Dehqon xoʻjaliklari va aholining tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, suvga chidamli, eksportbop daraxt plantatsiyalarini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (119-son)
04.03.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Soʻnggi yillarda qishloq xoʻjaligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida qishloq joylarda yashayotgan aholining yerga boʻlgan munosabatlari tubdan oʻzgarib, qishloq xoʻjaligi va chorvachilik mahsulotlari yetishtirish hajmlari sezilarli darajada koʻpayib bormoqda.
Shu bilan birga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari tomonidan dehqon xoʻjaliklari uchun ajratib berilgan yer uchastkalari va aholi tomorqa yer uchastkalaridan yanada samarali foydalanish, aholining dehqonchilik madaniyatini oshirish, ularni yangi, serhosil, kasalliklarga chidamli koʻchat va urugʻliklar bilan taʼminlash hamda eksportbop mahsulotlar yetishtirishni yoʻlga qoʻyish masalalariga masʼuliyatsizlik bilan yondashish holatlari koʻplab uchramoqda.
Bugungi kunda dehqon xoʻjaliklari va aholi tomorqa yer egalariga mineral oʻgʻit, urugʻlik, koʻchat, oʻsimliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish vositalari, parrandalar va boshqa moddiy resurslarni yetkazib berish hamda xizmat koʻrsatuvchi infratuzilma obyektlarini toʻliq shakllantirish talab etiladi.
Dehqon xoʻjaliklari va aholi tomorqasi uchun ajratilgan yer maydonlaridan yanada samarali foydalanish, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va ularni eksport qilish hajmlarini keskin oshirish, aholi bandligini taʼminlash va daromadlarini koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Oʻzbekiston sugʻurta bozori professional ishtirokchilari uyushmasi, sugʻurta tashkilotlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan ishlab chiqilgan, 2017 — 2019-yillarda:
dehqon xoʻjaliklari va aholi xonadonlarida 100 boshdan parranda boqish, limon, unabi va grek yongʻogʻi yetishtirishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi 1-ilovaga muvofiq;
dehqon xoʻjaliklari va aholi xonadonlarida 100 boshdan parranda boqish, limon yetishtirishga moʻljallangan issiqxonalar tashkil etish, unabi va grek yongʻogʻi yetishtirish yuzasidan namunali tumanlar boʻyicha prognoz koʻrsatkichlari 2, 3, 4-ilovalarga muvofiq;
respublikaning togʻ va togʻ oldi, lalmikor hamda tekislik hududlarida grek yongʻogʻi va unabi plantatsiyalari tashkil etiladigan maydonlar va talab etiladigan koʻchatlar miqdori 5, 6-ilovalarga muvofiq;
dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkasi egalariga ajratiladigan kreditlarning qaytmaslik xavfini sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta sherikchiligi toʻgʻrisida nizom 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat vazirligi hamda tegishli vazirlik, idoralar rahbarlari chora-tadbirlar dasturi va belgilangan prognoz koʻrsatkichlarining oʻz vaqtida sifatli bajarilishi uchun shaxsan javobgar ekanliklari belgilab qoʻyilsin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bir hafta muddatda oʻz hududlari boʻyicha 2, 3, 4, 5, 6 -ilovalarga muvofiq 2017 — 2019-yillar uchun belgilangan prognoz koʻrsatkichlarni tumanlar, qishloq xoʻjaligi korxonalari, fermer va dehqon xoʻjaliklari, aholi xonadonlari kesimida tasdiqlasinlar va ijrosini tashkil etsinlar.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish, fermer, dehqon xoʻjaliklari va aholi xonadonlarini zarur resurslar bilan taʼminlash maqsadida agrofirmalar tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin va zarur hollarda joylardagi talabdan kelib chiqib qoʻshimcha agrofirmalar belgilangan tartibda tashkil etilishi mumkinligi inobatga olinsin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga agrofirmalarni tashkil etishda hududdagi salohiyatli meva-sabzavotlarni qayta ishlash korxonalari, koʻchat yetkazib beruvchi subyektlar, koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari, parrandachilik va boshqa yirik tashkilotlarning takliflariga asosan ularning muassis sifatida kiritish tavsiya etilsin.
4. Quyidagilar agrofirmalar faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
dehqon xoʻjaliklari va xonadon egalarining buyurtmalariga muvofiq limon oʻstirish uchun issiqxonalar va parranda boqish uchun qafaslarni markazlashgan holda qurib berish va tayyor holda xonadon egalariga topshirish;
parranda boqish istagini bildirgan har bir xonadon uchun yoshi 90 kunlikdan katta boʻlgan 100 bosh parrandalarni markazlashgan holda yetkazib berish;
limon, unabi va grek yongʻogʻi koʻchatlarini olib kelib ekib berish, agrotexnikasi va kasalliklarga qarshi kurashish boʻyicha amaliy yordamlar koʻrsatish hamda barcha zaruriy moddiy-texnika resurslari va yem mahsulotlarini yetkazib beruvchi savdo shoxobchalarini tashkil etish;
dehqon xoʻjaliklari va aholi tomorqa yer uchastkalarida yetishtirilayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, shu jumladan, limon, unabi, yongʻoq va parranda mahsulotlarini xarid qilish, tayyorlash, qayta ishlash, sotish va eksport qilish.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston sugʻurta bozori professional ishtirokchilari uyushmasi va sugʻurtalovchilarning:
agrofirmalarga, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkasi egalariga ajratiladigan kreditlarni maqsadli ishlatish, oʻz vaqtida qaytarish boʻyicha masʼuliyatini oshirish maqsadida agrofirma muassislari va rahbarlarining kafilligini olish;
berilgan kreditlarning qaytmaslik xavfini garov yoki kafillik mavjud boʻlmagan taqdirda sugʻurta tashkilotlari tomonidan dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkasi egalariga ajratilayotgan kredit summasining 80 foizidan oshmagan miqdorida sugʻurtalash va sugʻurtaga imtiyozli yillik 1 foiz miqdorida toʻlov stavkalarini qoʻllash boʻyicha takliflari maʼqullansin.
