Korxonalarning bankrotligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida (362-son)
26.07.1999
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 23-iyuldagi PF—2342-son Farmonini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Yangi tahrirdagi “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida” 1998-yil 28-avgustdagi 669-I-son qarorining 2-bandini bajarish yuzasidan, shuningdek bankrot deb eʼtirof etilgan korxonalarni tugatish jarayonlarini faollashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasiga, Oliy xoʻjalik sudiga Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 2-noyabrdagi 460-son qarorini bajarish, iqtisodiy nochor korxonalarni tugatish va sanatsiya qilish, bankrot korxonalar mol-mulkini sotib yuborish ishlari qoniqarsiz tashkil etilganligi koʻrsatib oʻtilsin.
2. Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi, vazirliklar, idoralar, konsernlar, korporatsiyalar, uyushmalar va kompaniyalar ishtirokida zarar koʻrib ishlayotgan korxonalarning moliya-xoʻjalik faoliyatini 1999-yilning I yarim yilligi yakunlari boʻyicha chuqur tahlil qilsin, tugatiladigan, istiqbolsiz korxonalarning aniq roʻyxatini aniqlasin, mulkida davlat mulki boʻlgan korxonalarni tugatish, sanatsiya qilish va qayta ixtisoslashtirish yuzasidan ilgari tasdiqlangan dasturlarni tanqidiy qayta koʻrib chiqsin hamda amalga oshirilgan ishlar natijalari toʻgʻrisida 9 oy yakunlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi:
ustav fondida davlat ulushi boʻlgan bankrot korxonalarni tugatish jarayonining borishi ustidan kundalik nazorat oʻrnatsin, tugatuvchi boshqaruvchi qoniqarsiz ishlagan taqdirda uni vazifalarni bajarishdan ozod etish toʻgʻrisidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat etsin;
tugatilayotgan korxonalarning mol-mulkini sotish boʻyicha kimoshdi savdolarining muntazam oʻtkazilishini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudiga:
respublika mintaqalarida korxonalar bankrotligi toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish boʻyicha xoʻjalik sudlarining faoliyatini faollashtirish;
korxonalar bankrotligi toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishda, tugatuvchi boshqaruvchilarni tayinlashda rasmiyatchilik va sansalorlik hollarini bartaraf etish, bunday hollarga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslarning javobgarligini koʻrib chiqish;
iqtisodiy nochorlik haqidagi ishlar boʻyicha sud amaliyotini chuqur tahlil qilish va umumlashtirish, bankrotlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan oʻz vaqtida takliflar kiritish tavsiya etilsin.
7. Quyidagilar:
Iqtisodiy nochor korxonalarni sanatsiyalash toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
8. Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi bir oy muddatda:
Mulkida davlat mulki boʻlgan bankrot korxonalarni tugatish boʻyicha tugatish komissiyalari toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasining hududiy boshqarmasi toʻgʻrisidagi yangilangan Namunaviy nizomni tasdiqlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi:
oʻn kun muddatda xodimlarning belgilangan cheklangan soni doirasida Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari tuzilmasini qayta koʻrib chiqsin;
ikki oy muddatda Qoʻmita markaziy apparati va hududiy boshqarmalari xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
11. Korxonalarning bankrotligi toʻgʻrisidagi qonunchilikning amalga oshirilishi masalalari yilning har choragida Vazirlar Mahkamasi majlislarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va iqtisodiy islohotlarning borishini baholash chogʻida koʻrib borilsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 26-iyul,
362-son
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 26-iyuldagi 362-son qaropiga 2-ILOVA
Sudgacha sanatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Mazkur Nizom “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 23-iyuldagi PF–2342-son Farmoniga muvofiq bankrotlik belgilariga ega boʻlgan korxonalarni sogʻlomlashtirish hamda ularning toʻlov qobiliyatini tiklash maqsadida oʻtkaziladigan suddan oldin sanatsiyalash masalalarini tartibga soladi.
2. Suddan oldin sanatsiyalash (bundan keyin sanatsiyalash deb ataladi) bankrotlikning oldini olish maqsadida qarzdor korxona — yuridik shaxsning muassislari (qatnashchilari), qarzdorning kreditorlari va boshqa shaxslar, shu jumladan davlat tomonidan qarzdor korxonaning toʻlov qobiliyatini tiklash boʻyicha chora-tadbirlardan iborat boʻladi.
