Sanoat tarmoqlari korxonalarining jismoniy ishdan chiqqan va maʼnaviy eskirgan mashina-uskunalarini jadal yangilash, shuningdek, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PQ-2692-son)
22.12.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Korxonalarda zamonaviy va jahon darajasida muvaffaqiyatli sinovdan oʻtgan texnologiyalarni ildam surʼatlar bilan oʻzlashtirish, mamlakatimiz korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatdoshligini yanada oshirish, shu asosda sanoat tarmoqlarining barqaror rivojlanishini va eksport salohiyatining oʻsishini taʼminlash, shuningdek, energiya samaradorligi va energiya tejamkorligi standartlarining iqtisodiyotga faol tatbiq etilishini taʼminlash maqsadida:
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, sanoat tarmoqlari korxonalari texnologik jihozlari va texnologiyalarining texnik auditini oʻtkazish davomida asosiy ishlab chiqarish fondlarining zamon talablariga qay darajada mosligi borasidagi texnik holati 1-ilovaga* muvofiq oʻrganib chiqildi.
2. Vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda oʻtkazilgan texnik audit natijalarini oʻrganish asosida 2017 — 2020-yillar davrida sanoat tarmoqlari korxonalarining jismoniy ishdan chiqqan va maʼnaviy eskirgan asbob-uskunalarini zamonaviy, jahon darajasida sinovdan oʻtganlari bilan almashtirgan holda ularni ekspluatatsiyadan olib tashlash va yangilash boʻyicha ishlab chiqilgan maqsadli parametrlari 2- va 3-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy banki 2017 — 2020-yillar davrida, mazkur qaror doirasida, respublikamizda ishlab chiqarilmaydigan zamonaviy uskunalar va butlovchi buyumlarni xarid qilish uchun balans hisob-kitoblarida valyuta mablagʻlarini asoslangan hisob-kitoblar boʻyicha hisobga olsin.
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
texnik audit oʻtkazish natijalariga koʻra hisobdan chiqarilayotgan, jismoniy ishdan chiqqan va maʼnaviy eskirgan texnologik uskuna va jihozlar faqat “Oʻzmetkombinat” AJ va “Oʻzbekiston lom, rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi” AJ boʻlinmalariga qora va rangli metallar parchalari tarzida erkin shartnomaviy narxda majburiy tartibda sotilishi, tushgan mablagʻlar zamonaviy uskunalar xarid qilishga maqsadli yoʻnaltirilishi lozim;
hisobdan chiqarilayotgan texnologik uskuna va jihozlarning qora va rangli metallar parchalari tarzida sotilishidan tushgan daromadlar soliqqa tortilmaydi.
7. Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha, ushbu qarorga muvofiq, jismoniy ishdan chiqqan va maʼnaviy eskirgan uskunalar va jihozlarni ekspluatatsiyadan olib tashlash hamda yangilash doirasida olib kelinadigan texnologik uskunalar, materiallar va butlovchi buyumlar 2021-yilning 1-yanvariga qadar bojxona toʻlovlaridan ozod qilinsin (bojxona yigʻimlari bundan mustasno).
8. Vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarga sanoat tarmoqlari korxonalari boshqaruv organlarining yigʻilishida, oʻtkazilgan texnik audit natijalariga koʻra ularda aniqlangan jismoniy ishdan chiqqan va maʼnaviy eskirgan texnologik uskuna va jihozlarini belgilangan tartibda qoldiq qiymati boʻyicha hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish tavsiya qilinsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslarining rahbarlari vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda:
vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning tarkibiga kiruvchi sanoat tarmoqlari korxonalarining jismoniy ishdan chiqqan va maʼnaviy eskirgan mashina-uskunalarini ekspluatatsiyadan olib tashlash va yangilashning tegishli kalendar yili boʻyicha har chorakdagi tarmoq jadvallari va manzilli roʻyxatlari 10-yanvarga qadar tasdiqlanishini;
2018 — 2020-yillar davrida sanoat tarmoqlari korxonalarining jismoniy ishdan chiqqan va maʼnaviy eskirgan mashina-uskunalarini zamonaviy, jahon darajasida sinovdan oʻtganlari bilan almashtirgan holda ularni ekspluatatsiyadan olib tashlash va yangilashning tasdiqlangan maqsadli parametrlari bajarilishini monitoring qilsin va komplekslarning yigʻilishlarida har chorakda koʻrib chiqilishini taʼminlasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligi har yili Oʻzbekiston Respublikasining kelgusi yilgi rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirishda ularga sanoat tarmoqlari korxonalarining jismoniy ishdan chiqqan va maʼnaviy eskirgan asbob-uskunalarini zamonaviy, jahon darajasida sinovdan oʻtganlari bilan almashtirgan holda, ularni yangilash loyihalarini kiritishni nazarda tutsin.
