“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi QL-132-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (408-III-son)
10.03.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari A. Yunusova, T. Abdusattarov, D. Shirinov va R. Xakimov tomonidan 2016-yil 5-martda kiritilgan “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi QL-132-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2016-yil 10-mart,
408-III-son
