Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida (PQ-2691-son)
22.12.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish, tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish va mustahkamlash, hududlarni kompleks rivojlantirishni taʼminlash, ijtimoiy soha rivojini yanada ragʻbatlantirish, ishlab chiqarish kuchlarini optimal joylashtirish, hududlarning tabiiy-xom ashyo, yer-suv, ishlab chiqarish va mehnat salohiyatidan oqilona foydalanish, aholi bilan muloqot qilish, ularning manfaatlarini himoya qilish uchun ehtiyoj va talablarini oʻrganish asosida turmush darajasi va sifatini izchil oshirib borish, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishni samarali tashkil qilish maqsadida:
1. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda Moliya vazirligining:
viloyatlar, Toshkent shahri, shahar va tumanlar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari hamda yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimlarini joriy qilish;
viloyatlar, Toshkent shahri, shahar va tumanlar hokimliklarida hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari boʻyicha tarkibiy tuzilmalarini tugatish boʻyicha taklifi qabul qilinsin.
2. Viloyatlar, Toshkent shahri, shahar va tumanlar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlarining quyidagi asosiy vazifalarni taʼminlashda shaxsiy masʼuliyati belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlarida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan hujjatlarda belgilanadigan iqtisodiy, ijtimoiy va tadbirkorlik sohasining eng muhim ustuvor vazifalariga muvofiq hududni kompleks rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. Respublika miqyosida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan maqsadli dasturlarni ijrosini taʼminlash;
viloyat, shahar va tumanlarning makroiqtisodiy koʻrsatkichlarini, shu jumladan, yalpi hududiy mahsulot, sanoat, investitsiya, xizmat koʻrsatish, chakana savdo aylanmasi, eksport, inflyatsiya, bandlik, mahalliy budjetning har yilgi prognoz parametrlarini asoslangan holda ishlab chiqish va uni samarali ijrosini tashkil qilish, debitor-kreditor qarzdorliklarni yuzaga kelishini oldini olish yuzasidan tizimli ishlarni amalga oshirish va qarzdorlikni bartaraf qilishning samarali usullarini joriy etish;
iqtisodiyot masalalari boʻyicha tegishli vazirlik, idoralar, qoʻmitalar, tijorat banklarining hududiy tuzilmalari ish faoliyatini muvofiqlashtirish, aholini tadbirkor qilish maqsadida ular bilan tijorat banklari oʻrtasida muloqot oʻrnatish uchun har bir xonadonga kompleks bank va moliyaviy xizmatlarni taklif qilish orqali imtiyozli kreditlash dasturlarini ishlab chiqish va soʻzsiz amalga oshirish;
tarmoq va hududiy boshqaruv organlari uzviy hamkorligini yoʻlga qoʻyish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini, shu jumladan, bazaviy tarmoqlarini uzviy rivojlanishi, bunda tuman, shahar va viloyat kesimida ishlab chiqarish va mehnat resurslarini oqilona joylashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, tarkibiy oʻzgartirish va diversifikatsiyalashni amalga oshirish, investitsiyalarni, shu jumladan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni moliyaviy mablagʻ hamda zamonaviy texnologiyalar shaklida jalb qilish;
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, hudud iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini kompleks rivojlantirishning asosiy dasturlarini, shu jumladan, sanoat, investitsiya, mahalliylashtirish, qishloq xoʻjaligining barcha sohasini, ayniqsa paxta tolasini va meva-sabzavotni qayta ishlash, xizmatlar sohasini rivojlantirish kabi maqsadli dasturlarni kafolatlangan moliyaviy manbalarini aniqlagan holda tuman, shahar va viloyatning mahalliy budjeti parametrlari bilan uzviy tarzda ishlab chiqish va soʻzsiz amalga oshirishni taʼminlash;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash, ularning huquqlarini himoya qilish va erkinliklarining kafolatlarini taʼminlash, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, yangi korxonalar, shu jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida korxonalarni tashkil etish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish va aholining turli qatlamlari bandligi masalalarini hal etish orqali mahalliy budjetning daromad bazasini kengaytirish, respublika va mahalliy budjetga tushumlar hajmini oshirish hisobiga mahalliy budjet subvensiyasi hajmini bosqichma-bosqich qisqartirish va bartaraf etish;
qishloq xoʻjaligi sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, bu sohani industriyalashgan tarmoqqa aylantirish maqsadida qishloq xoʻjaligining barcha turdagi mahsulotlarini qayta ishlash va eksport qilishni keskin kengaytirish uchun maxsus dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
ishlab chiqarilgan mahsulotlarni, hududiy sanoat mahsulotlarini eksport qilish dasturlarini ishlab chiqish, dunyodagi narx konyukturasini oʻrganib tahlil qilib borish va yangi turdagi mahsulotlarni oʻzlashtirish hamda ularni yangi bozorlarda eksport qilishini taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
inson manfaatlarini taʼminlash, ayniqsa aholining qishloq joylarda hayot darajasini va sifatini oshirish, yanada farovon hayot kechirishi uchun pensiya va nafaqalar, real daromadlarini barqaror oshirish manbalarini yaratish, zamonaviy bank va moliya infratuzilmasini yaratish hisobiga naqd pul toʻlovlarini oʻz vaqtida amalga oshirishni yangi mexanizmi va tizimini joriy qilish.
21. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri, viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmasi va tumanlar qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻining quyidagi vazifalari bajarilishini taʼminlashda shaxsiy masʼuliyati belgilansin:
oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohalarini modernizatsiya hamda diversifikatsiya qilish, barqaror rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash uchun xususiy investitsiya kapitali oqimini koʻpaytirish orqali sohada davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiya jozibadorligini oshirish mexanizmlarini joriy qilish;
respublika aholisining suvga muttasil oshib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoitlar yaratish, suv resurslarini tejash va ulardan samarali foydalanishni taʼminlash choralarini koʻrish;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish va sotishda bozor tamoyillarini keng joriy etish, sifat nazorati boʻyicha infratuzilmani rivojlantirish, qulay investitsiya muhitini yaratish, eksport hajmini koʻpaytirish, maqsadli xalqaro bozorlarda raqobatbardosh, yuqori sifatli qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi qulay agrobiznes muhiti va qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish;
qishloq joylarni muvozanatli va barqaror rivojlantirishga koʻmaklashishni nazarda tutuvchi qishloq hududlarini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishni taʼminlash;
qishloq xoʻjaligi sohasida raqamli (smart) texnologiyalarni keng joriy etish, yangi ish oʻrinlari va xizmatlarni tashkil qilish choralarini koʻrish.
3. Viloyatlar, Toshkent shahri, shahar va tumanlar hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlarining quyidagi asosiy vazifalarni taʼminlashda shaxsiy masʼuliyati belgilansin:
Yoshlar siyosati sohasida:
yoshlar, yaʼni oʻttiz yoshdan oshmagan shaxslar, xususan, taʼlim bilan qamrab olingan yoshlar, uyushmagan yoshlar, yosh mutaxassislar, tadbirkor yoshlar, yosh fermerlar, yosh oilalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
umumtaʼlim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini kasbga yoʻnaltirish va ularni keyinchalik oʻrta maxsus, professional taʼlim tizimida oʻqish bilan toʻliq qamrab olish, kasb-hunar maktablari bitiruvchilarini ishga joylashtirish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etish;
akademik litseylar faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, jumladan, ularni hududlar kesimida optimal joylashtirish, isteʼdodli yoshlarni qamrab olish, oʻquv jarayoni sifatini oshirish;
oliy taʼlim yoʻnalishlari va oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash koʻrsatkichlarining hududlar boʻyicha optimal taqsimoti yuzasidan asoslangan takliflar ishlab chiqish, bitiruvchilarni chuqur professional bilimlarga ega boʻlishlariga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
taʼlim tizimining barcha bosqichlarida oʻquv jarayoni sifatini, oʻquvchi-talabalarning davomatini taʼminlash yuzasidan aniq choralarni koʻrish va nazorat qilish, bu borada taʼlim muassasasi, nodavlat va notijorat tashkilotlari, profilaktika inspektorlari va ota-onalarni oʻzaro hamkorlikdagi ishlarini muvofiqlashtirish;
aholi, yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng yaxshi namunalarini keng targʻib qilish, “ommaviy madaniyat”ning koʻrinishlariga qarshi maʼnaviy profilaktika ishlariga rahbarlik qilish;
taʼlim tizimining barcha bosqichlarida chet tillariga, kompyuter texnologiyalari va internet-resurslaridan foydalanishning ilgʻor koʻnikmalariga oʻrgatish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar bajarilishini nazorat qilish;
yoshlarni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha ularning mulohazalari va takliflarini inobatga olgan holda aniq va manzilli chora-tadbirlar dasturlari ishlab chiqish, turli toʻgaraklarga, shu jumladan, bolalar musiqa va sanʼat, sport maktablariga qamrab olish ishlarini tizimli tashkil etish;
yoshlarni yuksak axloqiy tarbiyalash, ularni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish va jamiyatda yuksak maʼnaviyatini qaror toptirish borasidagi ishlarga rahbarlik qilish;
yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash, aholining ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlar tarbiyasi masalasida jamoatchilik nazoratini tashkil etish, jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash sohasidagi vazifalarni samarali bajarishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
ota-onalarning pedagogik madaniyatini yuksaltirishga, barkamol avlod tarbiyasida “oila-mahalla-taʼlim muassasasi” hamkorlik konsepsiyasini amalga oshirishga rahbarlik qilish;