Bunda, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkasi egalari sugʻurtalovchiga (umumiy sugʻurta sohasining tegishli klasslari boʻyicha litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxs) ariza bilan murojaat qilganda sugʻurtalovchi sugʻurta shartnomasini tuzishni asossiz rad etishga haqli emas.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda dehqon xoʻjaliklari va aholi tomorqa yer uchastkalarida issiqxonalar qurishda 2017-yil uchun zarur boʻladigan plyonka mahsulotlari sotib olinadigan ishlab chiqaruvchi korxonalar roʻyxatini va polietilen granulaga boʻlgan talabni aniqlab bir oy muddatda “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasiga taqdim etsinlar.
“Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi 2017 — 2019-yillarda dehqon xoʻjaliklari va aholi tomorqa yer uchastkalarida issiqxonalar tashkil etish uchun talab etiladigan plyonka mahsulotlarini arzon narxlarda yetkazib berilishini taʼminlash maqsadida hududlarga biriktirilgan plyonka ishlab chiqaruvchi korxonalarga zarur boʻlgan polietilen granullasini oʻrtacha birja narxlarida istisno tariqasida toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazib berilishini taʼminlasin.
7. Samarqand viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi va “Mushtariy-Oqdaryo” masʼuliyati cheklangan jamiyatining kelgusi yillarda dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkasi egalarini limon koʻchatlari bilan taʼminlash maqsadida tajriba tariqasida Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida 15 gektar yer maydoni ajratgan xolda eng zamonaviy texnologiyalarga asoslangan issiqxona tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi, Akademik M. Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda hududiy oʻrmon xoʻjaliklarida limon, unabi va grek yongʻogʻining serhosil navlarining koʻchatlarini koʻpaytirish maqsadida uch oy muddatda maxsus pitomniklar tashkil etish va zarur miqdorda sifatli koʻchatlarni muntazam ravishda yetishtirish choralarini koʻrsinlar.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Parrandasanoat” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va masʼul etib belgilangan tijorat banklari bilan birgalikda kelgusida dehqon xoʻjaliklari va aholi xonadonlariga 90 kunlik, tegishli yuqumli kasalliklarga qarshi toʻliq emlangan parrandalarni tizimli ravishda yetkazib berishni taʼminlash maqsadida 8-ilovaga muvofiq joʻjalarni oʻstirishga moʻljallangan zamonaviy parrandachilik komplekslarini joriy yil oxirigacha ishga tushirish choralarini koʻrsinlar.
Ushbu zamonaviy parrandachilik komplekslarini tashkil etish istagini bildirgan tashabbuskorlarni bir oy muddatda aniqlash va qurilish ishlarini tashkillashtirish shaxsan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari zimmasiga yuklansin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Qishloq xoʻjalik ekinlari navlarini sinash davlat komissiyasi chetdan olib kelinadigan limon, unabi, grek yongʻogʻi koʻchatlari va payvandtaglarining oʻsimlik karantini talablariga qatʼiy rioya etgan holda ekilishini hamda koʻchatzorlarda sinov ishlarini oʻrnatilgan tartibda tashkil qilib, sinov natijasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xoʻjaligi ekinlari davlat reyestriga kiritish ishlarini tashkil etsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Davlat ilmiy dasturlarini shakllantirishda:
respublikaning tuproq-iqlim sharoitlariga mos limon, unabi va grek yongʻogʻining serhosil, kasalliklarga chidamli, eksportbop yangi navlarini yaratish boʻyicha seleksiya ishlarini jadallashtirish, yetishtirish texnologiyasini takomillashtirish va amaliyotga yangi navlarni joriy etishni nazarda tutgan ilmiy loyihalar belgilangan tartibda kiritilishini;
respublika tabiiy iqlim sharoitiga mos parranda zotlarini tanlash, ularning mahsuldorlik koʻrsatkichlarini oshirish hamda parrandalar uchun mahalliy, noananaviy ozuqa retseptlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etilishini nazarda tutuvchi ilmiy loyihalar kiritilishini taʼminlasin.
13. “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ:
togʻ va togʻ oldi hududlarida unabi va grek yongʻogʻi koʻchatlarini ekish, qator oralariga ishlov berish va hosilni yigʻib-terib olishga moʻljallangan maxsus texnika va agregatlarni ishlab chiqarishni;
“Oʻzeltexsanoat” AK bilan birgalikda ikki oy muddatda dehqon xoʻjaliklari va xonadonlar uchun ixcham, arzon turdagi, yengil konstruksiyali issiqxonalar va parranda boqishga moʻljallangan qafaslarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻysin.
14. “Oʻzdonmahsulot” AK 2017-yil oxirigacha oʻz tizimiga kiruvchi tashkilotlarda parrandalar va boshqa chorva mollari uchun toʻla qiymatli, oqsilga boyitilgan omuxta yem ishlab chiqarish liniyalarini tashkil etsin va xonadonlarga yetkazib berilishida qulaylik yaratish maqsadida turli hajmlardagi qoplarda savdoga chiqarilishini taʼminlasin.
15. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalari orqali dehqon xoʻjaliklari va xonadonlarda parranda boqish, limon, unabi, grek yongʻogʻini yetishtirish boʻyicha ilgʻor tajribalar va uning iqtisodiy samarasi toʻgʻrisidagi maxsus koʻrsatuv hamda eshittirishlarni muntazam ravishda tashkil etsinlar.