11. Sanoat tarmoqlari korxonalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda 2017 — 2021-yillarda sanoat tarmoqlari korxonalari boʻyicha ishlab chiqarish xarajatlarini, birinchi navbatda, jismoniy ishdan chiqqan va maʼnaviy eskirgan asbob-uskunalarni toʻliq modernizatsiyalash va yangilash, ishlab chiqarishda energiya resurslari isteʼmolini kamaytirish va energiya samaradorligini oshirish, texnologiya jarayonlarini va moddiy-xom ashyo resurslari sarflanishi meʼyorlarini ratsionallashtirish hisobiga kamaytirish, ekspluatatsiya va noishlab chiqarish sarf-xarajatlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish yoʻli bilan qisqartirish boʻyicha ishlab chiqilgan yigʻma va maqsadli parametrlari 4- va 5-ilovalarga* muvofiq maʼqullansin.
* 1 — 5-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslarining rahbarlari vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda:
vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar tarkibiga kiruvchi sanoat tarmoqlari korxonalarining ishlab chiqarish xarajatlarini ushbu qaror bilan maʼqullangan 2017 — 2021-yillarda tarmoq boʻyicha tegishli kalendar yilida ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishning maqsadli parametrlari asosida qisqartirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarning 10-yanvarga qadar tasdiqlanishini;
sanoat tarmoqlari korxonalarida 2017 — 2021-yillarda ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish yuzasidan qabul qilinayotgan chora-tadbirlarning monitoring qilinishi hamda komplekslarning yigʻilishlarida har chorakda koʻrib chiqilishini;
oʻtkazilayotgan monitoring yakunlariga koʻra, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish boʻyicha maqsadli parametrlarga erishish toʻliqligi va samaradorligidan kelib chiqqan holda sanoat tarmoqlari korxonalari rahbarlarini moddiy ragʻbatlantirish yoki shaxsiy javobgarligini oshirish yuzasidan choralar qoʻllanilishini taʼminlasin.
12. Belgilansinki, tasdiqlangan meʼyoriy-texnik hujjatlar doirasida texnologiya jarayonlarini ratsionallashtirish hamda moddiy-xom ashyo va energiya resurslarini sarflash meʼyorlarini optimallashtirish, bir yilga hisoblaganda ekspluatatsiya va qoʻshimcha xarajatlarni kamaytirish, xodimlar sonini optimallashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish hisobiga ishlab chiqarish sarf-xarajatlarining qisqarishi natijasida mahalliylashtirish darajasining pasayishi 2017 — 2021-yillarda Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-iyuldagi 154-sonli qarori bilan tasdiqlangan Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablarini buzish hisoblanmaydi.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzdavenergonazorat” DI, “Oʻzdavneftgazinspeksiya” DI, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi mazkur qaror bilan tasdiqlangan maqsadli parametrlar bajarilishini oʻrganish boʻyicha tizimli ishni tashkil qilsin hamda oʻtkazilayotgan ish yakunlari boʻyicha har chorakda Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etib tursin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslarining rahbarlariga jismoniy ishdan chiqqan va maʼnaviy eskirgan uskunalarni ekspluatatsiyadan olib tashlash va yangilashning har chorakdagi tarmoq jadvallari va manzilli roʻyxatini tasdiqlashda sanoat tarmoqlari korxonalarining asosli takliflari boʻyicha ushbu qaror bilan tasdiqlangan maqsadli parametrlarga oʻzgartishlar kiritish huquqi berilsin.
