2017-2021-yillarda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi toʻgʻrisida (PQ-2731-son)
18.01.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Orolboʻyi mintaqasida ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni, aholining yashash sharoitlarini yaxshilashga, Orol dengizining ekologik falokati oqibatlarini yumshatish boʻyicha investitsiya loyihalarini oʻz vaqtida va samarali roʻyobga chiqarishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish maqsadida:
1. Orolboʻyi mintaqasi aholisining turmush sharoitlari va sifatini yaxshilashga yoʻnaltirilgan 2017 — 2021-yillarda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi (keyingi oʻrinlarda Davlat dasturi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin, unda quyidagilar nazarda tutiladi:
yangi ish joylarini yaratish, aholi bandligini taʼminlash, shuningdek mintaqaning investitsiyaviy jozibadorligini yaxshilash borasidagi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
suv taʼminoti tizimini rivojlantirish va aholining toza ichimlik suvi bilan taʼminlanish darajasini oshirish, kanalizatsiya, sanitariya va maishiy chiqindilardan foydalanish tizimlarini yaxshilash;
mintaqada sogʻliqni saqlash tizimini yanada rivojlantirish va aholi genofondini asrash tadbirlarini amalga oshirish;
mintaqada yashovchi aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni davom ettirish, koʻp kvartirali uylarda uy ichi muhandislik kommunikatsiyalari va umumfoydalanadigan joylarni taʼmirlash, shuningdek bolalar va sport maydonchalarini barpo etgan holda uylarga tutash hududlarni obodonlashtirish;
mintaqa aholi punktlarining transport, muhandislik va kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, sugʻorish va tashqi yoritish tarmoqlarini takomillashtirish, Nukus va Urganch shaharlarining zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etgan holda issiqlik taʼminoti tizimlarini yaxshilash.
4. Quyidagilar:
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq, Shumanay, Qonlikoʻl, Taxtakoʻpir, Chimboy tumanlarida, Xorazm viloyatining Yangiariq va Qoʻshkoʻpir tumanlarida joylashgan sanoat sohasida (avtomobillarga gaz toʻldiruvchi kompressor stansiyalaridan tashqari) yangi tashkil etilayotgan mikrofirmalar va kichik korxonalar — 2027-yilning 1-yanvariga qadar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatining qolgan tumanlarida — 2022-yilning 1-yanvariga qadar muddatga yagona soliq toʻlovidan;
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq, Shumanay, Qonlikoʻl, Taxtakoʻpir, Chimboy va Kegeyli tumanlarida joylashgan tadbirkorlik subyektlari Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha olib kiriladigan va faqatgina ushbu tumanlarda foydalaniladigan maxsus texnika, asbob-uskuna, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar, qurilish materiallari, metall konstruksiyalar uchun 2020-yilning 1-yanvariga qadar bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod etilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda ushbu qaror doirasida bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyoz qoʻllanilgan holda olib kiriladigan tovarlardan maqsadli foydalanilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin.
Belgilansinki, yuqorida koʻrsatib oʻtilgan tovarlardan maqsadli foydalanilmagan taqdirda (sotish, bepul berib yuborish yoki oʻzgaga berishning boshqa shakli), bojxona imtiyozlari berilishi munosabati bilan toʻlanmagan bojxona toʻlovlari summasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga undiriladi.
5. 2017-yilning 1-fevralidan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida joylashgan bolalarning maktabgacha taʼlim muassasalaridagi, ayrim fanlar chuqur oʻrgatiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internatlardagi taʼminoti uchun, “Barkamol avlod” markazlaridagi, musiqa va sanʼat maktablaridagi mashgʻulotlar uchun ota-onalarning har oylik toʻlovi miqdorlari, shuningdek madaniyat markazlari toʻlov miqdorlari respublika boʻyicha belgilanganidan 2 baravar kam darajada oʻrnatilsin.
