Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati beshinchi yalpi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida (SQ-76-III-son)
31.03.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati beshinchi yalpi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni haqida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
2. “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni haqida (yangi tahriri).
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
3. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni haqida.
Oliy Majlis Senatining tegishli qoʻmitalari
4. “Islom hamkorlik tashkilotining Ustavini (Dakar, 2008-yil 14-mart) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni haqida.
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasi toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsman) 2015-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobot haqida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2015-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobot haqida.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
8. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2015-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti haqida.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 2015-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti haqida.
Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi
10. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tarkibiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
11. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
12. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi tarkibiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
13. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi
14. Oʻzbekiston Respublikasining Turkmanistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisini tayinlash toʻgʻrisida.
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N. YOʻLDOSHEV
Toshkent sh.,
2016-yil 31-mart,
SQ-76-III-son