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 22-dekabr,
PQ-2692-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2692-son qaroriga 1-ILOVA
Sanoat tarmoqlari korxonalari asosiy ishlab chiqarish fondlarining zamon talablariga mosligi jihatidan
Texnik Holati
T/r Tashkilot nomlanishi Jami tekshirilgan texnik uskunalarning soni Ulardan 2021 — 2025-yillarda almashtirilishi kerak boʻlgan uskunalar soni yangilanishi va foydalanishdan chiqarilishi kerak shu jumladan 2016-yilda almashtirilgan uskunalar soni Tarmoq jadvallari doirasida 2017 — 2020-yillarda almashtirilishi zarur boʻlgan uskunalar (birlikda) Investitsiya loyihalari doirasida almashtiriladigan uskunalar texnik jarayonlarni maqbullashtirish va yanada samarador texnologik uskunalarni joriy etish hisobiga qisqartiriladigan uskunalar soni soni (birlikda) hisoblangan qiymati (ming AQSH doll.) soni (birlikda) qiymati (ming AQSH doll.) RESPUBLIKA BOʻYICHA JAMI 194167 34718 1411 8703 1 037 224,3 14350 1 887 531,8 10145 51 135 Geologiya, YOEK, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoatimasalalari kompleksi 122857 28275 106 7193 681 940,1 12 015 1 828 963,4 8 961 28 796 1. “Oʻzbekneftgaz” MXK 27 942 1 649 31 1 004 137 456,3 212 22 898,0 402 3 197 2. “Oʻzbekenergo” AJ 47 118 20 028 2 527 126 020,0 11 776 1 774 850,0 5 725 8 579 2.1. “Oʻzbekgidroenergo” AJ 577 278 34 232 13405,7 356 3. “Oʻzbekkoʻmir” AJ 2 046 642 75 567 38 223,0 524 4. “Oʻzkimyosanoat” AJ 13 024 1 543 1 167 121 230,0 4 20 470,0 372 8 204 5. “Oʻzmetkombinat” AJ 2 488 116 101 31 420,0 15 4 400,0 1 889 6. “OlmaliqKMK” AJ 12 834 928 514 53 885,8 8 6 345,4 406 2 898 7. “OʻzKTJM” AJ(“Olmaliq KMK” AJ) 4 604 3 175 1 119 33 270,0 2 056 8. “NavoiyKMK” DK 12 440 180 180 138 242,0 3413 9. “Oʻzikkilamchimetal” AJ 361 14 14 2 193,0 1 92 Mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotni standartlashtirish masalalari kompleksi 15 292 1 168 60 193 19 325,9 127 16 938,7 679 3 746 10. “Oʻzavtosanoat” AK 8 264 145 127 5 752,6 18 493 11. “Oʻzeltexsanoat” AK 3 551 130 49 81 4 845,7 1 856 12. “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ 3 477 893 11 66 13 573,3 46 12 093,0 661 1 397 Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va isteʼmol tovarlarini qayta ishlash masalalari kompleksi 47 583 4 809 1 218 1 082 57 696,3 2 116 36 050,7 393 13 508 13. “Oʻzbekyengilsanoat” AJ hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tuzilmalariga kirmagan yengil sanoat korxonalari* 4 312 217 68 4 330,0 149 161 14. “Oʻzbekoziqovqat-xolding” XK 1 685 81 2 71 1 122,2 8 101 15. “Oʻzpaxtasanoat” AJ 16 682 181 12 169 20 670,9 1 416 16. “Oʻzdonmahsulot” AK 15 783 3 293 166 62 1 800,0 2 065 33 500,0 10 326 17. “Oʻzsharobsanoat-xolding” XK 8 160 755 4 464 14 267,5 51 2 550,7 236 1 148 18. Suv xoʻjaligi vazirligi 384 4 16 12100 Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi 8 435 466 27 235 278 262,0 92 5 579,0 112 5 085 19. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ 6 800 296 27 66 1 939,0 92 5 579,0 111 4 503 20. Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi 301 12 12 460,0 154 21. “Oʻzqurilishmateriallari” AJ 1 230 158 157 275 863,0 1 428
