Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-son qarori) (107-son)
27.02.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 27-fevral,
107-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-fevraldagi 107-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
2. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-iyuldagi 146-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 26-27-son, 254-modda) bilan tasdiqlangan Korxonalar va uyda mahsulot ishlab chiqarayotgan va xizmatlar koʻrsatayotgan fuqarolar oʻrtasidagi kooperatsiyani muvofiqlashtirish, qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish boʻyicha ishchi komissiya toʻgʻrisidagi Nizomning 3-bandi ikkinchi xatboshidagi “iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmatlar sohasi va tadbirkorlik masalalari boʻyicha” soʻzlari “iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Yengil sanoat mahsulotlarining yarmarka savdosini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 28-yanvardagi 25-son qaroriga ilova rus tilidagi matnining oʻn birinchi xatboshidagi “zamestitel Predsedatelya Soveta Ministrov Respubliki Karakalpakstan, zamestiteli xokimov oblastey po voprosam ekonomicheskogo i sotsialnogo razvitiya, sferi uslug i predprinimatelstva” soʻzlari “pervie zamestiteli Predsedatelya Soveta ministrov Respubliki Karakalpakstan, xokimov oblastey po voprosam ekonomiki i predprinimatelstva” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-maydagi 132-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-yil, 4-son, 32-modda) bilan tasdiqlangan Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida sogʻlom ovqatlanishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida Nizomning 20-bandi ikkinchi xatboshidagi “iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish, xizmatlar sohasi va tadbirkorlik masalalari” soʻzlari “yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 21-iyuldagi 237-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 7-son, 69-modda) bilan tasdiqlangan “Savdo va xavfsizlik” tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 1-ilovaning ikkinchi xatboshidagi “iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmatlar sohasi va tadbirkorlik” soʻzlari “sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik” soʻzlari bilan almashtirilsin.
