Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining oʻrinbosari S.B. Artikovaning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati beshinchi yalpi majlisiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir ishlar haqidagi axboroti toʻgʻrisida (KQ-77-III-son)
30.03.2016
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
I. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining oʻrinbosari S.B. Artikovaning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati beshinchi yalpi majlisiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir ishlar haqidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
II. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2016-yil 9-martdagi KQ-73-III-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining beshinchi yalpi majlisi kun tartibi loyihasiga qoʻshimcha ravishda quyidagi masalalar kiritilsin:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tarkibiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi tarkibiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
4. Oʻzbekiston Respublikasining Turkmanistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisini tayinlash toʻgʻrisida.
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
III. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining beshinchi yalpi majlisi muhokamasiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati beshinchi yalpi majlisining Kotibiyatini quyidagi senatorlardan iborat tarkibda tuzish toʻgʻrisidagi taklif kiritilsin:
Kudratov Isroil Tursunbayevich — Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar hokimi (Kotibiyat rahbari) Berdiyeva Zaynab Fayzillayevna — Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumanidagi 20-umumtaʼlim maktabi direktori Yuldashev Sharipdjon — Fargʻona viloyati “Qoʻqon mexanika zavodi” aksiyadorlik jamiyati direktori
IV. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining beshinchi yalpi majlisi muhokamasiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining beshinchi yalpi majlisida ovozlarni hisoblashning elektron tizimidan foydalanish bilan bogʻliq masalalarni hal etish hamda uning ishi nazorat qilinishini taʼminlash uchun Ovozlarni hisoblashning elektron tizimidan foydalanilishi ustidan nazorat qiluvchi guruhni quyidagi senatorlardan iborat tarkibda tuzish toʻgʻrisidagi taklif kiritilsin:
Xaydarov Mamat Eshkulovich — Termiz davlat universiteti rektori (guruh rahbari) Sattorova Gulchehra Xayitovna — Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 4-umumtaʼlim maktabi direktori Ergashev Avazxon Yaqubjonovich — Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumani hokimi
V. Ovozlarni hisoblashning elektron tizimida nosozlik vujudga kelgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining beshinchi yalpi majlisi muhokamasiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati beshinchi yalpi majlisining Sanoq komissiyasini quyidagi senatorlardan iborat tarkibda tuzish toʻgʻrisidagi taklif kiritilsin:
Umidov Shokirjon Uralovich — Surxondaryo viloyati Boysun tumani hokimi (komissiya raisi) Alliyarova Aysanem Joldasbayevna — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Taxtakoʻpir tumani hokimi oʻrinbosari — xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Majidov Rustamali Axmadaliyevich — Fargʻona viloyati Beshariq tumanidagi 2-sonli “Rapqon” bolalar va oʻsmirlar sport maktabi direktori.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
2016-yil 30-mart,
KQ-77-III-son