uyushmagan yoshlarning manfaatlarini roʻyobga chiqarishda ishtirok etuvchi davlat organlari, muassasalar va nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish hamda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan ustuvor yoʻnalishlarni belgilash;
uyushmagan yoshlarning muammolarini aniqlash va hal qilish uchun ularning ehtiyojini aniqlash boʻyicha monitoring olib borish va baholash, kasbga oʻrgatish, ishga joylashtirish, jumladan, kichik va oʻrta biznes va oilaviy tadbirkorlikka keng jalb etish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash;
yosh mutaxassislarni ishga joylashtirishning tizimli monitoringini tashkil etish, mehnat bozorida ularning raqobatbardoshligini taʼminlashga qaratilgan maxsus dasturlarni ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish, yosh kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha ishlarni amalga oshirish;
yoshlar tadbirkorligi xamda yosh fermerlar faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yoshlar tadbirkorligini tashkil etishda koʻmaklashish, imtiyozli kreditlar berish, joy ajratish, moddiy va texnik vositalar bilan taʼminlanishiga doir dasturlarni ishlab chiqish va roʻyobga chiqarish;
yosh oilalarni maʼnaviy va moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish, kam taʼminlangan yosh oilalarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moddiy yordam berish choralarini koʻrish.
Ijtimoiy rivojlantirish sohasida:
aholiga ijtimoiy xizmat koʻrsatish darajasi va sifatini oshirish, hayot va mehnat faoliyati, malakali tibbiy yordam olish, madaniy meroslardan bahramand boʻlish, jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanish, dam olishini tashkil etish uchun qulay tashkiliy-huquqiy va ijtimoiy shart-sharoitlarni yaratish hamda sifat jihatdan yangi darajaga koʻtarish boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshirish;
aholining ijtimoiy ehtiyoj va talablarini oʻrganish asosida hududlarda ijtimoiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va ijrosini monitoring qilish;
sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish, aholiga yuqori malakali tibbiy yordamni koʻrsatish, sogʻliqni saqlash muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash va kadrlar salohiyatini oshirish borasida tizimli ishlarni amalga oshirish;
qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalarning ish samaradorligini oshirish, har bir inson va butun oila darajasida eng koʻp uchraydigan kasalliklar profilaktikasi va davolash jarayonini tashkil etish, oilalarni patronaj tizimi bilan toʻliq qamrab olish, aholining tibbiy madaniyatini oshirish sogʻlom turmush tarzini, shu jumladan sogʻlom ovqatlanishni targʻib qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar, bolalar va oʻsmirlar sogʻligʻini muhofaza qilish, tugʻma va irsiy kasalliklarni oldini olish, rivojlanish nuqsoni boʻlgan bolalarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish sifatini oshirish, ularning jamiyat hayotida toʻlaqonli qatnashishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
aholiga tashxis qoʻyishning zamonaviy usullarini joriy etish va yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻlamini yanada kengaytirish. Jahon standartlari darajasidagi eng samarali, murakkab va yuqori texnologiyali usullarga boʻlgan aholi ehtiyojini qondirishga yoʻnaltirilgan tadbirlar ijrosini taʼminlash;
aholini dori vositalari bilan taʼminlashni yanada yaxshilash, mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan sifatli dori vositalar va tibbiy buyumlar bilan taʼminot darajasini oshirish, mahalliy farmatsevtika sanoatiga investitsiyalar kiritish uchun chet el yetakchi kompaniyalari va investorlarini jalb qilish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish;
sport sohasida olib borilayotgan ishlar koʻlamini yanada kengaytirish, sportni ommaviyligini oshirish, qizlar oʻrtasida sportni rivojlantirish, barcha hududlar, ayniqsa eng chekka qishloqlarida xalqaro talablarga javob beradigan moddiy-texnik bazaga ega zamonaviy sport inshootlarini barpo etish;
aholining turmush madaniyatini, hayot sifatini oshirishga qaratilgan taʼlim, dam olish va hordiq chiqarish, bandlik, maishiy xizmatlar koʻrsatish, madaniyat, sanʼat va sport sohalari muassasalaridan foydalanish koʻlamini kengaytirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
yoshlar tashkilotlari, fuqarolik jamiyatlari institutlari, ommaviy axborot vositalarining tinch osoyishta hayotimizni asrash va mustahkamlashga qaratilgan vazifalar ijrosini muvofiqlashtirish.
Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar sohasida:
aholi oʻrtasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari, keng koʻlamli isloxotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat dasturlari ahamiyatining targʻibot va tashviqotini tashkil qilish;
aholining maʼnaviy muammo va ehtiyojlarini oʻrganib borish asosida hududda maʼnaviy muhit sogʻlomligini taʼminlash, tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar barcha tashkilotlarning maʼnaviy-maʼrifiy faoliyatini muvofiqlashtirish va rahbarlik qilish;
aholining maʼnaviy-axloqiy, diniy-maʼrifiy, madaniy saviyasini oshirish va uning doimiy ravishda oʻsib borayotgan intellektual, estetik va madaniy ehtiyojlarini taʼminlash, maʼnaviy-maʼrifiy merosni, urf-odat va qadriyatlarni saqlash, targʻib qilish ishlariga rahbarlik qilish;
hududda sogʻlom turmush tarzi, millatlararo totuvlik, oʻzaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga qaratilgan ommaviy tadbirlarni tayyorlash va tashkil etish masalalarini muvofiqlashtirish, tadbirlarning maqsadli, rejali, tartibli tashkil etish va tarbiyaviy samaradorligini taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrish;
hududda jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish, odamlarni hushyorlik va ogohlikka daʼvat etish, yoshlarda yot gʻoyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolarda qonunga hurmat, huquqbuzarlik holatlariga murosasizlik hissini kuchaytirishga qaratilgan samarali targʻibot tizimini yoʻlga qoʻyish;
aholi orasida diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, “ommaviy madaniyat” tahdidlaridan ogoh qilishga qaratilgan profilaktik maʼrifiy, tarbiyaviy chora-tadbirlarga rahbarlik qilish;
aholi orasida mehr-oqibat, mehr-shafqat, muruvvat va himmat, insofu diyonat, vijdoniylik, ahillik va totuvlik, fidoyilik, vatanparvarlik, oliyjanoblik va boshqa fazilatlarni targʻib qilish hamda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni rivojlantirishda mahalla institutining oʻrni va rolini oshirish borasidagi ishlarga rahbarlik qilish;
mamlakatda olib borilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha siyosatning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, hududda tashkil etiladigan chora-tadbirlar mazmuni, samaradorligini tahlil qilish, sohalarning tizimli faoliyatini tashkil qilish.
31. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari zimmasiga quyidagi kommunal xizmatlar koʻrsatuvchi korxona va tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish vazifalari yuklansin:
aholiga kompleks uy-joy kommunal xizmatlar koʻrsatish, uni ichimlik suvi, markaziy isitish, kanalizatsiya bilan taʼminlash;
uy-joy kommunal xoʻjaligi obyektlarini mavsumiy foydalanishga tayyorlash borasidagi ishlarni oʻtkazish;
koʻp xonadonli uylarni kapital taʼmirlash boʻyicha ishlarni belgilangan tartibda tashkil etish;
uy-joy egalari shirkatlari hamda yagona buyurtmachi xizmatlarini, uy-joy fondiga xizmat qilish va kommunal xizmatlar koʻrsatish boʻyicha muqobil pudrat tashkilotlarini tuzish uchun zarur tashkiliy-iqtisodiy shart-sharoitlarni yaratish;
shaharlar va aholi punktlarini obodonlashtirish hamda sanitariya jihatidan tozalash borasidagi ishlarni tashkil etish.
32. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining aholiga kommunal xizmatni tashkil qilish sohasidagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat etib belgilansin:
kommunal xizmatlar bozorida raqobatchilik muhitini shakllantirish, uy-joy fondi va boshqa kommunal obyektlarni boshqarish hamda ularga xizmat koʻrsatish vazifalarini ajratish maqsadida mintaqadagi kommunal xizmat tizimida islohotlarni amalga oshirish;
aholini toza ichimlik suvi va gaz bilan taʼminlash uchun suv quvurlari va gaz tarmoqlarini rivojlantirish borasidagi maqsadli davlat dasturlarini oʻz qaramogʻidagi hududda roʻyobga chiqarish;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda oʻz qaramogʻidagi hududda kommunal xizmatlarga boʻlgan tarif siyosatini shakllantirish;
suv, gaz, issiqlik hamda boshqa energiya manbalar sarfini yakka tartibda hisobga olish va tartibga solish asbob-uskunalarini joriy etish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;
oʻz qaramogʻidagi hududda texnikaviy inventarizatsiya byurosining faoliyatini tashkil qilish.
4. Quyidagilar:
viloyat hokimliklari boshqaruv apparatining namunaviy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
mahalliy ijroiya hokimiyati organlari boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 3, 3a — 3g-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
41. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Andijon, Jizzax, Namangan, Navoiy, Sirdaryo, Surxondaryo va Fargʻona viloyatlari hokimlari hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari kotibiyatining bir nafar shtat birligini oʻtkazish, shuningdek, qoʻshimcha bir nafar shtat birligini ajratish hisobiga hokimning turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosarining ikki nafar shtat birligidan iborat boʻlgan kotibiyatini tashkil qilsin.
Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlari hokimlari hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari kotibiyatining bir nafar shtat birligini oʻtkazish hisobiga hokimning turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosarining ikki nafar shtat birligidan iborat boʻlgan kotibiyatini tashkil qilsin.
Belgilansinki:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari, Andijon, Jizzax, Namangan, Navoiy, Sirdaryo, Surxondaryo va Fargʻona viloyatlari hokimlarining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlarining kotibiyatiga qoʻshimcha bir nafar shtat birligini ajratish Turizm va sport vazirligi tizimidagi sport-taʼlim muassasalarining shtat birliklarini qisqartirish hisobiga amalga oshiriladi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmasi boshliqlari, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi boshligʻi, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi mudirlari bir vaqtning oʻzida tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlarining taʼlim va tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchilari hisoblanadi.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tuzilmasini ushbu qarorda belgilangan talablarga muvofiq qayta koʻrib chiqib, yangi tuzilmasi va boshqaruv xodimlarining shtat birligini tasdiqlash tavsiya etilsin.
