Vositachilik shartnomalari boʻyicha import qilinadigan xomashyoni qayta ishlash asosida ishlab chiqarilgan benzin va dizel yoqilgʻisi hajmi boʻyicha transport vositalariga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-ilovasiga oʻzgartirish kiritish haqida (2766-1-son)
08.02.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 8-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2766-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-oktabrdagi 360-son “Avtobenzinning chakana narxlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 29-fevraldagi 11, 2016-08-son qarori (roʻyxat raqami 2766, 2016-yil 11-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 10-son, 99-modda) bilan tasdiqlangan Vositachilik shartnomalari boʻyicha import qilinadigan xomashyoni qayta ishlash asosida ishlab chiqarilgan benzin va dizel yoqilgʻisi hajmi boʻyicha transport vositalariga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-ilovasi ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 30-yanvar,
9-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 30-yanvar,
2017-05-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 30-yanvardagi 9, 2017-05-son qaroriga ILOVA
