Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati qoʻshma majlisining kun tartibi toʻgʻrisida (PS-104-III-son)
08.09.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati qoʻshma majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vazifa va vakolatlarini bajarishni vaqtincha yuklash toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisida raislik qiluvchi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2016-yil 8-sentabr,
567-III/SQ-104-III-son
