCHJ dehqon bozori 1 0 — — — — 1 — 28. Paxtachi tumani “Paxtachi dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil Oʻzmilliybank Kattaqoʻrgʻon filiali mablagʻlari 29. “Chorshanba dehqon bozori” MCHJ 1 0 — — — — 1 — 30. Samarqand tumani “Maroqand dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil Oʻzmilliybank Registon filiali mablagʻlari 31. Nurobod tumani “Nurobod dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil Oʻzmilliybank Nurobod filiali mablagʻlari 32. “Yaxshi niyat farovon hayot dehqon bozori” MCHJ 1 0 — — — — 1 — 33. “Kukat dehqon bozori” MCHJ 1 0 — — — — 1 — 34. Urgut tumani “Urgut dehqon bozori” MCHJ 1 1 — 1 — — — 2017-yil Oʻzmilliybank Urgut filiali mablagʻlari 35. “Dehqonobod bozori” MCHJ dehqon bozori 1 1 — — 1 — — 2018-yil 36. “Goss dehqon bozori” MCHJ 1 0 — — — — 1 — Surxondaryo viloyati 20 17 0 2 8 7 3 — 1. Termiz shahri “Markaziy dehqon (oziq-ovqat) bozori” Termiz shahri MCHJ 1 1 — 1 — — — 2017-yil. Oʻzmilliybank Termiz boʻlimi mablagʻlari, tadbirkorlarning oʻz mablagʻlari, boshqa tijorat banklarning kreditlari 2. Angor tumani “Angor markaziy dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil Oʻzmilliybank Termiz boʻlimi mablagʻlari 3. Oltinsoy tumani “Oltinsoy dehqon (oziq-ovqat) bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2018-yil Oʻzmilliybank Denov filiali mablagʻlari 4. “Shakar-qamish mirishkorlari dehqon (oziq-ovqat) bozori” MCHJ 1 — — — — 1 — 5. Boysun tumani “Boysun dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil. Oʻzmilliybank Sherobod filiali mablagʻlari 6. “Tangimush payshanba” MCHJ dehqon bozori 1 0 — — — — 1 — 7. Muzrabod tumani “Muzrabod dehqon (oziq-ovqat) bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2019-yil Oʻzmilliybank Termiz boʻlimi mablagʻlari 8. Denov tumani “Bobodehqon dehqon bozori” MCHJ 1 1 — 1 — — — 2017-yil. Oʻzmilliybank Denov filiali mablagʻlari 9. “Navroʻz dehqon bozori” MCHJ 1 0 — — — — 1 — 10. Jarqoʻrgʻon tumani “Jarqoʻrgʻon dehqon (oziq-ovqat) bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2019-yil Oʻzmilliybank Qumqoʻrgʻon filiali mablagʻlari 11. Qumqoʻrgʻon tumani “Qumqoʻrgʻon dehqon(oziq-ovqat) bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2019-yil Oʻzmilliybank Qumqoʻrgʻon filiali mablagʻlari 12. Qiziriq tumani “Qiziriq dehqon (oziq-ovqat) bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil Oʻzmilliybank Sherobod filiali mablagʻlari 13. “Bandixon dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2018-yil 14. “Istara dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2019-yil 15. Sariosiyo tumani “Sariosiyo dehqon (oziq-ovqat) bozori” MCHJ 1 1 * — — 1 — 2018-yil. Oʻzmilliybank Denov filiali mablagʻlari 16. Termez tumani “Barakat dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2018-yil. Oʻzmilliybank Termez boʻlimi mablagʻlari 17. Sherobod tumani “Sherobod dehqon (oziq-ovqat) bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2017-yil. Oʻzmilliybank Sherobod filiali mablagʻlari 18. Shoʻrchi tumani “Shoʻrchi dehqon (oziq-ovqat) bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil Oʻzmilliybank Qumqoʻrgʻon filiali mablagʻlari 19. Uzun tumani “Uzun dehqon (oziq-ovqat) bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil Oʻzmilliybank Denov filiali mablagʻlari 20. “Askarali dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2019-yil. Sirdaryo viloyati 12 10 0 0 1 9 2 — 1. Oqoltin tumani “Sardoba dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2018-yil Oʻzmilliybank Guliston boʻlimi mablagʻlari 2. Boyovut tumani “Boyovut dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2019-yil Oʻzmilliybank Guliston boʻlimi mablagʻlari 3. Guliston tumani “Kunchi dehqon bozori” MCHJ 1 0 — — — — 1 — 4. Mirzaobod tumani “Mirzaobod chiroyli dehqon bozori” MCHJ 1 0 — — — — 1 — 5. Sayxunobod tumani “Sayxunobod dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 • 2018-yil Oʻzmilliybank Guliston boʻlimi mablagʻlari 6. Sirdaryo tumani “Baxt dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2018-yil Oʻzmilliybank Guliston boʻlimi mablagʻlari 7. “Sirdaryo dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2019-yil 8. Xovos tumani “Xovos dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2018-yil Oʻzmilliybank Guliston boʻlimi mablagʻlari 9. Sardoba tumani “Paxtaobod dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2018-yil. Oʻzmilliybank Guliston boʻlimi mablagʻlari 10. “Qoʻrgʻontepa dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2019-yil 11. Shirin shahri “Shirin dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2018-yil Oʻzmilliybank Guliston boʻlimi mablagʻlari, tadbirkorlarning oʻz mablagʻlari, boshqa tijorat banklarning kreditlari 12. Yangiyer shahri Yangiyer dehqon bozori MCHJ 1 1 — — 1 — — 2017-yil Oʻzmilliybank Guliston boʻlimi mablagʻlari, tadbirkorlarning oʻz mablagʻlari, boshqa tijorat banklarning kreditlari Toshkent viloyati 18 18 3 4 9 2 0 — — 1. Bekobod tumani “Zafar dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2018-yil Oʻzmilliybank Bekobod filiali mablagʻlari 2. Boʻka tumani “Istiqlol dehqon bozori” MCHJ 1 1 — 1 — — — 2017-yil Oʻzmilliybank Toʻytepa filiali mablagʻlari 3. Boʻstonliq tumani Boʻstonliq dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil. Oʻzmilliybank Gʻazalkent filiali mablagʻlari 4. Zangiota tumani “Zangiota dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil Oʻzmilliybank Yangiyoʻl filiali mablagʻlari 5. Yuqorichirchiq tumani “Markaziy dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil Oʻzmilliybank Toshkent boʻlimi mablagʻlari 6. Qibray tumani “Qibra� dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2018-yil Oʻzmilliybank Toshkent boʻlimi mablagʻlari 7. Oqqoʻrgʻon tumani OOO “Oqqoʻrgon dehqon bozori” 1 1 — — 1 — — 2018-yil Oʻzmilliybank Yangiyoʻl filiali mablagʻlari 8. Ohangaron tumani “Oqqoʻrgʻon dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2019-yil Oʻzmilliybank Olmaliq filiali mablagʻlari 9. Parkent tumani “Parkent dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil Oʻzmilliybank Chirchiq filiali mablagʻlari 10. Piskent tumani “Piskent dehqon bozori” MCHJ 1 1 — 1 — — — 2018-yil Oʻzmilliybank Toʻytepa filiali mablagʻlari 11. Oʻrtachirchiq tumani “Oʻrtachirchiq dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2017-yil Oʻzmilliybank Toʻytepa filiali mablagʻlari 12. Chinoz tumani “Chinoz dehqon bozori” MCHJ 1 1 — 1 — — — 2018-yil Oʻzmilliybank Yangiyoʻl filiali mablagʻlari 13. Quyichirchiq tumani “Quyichirchiq dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2019-yil Oʻzmilliybank Yangiyoʻl filiali mablagʻlari 14. Yangiyoʻl tumani “Ixtisoslashgan Yangiyoʻl shahar dehqon bozori” MCHJ 1 1 1 — — — — 2017-yil Oʻzmilliybank Yangiyoʻl filiali mablagʻlari 15. Angren shahri “Angren dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2017-yil Oʻzmilliybank Angren filiali mablagʻlari, tadbirkorlarning oʻz mablagʻlari, boshqa tijorat banklarning kreditlari 16. Bekobod shahri “Bekobod dehqon bozori” MCHJ 1 1 1 — — — — 2017-yil Oʻzmilliybank Bekobod fililali mablagʻlari, tadbirkorlarning oʻz mablagʻlari, boshqa tijorat