Oliy taʼlim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida (2859-son)
21.02.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 21-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2859]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarorining 21-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Mehnat vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oliy taʼlim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlari (bundan buyon matnda Namunaviy shtatlar deb yuritiladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki:
Namunaviy shtatlar oliy taʼlim muassasalarining budjet mablagʻlari va oʻqitishning toʻlov-kontrakt shaklidan tushadigan mablagʻlari hisobidan joriy qilinadi;
Namunaviy shtatlarni joriy qilinishi munosabati bilan boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlar sonining qisqarishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
tashkiliy tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumatining tegishli qarorlari bilan tasdiqlangan oliy taʼlim muassasalari uchun mazkur Namunaviy shtatlar ularning tasdiqlangan tashkiliy tuzilmasiga taʼsir etmagan (zid boʻlmagan) holda qoʻllaniladi, bunda tashkiliy tuzilmada belgilangan shtat birliklari ushbu Namunaviy shtatlarda nazarda tutilgan lavozimlardan kelib chiqib, mos ravishda shakllantiriladi;
ayrim oliy taʼlim muassasalarining shtatlar jadvallarini tuzishda, ular faoliyatining oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Namunaviy shtatlarda koʻzda tutilmagan lavozimlar, tarkibiy tuzilmalar va xodimlar soni belgilanishi mumkin.
3. Oliy taʼlim muassasalarining rektorlari shtat jadvallarini tasdiqlangan Namunaviy shtatlarga qatʼiy amal qilgan holda moslashtirilishini taʼminlasin.
4. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
5. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri R. KASIMOV
Toshkent sh.,
2017-yil 6-fevral,
1-2017-son
Mehnat vaziri A. ABDUXAKIMOV
Toshkent sh.,
2017-yil 6-fevral,
4-q/q-son
Moliya vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 6-fevral,
13-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligining 2017-yil 6-fevraldagi 1-2017, 4-q/q, 13-son qaroriga ILOVA
Oliy taʼlim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining
NAMUNAVIY SHTATLARI
T/rTarkibiy tuzilmalar va lavozimlar nomlanishiTalabalarning keltirilgan kontingenti500 gacha501 dan 1000 gacha1001 dan 1500 gacha1501 dan 2000 gacha2001 dan 2500 gacha2501 dan 3000 gacha3001 dan 3500 gacha3501 dan 4000 gacha4001 dan 5000 gacha5001 dan 6500 gacha6501 dan 8000 gacha8001 dan 10 000 gacha10 000 dan yuqoriAB12345678910111213I. REKTORAT1.Rektor (filial direktori)11111111111112.Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor (filial direktorining birinchi oʻrinbosari)11111111111113.Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor (filial direktorining oʻrinbosari)11111111111115.Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor (filial direktori oʻrinbosari)11111111111116.Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor (filial direktori oʻrinbosari)mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi7.Moliya-iqtisod ishlari boʻyicha prorektor (filial direktori oʻrinbosari)11118.Ishlar boshqarmasi boshligʻi11111111181.Talabalar orasida ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashga masʼul boʻlgan rektor maslahatchisi11111111111119.Rektor yordamchisi111111110.Bosh muhandis111111111111111.Bosh energetik (energiya menejeri)mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi12.Ilmiy kengashning ilmiy kotibimazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi13.Oliy taʼlim muassasasi kengashi kotibi111111111111114.Oliy taʼlim muassasasi matbuot kotibi 111111111111116.Yuriskonsult (katta yuriskonsult)mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi17.Kotib-ish yurituvchimazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi18.Bosh auditor111111111111II. YOSHLAR BILAN ISHLASH, MAʼNAVIYAT VA MAʼRIFAT BOʻLIMI1 .Boʻlim boshligʻi11111111111112 .Uslubchimazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi3.Tarbiyachi-pedagogmazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi4.Psixolog11111111111115.Psixolog (xotin-qizlar bilan ishlash boʻyicha)*11111111111116.Tyutormazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadiIII. JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLARNING MUROJAATLARI BILAN ISHLASH, NAZORAT VA MONITORING BOʻLIMI(1500 gacha boʻlgan kontingentda — JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLARNING MUROJAATLARI BILAN ISHLASH, NAZORAT VA MONITORING SEKTORI)1 .Boʻlim boshligʻi(sektor mudiri)1111111111112 .Bosh mutaxassis11111111111113 .Inspektor1111111III1. KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH “KOMPLAYENS-NAZORAT” TIZIMINI BOSHQARISH BOʻLIMI1.Boʻlim boshligʻi11111111112.Bosh mutaxassis1111111111111IV. OʻQUV-USLUBIY BOSHQARMA1.Boshqarma boshligʻi1111111111111Oʻquv-metodik taʼminot boʻlimi1.Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari — boʻlim boshligʻi11111111111112.Uslubchimazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadiTaʼlim jarayonini tashkil etish boʻlimi (kunduzgi, kechki, sirtqi, masofaviy)1.Boʻlim boshligʻi11111111111112.Uslubchimazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi3.Sirtqi (maxsus sirtqi), masofaviy taʼlim uchun oʻquv-metodik ishlar boʻyicha uslubchi*mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi4.Kechki taʼlim uchun oʻquv-metodik ishlar boʻyicha uslubchi*mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadiMagistratura boʻlimi1.Boʻlim boshligʻimazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi2.Uslubchimazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadiTalabalar amaliyoti boʻlimi1.Boʻlim boshligʻi1111111111112.Bosh mutaxassis1111111122233Akademik litsey va texnikumlarga metodik yordam berish sektori1.Bosh mutaxassis*mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadiV. REGISTRATOR OFISI1.Registrator ofisi boshligʻi1111111111111Xizmat koʻrsatish boʻlimi (Front Office)1.Boʻlim boshligʻi111111111112.Menejermazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadiMaʼlumotlar bazasi boʻlimi (Back Office)1.Boʻlim boshligʻi111111111112.Menejermazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadiVI. ILMIY-TADQIQOTLAR, INNOVATSIYALAR VA ILMIY-PEDAGOGIK KADRLAR TAYYORLASH BOʻLIMI (2000 gacha boʻlgan kontingentda — ILMIY-TADQIQOTLAR, INNOVATSIYALAR VA ILMIY-PEDAGOGIK KADRLAR TAYYORLASH SEKTORI)1.Boʻlim boshligʻi1111111111112.Ilmiy tadqiqot ishlari muhandisi11111111111113.Muhandis (toifasiz, 1-toifa, 2-toifa)mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadiVII. IQTIDORLI TALABALARNING ILMIY-TADQIQOT FAOLIYATINI TASHKIL ETISH BOʻLIMI (2000 gacha boʻlgan kontingentda — IQTIDORLI TALABALARNING ILMIY-TADQIQOT FAOLIYATINI TASHKIL ETISH SEKTORI)1.Boʻlim boshligʻi11111111111112.Ilmiy tadqiqot ishlari muhandisi (toifasiz, 1-toifa, 2-toifa)1111111111112VIII. XALQARO HAMKORLIK BOʻLIM1 .Boʻlim boshligʻi11111111111112 .Uslubchi1111111111111IX. RAQAMLI TAʼLIM TEXNOLOGIYALARI MARKAZI1.RTT markazi boshligʻi1111111111111Raqamli taʼlim texnologiyalarini joriy etish boʻlimi1.Boʻlim boshligʻi11111112.Muhandis-dasturchi (toifasiz, 1-toifa, 2-toifa)11111111111233.Tizim administratori1111111111114.Veb-dizayner1111111111115.Kontent-menedjer (axborot resurslari boʻyicha mutaxassis)111111222233Tarmoqlarni boshqarish boʻlimi1.Boʻlim boshligʻi1111112.Muhandis-dasturchi (toifasiz, 1-toifa, 2-toifa)11111111123.Tarmoq administratori11111111111114.Texnik1111Texnik qoʻllab-quvvatlash boʻlimi1.Boʻlim boshligʻi1112.Muhandis-dasturchi (toifasiz, 1-toifa, 2-toifa)1111111111113.Muhandis-elektronchi (toifasiz, 1-toifa, 2-toifa)111111114.Kompyuter zali mudiri1111111115.Texnik-elektronchi (toifasiz, 1-toifa, 2-toifa)11Axborot xavfsizligini taʼminlash boʻlimi1.Boʻlim boshligʻi1111111112.Muhandis-dasturchi (toifasiz, 1-toifa, 2-toifa)11113.Tarmoq administratori1111111111111X. AXBOROT — RESURS MARKAZI1.Direktor (Mudir)11111111111112.Direktor oʻrinbosari (Mudir oʻrinbosari)111Ilmiy-uslubiy va axborot-maʼlumot (davriy nashrlar) boʻlimi1.Boʻlim mudiri11111112.Yetakchi mutaxassis11111113.Uslubchi1111111114.Bibliograf (toifasiz, 1-toifa, 2-toifa)1111115.Kutubxonachi (toifasiz, 1-toifa, 2-toifa)1222222233566Axborot-kutubxona resurslarini butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish boʻlimi1.Boʻlim mudiri111111111112.Axborot-kutubxona texnologiyalari boʻyicha yetakchi mutaxassis111111111113.Bibliograf (toifasiz, 1-toifa, 2-toifa)1111114.Kutubxonachi (toifasiz, 1-toifa, 2-toifa)1111223333566Axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat koʻrsatish boʻlimi (abonementlarga xizmat koʻrsatish, oʻquv zallari va kitob saqlashni inobatga olgan holda)1.Boʻlim mudiri111111111112.Bosh kutubxonachi1111111113.Bibliograf (toifasiz, 1-toifa, 2-toifa)11111123444.Kutubxonachi (toifasiz, 1-toifa, 2-toifa)1222333335899Elektron axborot resurslari boʻlimi1 .Boʻlim mudiri111111112 .Axborot-kutubxona texnologiyalari boʻyicha yetakchi mutaxassis11111111113 .Elektron kutubxonalar kutubxonachisi (toifasiz, 1-toifa, 2-toifa)1111111111111Xorijiy axborot-kutubxona resurslari bilan ishlash boʻlimi1.Boʻlim mudiri111111112.Bibliograf (toifasiz, 1-toifa, 2-toifa)111111111113.Kutubxonachi (toifasiz, 1-toifa, 2-toifa)1111111111111XI. TAHRIRIY-NASHRIYOT BOʻLIMI1.Boʻlim boshligʻimazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi2.Muharrirmazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi3.Musahhihmazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi4.Texnik muharrirmazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadiXII. FAKULTET1.Dekanmazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi2.Dekan oʻrinbosarimazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi3.Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi6.Ish yurituvchimazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadiXIII. MALAKA OSHIRISH VA QAYTA TAYYORLASH FAKULTETI1.Dekanmazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi2.Uslubchimazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi3.Ish yurituvchimazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadiXV. REJA-MOLIYA BOʻLIMI (500 gacha kontingentda — REJA-MOLIYA SEKTORI)1.Boʻlim (sektor) boshligʻi1111111111112.Iqtisodchi (toifasiz, 1-toifa, 2-toifa)2222222222222XVI. BUXGALTERIYA1.Bosh buxgalter11111111111112.Bosh buxgalter oʻrinbosari1111111111113.Buxgalter (toifasiz, 1-toifa, 2-toifa)11123556777774.Xarid boʻyicha bosh mutaxassis11111111111XVII. XODIMLAR BOʻLIMI1.Boʻlim boshligʻi1111111111112.Xodimlar boʻyicha muhandis (toifasiz, 1-toifa, 2-toifa)1111222222223.Inspektor1111111111111XVIII. BIRINCHI BOʻLIM1.Bosh mutaxassis1111111111111XIX. IKKINCHI BOʻLIM1.Boʻlim boshligʻimazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi2.Muhandis (toifasiz, 1-toifa, 2-toifa)mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadiXX. DEVONXONA VA ARXIV1.Devonxona mudiri11111111111112.Ish yurituvchi111111111223.Arxiv mudiri11111111114.Arxivarius1111111111111XXI. TAʼLIM SIFATI NAZORATI BOʻLIMI1.Boʻlim boshligʻi11111111111112.Bosh