* 2015-yil oktabr — dekabr oylarida texnologik uskunalari holati oʻrganilgan toʻqimachilik sanoati korxonalari uskunalarini hisobga olmagan holda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2692-son qaroriga 2-ILOVA
Sanoat tarmoqlari korxonalarining jismoniy ishdan chiqqan va maʼnaviy eskirgan asbob-uskunalarini zamonaviy, jahon darajasida sinovdan oʻtgan uskunalar bilan almashtirgan holda ularni ekspluatatsiyadan olib tashlash va yangilash boʻyicha 2017-yilga moʻljallangan
MAQSADLI PARAMETRLAR
T/r Tashkilotlarning nomlanishi 2017-yilda almashtirilishi zarur boʻlgan uskunalar shundan I chorak II chorak III chorak IV chorak soni hisoblangan qiymati (ming AQSH doll.) soni hisoblangan qiymati (ming AQSH doll.) soni hisoblangan qiymati (ming AQSH doll.) soni hisoblangan qiymati (ming AQSH doll.) soni hisoblangan qiymati (ming AQSH doll.) RESPUBLIKA BOʻYICHA JAMI 2350 200 746,6 435 33 696,6 538 33 198,1 541 56 478,9 836 77 373,1 Geologiya, YOEK, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi 1687 154 912,3 290,0 18 431,7 360 24 689,0 449,0 47 858,4 588,0 63 933,4 1. “Oʻzbekneftgaz” MXK 331 51 479,7 43 4447,5 67 6573,2 90 17215,8 131 23 243,2 2. “Oʻzbekenergo” AJ 630 25 616,5 150 4 575,5 150 1 5 890,5 150 6 170,5 180 8 980,0 2.1. “Oʻzbekgidroenergo” AJ 84 4413,7 29 1205,6 9 358,2 12 1075,9 35 1774,0 3. “Oʻzbekkoʻmir” AJ 203 16 850,0 50 4 150,3 51 4 233,3 1 51 4 233,3 51 4 233,3 4. “Oʻzkimyosanoat” AJ 286 27 800,0 36 3 636,0 49 5 279,0 55 6 681,0 146 12 204,0 5. “OlmaliqKMK” AJ 144 12 665,1 4 1 882,4 28 1 130,5 78 8 375,3 34 2 276,9 6. “OʻzKTJM” AJ (“Olmaliq KMK” AJ) 67 7 410,0 7 740,0 11 1 112,5 16 1 852,5 33 3 705,0 7. “Navoiy KMK” DK 22 12 983,0 4 470,0 1 9 3 330,0 9 9 183,0 8. “Toshkent lom va rangli metallarni qayta ishlash zavodi” AJ 4 108,0 4 108,0 Mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotni standartlashtirish masalalari kompleksi 150 14 976,9 89 12 940,2 23 768,9 12 273,5 26 994,3 9. “Oʻzavtosanoat” AK 99 2 803,6 43 847,2 23 768,9 9 193,5 24 994,0 10. “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ 51 12 173,3 46 12 093,0 3 80,0 2 0,3 Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va isteʼmol tovarlarini qayta ishlash masalalari kompleksi 438 21 551,4 55 2 264,7 155 7 740,3 51 2 795,0 177 8 751,4 11. “Oʻzbekyengilsanoat” AJ hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tuzilmalariga kirmagan yengil sanoat korxonalari 60 1 000,0 14 700,0 46 300,0 12. “Oʻzbekoziqovqat-xolding” XK 12 296,4 1 110,0 11 186,4 13. “Oʻzpaxtasanoateksport” AJ 82 7 120,0 2 160,0 74 6 620,0 3 171,0 3 169,0 14. “Oʻzdonmahsulot” AK 62 1 800,0 62 1 800,0 15. “Oʻzsharobsanoat-xolding” XK 133 6 431,3 9 76,6 25 339,6 34 1 315,6 65 4 699,5 16. Suv xoʻjaligi vazirligi 4 490 1 122,5 1 122,5 1 122,5 1 122,5 Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi 75 9 306,0 1 60,0 29 5 552,0 45 3 694,0 17. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ 23 215,0 11 102,0 12 113,0 18. Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi 1 60,0 1 60,0 19. “Oʻzqurilishmateriallari” AJ 51 9 031,0 18 5 450,0 33 3 581,0
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2692-son qaroriga 3-ILOVA
2018 — 2020-yillar davrida sanoat tarmoqlari korxonalarining jismoniy ishdan chiqqan va maʼnaviy eskirgan asbob-uskunalarini zamonaviy, jahon darajasida sinovdan oʻtgan uskunalar bilan almashtirgan holda ularni ekspluatatsiyadan olib tashlash va yangilash boʻyicha
MAQSADLI PARAMETRLAR
T/r Tashkilotlarning nomlanishi 2018 — 2020-yillarda almashtirilishi zarur boʻlgan uskunalar shundan 2018 yil 2019 yil 2020 yil soni hisoblangan qiymati (ming AQSH doll.) soni hisoblangan qiymati (ming AQSH doll.) soni hisoblangan qiymati (ming AQSH doll.) soni hisoblangan qiymati (ming AQSH doll.) RESPUBLIKA BOʻYICHA JAMI 6353 836 477,8 2460 220 614,1 2121 215 348,7 1772 400 515,0 Geologiya, YOEK, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi 5 506 527 027,8 2 064 182 167,9 1 872,0 162 416,4 1 570,0 182 443,5 1. “Oʻzbekneftgaz” MXK 673 85976,6 283 44798,8 177 27093,6 213 14084,2 2. “Oʻzbekenergo” AJ 1897 100 403,5 630 28 750,0 633 30 329,7 634 41 323,8 2.1. “Oʻzbekgidroenergo” AJ 147 8 992,0 97 4605,7 50 4 386,3 3. “Oʻzbekkoʻmir” AJ 364 21 373,0 323 20 110,0 37 1 083,0 4 180,0 4. “Oʻzkimyosanoat” AJ 881 93 430,0 375 20 930,0 253 29 600,0 253 42 900,0 5. “Oʻzmetkombinat” AJ 101 31 420,0 47 5 290,0 24 10 120,0 30 16 010,0 6. “OlmaliqKMK” AJ 370 41220,7 127 14441,1 122 13723,1 121 13056,5 7. “OʻzKTJM” AJ (“Olmaliq KMK” AJ) 1052 25 860,0 233 7 920,0 573 8720 246 9220 8. “Navoiy KMK” DK 158 125 259,0 45 39 528,0 48 41 347,0 65 44 384,0 9. “Oʻzikkilamchiranglimetal” AJ 10 2 085,0 1 1 400,0 5 400,0 4 1 285,0 Mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotni standartlashtirish masalalari kompleksi 43 4 349,0 15 1 849,0 16 860,0 12 1 640,0 10. “Oʻzavtosanoat” AK 28 2 949,0 9 1 649,0 9 360,0 10 940,0 11. “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ 15 1 400,0 6 200,0 7 500,0 2 700,0 12. Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va isteʼmol tovarlarini qayta ishlash masalalari kompleksi 644 36 145,0 322 19 959,2 176 8 851,3 146 7 334,5 13. “Oʻzbekyengilsanoat” AJ hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tuzilmalariga kirmagan yengil sanoat korxonalari 8 3 330,0 8 3 330,0 14. “Oʻzbekoziqovqat-xolding” XK 59 825,8 55 731,8 3 67,0 1 27,0 15. “Oʻzpaxtasanoat”AJ 87 13 550,9 54 8 128,0 22 928,3 11 4 494,6 16. “Oʻzsharobsanoat-xolding” XK 331 7 836,3 100 2 423,7 99 3 049,7 132 2 362,9 17. Suv xoʻjaligi vazirligi 12 1 610,0 8 740,0 2 1 420,0 2 450,0 Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi 160 268 956,0 59 16 638,0 57 43 221,0 44 209 097,0 18. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ 43 1 724,0 22 895,0 11 431,0 10 398,0 19. Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi 11 400,0 2 50,0 2 150,0 7 200,0 20. “Oʻzqurilishmateriallari” AJ 106 266 832,0 35 15 693,0 44 42 640,0 27 208 499,0
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2692-son qaroriga 4-ILOVA
2017-yilda sanoat tarmogʻi korxonalari kesimida ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish
YIGʻMA PARAMETRLARI
foizlarda T/r T/r Tashkilotning nomlanishi Xarajatlarni qisqartirishning oʻrtacha foiz koʻrsatkichi* shu jumladan quyidagilar hisobidan***: ishlab chiqarish xarajatlari bilvosita xarajatlar jami undan: jami undan: energiya resurslarini tejash xom ashyo va materiallar xarajatlarini optimallashtirish texnologik va boshqa yoʻqotishlarni kamaytirish sanoat-ishlab chiqarish xodimlari sonini maqbullashtirish mehnat va asosiy fondlar samaradorligini oshirish hisobiga solishtirma xarajatlarni kamaytirish Boshqa ishlab chiqarish va ekspluatatsiya xarajatlarini kamaytirish maʼmuriy-boshqaruv xodimlarini saqlab turishga sarflanadigan xarajatlarni qisqartirish qoʻshimcha xarajatlarni kamaytirish Xoʻjalik birlashmalari boʻyicha jami 8,0 6,5 1,5 1,8 0,8 0,6 0,7 1,2 1,5 0,1 1,4 I. Geologiya, YOEK, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi 8,5 6,8 1,9 1,2 1,0 0,8 0,8 1,1 1,7 0,1 1,6 1. 1. “Oʻzbekneftgaz” MXK** 10,2 8,6 0,9 1,5 1,5 1,6 1,5 1,6 1,6 0,1 1,5 2. 2. “Navoiy KMK” DK** 5,2 5,1 0,9 2,0 1,0 0,2 1,0 0,1 0,1 0,1 3. 3. “Oʻzbekenergo” AJ 10,6 8,3 5,3 0,4 0,4 0,8 0,4 1,0 2,4 0,1 2,2 3.1. 3.1. “Oʻzbekgidroenergo” AJ 5,5 5,5 5,5 4. 4. “Oʻzbekkoʻmir” AJ 10,0 9,8 0,9 1,6 0,0 1,6 1,4 4,2 0,2 0,1 0,1 5. 5. “Olmaliq KMK”** AJ 6,8 5,4 1,7 1,1 1,3 0,9 0,4 0,0 1,4 0,2 1,2 6. 6. “Oʻzkimyosanoat” AJ 10,3 6,1 0,9 0,7 1,3 0,4 2,8 4,2 0,1 4,1 7. 7. “Oʻzmetkombinat” AJ 5,9 4,2 2,1 0,5 0,0 1,7 1,7 1,7 8. 8. “Toshkent lom va rangli metallarni qayta ishlash zavodi” AJ 10,0 8,1 0,7 0,6 0,5 1,6 2,1 2,6 1,9 0,4 1,5 II. Mashinasozlik, avtomobil va elektr texnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi 4,5 3,53 0,03 2,50 0,12 0,04 0,14 0,70 0,93 0,23 0,70 9. 