Tadbirkorlik subyektlari va keng aholi qatlamiga mikrokreditlar ajratish tizimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-2844-son)
17.03.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Tadbirkorlik subyektlari va barcha aholi qatlamining imtiyozli mikrokreditlardan keng foydalanishini taʼminlash, shuningdek, yakka tartibdagi mehnat faoliyatini ragʻbatlantirish orqali aholi bandligini yanada oshirish maqsadida:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, shuningdek, tijorat banklarining yuridik shaxsni tashkil etmasdan yangi roʻyxatga olingan yakka tartibdagi tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlik subyektlariga mikrokredit ajratish boʻyicha quyidagilar koʻzda tutilgan soddalashtirilgan mexanizmni joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
yangi roʻyxatdan oʻtgan yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlik subyektlariga faoliyatini amalga oshirish uchun olingan tovarlarni garov sifatida hisobga olgan holda eng kam ish haqining 20 barobarigacha miqdorda mikrokreditlar ajratish;
yangi davlat roʻyxatidan oʻtgan yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun eng kam ish haqining 60 barobarigacha miqdorda mikrokreditlar kreditlashga oid qonun hujjatlarida nazarda tutilgan taʼminot turlari bilan bir qatorda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasida koʻrsatilgan vakolatlar doirasida kafilligi asosida ajratishni kengaytirish.
2. Belgilab qoʻyilsinki, 2021-yil 1-yanvarga qadar mazkur qarorning 1-ilovasida qayd etilgan faoliyat turlari bilan shugʻullanadigan yangi roʻyxatga olingan yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlik subyektlari ushbu qarorning 1-bandida koʻzda tutilgan qoidalarga binoan mikrokreditlarni rasmiylashtirishda 6 oy muddatga qatʼiy belgilangan soliq toʻlovlaridan ozod etiladi.
Qarorning mazkur bandida nazarda tutilgan imtiyozlardan foydalanadigan qatʼiy belgilangan soliq toʻlovchilar ular davlat roʻyxatiga olingan kundan eʼtiboran oʻn ikki oy ichida tugatilsa yoki uch yoxud undan koʻp oy muddatga faoliyatini toʻxtatsa, faoliyat koʻrsatgan davri uchun qatʼiy belgilangan soliqlarni toʻlaydi.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari manfaatdor vazirlik, idora va xoʻjalik birlashmalari bilan birgalikda:
tijorat banklari krediti hisobidan sotib olinadigan qoramol, qoʻy-echki, quyon, parranda, baliq, asalari uyasi, mevali daraxt va tok koʻchatlari, urugʻ, mineral oʻgʻit, oʻsimliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari, maishiy texnika, uskunalar, qurilish materiallari va boshqa tovarlarni hech qanday cheklovlarsiz naqd pulsiz hisob-kitob yoʻli bilan yetkazib berishni tashkil etishga koʻmaklashsin;
bir oy muddatda hududdagi joriy holatni tanqidiy tahlil qilish asosida tegishli qishloq xoʻjaligi tovarlari, maishiy texnika, uskunalar, qurilish materiallari va boshqa turdagi mahsulotlar yetkazib berishga ixtisoslashtirilgan xoʻjalik subyektlarini tashkil etsin.
4. Belgilansinki, tijorat banklari Imtiyozli kredit berish maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan mazkur qarorning 2-ilovasida qayd etilgan uzoq va borish qiyin boʻlgan, shuningdek, mehnat resurslari ortiqcha boʻlgan hududlarda yangi roʻyxatga olingan yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda oilaviy tadbirkorlik subyektlariga eng kam ish haqining 100 barobarigacha miqdorda kreditlar ajratadi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga:
bir oy muddatda ushbu qarorning 1-bandi talablaridan kelib chiqqan holda, yangi roʻyxatga olingan yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlik subyektlariga mikrokreditlar ajratishning soddalashtirilgan tartibini tasdiqlash;
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Matbuot va axborot agentligi bilan hamkorlikda bosma va elektron ommaviy axborot vositalari, jumladan, Internet tarmogʻidan keng foydalangan holda, aholi oʻrtasida mazkur qarorning maqsad va vazifalarini tizimli asosda har tomonlama muntazam yoritish;
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonunchilikka mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida takliflar kiritish tavsiya etilsin.
6. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari R. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 17-mart,
PQ-2844-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-martdagi PQ-2844-son qaroriga 1-ILOVA
Qatʼiy belgilangan soliq boʻyicha imtiyozlar joriy etiladigan faoliyat turlari
ROʻYXATI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-martdagi PQ-2844-son qaroriga 2-ILOVA
Tijorat banklari Imtiyozli kredit berish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan yangi roʻyxatga olingan yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda oilaviy tadbirkorlik subyektlariga kreditlar ajratadigan, olis va borish qiyin boʻlgan, shuningdek, mehnat resurslari ortiqcha hududlar
ROʻYXATI
T/r Hududlarning nomlanishi Respublika boʻyicha jami 47 ta tuman, jumladan: Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1. Taxtakoʻpir tumani 2. Qonlikoʻl tumani 3. Moʻynoq tumani 4. Chimboy tumani 5. Qoraoʻzak tumani 6. Shumanay tumani Andijon viloyati 1. Paxtaobod tumani 2. Boʻz tumani 3. Ulugʻnor tumani Buxoro viloyati 1. Shofirkon tumani 2. Qorakoʻl tumani 3. Olot tumani Jizzax viloyati 1. Baxmal tumani 2. Zomin tumani 3. Forish tumani 4. Yangiobod tumani Qashqadaryo viloyati 1. Dehqonobod tumani 2. Chiroqchi tumani 3. Mirishkor tumani Navoiy viloyati 1. Xatirchi tumani 2. Nurota tumani 3. Konimex tumani 4. Tomdi tumani 5. Uchquduq tumani Namangan viloyati 1. Mingbuloq tumani 2. Chortoq tumani Samarqand viloyati 1. Kattaqoʻrgʻon tumani 2. Qoʻshrabot tumani 3. Paxtachi tumani 4. Urgut tumani Surxondaryo viloyati 1. Uzun tumani 2. Qiziriq tumani 3. Oltinsoy tumani 4. Boysun tumani 5. Muzrabod tumani Sirdaryo viloyati 1. Sardoba tumani 2. Guliston tumani 3. Boyovut tumani 4. Xovos tumani Toshkent viloyati 1. Boʻstonliq tumani 2. Parkent tumani Fargʻona viloyati 1. Qoʻshtepa tumani 2. Yozyovon tumani 3. Soʻx tumani Xorazm viloyati 1. Qoʻshkoʻpir tumani 2. Yangiariq tumani 3. Yangibozor tumani