6. Belgilansinki:
viloyatlar, Toshkent shahar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari ikki tomonlama — viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari kompleksining rahbari boʻysunuvida boʻladi;
viloyatlar, Toshkent shahar hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari ikki tomonlama ― viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamenti, Taʼlim, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari axborot-tahlil departamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari ― Taʼlim, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari kompleksining rahbari boʻysunuvida boʻladi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi D.A. Nazarmuxamedov va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov ikki hafta muddatda:
viloyatlar, Toshkent shahri, shahar va tumanlar hokimlarining yangi joriy etilayotgan iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari hamda yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy- maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari lavozimiga chuqur maxsus bilimlarga, yuqori kasbiy mahoratga ega boʻlgan, tajribali va malakali kadrlar bilan toʻldirish yuzasidan taklif kiritsin;
hokim, uning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlarining namunaviy funksional vazifalari taqsimoti, ularning kotibiyati va guruh (apparat)lari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash uchun kiritsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda oʻn kun muddatda viloyatlar, Toshkent shahri, shahar va tumanlar hokimliklari boshqaruv apparati xodimlarining shtatlar jadvallarini ushbu qarorga muvofiq qayta koʻrib chiqsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududiy davlat boshqaruvi organlari tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2016-yil 24-fevraldagi PQ-2497-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tizimida hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari boʻyicha tarkibiy tuzilmalarini tashkil etish yuzasidan taklif kiritilishini;
bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishini taʼminlasin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi D.A. Nazarmuxamedov va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmalariga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 22-dekabr,
PQ-2691-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-sonli qaroriga 1-ILOVA
Viloyatlar hokimliklari boshqaruv apparatining
NAMUNAVIY TUZILMASI
HokimYordamchi1Hokimning moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshligʻiHokimning qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosariHokimning oʻrinbosari — viloyat Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshligʻiHokimning qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi*Hokimning turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosariHokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosariHokimning jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosariHokimning oʻrinbosari — Oila va xotin- qizlar boshqarmasi boshligʻi**Hokimning mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha yordamchisiHokimning sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi rahbari va kotibiyati**2KotibiyatMudir 1; Bosh mutaxassis 1-2; Yetakchi mutaxassis 0-1;1-toifali mutaxassis 0-1.2-3KotibiyatMudir 1;Bosh mutaxassis 0-1;Energiya menedjeri 1Yetakchi mutaxassis 0-1;1-toifali mutaxassis 0-1.2 — 5KotibiyatMudir 0-1; Bosh mutaxassis 1; Yetakchi mutaxassis 0-1;1-toifali mutaxassis 0-1.1-2KotibiyatMudir 1;Bosh mutaxassis 1-2;Yetakchi mutaxassis 0-1;1-toifali mutaxassis 0-1.2 — 5KotibiyatMudir 0-1;Bosh mutaxassis 1;Yetakchi mutaxassis 0-1;1-toifali mutaxassis 0-1.1 — 3KotibiyatMudir 1; Bosh mutaxassis 1; Yetakchi mutaxassis 0-1; 1-toifali mutaxassis 0-1.2 — 4KotibiyatMudir 1.1KotibiyatMudir 1.1KotibiyatMudir 1;Bosh mutaxassis 1;Yetakchi mutaxassis 0-1;1-toifali mutaxassis 0-1.2-3Tashkiliy — kadrlar guruhi4-5Hokimning madaniyat masalalari boʻyicha maslahatchisi ********1Tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish, eksportga koʻmaklashish va qoʻllab-quvvatlash guruhiRahbar 0-1;Bosh mutaxassis 1.1-2Master-rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha Loyiha ofisiRahbar 1;Bosh mutaxassis 1;Yetakchi mutaxassis 1;1-toifali mutaxassis 0-1.3-4Xitoy Xalq Respublikasi bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va investitsiyalar jalb qilish boʻyicha shoʻbasi *******Bosh mutaxassis 1.1Hokimning qishloq xoʻjaligi masalalari boʻyicha maslahatchisi *****1Hokimning raqamlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi ****1Hokimning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samara- dorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi1Hokimning harbiy masalalar boʻyicha maslahatchisi***1Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat shoʻbasiRahbar 1.1Protokol boʻlim ******Bosh mutaxassis 1.1Ilm-fan va innovatsiyalar shoʻbasi **********Mudir 1.1Ichki audit xizmatiBosh mutaxassis 1.1Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari guruhiRahbar 0-1;Bosh mutaxassis 1;Yetakchi mutaxassis 0-1.1 — 3Hokimning matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi1-2Bolalarni himoya qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis0-1Yer uchastkalarini olish va kompensatsiya berish ishlarini muvofiqlashtirish shoʻbasiRahbar 0-1;Bosh mutaxassis 0-1; 0 — 2Yuridik xizmatRahbar 1;Yuriskonsult 1.2Ijro intizomi nazorati boʻlimiBoshliq 1;Bosh mutaxassis 1; Yetakchi mutaxassis 0-1.2-3Axborot — tahlil guruhiRahbar 1;Bosh mutaxassis 1-2; Yetakchi mutaxassis 0-1. 1-toifali mutaxassis 0-1.3 — 5Umumiy boʻlim(Devonxona)Boshliq 0-1;Bosh mutaxassis 1; Yetakchi mutaxassis 0-1.1 — 3Murojaatlar bilan ishlash boʻlimiBoshliq 0-1;Bosh mutaxassis 1; Yetakchi mutaxassis 0-1.0 — 4Ishlar boshqarmasiRahbar 1;Bosh hisobchi 1;Bosh mutaxassis 0-2; Yetakchi mutaxassis 0-1.2 — 4Maxsus boʻlim ******Boshliq 0-1;Bosh mutaxassis 0-1.2Hokimning jamoatchilik bilan ishlash boʻyicha maslahatchisi *****1
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 61 — 70 birlik.