1. “Oʻzavtosanoat” AK 3,5 2,5 1,7 0,7 1,0 0,3 0,8 10. 2. “Oʻzeltexsanoat” AK 8,0 7,3 0,1 5,0 0,7 0,1 0,8 0,6 0,8 0,2 0,6 11. 3. “Oʻzagrotexsanoat-xolding” XK 5,6 5,1 0,1 3,9 0,0 0,1 0,4 0,8 0,5 0,1 0,4 III. Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va isteʼmol tovarlarini qayta ishlash masalalari kompleksi 8,7 7,7 1,6 2,3 0,5 1,0 0,8 1,6 1,0 0,1 0,9 12. 1. “Oʻzpaxtasanoateksport” XK 10,0 8,6 1.6 1,6 0,3 1,9 1,6 1,5 1,4 0,1 1,4 13. 2. “Oʻzbekyengilsanoat” AJ 7,1 6,5 5,2 0,3 0,4 0,3 0,1 0,3 0,6 0,1 0,5 14. 3. “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK 7,3 7,3 0,1 2,6 1,6 3,0 15. 4. “Oʻzdonmaxsulot” AK 10,1 8,5 0,2 1,5 0,3 0,1 0,5 5,9 1,5 0,4 1,1 16 5. XK “Oʻzsharobsanoat-xolding” 11,0 9,1 0,6 5,1 7,1 1,3 0,4 1,1 1,9 0,2 1,7 18. 7. “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi 6,7 6,4 0,5 4,4 0,3 0,1 0,2 1,0 0,3 0,2 0,1 IV. Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi 7,8 6,6 0,6 3,5 0,0 0,1 0,1 2,2 1,3 0,0 1,2 19. 1. “Oʻzqurilishmateriallari” AJ 8,1 7,4 0,8 2,7 0,1 0,2 0,2 3,4 0,7 0,0 0,7 20. 2. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ 4,6 1,9 0,1 1,7 0,1 0,0 2,7 0,1 2,6 21. 3. “Oʻzmontajmaxsusqurilish” AK 8,5 6,2 0,1 5,9 0,0 0,2 2,2 0,0 2,2 22. 4. Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi 8,2 8,0 0,2 7,6 0,1 0,0 0,1 0,2 0,1 0,1 V. Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi 10,0 8,4 0,1 6,2 0,3 0,2 0,9 0,7 1,6 0,2 1,5 23. 1. “Oʻzfarmsanoat” DAK 10,0 8,4 0,1 6,2 0,3 0,2 0,9 0,7 1,6 0,2 1,5 VI. Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalari masalalari kompleksi 11,2 9,6 0,1 3,9 3,7 0,5 1,3 0,2 1,5 0,1 1,5 24. 1. Matbuot va axborot agentligi 11,5 10,6 0,1 3,5 4,9 0,4 1,7 0,9 0,9 25. 2. “Sharq” NMAK 10,2 6,8 0,1 5,0 0,2 0,6 0,2 0,6 3,4 0,2 3,2
* Jahon narxlari konyunkturasi oʻzgarganligi munosabati bilan xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlarning qiymati pasayganligini hisobga olmagan holda.
** Budjet va davlatning maqsadli jamgʻarmalariga majburiy toʻlovlarni hisobga olmagan holda ishlab chiqarish xarajatlariga nisbatan tushish foizi.
*** Tannarxining bandma-band tushirilishi oʻrtacha foiz koʻrsatkichi chegarasida almashib turishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2692-son qaroriga 5-ILOVA
2018 — 2021-yillarda sanoat tarmogʻi korxonalari kesimida ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish
MAQSADLI PARAMETRLARI
