Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati beshinchi yalpi majlisining Ovozlarni hisoblashning elektron tizimidan foydalanilishi ustidan nazorat qiluvchi guruhi toʻgʻrisida (SQ-75-III-son)
31.03.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 10-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining beshinchi yalpi majlisida ovozlarni hisoblashning elektron tizimidan foydalanilishi bilan bogʻliq masalalarni hal etish hamda uning ishi nazorat qilinishini taʼminlash uchun quyidagi senatorlardan iborat tarkibda guruh tuzilsin:
Xaydarov Mamat Eshkulovich — Termiz davlat universiteti rektori (guruh rahbari) Sattorova Gulchehra Xayitovna — Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 4-umumtaʼlim maktabi direktori Ergashev Avazxon Yaqubjonovich — Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumani hokimi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N. YOʻLDOSHEV
Toshkent sh.,
2016-yil 31-mart,
SQ-75-III-son