Jami boshqaruv xodimlari soni — 763 birlik.
Viloyatlar hokimliklarining budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha boshqaruv xodimlari shtat birliklarini kiritish qatʼiyan taqiqlanadi.
* Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida hokimning “birinchi” oʻrinbosari lavozimi kiritiladi.
** Hokimlik shtat birligi soniga kirmaydi, Samarqand viloyatiga tegishli.
*** Surxondaryo va Andijon viloyatiga tegishli.
**** Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Navoiy, Namangan va Xorazm viloyatlarida tasdiqlangan shtat birligi doirasida, Andijon, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent va Fargʻona viloyatlarida hokimlik shtat birligi soniga kirmaydi va jamoatchilik asosida saqlanadi.
***** Qashqadaryo viloyatiga tegishli.
****** Toshkent viloyatiga tegishli.
******* Xorazm viloyatiga tegishli.
******** Namangan viloyatiga tegishli.
********* Navoiy viloyatiga tegishli.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-sonli qaroriga 3-ILOVA
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari boshqaruv apparati xodimlarining cheklangan soni
T/rHududlar nomiBoshqaruv xodimlarining cheklangan sonishu jumladan, master rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha loyiha ofislariI toifali hududlar boʻyicha1.Andijon viloyati6242.Qashqadaryo viloyati7043.Samarqand viloyati6244.Toshkent viloyati6945.Fargʻona viloyati634II toifali hududlar boʻyicha6.Buxoro viloyati6247.Navoiy viloyati6138.Namangan viloyati6349.Surxondaryo viloyati63410.Xorazm viloyati644III toifali hududlar boʻyicha11.Jizzax viloyati59412.Sirdaryo viloyati583Toifadan tashqari13.Toshkent shahri104Jami85546
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-sonli qaroriga 3a-ILOVA
Viloyat markazlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi poytaxti hokimliklari boshqaruv apparati xodimlarining cheklangan soni
T/rShaharlar nomiBoshqaruv xodimlarining cheklangan soniI toifa1.Andijon252.Buxoro273.Qarshi264.Navoiy255.Namangan296.Nukus267.Samarqand278.Fargʻona28II toifa1.Guliston232.Jizzax233.Termiz234.Urganch255.Nurafshon23Jami330
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-sonli qaroriga 3b-ILOVA
Viloyatga boʻysunuvchi shahar hokimliklari apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soni
T/rShaharlar nomiBoshqaruv xodimlarining cheklangan soniI toifa1.Olmaliq202.Angren*233.Bekobod214.Zarafshon215.Kattaqoʻrgʻon206.Qoʻqon207.Margʻilon208.Chirchiq21II toifa9.Kogon1910.Quvasoy2111.Shirin1912.Yangiyer1813.Xonobod1914.Ohangaron1715.Yangiyoʻl1816.Shahrisabz1817.Xiva1718.Gʻozgʻon16Jami348
* Yangiobod shahrini hisobga olgan holda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-sonli qaroriga 3v-ILOVA
Qishloq tuman hokimliklari boshqaruv apparati xodimlarining cheklangan soni