mutaxassis2222222222222XXIII. OʻQITISHNING TEXNIK VOSITALARI BOʻLIMI1.Boʻlim boshligʻi1111111112.Oʻquv jihozlari boʻyicha muhandis (toifasiz, 1-toifa, 2-toifa)11111111111113.Texnik (toifasiz, 1-toifa, 2-toifa)111111111111XXIV. FUQARO VA MEHNAT MUHOFAZASI BOʻLIMI1.Boʻlim boshligʻi111111112.Mehnat muhofazasi boʻyicha muhandis (toifasiz, 1-toifa, 2-toifa)11111111111113.Fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlar boʻyicha muhandis11111111111114.Yongʻin xavfsizligi boʻyicha instruktor1111111111111XXV. TEXNIK-FOYDALANISH VA XOʻJALIK BOʻLIMI1.Boʻlim boshligʻi1111111111112.Muhandis (toifasiz, 1-toifa, 2-toifa)11112222223333.Texnik (toifasiz, 1-toifa, 2-toifa)111111115.Ombor mudirimazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi6.Omborchimazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi7.Yordamchi ishchi11111222222338.Bino komendantimazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi10.Dispetcherlik xizmati operatorimazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi11.Talabalar turar joyi mudirimazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi12.Bino va inshootlarni joriy taʼmirlash va xizmat koʻrsatish boʻyicha ishchi: slesar-santexnikmazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadielektromontyormazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadiduradgormazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadiVentilyatsiya va konditsionerlashtirish tizimlarini taʼmirlash va xizmat koʻrsatish boʻyicha chilangarmazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi13.Farroshmazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi15.Garderobchimazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi16.Liftchimazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi17.Qorovulmazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi18.Bogʻbonmazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi19.Koʻcha supuruvchimazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi21.Xoʻjalik bekasimazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi23.Talabalar turar joyi direktorimazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi24.Aloqachi (aloqa elektromontyori)mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi25.Dispetcher-garaj mudiri mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi26.Mexanikmazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi27.Haydovchimazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadiXXVI. MUZEYLAR1.Fond saqlovchimazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi2.Muzey kuzatuvchisimazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadiXXVII. QOZONXONA1.Oʻt yoquvchimazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi2.Chilangar (santexnik)mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadiXXVIII. SPORT INSHOOTLARI1.Sport inshooti mudirimazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi2.Shifokor (vrach)mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi3.Hamshiramazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi4.Kimyoviy usulda tozalovchi (xloratorshik)mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi5.Muhandis (toifasiz, 1-toifa, 2-toifa)mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi6.Ishchimazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadiXXIX. VIVARIYLAR1.Vivariy mudirimazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi2.Ishchimazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadiXXX. OʻQUV POLIGONLARI1.Poligon mudirimazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadiXXXI. SANʼAT SAROYLARI1.Sanʼat saroyi mudirimazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadiXXXII. AVTOMATLASHTIRILGAN TELEFON STANSIYASI (ATS)1.Stansiya boshligʻimazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi2.Aloqa muhandisi (toifasiz, 1-toifa, 2-toifa)mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi3.Aloqa boʻyicha texnikmazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi4.Aloqachi (aloqa elektromontyori)mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadiXXXIII. OʻQUV-YORDAMCHI XODIMLAR1.Kabinet mudirimazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi2.Laboratoriya mudirimazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi3.Laborantmazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi4.Muhandis (toifasiz, 1-toifa, 2-toifa)mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi5.Texnik (toifasiz, 1-toifa, 2-toifa)mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi6.Ishlab chiqarish taʼlimi ustasimazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi7.Konsertmeyster (yetakchi konsertmeyster)mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi8.Surdotarjimon*mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi
Izoh: *Mazkur shtat birliklarini saqlash xarajatlari oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Oliy taʼlim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga ILOVA
Oliy taʼlim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlari uchun alohida lavozimlarni kiritish
MEʼYORLARI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Oliy taʼlim muassasalari (bundan buyon matnda OTM deb yuritiladi) xodimlarining soni moliya yilining birinchi sanasi holatidagi kunduzgi, kechki, masofaviy va sirtqi taʼlim shakllarida taʼlim olayotgan bakalavrlar va magistrlar (bundan buyon matnda talabalar deb yuritiladi) kontingentidan kelib chiqib, masofaviy va sirtqi taʼlim talabalari uchun — 0,4 koeffitsiyentni qoʻllagan holda, Oliy taʼlim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga muvofiq aniqlanadi.
