“Elektron zaxiraga olish tizimi va firma nomlarining markazlashtirilgan maʼlumotlar bazasining ishlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (2251-3-son)
01.03.2017
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI Davlat statistika qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 1-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2251-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-yanvardagi PF-4940-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-yanvardagi 8-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror 2017-yil 1-apreldan kuchga kiradi.
Davlat statistika qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari B. MIRUSMANOV
Toshkent sh.,
2017-yil 28-fevral,
2-mb-son
Kelishilgan:
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri v.b. Sh. ShERMATOV
2017-yil 28-fevral
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2017-yil 28-fevraldagi 2-mb-son qaroriga ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2011-yil 1-iyuldagi 3-mb-son “Elektron zaxiraga olish tizimi va firma nomlarining markazlashtirilgan maʼlumotlar bazasining ishlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2251, 2011-yil 2-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 31-son, 334-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2012-yil 27-iyuldagi 2-mb-son “Elektron zaxiraga olish tizimi va firma nomlarining markazlashtirilgan maʼlumotlar bazasining ishlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2251-1, 2012-yil 31-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 31-son, 368-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2015-yil 12-noyabrdagi 5-mb-son “Elektron zaxiraga olish tizimi va firma nomlarining markazlashtirilgan maʼlumotlar bazasining ishlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 18-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2251-2, 2015-yil 19-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 46-son, 593-modda).