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 4-mart,
119-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 4-martdagi 119-son qaroriga 1-ILOVA
2017 — 2019-yillarda dehqon xoʻjaliklari va aholi xonadonlarida 100 boshdan parranda boqish, limon, unabi va grek yongʻogʻi yetishtirishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
DASTURI
T/r Chora-tadbirlar Amalga oshirish mexanizmi Muddati Masʼullar I. Huquqiy bazani takomillashtirish 1.1. Dehqon xoʻjaliklari va aholi xonadonlarida 100 boshdan parranda boqish, limon, unabi va yongʻoq yetishtirishni yoʻlga qoʻyish, ularni moddiy-texnika resurslari bilan taʼminlash boʻyicha alohida nizom ishlab chiqish va tasdiqlash. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat bir oy muddatda Mehnat vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, “Parrandasanoat” uyushmasi 1.2. Yongʻoq va unabi koʻchatlari plantatsiyalarini tashkil etish va agrotexnika tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha namunaviy texnologik kartalarni ishlab chiqish. Qoʻllanma bir oy muddatda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi II. Dehqon xoʻjaliklari va aholi xonadonlarida parranda boqishni yoʻlga qoʻyish va limon, unabi, yongʻoq yetishtirish hamda ularga xizmat koʻrsatuvchi infratuzilmani rivojlantirish 2.1. Joylarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish, dehqon xoʻjaliklari va xonadonlarni zarur resurslar bilan taʼminlash maqsadida zarur hollarda, joylardagi talabdan kelib chiqib qoʻshimcha agrofirmalar tashkil etish. Agrofirmalar muassislarini shakllantirish, agrofirmalarning vazifalari, huquqlari va majburiyatlarini belgilash. Kompleks chora-tadbirlar dasturi bir oy muddatda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi, Mehnat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari 2.2. Agrofirmalar talablaridan kelib chiqqan holda dehqon xoʻjaliklari va aholi xonadonlari uchun: Namunaviy loyiha, loyiha-smeta hujjatlari “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ, “Oʻzeltexsanoat” AK, “Qishloqqurilishloyiha” MChJ loyiha-qidiruv instituti, “Parrandasanoat” uyushmasi, Davlat raqobat qoʻmitasi ixcham, arzon turdagi, yengil konstruksiyali issiqxonalar va parranda boqishga moʻljallangan qafaslarning loyihalarini tayyorlash; 15 kun muddatda issiqxona va parranda boqish qafaslarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish va joylarga yetkazib berish. 2017-yil mart oyidan boshlab 2.3. Dehqon xoʻjaliklari va aholi xonadonlaridagi issiqxonalarda limon yetishtirish va unabi hamda yongʻoq koʻchatlari uchun talab etiladigan mineral oʻgʻitlarni turli hajmdagi qoplarda yetkazib berilishini taʼminlash. Kompleks chora-tadbirlar dasturi Yil davomida “Oʻzagrokimyohimoya” AJ, Markaziy bank, tijorat banklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari 2.4. Shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklari, respublikaning togʻ va togʻ oldi hududlarida tashkil etiladigan yongʻoq va unabi plantatsiyalarni talab etiladigan limon, unabi, yongʻoq koʻchatlari va xonadonlarni parrandalar bilan bosqichma-bosqich taʼminlash: Limon koʻchatlari boʻyicha: 2017-yilda 3051 ming tup, 2018-yilda 6859 ming tup, 2019-yilda 6360 ming tup. Unabi koʻchatlari boʻyicha: 2017-yilda 2007 ming tup, 2018-yilda 4136,2 ming tup, 2019-yilda 4061,4 ming tup. Yongʻoq koʻchatlari boʻyicha: 2017-yilda 2490,5 ming tup, 2018-yilda 5126,3 ming tup, 2019-yilda 5686,1 ming tup, Parranda boʻyicha: 2017-yilda 13730 ming bosh; 2018-yilda 28255 ming bosh; 2019-yilda 26347 ming bosh. Kompleks chora-tadbirlar dasturi 2017-2019-yillar davomida Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Akademik M.Mirzayev nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti, Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi, Davlat raqobat qoʻmitasi, “Parrandasanoat” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari 2.5. Dehqon xoʻjaliklari va aholi xonadonlariga parrandalarni yetkazib berish ishlarini muvofiqlashtirib borish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda ishchi guruhlar tuzish. Kompleks chora-tadbirlar dasturi 3 kun muddatda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Parrandasanoat” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari Ishchi guruhi tomonidan parranda oʻstirib beradigan xoʻjaliklarni tumanlar, mahallalar va xonadonlarga biriktirib chiqish hamda parranda yetkazib berish boʻyicha har yili alohida jadvallarni ishlab chiqib, tasdiqlash. Reja-grafik 2017-2019-yillar davomida 2.6. Agrofirmalar tomonidan dehqon xoʻjaliklari va aholi xonadonlaridan olingan mahsulotlarni arzon narxlarda sotishni yoʻlga qoʻyish uchun dehqon bozorlarda alohida savdo rastalarini tashkil etish, ularni zaruriy asbob-uskunalar (toʻlov-terminallari, muzlatkichlar, tarozi, idishlar va boshqalar) bilan taʼminlash. Kompleks chora-tadbirlar dasturi 2017-yil may oyiga qadar Milliy bank, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari 2.7. Dehqon xoʻjaliklari va aholi xonadonlarida yetishtirilgan tayyor mahsulotlarni oʻz vaqtida tashib ketishni tashkillashtirish maqsadida agrofirmalarning talabnomalari asosida “Damas” va “Labo” rusumli avtomobillarni navbatsiz shartnoma asosida ajratilishini