2. Talabalarning kontingenti 10 000 nafardan ziyod boʻlgan OTM xodimlarining soni tasarrufida OTM boʻlgan vazirlik yoki idora tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (boshqa vazirlik va idoralar tizimidagi OTMlar uchun), Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
2-bob. OTMda alohida tuzilmalar va lavozimlarni kiritish meʼyorlari
1-§. Rektorat
3. Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor (filial direktori oʻrinbosari) lavozimi OTM tomonidan xalqaro faoliyat (xorijlik talabalar soni 200 va undan koʻp boʻlganda yoki qoʻshma fakultet yoki qoʻshma dastur yoki xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalaridan birining filiallariga muassislik qilish bitimlari mavjud boʻlganda) yuritilgan taqdirda tasarrufida OTM boʻlgan vazirlik yoki idoraning asoslantirilgan murojaatiga koʻra (boshqa vazirlik va idoralar tizimidagi OTMlar uchun) Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrugʻi asosida kiritiladi.
4. Bosh energetik lavozimi OTMda 40 ming kv.metr va undan yuqori umumiy oʻquv-laboratoriya, turar joy va boshqa maydon mavjud boʻlganda kiritiladi.
5. Ilmiy kengashning ilmiy kotibi lavozimi ilmiy daraja beruvchi ilmiy kengash tashkil etilgan OTM uchun 1 birlik sonida kiritiladi.
6. Yuriskonsult (katta yuriskonsult) lavozimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 250-son Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga muvofiq belgilanadi.
7. Kotib — ish yurituvchi lavozimi 1 birlik hisobida rektor (filial direktori) va har bir prorektor (filial direktori oʻrinbosari) uchun alohida kiritiladi.
2-§. Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi
8. Uslubchi lavozimi OTMda:
kunduzgi va kechki taʼlim talabalari soni 500 nafargacha boʻlganda 1 birlik;
kunduzgi va kechki taʼlim talabalari soni 501 dan 3000 nafargacha boʻlganda 2 birlik;
kunduzgi va kechki taʼlim talabalari soni 3001 va undan ziyod boʻlganda, keyingi har 500 nafar talaba uchun qoʻshimcha 0,5 birlik hisobida, lekin OTM uchun 4 shtat birligidan oshmagan holda kiritiladi.
9. Tarbiyachi-pedagog lavozimi OTMda faoliyat koʻrsatayotgan har bir talabalar turar joyi uchun 1 birlikdan kiritiladi.
91. Tyutor lavozimi OTMda kunduzgi taʼlim boʻyicha 1 — 3-kurs talabalaridan har 120 — 150 nafariga 1 birlik hisobida kiritiladi.
3-§. Oʻquv-uslubiy boshqarma
10. Oʻquv-metodik taʼminot boʻlimi uslubchisi lavozimi OTMda talabalar sonidan kelib chiqib, quyidagicha belgilanadi:
talabalar soni 2500 nafargacha — 1 birlik;
talabalar soni 2500 nafardan 5000 nafargacha — 2 birlik;
talabalar soni 5000 nafardan 7500 nafargacha — 3 birlik;
talabalar soni 7500 nafar va undan ortiq boʻlsa — 4 birlik.
11. Taʼlim jarayonini tashkil etish boʻlimida:
uslubchi lavozimi OTMda kunduzgi taʼlim talabalari soni 2500 nafargacha boʻlganda 1 birlik hisobida, keyingi har 1000 nafar kunduzgi taʼlim talabalari uchun qoʻshimcha 1 birlikdan kiritiladi;
sirtqi (maxsus sirtqi), masofaviy taʼlim uchun oʻquv-metodik ishlar boʻyicha uslubchi lavozimi sirtqi (maxsus sirtqi), masofaviy taʼlim talabalari soni 2000 nafargacha boʻlganda 1 birlik hisobida, keyingi har 1000 nafar sirtqi (maxsus sirtqi), masofaviy taʼlim talabalari uchun qoʻshimcha 1 birlikdan kiritiladi;
kechki taʼlim uchun oʻquv-metodik ishlar boʻyicha uslubchi lavozimi kechki taʼlim tashkil etilgan oliy taʼlim muassasalarida 1 birlik hisobida kiritiladi.
12. Magistratura boʻlimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 10-sentabrdagi 190-son “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan shtat birliklariga muvofiq tashkil etiladi.
Bunda, boʻlim boshligʻi va uslubchi lavozimlari:
OTMda magistrlar soni 200 nafargacha boʻlganida — 0,5 birlik;
OTMda magistrlar soni 201 nafar va undan ortiq boʻlganda — 1 birlik hisobida kiritiladi.