Suddan oldin sanatsiyalash qarzdor korxonaning bankrotligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilgungacha amalga oshiriladi va qarzdor korxonaning toʻlov qobiliyatini, iqtisodiy quvvatini tiklash hamda uning kelgusida samarali faoliyatni amalga oshirish uchun sharoitlar yaratishni maqsad qilib qoʻyadi.
3. Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlangan holda qarzdorni sanatsiyadan oʻtkazish oʻn ikki oydan yigirma toʻrt oygacha boʻlgan muddatga joriy etiladi.
4. Ushbu Nizomning amal qilishi “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiyalash toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladigan qishloq xoʻjaligi korxonalarini suddan oldin sanatsiyalashga tatbiq etilmaydi.
II. SANATSIYALASh SUBYEKTLARI VA OBYEKTLARI
5. Qarzdor korxona-yuridik shaxsning muassislari (qatnashchilari), qarzdor korxona mulkining egasi, davlat organlari va boshqa shaxslar sanatsiyalash subyektlari boʻlishi mumkin.
6. Qarzdor korxona sanatsiyalash obyekti hisoblanadi.
7. Quyidagilar birinchi navbatda sanatsiya qilinadi:
hayotiy muhim oziq-ovqat va nooziq-ovqat xalq isteʼmoli mollari hamda dori-darmonlar ishlab chiqaruvchi korxonalar;
davlat mudofaa qudrati va xavfsizligi saqlab turilishini taʼminlovchi korxonalar;
respublika iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim rol oʻynaydigan bazaviy tarmoqlar (kon qazish, energetika, metallurgiya, kimyo va boshqa tarmoqlar) korxonalari;
raqobatga bardoshli, eksportbop, importning oʻrnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar;
zamonaviy, yuqori unumli texnika ishlab chiqarishni va iqtisodiyot sohasiga yangi, progressiv, resursni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni taʼminlaydigan korxonalar;
shahar asosi boʻlgan korxonalar va ularga tenglashtirilgan korxonalar.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan tarkibiy qayta oʻzgartirish va moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar rejalari maʼqullangan korxonalar.
8. Faoliyatni davom ettirish uchun qarzdor korxonaning toʻlov qobiliyatini tiklashning aniq imkoniyati mavjudligidan dalolat beradigan moliya va xoʻjalik faoliyati tahlili natijalari iqtisodiy nochor korxonalarni sanatsiya qilinadigan obyektlar qatoriga kiritishning asosiy mezoni hisoblanadi.
III. SANATSIYALAShNI OʻTKAZIShNING ShAKL VA USULLARI
9. Sanatsiyalash ham toʻlanadigan, ham toʻlanmaydigan asosda davlat mablagʻlari ishtirokida yoki ishtirokisiz, shu jumladan tanlov asosida quyidagi yoʻllar bilan amalga oshirilishi mumkin:
qarzlarni oʻzaro surishishni tashkil etish;
toʻlov muddati oʻtgan qarzlarni toʻliq yoki qisman toʻlash;
ishlab chiqarishni raqobatbardoshli mahsulot chiqarishga qayta ixtisoslashtirish;
chetdan yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish;
xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash;
qarzdor korxonaning toʻlov qobiliyatini tiklashdan va uning faoliyatini davom ettirishdan manfaatdor boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan moliyaviy yordam koʻrsatish;
kreditorga toʻlovlar muddatini uzaytirish va (yoki) ularni boʻlib-boʻlib toʻlash yoki qarzdor korxonaning faoliyatini davom ettirish uchun qarzlardan chegirish toʻgʻrisida ular oʻrtasida ahdlashuvga erishishga yoʻnaltirilgan qarzdor korxona va kreditor (kreditorlar) oʻrtasida bitim tuzish;
suddan oldin sanatsiyadan oʻtkazish muddatida majburiy toʻlovlarni toʻlash va kreditlarni qaytarish muddatini kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash, hisoblangan penya va jarimalarni hisobdan chiqarish;
yuridik shaxs — qarzdor korxonani qayta tashkil etish;
qarzdor korxonani moliyaviy sogʻlomlashtirishga yordam beradigan boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish.