taʼminlash. Shartnoma asosida 2017-yil I yarim yillik “Oʻzavtosanoat” AK, tijorat banklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari 2.8. Dehqon xoʻjaliklari va aholi xonadonlarida parvarishlanadigan parrandalarni yuqumli kasalliklarga qarshi emlash va parranda boqilayotgan joylarni dezinfeksiya qilish ishlarini oʻz vaqtida sifatli amalga oshirish. Kompleks chora-tadbirlar dasturi yil davomida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari 2.9. Fermer va dehqon xoʻjaliklarida, aholi xonadonlarida limon, unabi, yongʻoq yetishtirishni yanada rivojlantirish maqsadida respublikadagi qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi �liy taʼlim muassasalari va kasb-h�nar kollejlarining dasturlariga limon, unabi, yongʻoq yetishtirish agrotexnikasi va koʻchatchiligi mavzularini kiritish. Chora-tadbirlar dasturi bir oy muddatda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalari III. Dehqon xoʻjaliklari va aholi xonadonlarida ilgʻor tajribalarni joriy etish 3.1. Xonadonlarda tashkil etilgan yengil konstruksiyali issiqxonalarda limon yetishtirishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha Andijon viloyatida respublika koʻrgazmali amaliy seminarini tashkil etish. Chora-tadbirlar dasturi 2017-yil mart Andijon viloyati hokimligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Akademik M.Mirzayev nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti 3.2. Dehqon xoʻjaliklari va aholi xonadonlarida parrandalarni boqishda, issiqxonalarda limon yetishtirishda resurs tejamkor agrotexnik tadbirlarini amalga oshirish, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashishning ilmiy asoslangan zamonaviy usullarini qoʻllash va eksportbop mahsulot yetishtirish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha viloyatlarda koʻrgazmali seminarlar oʻtkazish. Kompleks chora-tadbirlar dasturi 2017-yil mart Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Mehnat vazirligi, “Parrandasanoat” uyushmasi, “Oʻzagrokimyohimoya” AJ, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari 3.3. Fermer va dehqon xoʻjaliklari hamda aholi xonadonlarida limon yetishtirishda ilgʻor tajribalar va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish maqsadida soha mutaxassislari va olimlarini Turkiya davlatiga xizmat safariga yuborish. Roʻyxat asosida 2017-yil mart-aprel Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 4-martdagi 119-son qaroriga 2-ILOVA
2017-yilda dehqon xoʻjaliklari va aholi xonadonlarida 100 boshdan parranda boqish, limon yetishtirishga moʻljallangan issiqxonalar tashkil etish, unabi va grek yongʻogʻi yetishtirish yuzasidan namunali tumanlar boʻyicha
prognoz koʻrsatkichlari
Hududlar nomi Namunali tumanlar nomi Jami xonadonlar soni Shundan: parranda boqishni tashkil etadigan xonadonlar limon koʻchatlari ekiladigan xonadonlar unabi ekiladigan xonadonlar grek yongʻogʻi ekiladigan xonadonlar soni parranda bosh soni, ming bosh soni maydoni, gektar koʻchat soni, ming dona soni koʻchat soni, ming dona soni koʻchat soni, ming dona Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus 6 858 2 777 278 6 858 68,6 69 3 429 34 3 429 34 Andijon viloyati Oltinkoʻl 30 114 12 196 1 220 30 114 301,1 301 15 057 151 15 057 151 Buxoro viloyati Shofirkon 36 468 14 770 1 477 36 468 364,7 365 18 234 182 18 234 182 Jizzax viloyati Paxtakor 6 029 2 442 244 6 029 60,3 60 3 015 30 3 015 30 Qashqadaryo viloyati Kasbi 30 975 12 545 1 254 30 975 309,8 310 15 488 155 15 488 155 Shaxrisabz 36 760 14 888 1 489 36 760 367,6 368 18 380 184 18 380 184 Navoiy viloyati Qiziltepa 28 428 11 513 1 151 28 428 284,3 284 14 214 142 14 214 142 Namangan viloyati Mingbuloq 20 554 8 324 832 20 554 205,5 206 10 277 103 10 277 103 Samarqand viloyati Oqdaryo 22 791 9 230 923 22 791 227,9 228 11 396 114 11 396 114 Surxondaryo viloyati Shoʻrchi 28 591 11 579 1 158 28 591 285,9 286 14 296 143 14 296 143 Sirdaryo viloyati Oqoltin 8 519 3 450 345 8 519 85,2 85 4 260 43 4 260 43 Toshkent viloyati Quyichirchiq 24 096 9 759 976 24 096 241,0 241 12 048 120 12 048 120 Fargʻona viloyati Buvayda 36 871 14 933 1 493 36 871 368,7 369 18 436 184 18 436 184 Xorazm viloyati Bogʻot 27 382 11 090 1 109 27 382 273,8 274 13 691 137 13 691 137 Jami: 344 436 139 497 13 950 344 436 3 444 3 444 172 218 1 722 172 218 1 722
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 4-martdagi 119-son qaroriga 3-ILOVA
2018-yilda dehqon xoʻjaliklari va aholi xonadonlarida 100 boshdan parranda boqish, limon yetishtirishga moʻljallangan issiqxonalar tashkil etish, unabi va grek yongʻogʻi yetishtirish yuzasidan namunali tumanlar boʻyicha
prognoz koʻrsatkichlari