foizda T/r T/r Tashkilotlarning nomlanishi 2018 yil 2019 yil 2020 yil 2021 yil Oʻrta foiz koʻrsatkichi shu jumladan energiya resurslarini tejash hisobidan Oʻrta foiz koʻrsatkichi shu jumladan energiya resurslarini tejash hisobidan Oʻrta foiz koʻrsatkichi shu jumladan energiya resurslarini tejash hisobidan Oʻrta foiz koʻrsatkichi shu jumladan energiya resurslarini tejash hisobidan Xoʻjalik birlashmalari boʻyicha jami 7,5 0,8 7,7 1,7 7,6 1,4 7,5 1,49 I. Geologiya, YOEK, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi 8,3 0,9 8,5 2,2 8,7 1,9 8,9 2,0 1. 1. “Oʻzbekneftgaz” MXK** 10,0 1,0 10,0 1,0 10,1 1,1 10,0 1,1 2. 2. “Navoiy KMK” DK** 5,4 0,9 5,9 0,9 6,3 0,9 6,5 0,9 3. 3. “Oʻzbekenergo” AJ 10,0 5,0 10,0 4,8 10,0 4,0 10,0 4,0 3.1. 3.1. “Oʻzbekgidroenergo” AJ 5,5 5,5 5,5 5,5 4. 4. “Oʻzbekkoʻmir” AJ 10,0 0,9 10,1 1,0 10,1 1,0 10,0 1,0 5. 5. “Olmaliq KMK”** AJ 7,5 1,7 8,0 1,7 8,4 1,6 9,0 1,6 6. 6. “Oʻzkimyosanoat” AJ 10,0 2,3 10,0 3,7 10,0 2,0 10,0 3,2 7. 7. “Oʻzmetkombinat” AJ 2,5 2,0 2,6 2,0 2,5 1,9 2,6 1,8 8. 8. “Oʻzikkilamchiranglimetal” 8,4 0,7 7,7 0,6 8,3 0,6 8,5 0,3 II. Mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi 3,7 0,02 4,5 0,02 3,4 0,02 3,1 0,02 9. 1. “Oʻzavtosanoat” AK 3,0 3,0 2,7 2,6 10. 2. “Oʻzeltexsanoat” AK 6,1 0,1 6,1 0,1 6,2 0,1 6,3 0,1 11. 3. “Oʻzagrotexsanoat-xolding” XK 4,9 0,03 9,6 0,03 4,1 0,03 2,9 0,04 III. Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va isteʼmol tovarlarini qayta ishlash masalalari kompleksi 7,8 1,4 7,4 1,2 7,4 1,2 7,5 1,2 12. 1. “Oʻzpaxtasanoat” AJ 10,0 1,6 10,0 1,6 10,0 1,6 10,0 1,6 13. 2. “Oʻzbekyengilsanoat” AJ 6,5 4,3 5,2 3,0 4,9 2,8 5,7 2,6 14. 3. “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK 2,8 0,1 2,9 0,1 3,0 0,1 3,1 0,1 15. 4. “Oʻzdonmaxsulot” AK 10,2 0,3 10,3 0,3 10,4 0,3 10,5 0,3 16. 5. XK “Oʻzsharobsanoat-xolding” 10,9 0,7 10,9 0,7 10,9 0,7 10,9 0,7 18. 7. “Uzbekcharmpoyabzali” assotsiatsiyasi 5,0 4,6 5,1 5,0 IV. Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi 7,1 0,6 6,8 0,6 6,1 0,5 5,4 0,4 19. 1. “Oʻzqurilishmateriallari” AJ 8,2 0,8 8,3 0,9 7,7 0,8 6,7 0,7 20. 2. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ 2,2 0,2 2,3 0,1 2,3 0,1 2,4 0,04 21. 3. “Oʻzmontajmaxsusqurilish” AK 6,2 0,1 5,1 0,1 4,4 0,1 4,0 0,08 22. 4. Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi 6,0 0,2 5,0 0,2 4,1 0,2 4,1 0,2 V. Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi 8,1 0,0 6,5 0,0 5,1 0,0 4,4 0,0 23. 1. “Oʻzfarmsanoat” DAK 8,1 0,02 6,5 0,02 5,1 0,01 4,4 0,01 VI. Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalari masalalari kompleksi 11,1 0,2 11,0 0,2 10,8 0,2 10,6 0,2 24. 1. Matbuot va axborot agentligi 11,4 0,2 11,3 0,2 11,0 0,2 10,8 0,2 25. 2. “Sharq” NMAK 10,2 0,2 10,2 0,2 10,2 0,2 10,2 0,2
* Jahon narxlari konyunkturasi oʻzgarganligi munosabati bilan xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlarning qiymati pasayganligini hisobga olmagan holda.
** Budjet va davlatning maqsadli jamgʻarmalariga majburiy toʻlovlarni hisobga olmagan holda ishlab chiqarish xarajatlariga nisbatan tushish foizi.