10. Davlat mablagʻlarini jalb etgan holda sanatsiyalash quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
Muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Respublika komissiyasi qaroriga binoan sudgacha boʻlgan sanatsiyalash muddatida majburiy toʻlovlarni toʻlash, ilgari ajratilgan davlat kreditlarini qaytarishni kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash, shuningdek hisoblangan penya va jarimalarni hisobdan chiqarish shaklida davlat mablagʻlarini jalb etish;
Davlat mablagʻlarini jalb etgan holda sanatsiyalash tartiboti Hukumat qarorlariga binoan boshqa chora-tadbirlarni oʻz ichiga olishi mumkin.
davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlangan holda sanatsiyalash oʻtkazilishida qarzdorga xizmat koʻrsatuvchi bankda ilgari amal qilgan hisob raqamlari toʻxtatilgan holda sanatsiyalash boʻyicha soʻmda va (yoki) valyutada hisob raqami ochiladi.
Sanatsiya hisob raqami ish tartibi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
IV. KORXONALARNI SANATSIYALASh UChUN MABLAGʻLAR MANBALARI
11. Quyidagilar sanatsiyalash uchun mablagʻlar manbalari hisoblanadi:
korxonalar egalari, kreditorlar, birlashmalar (xoʻjalik uyushmalari), boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning moliyaviy yordami;
V. MULKIDA DAVLAT ULUShI BOʻLGAN KORXONALARNI HAMDA DAVLAT MABLAGʻLARINI JALB ETGAN HOLDA SANATSIYALAShNI TAShKIL ETISh VA UNING OʻTKAZILIShINI NAZORAT QILISh
12. Ustav fondida davlat ulushi boʻlgan obyektlarni sanatsiyalash toʻgʻrisidagi qarorni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hayʼati qabul qiladi.
13. Ustav fondida davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektning sanatsiyalash yoki davlat mablagʻlarini jalb qilish toʻgʻrisidagi murojaatnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga beriladi.
Qarzdor korxona sanatsiyalash toʻgʻrisida murojaat qilganda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi.
hisobot yilining joriy davri hamda oldingi yilning buxgalteriya balanslari;
ichki zaxiralardan foydalanish imkoniyatlari puxta tahlil qilingan, shu jumladan ishlab chiqariladigan mahsulotga haq toʻlashga qodir ehtiyoj mavjudligini tasdiqlovchi tegishli shartnomalar koʻrsatilgan, mulkdor tomonidan tasdiqlangan moliyaviy sogʻlomlashtirish rejasi;
korxonaning qarzlari boʻyicha mahalliy soliq organi bilan solishtirish dalolatnomasi.
hisob raqamlarining holati toʻgʻrisida xizmat koʻrsatuvchi bankning maʼlumotnomasi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi sanatsiyadan oʻtkazish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
14. Korxonaning moliya-xoʻjalik faoliyatini tahlil qilish va baholash hamda korxonani moliyaviy sogʻlomlashtirishning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hayʼati bilan kelishilgan biznes-rejasi asosida sanatsiyalash toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Korxonaga nisbatan sudgacha sanatsiyalash muddatida majburiy toʻlovlarni toʻlash, ilgari berilgan davlat kreditlarini qaytarishni kechiktirish va (yoki) ularni boʻlib-boʻlib toʻlash, shuningdek hisoblangan penya va jarimalarni hisobdan chiqarish shaklida davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash zarurati boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining qarori qaror qabul qilish uchun Muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Respublika komissiyasiga yuboriladi.
15. Mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalarni davlat mablagʻlarini jalb etgan holda sanatsiyalashni tashkil etish va uning monitoringi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
VI. SANATSIYALAShNI TOʻXTATISh
16. Sanatsiyalash uni oʻtkazish muddati tugashi, uning samarasiz ekanligi aniqlanishi, mazkur Nizom va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari bajarilmaganligi munosabati bilan va amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa sabablarga koʻra toʻxtatilishi mumkin.
Davlat mablagʻlarini jalb etgan holda sanatsiyalashni toʻxtatish haqidagi qarorni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hayʼati chiqaradi.
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 26-iyuldagi 362-son qaropiga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga kiritiladigan oʻzgartirishlar
2. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 7-fevraldagi 61-son qarorida 20-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1998-yil 27-martdagi 133-son qarorining Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi va uning hududiy organlariga oid qismi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan tashkil etilgan Respublika komissiyalari tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 1999-yil 5-martdagi 101-son qaroriga 1-ilovadagi toʻrtinchi komissiyaning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi”.