Hududlar nomi Namunali tumanlar nomi Jami xonadonlar soni Shundan: parranda boqishni tashkil etadigan xonadonlar limon koʻchatlari ekiladigan xonadonlar unabi ekiladigan xonadonlar grek yongʻogʻi ekiladigan xonadonlar soni parranda bosh soni, ming bosh soni maydoni, gektar koʻchat soni, ming dona soni koʻchat soni, ming dona soni koʻchat soni, ming dona Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qonlikoʻl 5 836 2 334 233 5 836 58,4 58 2 918 29 2 918 29 Qoraoʻzyak 7 772 3 109 311 7 772 77,7 78 3 886 39 3 886 39 Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa 39 083 15 633 1 563 39 083 390,8 391 19 542 195 19 542 195 Xoʻjaobod 22 858 9 143 914 22 858 228,6 229 11 429 114 11 429 114 Buxoro viloyati Peshkoʻ 25 541 10 216 1 022 25 541 255,4 255 12 771 128 12 771 128 Qorakoʻl 34 400 13 760 1 376 34 400 344,0 344 17 200 172 17 200 172 Jizzax viloyati Mirzachoʻl 5 558 2 223 222 5 558 55,6 56 2 779 28 2 779 28 Zafarobod 5 776 2 310 231 5 776 57,8 58 2 888 29 2 888 29 Qashqadaryo viloyati Gʻuzor 28 400 11 360 1 136 28 400 284,0 284 14 200 142 14 200 142 Koson 48 405 19 362 1 936 48 405 484,1 484 24 203 242 24 203 242 Navoiy viloyati Navbahor 21 730 8 692 869 21 730 217,3 217 10 865 109 10 865 109 Xatirchi 37 786 15 114 1 511 37 786 377,9 378 18 893 189 18 893 189 Namangan viloyati Pop 38 065 15 226 1 523 38 065 380,7 381 19 033 190 19 033 190 Chortoq 40 001 16 000 1 600 40 001 400,0 400 20 001 200 20 001 200 Samarqand viloyati Payariq 34 865 13 946 1 395 34 865 348,7 349 17 433 174 17 433 174 Pastdargʻom 65 258 26 103 2 610 65 258 652,6 653 32 629 326 32 629 326 Surxondaryo viloyati Sherobod 33 661 13 464 1 346 33 661 336,6 337 16 831 168 16 831 168 Qumqoʻrgʻon 27 443 10 977 1 098 27 443 274,4 274 13 722 137 13 722 137 Sirdaryo viloyati Sardoba 8 675 3 470 347 8 675 86,8 87 4 338 43 4 338 43 Sayxunobod 13 755 5 502 550 13 755 137,6 138 6 878 69 6 878 69 Toshkent viloyati Boʻka 22 066 8 826 883 22 066 220,7 221 11 033 110 11 033 110 Oxangaron 20 350 8 140 814 20 350 203,5 204 10 175 102 10 175 102 Fargʻona viloyati Qoʻshtepa 35 717 14 287 1 429 35 717 357,2 357 17 859 179 17 859 179 Yozyovon 20 710 8 284 828 20 710 207,1 207 10 355 104 10 355 104 Xorazm viloyati Shovot 27 840 11 136 1 114 27 840 278,4 278 13 920 139 13 920 139 Yangiariq 20 498 8 199 820 20 498 205,0 205 10 249 102 10 249 102 Jami: 692 049 276 820 27 682 692 049 6 920 6 920 346 025 3 460 346 025 3 460
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 4-martdagi 119-son qaroriga 4-ILOVA
2019-yilda dehqon xoʻjaliklari va aholi xonadonlarida 100 boshdan parranda boqish, limon yetishtirishga moʻljallangan issiqxonalar tashkil etish, unabi va grek yongʻogʻi yetishtirish yuzasidan namunali tumanlar boʻyicha
prognoz koʻrsatkichlari
Hududlar nomi Namunali tumanlar nomi Jami xonadonlar soni Shundan: parranda boqishni tashkil etadigan xonadonlar limon koʻchatlari ekiladigan xonadonlar unabi ekiladigan xonadonlar grek yongʻogʻi ekiladigan xonadonlar soni parranda bosh soni, ming bosh soni maydoni, gektar koʻchat soni, ming dona soni koʻchat soni, ming dona soni koʻchat soni, ming dona Qoraqalpogʻiston Respublikasi Taxtakoʻpir 4 467 1 787 179 4 467 44,7 45 2 234 22 2 234 22 Shumanay 7 146 2 858 286 7 146 71,5 71 3 573 36 3 573 36 Andijon viloyati Marxamat 29 891 11 956 1 196 29 891 298,9 299 14 946 149 14 946 149 Buloqboshi 23 742 9 497 950 23 742 237,4 237 11 871 119 11 871 119 Buxoro viloyati Olot 24 065 9 626 963 24 065 240,7 241 12 033 120 12 033 120 Jondor 41 375 16 550 1 655 41 375 413,8 414 20 688 207 20 688 207 Jizzax viloyati Zarbdor 8 031 3 212 321 8 031 80,3 80 4 016 40 4 016 40 Doʻstlik 5 472 2 189 219 5 472 54,7 55 2 736 27 2 736 27 Qashqadaryo viloyati Qamashi 44 799 17 920 1 792 44 799 448,0 448 22 400 224 22 400 224 Yakkabogʻ 39 483 15 793 1 579 39 483 394,8 395 19 742 197 19 742 197 Navoiy viloyati Karmana 27 978 11 191 1 119 27 978 279,8 280 13 989 140 13 989 140 Konimex 5 170 2 068 207 5 170 51,7 52 2 585 26 2 585 26 Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon 30 515 12 206 1 221 30 515 305,2 305 15 258 153 15 258 153 Kosonsoy 34 522 13 809 1 381 34 522 345,2 345 17 261 173 17 261 173 Samarqand viloyati Paxtachi 28 351 11 340 1 134 28 351 283,5 284 14 176 142 14 176 142 Ishtixon 49 042 19 617 1 962 49 042 490,4 490 24 521 245 24 521 245 Surxondaryo viloyati Oltinsoy 26 439 10 576 1 058 26 439 264,4 264 13 220 132 13 220 132 Angor 24 051 9 620 962 24 051 240,5 241 12 026 120 12 026 120 Sirdaryo viloyati Guliston 11 759 4 704 470 11 759 117,6 118 5 880 59 5 880 59 Xovos 15 789 6 316 632 15 789 157,9 158 7 895 79 7 895 79 Toshkent viloyati Boʻstonliq 30 047 12 019 1 202 30 047 300,5 300 15 024 150 15 024 150 Parkent 24 143 9 657 966 24 143 241,4 241 12 072 121 12 072 121 Fargʻona viloyati Quva 41 193 16 477 1 648 41 193 411,9 412 20 597 206 20 597 206 Fargʻona 40 399 16 160 1 616 40 399 404,0 404 20 200 202 20 200 202 Xorazm viloyati Xiva 26 219 10 488 1 049 26 219 262,2 262 13 110 131 13 110 131 Xazarasp 22 617 9 047 905 22 617 226,2 226 11 309 113 11 309 113 Jami: 666 705 266 682 26 668 666 705 6 667 6 667 333 353 3 334 333 353 3 334
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 4-martdagi 119-son qaroriga 5-ILOVA
2017 — 2019-yillarda respublikaning togʻ va togʻ oldi, lalmikor hamda tekislik hududlarida grek yongʻogʻi plantatsiyalari tashkil etiladigan maydonlar va talab etiladigan
koʻchatlar miqdori
