25-modda. Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlaridagi rejimni belgilash
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida (820-I-son) · Sana: 20.08.1999 · Amalda
Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlaridagi rejim chegara, bojxona nazorati va nazoratning boshqa turlarini amalga oshirish uchun belgilanuvchi hamda shaxslarning, transport vositalarining shu punktlarga kirishi, u erda boʻlishi va u erdan chiqishi, tovarlar, boshqa mol-mulk va hayvonlar olib kirilishi, turishi va olib chiqilishi, oʻtkazish punktlari hududida xoʻjalik faoliyati va boshqa faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilovchi qoidalar majmuini oʻz ichiga oladi.
Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlaridagi rejim Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan Davlat chegarasida nazoratni amalga oshiruvchi barcha organlar xizmat faoliyatining zarur sharoitlarini saqlab turish maqsadida belgilanadi.