13. Akademik litsey va texnikumlarga metodik yordam berish sektori bosh mutaxassisi lavozimi tasarrufida akademik litsey va texnikum mavjud boʻlgan OTMlarda ularga metodik yordam koʻrsatish uchun 1 birlik hisobida kiritiladi.
Mazkur shtat birliklarini saqlash xarajatlari OTMning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
31-§. Registrator ofisi
131. Xizmat koʻrsatish (front offis) boʻlimi menejeri lavozimi talabalar soni:
2 000 nafargacha boʻlganda — 2 birlik;
2 001 nafardan 5 000 nafargacha boʻlganda — 4 birlik;
5 001 nafardan 8 000 nafargacha boʻlganda — 6 birlik;
8 001 nafardan 12 000 nafargacha boʻlganda — 8 birlik;
12 001 nafardan ziyod boʻlganda — 10 birlik hisobida kiritiladi.
132. Maʼlumotlar bazasi (bak offis) boʻlimi menejeri lavozimi talabalar soni:
2 000 nafargacha boʻlganda — 2 birlik;
2 001 nafardan 5 000 nafargacha boʻlganda — 4 birlik;
5 001 nafardan 8 000 nafargacha boʻlganda — 6 birlik;
8 001 nafardan 12 000 nafargacha boʻlganda — 8 birlik;
12 001 nafardan 20 000 nafargacha boʻlganda — 10 birlik;
20 001 nafardan ziyod boʻlganda — 12 birlik hisobida kiritiladi.
4-§. Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash boʻlimi (sektori)
14. Tibbiyot yoʻnalishlaridagi OTMlarda klinik ordinatura mavjud boʻlganda 1 birlik hisobida muhandis lavozimi kiritiladi.
5-§. Tahririy-nashriyot boʻlimi
15. Tahririy-nashriyot boʻlimi boshligʻi lavozimi boʻlimdagi xodimlar soni 5 birlik va undan ortiq boʻlgan hollarda kiritiladi. Ushbu boʻlimda xodimlar soni 5 birlikdan kam boʻlganda OTM rahbari buyrugʻi bilan boʻlim boshligʻi vazifasi muharrirlardan biriga yuklatiladi.
16. Tahririy-nashriyot boʻlimi xodimlarining shtat birligi oʻtgan moliya yilida bajarilgan ish hajmiga (mualliflik varagʻi hisobidan) asosan quyidagicha kiritiladi:
1 birlik muharrir lavozimi har bir 110 mualliflik varagʻi uchun;
1 birlik musahhih lavozimi har bir 210 mualliflik varagʻi uchun;
1 birlik texnik muharrir lavozimi har bir 900 mualliflik varagʻi uchun.
6-§. Fakultet
17. Dekan lavozimi fakultetda:
talabalar soni 400 nafargacha boʻlganda — 0,5 birlik;
talabalar soni 400 nafar va undan ziyod boʻlganda — 1 birlik hisobida kiritiladi.
18. Dekan oʻrinbosari lavozimi fakultetda:
kunduzgi, sirtqi va masofaviy taʼlim talabalari soni 201 nafardan 400 nafargacha boʻlganda — 0,5 birlik;
kunduzgi, sirtqi va masofaviy taʼlim talabalari soni 400 nafar va undan ziyod boʻlganda — 1 birlik hisobida kiritiladi.
Kechki taʼlim tashkil etilgan fakultetlarda kechki taʼlim talabalari soni 200 nafar va undan ortiq boʻlganda qoʻshimcha 0,5 birlik dekan oʻrinbosari lavozimi kiritiladi.
19. Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari lavozimi fakultetda:
kunduzgi va kechki taʼlim talabalari soni 400 nafargacha boʻlganda — 0,5 birlik;
kunduzgi va kechki taʼlim talabalari soni 400 nafar va undan ziyod boʻlganda — 1 birlik hisobida kiritiladi.
20. Ish yurituvchi lavozimi har bir fakultet uchun 1 birlik hisobida kiritiladi.
7-§. Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti (markazi)
22. Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti (markazi) dekani lavozimi malaka oshirish va qayta tayyorlash tinglovchilarining soni oʻrtacha yillik hisobda:
100 nafargacha boʻlganda — 0,5 birlik;
100 nafardan ortiq boʻlganda — 1 birlik hisobida kiritiladi.
23. Uslubchi lavozimi malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti (markazi) uchun 1 birlik hisobida kiritiladi.
24. Ish yurituvchi lavozimi malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti (markazi) uchun 1 birlik hisobida kiritiladi.
9-§. Ikkinchi boʻlim
26. Ikkinchi boʻlimda quyidagi lavozimlar kiritiladi:
boʻlim boshligʻi — hisobda 4000 nafar va undan ortiq harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar boʻlganda 1 birlik;
muhandis — hisobda 500 dan 2000 nafargacha harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar boʻlganda — 1 birlik, hisobda 2000 dan 4000 nafargacha harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar boʻlganda — 2 birlik, hisobda 4000 nafar va undan yuqori harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar boʻlganda — 3 birlik.
27. Ikkinchi boʻlim shtat birliklarini saqlash xarajatlari OTMning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
11-§. Texnik-foydalanish va xoʻjalik boʻlimi
30. OTMda omborxonalar (omborlar) soni 3 ta va undan koʻp mavjud boʻlganida 1 birlik omborxona mudiri lavozimi kiritiladi.
31. Omborchi lavozimi alohida turuvchi har bir omborxona (ombor) uchun 1 birlik hisobida kiritiladi.
32. Bino komendanti lavozimi har bir alohida turuvchi bino uchun 1 birlikdan kiritiladi, talabalar turar joylari binolari bundan mustasno.