Hududlar nomi Namunali tumanlar nomi Shundan: 2017-yil 2018-yil 2019-yil maydoni, gektar talab etiladigan koʻchatlar soni, ming dona maydoni, gektar koʻchat soni, ming dona maydoni, gektar koʻchat soni, ming dona maydoni, gektar koʻchat soni, ming dona Qoraqalpogʻiston Respublikasi 100 15,6 20 3,1 30 4,7 50 7,8 Andijon viloyati 555 86,6 100 15,6 180 28,1 275 42,9 Buxoro viloyati 450 70,2 100 15,6 150 23,4 200 31,2 Jizzax viloyati 4350 678,6 600 93,6 1500 234,0 2250 351,0 Qashqadaryo viloyati 3360 524,2 360 56,2 1000 156,0 2000 312,0 Navoiy viloyati 2300 358,8 1300 202,8 500 78,0 500 78,0 Namangan viloyati 3010 469,6 550 85,8 1020 159,1 1440 224,6 Samarqand viloyati 4850 756,6 1100 171,6 1500 234,0 2250 351,0 Surxondaryo viloyati 3853 601,1 353 55,1 1500 234,0 2000 312,0 Sirdaryo viloyati 1200 187,2 300 46,8 400 62,4 500 78,0 Toshkent viloyati 6000 936,0 800 124,8 2000 312,0 3200 499,2 Fargʻona viloyati 2050 319,8 300 46,8 750 117,0 1000 156,0 Xorazm viloyati 1050 163,8 300 46,8 350 54,6 400 62,4 Jami: 33128 5168,0 6183 964,5 10880 1697,3 16065 2506,1
Izoh: Respublika hududlarining tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda tashkil etiladigan yongʻoq plantatsiyalari maydonlari va talab etiladigan koʻchatlar soni oʻzgarishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 4-martdagi 119-son qaroriga 6-ILOVA
2017 — 2019-yillarda respublikaning togʻ va togʻ oldi, lalmikor hamda tekislik hududlarida unabi plantatsiyalari tashkil etiladigan maydonlar va talab etiladigan
koʻchatlar miqdori
Hududlar nomi Namunali tumanlar nomi Shundan: 2017-yil 2018-yil 2019-yil maydoni, gektar talab etiladigan koʻchatlar soni, ming dona maydoni, gektar koʻchat soni, ming dona maydoni, gektar koʻchat soni, ming dona maydoni, gektar koʻchat soni, ming dona Qoraqalpogʻiston Respublikasi 500 130,0 150 39,0 150 39,0 200 52,0 Andijon viloyati 400 104,0 100 26,0 150 39,0 150 39,0 Buxoro viloyati 700 182,0 150 39,0 250 65,0 300 78,0 Jizzax viloyati 600 156,0 150 39,0 200 52,0 250 65,0 Qashqadaryo viloyati 600 156,0 150 39,0 200 52,0 250 65,0 Navoiy viloyati 420 109,2 100 26,0 150 39,0 170 44,2 Namangan viloyati 700 182,0 150 39,0 250 65,0 300 78,0 Samarqand viloyati 800 208,0 200 52,0 250 65,0 350 91,0 Surxondaryo viloyati 750 195,0 200 52,0 250 65,0 300 78,0 Sirdaryo viloyati 600 156,0 150 39,0 200 52,0 250 65,0 Toshkent viloyati 540 140,4 100 26,0 170 44,2 270 70,2 Fargʻona viloyati 650 169,0 100 26,0 250 65,0 300 78,0 Xorazm viloyati 700 182,0 150 39,0 250 65,0 300 78,0 Jami: 7960 2069,6 1850 481,0 2720 707,2 3390 881,4
Izoh: Respublika hududlarining tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda tashkil etiladigan unabi plantatsiyalari maydonlari va talab etiladigan koʻchatlar soni oʻzgarishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 4-martdagi 119-son qaroriga 7-ILOVA
Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkasi egalariga ajratiladigan kreditlarning qaytmaslik xavfini sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta sherikchiligi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi qonunlariga va sugʻurta faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonunchilikka muvofiq dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkasi egalariga ajratiladigan kreditlarni qaytmaslik xavfini sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta sherikchiligi faoliyatini belgilaydi.
2. Mazkur Nizom umumiy sugʻurta qilish tarmogʻida faoliyat koʻrsatish huquqiga ega boʻlgan barcha sugʻurta tashkilotlariga nisbatan tatbiq etiladi.
3. Ushbu Nizom asosida dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkasi egalariga ajratiladigan kreditlarni qaytmaslik xavfini sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta operatsiyalarining moliyaviy barqarorligini taʼminlash maqsadida sugʻurtalovchilar tomonidan yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan sugʻurtalovchilarning kasbiy birlashmasi sugʻurta sherikchiligi (keyingi oʻrinlarda — sugʻurta sherikchiligi deb yuritiladi) tuziladi.
4. Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkasi egalariga ajratiladigan kreditlarni qaytmaslik xavfini sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta sherikchiligini taʼsis etish mazkur Nizomning ilovasida koʻrsatilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
5. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
lider — sugʻurta qildiruvchi bilan sugʻurta shartnomasini imzolovchi sugʻurta sherikchiligi ishtirokchilaridan biri;
sugʻurta sherikchiligi shartnomasi — sugʻurta sherikchiligi ishtirokchilari oʻrtasidagi birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnoma;
sugʻurta shartnomasi — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkasi egalariga limon yetishtirish uchun issiqxonalar tashkil etish, unabi, grek yongʻogʻi va parrandachilik mahsulotlarini yetishtirish maqsadida ajratilayotgan kreditlarni qaytmaslik xavfini sugʻurta qilish shartnomasi;
oʻzaro hisob-kitob dalolatnomasi — sugʻurta mukofotlari va sugʻurta toʻlovlari boʻyicha sugʻurta sherikchiligi ishtirokchilari oʻrtasida hisob-kitobni belgilovchi hujjat.
2-bob. Sugʻurta sherikchiligi ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari
6. Sugʻurta sherikchiligi ishtirokchilari quyidagi huquqlarga ega:
sugʻurta shartnomasini tuzishga asos boʻluvchi tegishli hujjatlarni talab etish;
sugʻurta sherikchiligi kuzatuv kengashida vakil sifatida ishtirok etish;
kuzatuv kengashi yigʻilishini chaqirishni taklif etish;
kuzatuv kengashi yigʻilishi kun tartibiga tegishli masalalarni kiritish va tashabbuslar bilan chiqish.