banklarning kreditlari 17. Olmaliq shahri “Olmaliq dehqon bozori” MCHJ 1 1 — 1 — — — 2019 y�l Oʻzmilliybank Olmaliq filiali mablagʻlari, tadbirkorlar—ning oʻz mablagʻlari, boshqa tijorat banklarning kreditlari 18. Chirchiq shahri “Chirchiq dehqon bozori” MCHJ 1 1 1 — — — — 2018-yil Oʻzmilliybank Chirchiq fililali mablagʻlari, tadbirkorlarning oʻz mablagʻlari, boshqa tijorat banklarning kreditlari Fargʻona viloyati 22 18 2 3 6 7 4 — 1. Quvasoy shahri “Quvasoy dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2017-yil Oʻzmilliybank Quvasoy fililali mablagʻlari, tadbirkorlarning oʻz mablagʻlari, boshqa tijorat banklarning kreditlari 2. Qoʻqon shahri “Muqimiy shaharchasi dehqon bozori” MCHJ 1 0 — — — — 1 — 3. Margʻilon shahri “Margʻilon dehqon bozori” AJ 1 1 1 — — — — 2018-yil Oʻzmilliybank Margʻilon filiali mablagʻlari, tadbirkorlarning oʻz mablagʻlari, boshqa tijorat banklarning kreditlari 4. “Don va don mahsulotlari bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2019-yil 5. Fargʻona shahri “Kirguli dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2018-yil Oʻzmilliybank Fargʻona boʻlimi mablagʻlari, tadbirkorlarning oʻz mablagʻlari, boshqa tijorat banklarning kreditlari 6. Beshariq tumani “Beshariq dehqon bozori” MCHJ 1 1 1 — — — — 2018-yil Oʻzmilliybank beshariq filiali mablagʻlari 7. Bogʻdod tumani “Bogʻdod dehqon bozori” MCHJ 1 1 — 1 — — — 2018-yil Oʻzmilliybank Rishton filiali mablagʻlari 8. Buvayda tumani “Buvayda dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil Oʻzmilliybank Buvayda filiali mablagʻlari 9. Dangʻara tumani “Dangʻara dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — 2017-yil Oʻzmilliybank Qoʻqon filiali mablagʻlari 10. Quva tumani “Quva dehqon bozori” AJ 1 1 — 1 — — — 2018-yil Oʻzmilliybank Quva filiali mablagʻlari 11. Oltiariq tumani “Oltiariq dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2018-yil. Oʻzmilliybank Fargʻona boʻlimi mablagʻlari 12. “Turon Gʻayrat obod dehqon bozori” MCHJ 1 0 — — — — 1 — 13. Qoʻshtepa tumani “Qoʻshtepa dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil Oʻzmilliybank Margʻilon filiali mablagʻlari 14. Rishton tumani “Rishton dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil Oʻzmilliybank Rishton filiali mablagʻlari 15. Soʻx tumani “Soʻx dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2019-yil Oʻzmilliybank Rishton filiali mablagʻlari 16. Toshloq tumani “Toshloq dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2019-yil Oʻzmilliybank Margʻilon filiali mablagʻlari 17. Oʻzbekiston tumani “Oʻzbekiston dehqon bozori” MCHJ 1 1 — 1 — — — 2019-yil Oʻzmilliybank Qoʻqon filiali mablagʻlari 18. Uchkoʻprik tumani “Uchkoʻprik dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil Oʻzmilliybank Buvayda filiali mablagʻlari 19. Fargʻona tumani “Vodil dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil Oʻzmilliybank Fargʻona boʻlimi mablagʻlari ka 20. “Avval dehqon bozori” MCHJ 1 0 — — — — 1 — 21. “Mindon baraka dehqon bozori” MCHJ 1 0 — — — — 1 — 22. Furqat tumani “Furqat dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2018-yil Oʻzmilliybank Beshariq filiali mablagʻlari Xorazm viloyati 16 16 0 1 12 3 0 — 1. Urganch shahri “Cholish dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil Oʻzmilliybank Urganch boʻlimi mablagʻlari, tadbirkorlarning oʻz mablagʻlari, boshqa tijorat banklarning kreditlari 2. Xiva tumani “Xiva dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2017-yil Oʻzmilliybank Xiva filiali mablagʻlari 3. Hazorasp tumani “Hazorasp dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil Oʻzmilliybank Hazorasp filiali mablagʻlari 4. “Hazorasp omad qushi dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil 5. “Pitnak dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2019-yil. 6. Gurlan tumani “Gurlan dehqon bozori” AJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil Oʻzmilliybank Gurlan filiali mablagʻlari 7. Shovot tumani “Shovot dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2019-yil Oʻzmilliybank Shovot filiali mablagʻlari 8. “Shovot sharq bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2018-yil 9. “Cho'qli dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — — 1 — 2019-yil 10. Yangiariq tumani “Yangiariq dehqon bozori”MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil Oʻzmilliybank Yangiariq filiali mablagʻlari 11. Qoʻshkoʻpir tumani “Qoʻshkoʻpir dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — — — 2018-yil Oʻzmilliybank Xiva filiali mablagʻlari 12. “Qoʻshkoʻpir Xosiyon dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2019-yil. 13. “Gozovot dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2019-yil 14. Bogʻot tumani “Bogʻot dehqon bozori” MCHJ 1 1 — 1 — — 2018-yil Oʻzmilliybank Bogʻot filiali mablagʻlari 15. Xonqa tumani “Xonqa dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2018-yil Oʻzmilliybank Xonqa filiali mablagʻlari 16. Yangibozor tumani “Yangi bozor dehqon bozori” MCHJ 1 1 — — 1 — — 2019-yil Oʻzmilliybank Xonqa filiali mablagʻlari
* haftasiga 1 kun ishlaydigan va zararga ishlayotgan dehqon (oziq-ovqat) bozorlari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27 mardagi PQ-2853-son qaroriga 3-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi 2017 — 2019-yillar davrida dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish dasturini amalga oshirish boʻyicha hududiy ishchi komissiyalarning
NAMUNAVIY TARKIBI
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar hokimlari — ishchi komissiya raisi 2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining oʻrinbosari, sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjaliklar boʻyicha viloyat hokimi oʻrinbosari — ishchi komissiya raisining oʻrinbosari 3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatdagi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boʻlim boshligʻi — ishchi komissiya aʼzosi 4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi moliya vaziri, viloyat moliya boshqarmasi boshligʻi — ishchi komissiya aʼzosi 5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, viloyatdagi ichki ishlar boshqarma boshligʻining oʻrinbosari — ishchi komissiya aʼzosi 6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi — ishchi komissiya aʼzosi 7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyat davlat soliq boshqarmasi boshligʻi — ishchi komissiya aʼzosi 8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi, Xususiylashtirish monopoliyadan chiqarish, raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hududiy boshqarmasi boshligʻi. — ishchi komissiya aʼzosi 9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi qurilish vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari boshliqlari — ishchi komissiya aʼzosi 10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi tijorat banklarining hududiy boʻlinmalari boshliqlari — ishchi komissiya aʼzosi
Izoh. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining hududiy boʻlimlari hududiy ishchi komissiyalarning ishchi organlari hisoblanadi.
Hududiy ishchi komissiyaning aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
