Vazirlar Mahkamasining “2015-yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va iqtisodiyotni yanada isloh qilishni chuqurlashtirish, tarkibiy oʻzgartirishlar va modernizatsiyalash boʻyicha 2016-yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalari toʻgʻrisida”gi har yilgi maʼruzasi haqida (KQ-69-III-son)
15.02.2016
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan “2015-yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va iqtisodiyotni yanada isloh qilishni chuqurlashtirish, tarkibiy oʻzgartirishlar va modernizatsiyalash boʻyicha 2016-yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalari toʻgʻrisida”gi maʼruza materiallarini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. 2015-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 15-yanvardagi kengaytirilgan majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi aʼzolari ishtirokida koʻrib chiqilganligi, unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov tomonidan erishilgan natijalarning tanqidiy tahlili bilan bir qatorda iqtisodiyotni isloh qilishni, tarkibiy oʻzgartirishlarni yanada chuqurlashtirish va modernizatsiyalash boʻyicha 2016-yilga moʻljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalari belgilab berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 2016-yil 15-yanvar kuni Vazirlar Mahkamasining majlisidagi “Bosh maqsadimiz — mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy oʻzgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yoʻl ochib berish hisobidan oldinga yurishdir” maʼruzasida belgilab berilgan 2016-yilga moʻljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalarini roʻyobga chiqarilishini va soʻzsiz amalga oshirilishini taʼminlasin.
3. Senat qoʻmitalari oʻz faoliyatlarida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 2016-yilga moʻljallangan eng muhim ustuvor vazifalari amalga oshirilishi ustidan samarali nazoratni taʼminlashga doir zarur chora-tadbirlarni koʻrsin.
4. Mazkur Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining navbatdagi yalpi majlisi tasdigʻiga kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
2016-yil 15-fevral,
KQ-69-III-son