7. 2017-yilning 1-fevralidan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati aholisi uchun temir yoʻl va aviayoʻlovchilar chiptalarini sotish maxsus imtiyozli tariflar boʻyicha amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK bilan birgalikda bir oy muddatda yoʻlovchilarning tegishli toifalari uchun maxsus imtiyozli tariflarni tasdiqlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy banki, Tashqi ishlar vazirligi Orolboʻyi mintaqasi aholisini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash, yangi ish joylari yaratish, ekologik holatni yaxshilash boʻyicha loyihalarni moliyalashtirish uchun xorijiy donorlarning texnikaviy koʻmak mablagʻlari (grantlari)ni jalb etish yuzasidan kechiktirib boʻlmaydigan choralar koʻrsinlar.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 18-yanvar,
PQ-2731-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-yanvardagi PQ-2731-son qaroriga 1-ILOVA
2017 — 2021-yillarda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish
DAVLAT DASTURI
T/rLoyiha va chora-tadbirlarning nomlanishiBajarish muddatiTaxminiy sarf-xarajatlar (mlrd. soʻm)Moliyalashtirish manbalariMasʼullarI. Yangi ish oʻrinlarini yaratish va aholi bandligini taʼminlash, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish1.Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqalarini kompleks rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish orqali 14,6 mingta, shu jumladan: sanoatda — 8,2 ming, xizmatlar va servisda — 3,8 ming, qishloq xoʻjaligida — 2,6 ming doimiy yangi ish oʻrinlarini yaratish.Tijorat banklari tomonidan maqsadli mikrokreditlar berish orqali (1-ilova) shaxsiy tomorqa va dehqon xoʻjaliklarida, hunarmandchilik va oilaviy tadbirkorlikda 35 mingdan ziyod odamning bandligini taʼminlash.Bunda Moʻynoq, Shumanay, Qonlikoʻl, Taxtakoʻpir, Qoraoʻzak, Chimboy tumanlari aholisiga mikrokreditlarni yillik 6 foizdan ortiq boʻlmagan stavkada berishni nazarda tutish.2017-yil1 257,1 200,0Tashabbuskorlarning mablagʻlari va tijorat banklarining kreditlariQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Iqtisodiyot vazirligi, tijorat banklari2.Xorazm viloyati mintaqalarini kompleks rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish orqali 17,4 mingta, shu jumladan: sanoatda — 7,4 ming, xizmatlar va servisda — 4,6 ming, qishloq xoʻjaligida — 5,4 ming doimiy yangi ish oʻrinlarini yaratish.Tijorat banklari tomonidan maqsadli mikrokreditlar berish orqali (2-ilova) shaxsiy tomorqa va dehqon xoʻjaliklarida, hunarmandchilik va oilaviy tadbirkorlikda 30 mingdan ziyod odamning bandligini taʼminlash.Bunda Qoʻshkoʻpir va Yangiariq tumanlari aholisiga mikrokreditlarni yillik 6 foizdan ortiq boʻlmagan stavkada berishni nazarda tutish.2017-yil1 284,6 180,0Tashabbuskorlarning mablagʻlari va tijorat banklarining kreditlariXorazm viloyati hokimligi, Iqtisodiyot vazirligi, tijorat banklari3.Mintaqani rivojlantirish dasturlariga kiritilgan quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha loyihalar tashabbuskorlari uchun foiz xarajatlarining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasidan ortiq qismini qoplab berishga subsidiyalar ajratish:qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, dorivor giyohlar va oʻsimliklar, mahalliy tabiiy mineral-xom ashyo resurslarini qayta ishlash asosida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, shuningdek, isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarish;qishloq xoʻjaligi ekinlari yetishtirishning yangi texnologiyalarini joriy etish, suvni tejovchi zamonaviy sugʻorish texnologiyalarini qoʻllash asosida intensiv bogʻlar va zamonaviy issiqxona xoʻjaliklari barpo etish, sovutkich quvvatlarini, zamonaviy chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xoʻjaliklarini, goʻsht, sut, charm-terini