34. OTMda issiqlik energiyasi, gaz taʼminoti va yongʻin xavfsizligi markazlashtirilgan boshqaruv tugmasi mavjud boʻlganida kecha-kunduz ishlovchi dispetcherlik posti tashkil etiladi va har bir postga 4,5 birlikdan iborat boʻlgan dispetcherlik xizmati operatorlari lavozimlari kiritiladi.
35. Talabalar turar joyi mudiri lavozimi har bir talabalar turar joyi uchun 1 birlik hisobida kiritiladi.
36. OTM balansida va foydalanishida boʻlgan bino, inshootlar va jihozlarni joriy taʼmirlovchi va xizmat koʻrsatuvchi ishchilar lavozimi quyidagilar boʻyicha kiritiladi:
slesar-santexnik — suv quvurlari, oqova suvlarni chiqarib yuborish va issiqlik quvvati bilan jihozlangan har 2800 kv.metr maydon uchun 1 birlik, lekin har bir OTMga 1 birlikdan kam boʻlmagan holda;
elektromontyor — 900 ta yoritish nuqtalari (viklyuchatel, razetka va karoba) uchun 1 birlik (balansda boʻlgan koʻcha yoritish nuqtalari ham hisoblanadi), lekin har bir OTMga 1 birlikdan kam boʻlmagan holda;
duradgor — OTM balansidagi bino (inshoot)larning foydalaniladigan har 4500 kv.metr maydoni uchun 1 birlik, lekin har bir OTMga 1 birlikdan kam boʻlmagan holda;
ventilyatsiya va konditsionerlashtirish tizimlarini taʼmirlash va xizmat koʻrsatish boʻyicha chilangar — 100 ta markazdan qochuvchi (sentrobej) va derazali uskunalarga xizmat koʻrsatish uchun 1 birlik lavozimda kiritiladi.
37. Binolarning ichki qismi, shu jumladan oʻquv, laboratoriyalar va xizmat xonalari, yoʻlak(koridor)lar, zinapoyalar, sport zallari va boshqa maydonlarni (talabalar turar joyining talabalar yotadigan xonalaridan tashqari) tozalovchi farrosh lavozimi har 800 kv.metr tozalash maydoni uchun 1 birlik hisobida kiritiladi.
38. OTM hududida joylashgan tashqi hojatxonalarni tozalovchi farrosh lavozimi har biri alohida turuvchi 8 ta va undan yuqori ochkolik hojatxona uchun 1 birlik hisobida kiritiladi.
39. Garderob (jihozlangan kiyim saqlash joylari) mavjud boʻlganda bir smenada (lekin 2,5 smenadan ortiq boʻlmagan holda) 250 ta xizmat koʻrsatish joylari uchun 1 birlik hisobida garderobchi (kiyim saqlovchi) lavozimi (mavsumiy — 6 oyga) kiritiladi.
40. Liftchi lavozimi bir smenada (lekin 2,5 smenadan ortiq boʻlmagan holda) bir binoda joylashgan va foydalanilayotgan bir lift yoki liftlar guruhi uchun 1 birlik hisobida kiritiladi.
41. Qorovul lavozimi alohida turuvchi binoning kecha-kunduz ishlovchi bir qoʻriqlash posti uchun dam olish va bayram kunlarini inobatga olgan holda 4,5 birlikdan koʻp boʻlmagan holda kiritiladi.
42. Bogʻbon lavozimi OTMning mevali bogʻ, gulzor va koʻkalamzorlashtirilgan 0,5 ga dan 2 ga gacha maydoni uchun 1 birlik, keyingi har bir 2 ga maydon uchun 1 birlik hisobida kiritiladi.
43. Hovli supuruvchi (dvornik) lavozimi OTMning tozalanadigan 2500 kv.metr maydoni uchun 1,0 birlik hisobidan kelib chiqqan holda kiritiladi.
44. Xoʻjalik bekasi (kastelyansha) lavozimi OTMning barcha talabalar turar joylarida istiqomat qiluvchi 500 kishigacha 1 birlik, keyingi har bir 250 kishiga 0,5 birlik hisobida kiritiladi.
46. OTMda 1000 nafardan ortiq talaba istiqomat qiladigan uch yoki undan ziyod bir-biriga yaqin turuvchi talabalar turar joylari binolari mavjud boʻlganda, talabalar turar joylari talabalar shaharchasiga birlashtirilishi mumkin.
Talabalar shaharchasi tashkil etilganda 1 birlik hisobida talabalar shaharchasi direktori lavozimi kiritiladi.
47. OTMda Avtomatlashtirilgan telefon stansiyasi mavjud boʻlmaganda 1 birlikdan iborat aloqachi (aloqa elektr montyori) lavozimi kiritiladi.
48. Dispetcher — garaj boshligʻi lavozimi OTMda 6 tadan kam boʻlmagan avtotransport vositalari (yengil va yuk avtomashinalari, avtobuslar va kichik avtobuslar) boʻlgan transport xoʻjaligi (garaj) mavjud boʻlganda kiritiladi. 6 tadan kam avtotransport vositasi mavjud boʻlsa, OTM rahbarining buyrugʻiga muvofiq OTMning maʼmuriy xodimlaridan biriga garaj boshligʻi vazifalarini bajarish yuklanadi.
