17-modda. Chegara vakillari
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida (820-I-son) · Sana: 20.08.1999 · Amalda
Davlat chegarasi rejimiga rioya etilishiga doir masalalarni hal qilish, chegara nizolarini tartibga solish maqsadida Davlat chegarasining muayyan uchastkalariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining raisi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining chegara vakillari tayinlanadi.
Chegara vakillarining vakolatlari va faoliyat koʻrsatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi va chet el davlatlari harbiy havo kemalarining, boshqa harbiy obyektlar yoki harbiy xizmatchilarning xatti-harakatlari bilan bogʻliq boʻlgan chegara nizolari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi vakillari ishtirokida hal etiladi.
Chegara vakillari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi vakillari hal eta olmagan masalalar va nizolar diplomatik tartibda hal qilinadi.