7. Sugʻurta sherikchiligi ishtirokchilari quyidagilarga majbur:
ushbu Nizom, sugʻurta sherikchiligi shartnomasi va kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilingan qarorlarni bajarish;
sugʻurta shartnomalarini qonunchilik talablari asosida rasmiylashtirish;
sugʻurta sherikchiligi ishtirokchilari oʻrtasida hisob-kitoblarni oʻz vaqtida amalga oshirish;
sugʻurta sherikchiligining boshqa ishtirokchilari tomonidan mazkur Nizom asosida tuzilgan sugʻurta shartnomalari boʻyicha oʻz ulushiga toʻgʻri keladigan javobgarlikni qabul qilish;
sugʻurta daʼvolari boʻyicha sugʻurta toʻlovlarini oʻz ulushi doirasida amalga oshirish.
8. Sugʻurta sherikchiligi tomonidan dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkasi egalariga ajratiladigan kreditlarni qaytmaslik xavfini sugʻurta qilishdan boshqa sugʻurta turlari boʻyicha xavflar qabul qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Bunda sugʻurta sherikchiligi ishtirokchilari dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkasi egalariga ajratiladigan kreditlarni qaytmaslik xavfini sugʻurta qilishdan boshqa sugʻurta turlari boʻyicha sugʻurta sherikchiligini tuzish toʻgʻrisida alohida shartnomalar tuzishga haqli.
3-bob. Sugʻurta sherikchiligi boshqaruvi
9. Sugʻurta sherikchiligi faoliyatiga umumiy rahbarlikni sugʻurta sherikchiligi ishtirokchilarining birinchi rahbarlaridan tashkil topgan 9 kishidan iborat tarkibdagi kuzatuv kengashi amalga oshiradi.
10. Kuzatuv kengashi, agar majlisda uning aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlsa, qaror qabul qilishga haqlidir. Agar hozir boʻlganlarning kamida uchdan ikki qismi kuzatuv kengashi qarori uchun ovoz bersa kuzatuv kengashi qarori qabul qilingan hisoblanadi.
11. Kuzatuv kengashining vakolatlar doirasi quyidagilardan iborat:
kuzatuv kengashi raisi va uning oʻrinbosarini saylash;
ijrochi organni tayinlash;
ijrochi organning yillik hisobotini tasdiqlash;
ijrochi organni taftish qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilish.
12. Sugʻurta sherikchiligining joriy faoliyati kuzatuv kengashi tomonidan tayinlangan ijro etuvchi organ sifatida qatnashuvchi sugʻurta sherikchiligi ishtirokchilarining biri yoki boshqa tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
Ijro etuvchi organ sugʻurta sherikchiligi ishtirokchilarining har biri bilan tuziladigan shartnomalarga muvofiq faoliyat yuritadi.
13. Ijro etuvchi organ quyidagilarni amalga oshiradi:
sugʻurta mukofotlari va sugʻurta toʻlovlari boʻyicha sugʻurta sherikchiligi ishtirokchilari oʻrtasidagi hisob-kitob dalolatnomasini tayyorlash;
sugʻurta sherikchiligi ishtirokchilari tomonidan dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkasi egalariga ajratiladigan kreditlarni qaytmaslik xavfini sugʻurta qilishni amalga oshirishda ularning oʻzaro hamkorligini taʼminlash;
dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkasi egalariga ajratiladigan kreditlarni qaytmaslik xavfini sugʻurta qilish, shu jumladan, mazkur sugʻurta shartnomalari va sugʻurta hodisalari, sugʻurta qildiruvchi va naf oluvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan iborat boʻlgan maʼlumotlar axborot bazasini shakllantirish;
sugʻurta sherikchiligi ishtirokchilariga dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkasi egalariga ajratiladigan kreditlarni qaytmaslik xavfini sugʻurta qilishni amalga oshirish sohasida maslahat xizmatlari va boshqa xizmatlar koʻrsatish;
kuzatuv kengashi qarorlariga muvofiq qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa funksiya va faoliyatni amalga oshirish.
4-bob. Sugʻurta shartnomasini tuzish tartibi
14. Ushbu Nizom boʻyicha sugʻurta qilish sugʻurta sherikchiligi ishtirokchilari tomonidan kelishilgan yagona namunadagi sugʻurta shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
15. Lider dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkasi egalariga ajratiladigan kreditlarni qaytmaslik xavfini sugʻurta qilish shartnomasini tuzadi hamda sugʻurta shartnomasiga muvofiq sugʻurta qildiruvchi va naf oluvchi oldida huquq va majburiyatlar bajarilishini taʼminlaydi.
Sugʻurta qildiruvchi/naf oluvchi liderdan barcha sugʻurta sherikchiligi ishtirokchilarining roʻyxatini va ular tomonidan dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkasi egalariga ajratiladigan kreditlarni qaytmaslik xavfini sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha qabul qilingan majburiyatlar hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotni talab qilishga haqlidir. Bunda lider ana shunday maʼlumotni sugʻurta qildiruvchi/naf oluvchidan tegishli yozma ariza olingan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida taqdim etishi shart.
16. Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkasi egalariga ajratiladigan kreditlarni qaytmaslik xavfini sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha majburiyatlar hajmi kuzatuv kengashi tomonidan taqsimlanadi. Bunda har bir sugʻurta sherikchiligi ishtirokchisi dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkasi egalariga ajratiladigan kreditlarni qaytmaslik xavfini sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha majburiyatlar hajmi taqsimlangandan soʻng qolgan majburiyatlarni qonunchilikda belgilangan tartibda oladi.
17. Biron-bir sugʻurta sherikchiligi ishtirokchisi tomonidan sugʻurta tovonining oʻziga tegishli ulushini belgilangan muddatlarda toʻlanishi imkoni boʻlmagan taqdirda, sugʻurta tovonining ushbu qismi qolgan sugʻurta sherikchiligi ishtirokchilari oʻrtasida ularning har biri olgan majburiyatlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi va ular tomonidan keyinchalik sugʻurta tovonini toʻlash boʻyicha majburiyatni bajarmagan sugʻurta sherikchiligi ishtirokchisidan undirib olingan holda toʻlanadi.
5-bob. Yakuniy qoidalar
18. Sugʻurta sherikchiligi ishtirokchilari oʻrtasida kelib chiqadigan barcha nizolar va kelishmovchiliklar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
19. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
20. Sugʻurta sherikchiligi shartnomasi sugʻurta sherikchiligi ishtirokchilari oʻrtasida hisob-kitob tartibi, hujjatlar almashinuvi, javobgarlik limitlari, sugʻurta sherikchiligi ishtirokchilari ulushlari va qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa qoidalarni belgilaydi.
