Hayvonlarning va odamning sogʻligʻi uchun xavf tugʻdiradigan va bunda hayvonlar, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot hamda xom ashyo, veterinariya dori vositalari, ozuqalar va ozuqabop qoʻshimchalar olib qoʻyilmagan holda zararsizlantiriladigan (yuqumsizlantiriladigan) hamda qayta ishlanadigan hayvonlar kasalliklarining roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida (2857-son)
08.02.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 8-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2857]
Oʻzbekiston Respublikasining “Veterinariya toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Hayvonlarning va odamning sogʻligʻi uchun xavf tugʻdiradigan va bunda hayvonlar, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot hamda xom ashyo, veterinariya dori vositalari, ozuqalar va ozuqabop qoʻshimchalar olib qoʻyilmagan holda zararsizlantiriladigan (yuqumsizlantiriladigan) hamda qayta ishlanadigan hayvonlar kasalliklarining roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Z. MIRZAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 31-yanvar,
30-son
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2017-yil 31-yanvardagi 30-son buyrugʻiga ILOVA
Hayvonlarning va odamning sogʻligʻi uchun xavf tugʻdiradigan va bunda hayvonlar, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot hamda xom ashyo, veterinariya dori vositalari, ozuqalar va ozuqabop qoʻshimchalar olib qoʻyilmagan holda zararsizlantiriladigan (yuqumsizlantiriladigan) hamda qayta ishlanadigan hayvonlar kasalliklarining
ROʻYXATI
T/r Kasalliklar nomi I. Hayvonlarning va odamning sogʻligʻi uchun xavf tugʻdiradigan va bunda hayvonlar, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyo, veterinariya dori vositalari, ozuqalar va ozuqabop qoʻshimchalar olib qoʻyilmagan holda majburiy ravishda zararsizlantiriladigan (yuqumsizlantiriladigan) kasalliklar 1. Bir necha hayvonot turi uchun umumiy boʻlgan kasalliklar 1. Oqsil 2. Sestodozlar (sistitserkoz, exinokokkoz va boshqalar) 3. Brutsellyoz 4. Tuberkulyoz 5. Vezikulyar stomatit 6. Nekrobakterioz (tuyoq chirishi) 7. Pasterellyoz 8. Paratuberkulyoz 9. Kompilobakterioz (vibrioz) 10. Qoʻtir 2. Qoramollarning kasalliklari 11. Xavfli kataral isitma 12. Virusli diareya 13. Infeksion rinotraxeit 14. Paragripp 15. Efemer isitma 3. Qoʻy va echkilarning kasalliklari 16. Oʻlat 17. Yuqumli agalaktiya 18. Vibrioz 19. Infeksion plevropnevmoniya 20. Xlamidioz (virusli abort) 21. Kontagioz ekzema 22. Infeksion mastit 23. Infeksion epididimit 4. Otlarning kasalliklari 24. Rinopnevmoniya 5. Choʻchqalarning kasalliklari 25. Chechak 26. Gripp 27. Transmissiv gastroenterit 28. Vezikulyar kasalliklar 29. Enzootik pnevmoniya 6. Parrandalarning kasalliklari 30. Yuqumli laringotraxeit 31. Yuqumli bronxit 32. Salmonellyoz 33. Mikoplazmoz 34. Streptokokkoz II. Hayvonlarning va odamning sogʻligʻi uchun xavf tugʻdiradigan va bunda hayvonlar, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyo, veterinariya dori vositalari, ozuqalar va ozuqabop qoʻshimchalar olib qoʻyilmagan holda majburiy ravishda qayta ishlanadigan kasalliklar 1. Bir necha hayvonot turi uchun umumiy boʻlgan kasalliklar 35. Auyeski 36. Leptospiroz 2. Qoramollarning kasalliklari: 37. Leykoz 3. Choʻchqalarning kasalliklari: 38. Klassik oʻlat 39. Saramas (Roja) 4. Qoʻy va echkilarning kasalliklari: 40. Chechak 5. Otlarning kasalliklari: 41. Gripp (inflyuensa) 6. Parrandalarning kasalliklari: 42. Chechak 43. Gamboro 44. Mareka 45. Tif pulloroz 46. Pasterellyoz 47. Aspargillyoz 48. Kolibakterioz 49. Oʻrdak joʻjalarining virusli gepatiti 50. Gʻoz joʻjalarining virusli enteriti 7. Quyonlar va moʻynali hayvonlarning kasalliklari: 51. Oʻlat 52. Virusli gepatit 53. Quyonlarning gemorragik kasalligi 54. Stafilokokkli kasalliklar 55. Spiroxetoz 8. Asalarilarning kasalliklari: 56. Nozematoz 57. Varratoz 58. Virusli paralich 59. Braulyoz 60. Xaltasimon rasplod 61. Salmonellyoz (paratif), gafnioz, kolibakterioz
Izoh:
Veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq boʻlmagan veterinariya dori vositalari, ozuqalar va ozuqabop qoʻshimchalar zararsizlantiriladi. Biologik preparatlar esa, zararsizlantirilgandan (yuqumsizlantiriladigan) soʻng yoʻq qilinadi.
Zararsizlantirish (yuqumsizlantirish) va qayta ishlash tegishli kasallikka qarshi kurashish yoʻriqnomasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Zararsizlantirish (yuqumsizlantirish) qayta ishlash bilan yoki qayta ishlash zararsizlantirish (yuqumsizlantirish) bilan almashtirilishi mumkin.
Mazkur Roʻyxat Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
2017-yil 25-yanvar