OTMda 6 tadan ortiq avtotransport vositasi mavjud boʻlganda 1 birlik mexanik lavozimi kiritiladi.
49. Haydovchi lavozimi OTM balansida mavjud har bir foydalanilayotgan avtotransport vositasi uchun 1 birlik hisobida kiritiladi.
Avtotransport vositalari haydovchilarini saqlash OTMning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
50. OTMda xodimlar soniga qarab, xizmat va navbatchi avtomashinalar uchun quyidagi normativlar belgilanadi:
1 ta xizmat mashinasi — OTM uchun;
1 ta navbatchi mashina — xodimlar soni 100 nafargacha boʻlganda;
2 ta navbatchi mashina — xodimlar soni 100 dan 200 nafargacha boʻlganda;
3 ta navbatchi mashina — xodimlar soni 200 dan 300 nafargacha boʻlganda;
4 ta navbatchi mashina — xodimlar soni 300 nafar va undan ortiq boʻlganda.
OTMning taʼlim jarayoni xususiyatidan kelib chiqqan holda, talabalar kontingentini inobatga olib maxsus avtomashinalarga (yuk avtomashinasi, avtobus) quyidagi limitlar oʻrnatiladi:
talabalar soni 5000 nafargacha boʻlganda — 1 ta maxsus avtomashina;
talabalar soni 5000 nafardan koʻp boʻlganda — 2 ta maxsus avtomashina.
12-§. Muzeylar
51. OTMda alohida muzey maqomiga ega boʻlgan (tasdiqlovchi hujjat mavjud boʻlganda) muzeylar mavjud boʻlganda har biriga 1 birlik hisobida fond saqlovchi lavozimi kiritiladi.
52. OTMda alohida binoda turuvchi muzey mavjud boʻlganda 1 birlik hisobida muzey kuzatuvchisi lavozimi kiritiladi.
13-§. Qozonxonalar
53. Uy-joy kommunal xoʻjalik tizimiga oʻtkazilmagan OTM (bino)larda isitish mavsumida (5 oy) oʻt yoquvchi lavozimi:
markazlashgan isitish tizimida koʻmir, torf, mazut va hokazolar bilan isitiladigan har bir qozonxonaga bir oʻrin almashish ish vaqti (smena) uchun 2 birlik hisobida, tabiiy gaz yoqilgʻisi bilan ishlaydigan har bir qozonxonalarda (qozonxona hajmidan qatʼi nazar) bir oʻrin almashish ish vaqti (smena) uchun 1 birlik hisobida;
lokal isitish qozonxonalari orqali isitiladigan har bir alohida manzilda joylashgan binolar majmuasiga har bir oʻrin almashish ish vaqti (smena) uchun qozonlar soni 6 tagacha boʻlsa 1 birlik, 6 va undan ortiq boʻlsa 2 birlik hisobida.
Yil davomida yuvinish xonasi yoki basseyn ichki qozonxona hisobidan issiq suv bilan taʼminlanadigan OTMlarda yuqorida qayd etilgan oʻt yoquvchi (ishchi) lavozimlarining bittasi doimiy kiritiladi.
54. OTM markazlashgan isitish tizimi orqali isitilganda kompleks xizmat koʻrsatuvchi chilangar (santexnik) lavozimi 1 birlik, agar boyler va nasoslar (yer tagidan nasos orqali suv tortib oladigan suv yigʻuvchi minora (inshoot) mavjud boʻlsa, bir oʻrin almashish ish vaqti (smena) uchun 1 birlik hisobida kiritiladi.
14-§. Sport inshootlari
55. OTM balansida boʻlgan, alohida manzilda (turuvchi) joylashgan yopiq yoki ochiq sport inshootlari uchun 1 birlik hisobida sport inshooti mudiri lavozimi kiritildi.
56. OTM balansida boʻlgan, alohida manzilda (turuvchi) joylashgan har bir yopiq yoki ochiq suv havzasi (basseyn) uchun quyidagi lavozimlar kiritildi:
shifokor (vrach) va hamshira lavozimlari — 1 birlik hisobida;
suvni kimyoviy usulda tozalovchi (xloratorshik) lavozimi — 1 birlik hisobida.
57. OTM balansida boʻlgan, alohida manzilda (turuvchi) joylashgan yopiq yoki ochiq sport inshootlarining umumiy maydoni 3000 kv.metr va undan ortiq boʻlganda 1 birlik bino va inshootlardan foydalanish boʻyicha muhandis va 1 birlik ishchi lavozimlari kiritiladi.
15-§. Vivariylar
58. Vivariy mudiri lavozimi OTMda vivariy mavjud boʻlganda, jonivor (hayvon) va shartli mollarga qarovchi xodimlar soni 5 nafar va undan ortiq boʻlganda 1 birlik hisobida kiritiladi.
59. Ozuqa (yem-xashak) kuxnyasi ishchisi lavozimi OTMda vivariy mavjud boʻlganda 1,0 birlik hisobida kiritiladi.
60. Vivariydagi har 14 qafasdagi jonivor (hayvon)lar yoki 10 bosh shartli mol uchun 1 birlik hisobida jonivorlarni parvarish qiluvchi ishchi lavozimi kiritiladi.
16-§. Oʻquv poligonlari
61. OTMda alohida manzilda joylashgan har bir oʻquv poligonlari uchun 1 birlik hisobida zimmasiga poligonning moddiy-texnika bazasi saqlanishi hamda oʻquv-mashq jarayonining olib borilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish vazifalari yuklatiladigan poligon mudiri lavozimi kiritiladi.
