“Islom hamkorlik tashkiloti Ustavini (Dakar, 2008-yil 14-mart) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi QL-133-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (425-III-son)
18.03.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusiga binoan 2016-yil 17-martda kiritilgan “Islom hamkorlik tashkiloti Ustavini (Dakar, 2008-yil 14-mart) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi QL-133-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2016-yil 18-mart,
425-III-son
