Andijon viloyati Jalolquduq tumanining va Andijon viloyati Jalolquduq tumani Oxunboboyev shahrining nomini oʻzgartirish toʻgʻrisida (KQ-74-III-son)
09.03.2016
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 8-moddasiga hamda “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2015-yil 29-iyunda qabul qilingan “Andijon viloyati Jalolquduq tumanining va Andijon viloyati Jalolquduq tumani Oxunboboyev shahrining nomini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi 176-III-sonli Qarori maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifi maʼqullanib, Andijon viloyati Jalolquduq tumanining nomi Jalaquduq tumani deb, Andijon viloyati Jalolquduq tumani Oxunboboyev shahrining nomi Jalaquduq shahri deb oʻzgartirilsin.
3. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining navbatdagi yalpi majlisi tasdigʻiga kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
2016-yil 9-mart,
KQ-74-III-son