17-§. Sanʼat saroylari
62. OTMda alohida turuvchi sanʼat saroylari mavjud boʻlganda, har biri uchun 1 birlik hisobida zimmasiga sanʼat saroyining moddiy-texnika bazasi saqlanishi hamda foydalanish jarayoni ustidan nazoratni amalga oshirish vazifalari yuklatiladigan sanʼat saroyi mudiri lavozimi kiritiladi.
18-§. Avtomatlashtirilgan telefon stansiyasi (ATS)
63. OTMda Avtomatlashtirilgan telefon stansiyasi (ATS) mavjud boʻlganda quyidagi lavozimlar kiritiladi:
350 dan ortiq telefon bogʻlamalari mavjud boʻlsa 1 birlik stansiya boshligʻi lavozimi;
1 birlik aloqa muhandisi lavozimi;
1 birlik aloqa boʻyicha texnik lavozimi;
har 350 telefon bogʻlamalari (parallel bogʻlamalari bilan birgalikda) uchun 1 birlik aloqachi (aloqa elektr montyori) lavozimi.
19-§. Oʻquv-yordamchi xodimlar
64. OTMning oʻquv-yordamchi xodimlari soni quyidagi meʼyorlar asosida kiritiladi:
kafedraga 1 birlik kabinet mudiri lavozimi yoki kafedra qoshida oʻquv laboratoriyalari mavjud boʻlganda 1 birlik hisobida laboratoriya mudiri lavozimi;
OTMda laboratoriya jihozlari bilan taʼminlangan mavjud laboratoriya joylashgan har bir xona (auditoriya) uchun 1 birlik hisobida laborant lavozimi;
laborantlarning soniga 1:10 nisbatda muhandis yoki texnik lavozimlaridan biri;
OTMda tegishli jihozlar bilan taʼminlangan oʻquv ishlab chiqarish ustaxonasi mavjud boʻlganda, har bir oʻquv ishlab chiqarish ustaxonasi uchun 1 birlikda ishlab chiqarish taʼlimi ustasi lavozimi;
OTMda kar-soqov nogironligi boʻlgan talabalar soni 5 nafardan oshgan taqdirda, ular tahsil olayotgan har bir guruh uchun 2 birlik hisobida surdotarjimon lavozimi kiritiladi;
sanʼat va madaniyat yoʻnalishlarida kadrlar (pedagoglar) tayyorlovchi OTM va fakultetlarda tasdiqlangan oʻquv rejasida konsertmeyster qatnashishi lozim boʻlgan 800 oʻquv soatidan kelib chiqqan holda, 1 birlik hisobida konsertmeyster va yetakchi konsertmeyster lavozimlari. Bunda belgilangan umumiy konsertmeystrlar shtat birligining 20 % idan koʻp boʻlmagan holda yetakchi konsertmeystr lavozimi joriy etilishi mumkin.
65. OTMning murojaati va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining xulosasi asosida oʻquv-yordamchi xodimlar soni mazkur meʼyorlar asosida belgilangan oʻquv-yordamchi xodimlarning umumiy shtat birligi sonidan 20% dan koʻp boʻlmagan miqdorga koʻpaytirilishi mumkin.
20-§. Texnik-taʼmirlash va tezkor qayta tiklash xizmati
66. Texnik-taʼmirlash va tezkor qayta tiklash xizmatining shtat birliklari soni va lavozimlari joriy va kapital taʼmirlash hajmlaridan, shuningdek loyiha-smeta hujjatlarida nazarda tutilgan ish turlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
67. Texnik-taʼmirlash va tezkor qayta tiklash xizmati shtat birliklarini saqlash xarajatlari OTMning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
3-bob. Yakuniy qoidalar
68. Mazkur meʼyorlar OTMlarning rahbar va pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish muassasalariga ham tatbiq etiladi.
69. OTM mazkur meʼyorlar asosida tuziladigan shtat jadvalini yuqori turuvchi vazirlik yoki idoraga roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim qilishda, unga asosiy ishlab chiqarish koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (talabalar kontingenti, binolar soni, maydonlar hajmi va boshqalar) rahbar, bosh buxgalter va reja-moliya boʻlimining boshligʻi tomonidan imzolangan holda ilova qilishi shart.
70. OTM shtat jadvalining mazkur Namunaviy shtatlar va meʼyorlar asosida hamda OTMning asosiy ishlab chiqarish koʻrsatkichlariga muvofiq tuzilishi yuzasidan javobgarlik shaxsan OTM rahbari, bosh buxgalteri va reja-moliya boʻlimi boshligʻi zimmasiga yuklatiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Mehnat vazirligi, Moliya vazirligining 2017-yil 6-fevraldagi 1-2017, 4-q/q, 13-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2010-yil 15-dekabrdagi 485/1, 200-KK va 107-son “Oliy taʼlim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2182, 2011-yil 14-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 3-son, 25-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2012-yil 30-apreldagi 179, 21-Q/Q va 40-son “Oliy taʼlim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarning namunaviy shtatlariga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2182-1, 2012-yil 18-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 20-son, 225-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Mehnat vazirligi va Moliya vazirligining 2016-yil 30-maydagi 2-2016, 15-Q/Q va 41-son “Oliy taʼlim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2182-2, 2016-yil 20-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 25-son, 312-modda).