T/rTumanlar nomiBoshqaruv xodimlarining cheklangan soniQoraqalpogʻiston RespublikasiI toifa1.Qoʻngʻirot272.Xoʻjayli253.Beruniy244.Toʻrtkoʻl265.Chimboy246.Ellikqalʼa247.Amudaryo258.Taxiatosh24II toifa1.Shumanay212.Qonlikoʻl203.Kegeyli234.Moʻynoq235.Qoraoʻzak226.Taxtakoʻpir237.Nukus 218.Boʻzatov20Jami372Andijon viloyatiI toifa1.Qoʻrgʻontepa292.Shahrixon243.Andijon244.Jalaquduq265.Izboskan256.Marhamat25II toifa1.Asaka232.Baliqchi193.Boʻston194.Buloqboshi215.Paxtaobod206.Oltinkoʻl197.Xoʻjaobod208.Ulugʻnor19Jami313Buxoro viloyatiI toifa1.Gʻijduvon262.Romitan283.Qorakoʻl254.Shofirkon24II toifa1.Jondor202.Peshku203.Olot214.Buxoro205.Vobkent206.Kogon197.Qorovulbozor19Jami242Jizzax viloyatiI toifa1.Zomin282.Doʻstlik243.Gʻallaorol234.Forish25II toifa1.Baxmal212.Sh. Rashidov 203.Paxtakor204.Mirzachoʻl215.Arnasoy206.Zarbdor197.Zafarobod208.Yangiobod21Jami262Qashqadaryo viloyatiI toifa1.Shahrisabz252.Nishon293.Muborak244.Mirishkor265.Chiroqchi246.Gʻuzor257.Yakkabogʻ258.Koson259.Qamashi24II toifa1.Qarshi192.Kitob213.Dehqonobod214.Kasbi195.Koʻkdala20Jami327Navoiy viloyatiI toifa1.Uchquduq262.Qiziltepa253.Xatirchi244.Karmana25II toifa1.Konimex202.Navbahor193.Nurota194.Tomdi20Jami178Namangan viloyatiI toifa1.Kosonsoy252.Norin243.Uchqoʻrgʻon254.Chust255.Pop246.Toʻraqoʻrgʻon23II toifa1.Chortoq222.Mingbuloq203.Namangan204.Uychi215.Yangiqoʻrgʻon216.Davlatobod177.Yangi Namangan17Jami284Samarqand viloyatiI toifa1.Urgut262.Narpay263.Jomboy254.Samarqand255.Ishtixon256.Payariq267.Pastdargʻom268.Kattaqoʻrgʻon25II toifa1.Bulungʻur262.Nurobod263.Paxtachi254.Oqdaryo265.Qoʻshrabot256.Toyloq26Jami358Sirdaryo viloyatiI toifa1.Sirdaryo282.Boyovut243.Sayxunobod244.Xovos26II toifa1.Sardoba192.Oqoltin203.Guliston194.Mirzaobod20Jami180Surxondaryo viloyatiI toifa1.Denov312.Shoʻrchi263.Sherobod294.Jarqoʻrgʻon275.Sariosiyo296.Muzrabot27II toifa1.Qumqoʻrgʻon272.Uzun293.Angor264.Boysun265.Qiziriq266.Bandixon267.Oltinsoy268.Termiz27Jami382Toshkent viloyatiI toifa1.Boʻstonliq292.Qibray253.Zangiota254.Oʻrta Chirchiq245.Yangiyoʻl25II toifa1.Ohangaron202.Oqqoʻrgʻon203.Bekobod214.Boʻka215.Quyi Chirchiq206.Parkent197.Piskent208.Chinoz209.Yuqori Chirchiq2010.Toshkent21Jami330Fargʻona viloyatiI toifa1.Quva242.Bagʻdod233.Beshariq234.Oʻzbekiston235.Toshloq226.Uchkoʻprik23II toifa1.Buvayda212.Dangʻara213.Oltiariq214.Qoʻshtepa215.Rishton226.Fargʻona217.Yozyovon208.Soʻx219.Furqat21Jami327Xorazm viloyatiI toifa1.Hazorasp252.Tuproqqalʼa 273.Xiva234.Xonqa225.Bogʻot246.Shovot23II toifa1.Urganch212.Qoʻshkoʻpir233.Gurlan224.Yangiariq235.Yangibozor21Jami254165Respublika boʻyicha jami3 809
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-sonli qaroriga 3g-ILOVA
Toshkent shahri tumanlari hokimlari boshqaruv apparati xodimlarining cheklangan soni
T/rTumanlar nomiBoshqaruv xodimlarining cheklangan soni1.Olmazor *362.Bektemir293.Mirobod29 4.Mirzo Ulugʻbek315.Sirgʻali316.Uchtepa297.Chilonzor30 8.Shayxontohur309.Yunusobod3010.Yakkasaroy2911.Yashnobod2912.Yangi hayot26Jami359
* “Yoshlik” shaharchasi hokimligini hisobga olgan holda.
