“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (600-III-son)
06.10.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Birinchi oʻqishda qabul qilingan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2016-yil 8-iyunda kiritilgan “Veterinariya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL–139-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2016-yil 28-iyunda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL–146-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2016-yil 16-sentabrda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL–157-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan 2016-yil 1-oktabrda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL–161-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi bitta qonun loyihasiga birlashtirilsin hamda “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2016-yil 6-oktabr,
600-III-son