21. Ushbu Nizomda koʻrsatilmagan masalalar sugʻurta sherikchiligi shartnomasi va qonunchilikka muvofiq tartibga solinadi.
Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkasi egalariga ajratiladigan kreditlarni qaytmaslik xavfini sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta sherikchiligi toʻgʻrisida nizomga ILOVA
Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkasi egalariga ajratiladigan kreditlarni qaytmaslik xavfini sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta sherikchiligini taʼsis etish
SXEMASI
Bosqichlar Tadbirlar nomi Muddat Masʼullar I Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkasi egalariga ajratiladigan kreditlarni qaytmaslik xavfini sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta sherikchiligi ishtirokchilarini aniqlash Qaror qabul qilingandan keyin 5 kun mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Sugʻurta nazorati davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasi II Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkasi egalariga ajratiladigan kreditlarni qaytmaslik xavfini sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta sherikchiligi ishtirokchilari Kuzatuv kengashining birinchi taʼsis majlisini chaqirish Qaror qabul qilingandan keyin 10 kun mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Sugʻurta nazorati davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasi III Sugʻurta sherikchiligi Kuzatuv kengashi raisi va uning oʻrinbosarini saylash Qaror qabul qilingandan keyin 10 kun mobaynida Sugʻurta sherikchiligining Kuzatuv kengashi IV Sugʻurta sherikchiligining joriy faoliyatini amalga oshiruvchi ijro etuvchi organni tayinlash Sugʻurta sherikchiligi ishtirokchilari Kuzatuv kengashining birinchi taʼsis majlisi oʻtkazilgandan keyin 10 kun mobaynida Sugʻurta sherikchiligining Kuzatuv kengashi V Sugʻurta sherikchiligi ijro etuvchi organi tomonidan sugʻurta sherikchiligi ishtirokchilarining har biri bilan tegishli shartnomalar imzolash Ijro etuvchi organ tayinlangandan keyin 5 kun mobaynida Sugʻurta sherikchiligining ijro etuvchi organi VI Sugʻurta sherikchiligi ishtirokchilari oʻrtasidagi birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnoma matnini ishlab chiqish va tasdiqlash Sugʻurta sherikchiligi ishtirokchilari Kuzatuv kengashining birinchi taʼsis majlisi oʻtkazilgandan keyin 15 kun mobaynida Sugʻurta sherikchiligi, Oʻzbekiston sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasi, sugʻurta kompaniyalari VII Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq dehqon xoʻjaliklari va aholi xonadonlarida qoʻshimcha ravishda parrandachilik va limon mahsulotlarini yetishtirish va issiqxonalar tashkil etish uchun ajratilayotgan kreditlarni qaytmaslik xavfini sugʻurta qilish shartnomasining yagona namunasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish Sugʻurta sherikchiligi ishtirokchilari Kuzatuv kengashining birinchi taʼsis majlisi oʻtkazilgandan keyin 15 kun mobaynida Sugʻurta sherikchiligi, Oʻzbekiston sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasi, sugʻurta kompaniyalari VIII Sugʻurta sherikchiligi ishtirokchilari tomonidan dehqon xoʻjaliklari va aholi xonadonlarida qoʻshimcha ravishda parrandachilik mahsulotlari, limon, unabi, grek yongʻogʻi yetishtirish va issiqxonalar tashkil etish uchun ajratilayotgan kreditlarni qaytmaslik xavfini sugʻurtalash Sugʻurta qilish shartnomasining yagona namunasini amaliyotga joriy etishdan boshlab Sugʻurta sherikchiligi ishtirokchilari IX Sugʻurta sherikchiligi ishtirokchilari oʻrtasida hisob-kitoblarni amalga oshirish Har chorakdan soʻng keyingi oyning 10-sanasigacha Sugʻurta sherikchiligi ishtirokchilari X Sugʻurta daʼvolari boʻyicha sugʻurta toʻlovlarini oʻz ulushi doirasida amalga oshirish Hisob-kitoblar taqdim etilgandan keyin 5 kun mobaynida Sugʻurta sherikchiligi ishtirokchilari
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 4-martdagi 119-son qaroriga 8-ILOVA
Dehqon xoʻjaliklari va aholi xonadonlariga 90 kunlik joʻjalarni oʻstirishga moʻljallangan zamonaviy parrandachilik komplekslarni tashkil etish topshirigʻi
Hududlar Tashkil etiladigan parrandachilik kompleks soni Joʻja oʻstirish sexlari Masʼul tijorat banklarning nomi Talab etiladigan mablagʻ (mln. soʻm) soni quvvati (ming bosh) jami shundan: bir martalik yillik oʻz mablagʻi kredit hisobidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1 4 160 640 “Asaka bank” 5 200 1 560 3 640 Andijon viloyati 1 3 120 480 “Xalq banki” 4 200 1 260 2 940 Buxoro viloyati 1 6 240 960 “Sanoatqurilishbank” 4 800 1 440 3 360 Jizzax viloyati 1 2 80 320 “Asaka bank” 2 400 720 1 680 Qashqadaryo viloyati 1 3 120 480 “Agrobank” 4 000 1 200 2 800 Navoiy viloyati 1 2 80 240 “Turon-bank” 2 400 720 1 680 Namangan viloyati 1 9 450 1 800 “Agrobank” 10 500 3 150 7 350 Samarqand viloyati 1 21 1 250 5 000 “Mikrokreditbank” 10 500 3 150 7 350 Surxondaryo viloyati 1 9 450 1 800 “Milliy bank” 10 500 3 150 7 350 Sirdaryo viloyati 1 2 100 300 “Sanoatqurilishbank” 3 800 1 140 2 660 Toshkent viloyati 1 4 160 480 “Aloqabank” 5 000 1 500 3 500 Fargʻona viloyati 1 11 550 1 650 “Oʻzmilliybank” 13 000 3 900 9 100 Jami: 12 76 3 760 14 150 76 300 22 890 53 410