qayta ishlash korxonalarini tashkil etish.2017 — 2021-yillarInvestitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi qaroriga muvofiqOʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlariInvestitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Markaziy bank4.Nukus shahrida xalqaro moliya institutlarining grant mablagʻlari, shuningdek,imtiyozli kreditlarini jalb qilgan holda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimida Ishsiz fuqarolarni kasbiy oʻqitish markazini tashkil qilish.2019 — 2020-yillar21,0Grant mablagʻlariBandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, OʻMKHTM, Moliya vazirligi, Iqtisodi?t vazirligi, Qoraqalpogʻiston Republikasi Vazirlar Kengashi5.Urganch shahrida Ishsizlarni kasbiy tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazini tashkil qilish.2018 — 2019-yillar21,0Koreya xalqaro hamkorlik agentligining grant mablagʻlariBandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi6.Qoraqalpogʻiston Respublikasining olis hududlari aholisini qayta tayyorlash va malakasini oshirishga alohida eʼtibor qaratgan holda, har yili Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatining kamida 300 nafar ishsiz va band boʻlmagan fuqarolarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkillashtirish.2017 — 2021-yillar2,3Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasiBandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi7.Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish orqali har yili Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatining kamida 1200 nafar band boʻlmagan fuqarolarining bandligini taʼminlash.2017 — 2021-yillar3,0Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasiBandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi8.Yopiq qoʻriqlanadigan hududga ega “Orol vohasi” yirik turistik majmuasini tashkil qilish.2017 — 2020-yillar10,0Tashabbuskorlarning mablagʻlari va tijorat banklarining kreditlari, GrantlarTurizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi9.Orol dengizi, Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati, “Sudochye” koʻli, Qoʻngʻirot davlat oʻrmon-ovchilik xoʻjaligi, “Qozoqdaryo” davlat oʻrmon-ovchilik xoʻjaligiga yaqin hududlarda istiqomat qiluvchi mahalliy aholini maksimal darajada jalb qilish orqali yangi yoʻnalishlar, turistlarni joylashtirish boʻyicha statsionar va doimiy manzilgohlar tashkil qilgan holda turistik infratuzilma obyektlarini yaratish.2017 — 2020-yillar10,0Tashabbuskorlarning mablagʻlari va grantlarTurizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar KengashiJami2 989,0xxII. Suv taʼminoti tizimini rivojlantirish va aholining toza ichimlik suvidan foydalanish imkoniyatini oshirishQoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha:Aholining toza ichimlik suvidan foydalanish imkoniyatini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, markaziy suv taʼminotiga ulangan aholi ulushini hozirgi 50,8 foizdan 2021-yilda 74,0 foizga yetkazish (3-ilova)2017 — 2021-yillar10.Qoraqalpogʻiston Respublikasida 782,9 km.lik suv quvuri va suv tarmogʻi, 44 dona suv chiqarish qudugʻi, 17 dona suv bosimini hosil qiladigan minora va rezervuarlar qurish va rekonstruksiya qilish, 38 dona nasos inshootlarini oʻrnatish.2017 — 2021-yillar150,1Davlat budjeti mablagʻlariUy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi11.Nukus, Beruniy, Moʻynoq, Qoʻngʻirot va Qoraoʻzak tumanlarining suv taʼminoti tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish, shuningdek, “2-Tuyamoʻyin” tepaligining stansiyalarini modernizatsiya qilish.2017 — 2021-yillar362,7OTB mablagʻlariMoliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi12.Qoraqalpogʻiston Respublikasining olis va yetib borish qiyin boʻlgan qishloq hududlari (Taxtakoʻpir tumanining “Mulk” va “Qoʻngʻirotkoʻl”, Qoraoʻzak tumanining “Algabas”, Kegeyli tumanining “Jalpaqjap” va “Aktuba”, Chimboy tumanining “Koʻk suv”, “Kosterek”, “Kamsariq”, Ellikqalʼa tumanining “Qizilqum” qishlogʻi)da yashovchi aholiga suvni tuzsizlantiruvchi uskunalar yetkazib berish.2020–2021-yillar0,1Davlat budjeti mablagʻlariQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, tijorat banklari13.Qoraqalpogʻiston Respublikasida yiliga 2,7 mln. litr butilkali suv ishlab chiqarish quvvatiga ega 5 ta zavod tashkil qilish.2017 — 2019-yillar2,09Tashabbuskorlar mablagʻlari va tijorat banklarining kreditlari“Oʻzoziqovqatxolding” XK, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tijorat banklariXorazm viloyati boʻyicha.Aholining toza ichimlik suvidan foydalanish imkoniyatini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, markaziy suv taʼminotiga ulangan aholi ulushini hozirgi 52,1 foizdan 2021-yilda 77,4 foizga yetkazish (4-ilova)14.Xorazm viloyatida 752,5 km.lik suv tarmogʻi, 24 dona rezervuar qurish va rekonstruksiya qilish, 15 dona nasos inshootlarini oʻrnatish.2017 — 2021-yillar111,2Davlat budjeti mablagʻlariUy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi15.Xorazm viloyati hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Amudaryo tumani aholisini ichimlik suvi bilan taʼminlash uchun Pitnak shahridagi suv tozalash inshootlarini qayta taʼmirlash.2019 — 2022-yillar105,4Xalqaro moliya institutlarining mablagʻlariTashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo v?zirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi,Iqtisodiyot vazirligi,Moliya vazirligi,16.Urganch shahrida kichik tuzsizlantiruvchi qurilmalar ishlab chiqarishni tashkil etish.2017 — 2020-yillar30,0Tashabbuskorlar mablagʻlari va tijorat banklarining kreditlariXorazm viloyati hokimligi, Moliya vazirligi, tijorat banklari17.Xorazm viloyatining olis va yetib borish qiyin boʻlgan qishloq hududlari (Shovot tumanining “Kangli”, Yangiariq tumanining “Qoʻriqtom” va “Chiqirchi”, Yangibozor tumanining “Chubalanchi”, “Jayxun”, “Oyoqdurman”, Gurlan tumanining “Eshinjiron”, “Vazir”, “Dehqonobod”, “Oʻzbekiston”, Xonqa tumanining “Katta Jirmiz” hamda “Tuproqqalʼa”, “Gurlan”, “Hazorasp”, “Xiva”, “Xonqa”, “Sarimoy”, “Yangibozor”,“Nukus” qishloqlari)da yashovchi aholiga suvni tuzsizlantiruvchi uskunalar yetkazib berish.2020-2021-yillar0,16Davlat budjeti mablagʻlariXorazm viloyati hokimligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, tijorat banklari18.Xorazm viloyatida yiliga 3,2 mln. litr butilkali suv ishlab chiqarish quvvatiga ega 8 ta zavod tashkil qilish.2017 — 2019-yillar6,4Tashabbuskorlar mablagʻlari va tijorat banklarining kreditlari“Oʻzoziqovqatxolding” XK, Xorazm viloyati hokimligi, tijorat banklariJami768,15XxIII. Sanitariya va maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilishQoraqalpogʻiston Respublikasi19.Nukus va Taxiatosh shaharlarining kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish.2017 — 2020-yillar186,0XRA mablagʻlariUy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi20.Qoraqalpogʻiston Respublikasining Boʻston va Beruniy shaharlarining kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish.2025 — 2028-yillar81,84Aniqlanmoqda“Oʻzsuvtaʼminot” AJ, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi21.Qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash boʻyicha texnologiyalarni, shu jumladan Nukus shahrida joriy etish.2019-yil2,79Tashabbuskorlar mablagʻlari va tijorat banklarining kreditlariQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, tijorat banklari22.Qoraqalpogʻiston Respublikasida 15 ta poligonni jihozlash, 26 ta maxsus texnika va 16 ta qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash uskunalari bilan taʼminlash.2017-yil15,3Mahalliy budjetlar mablagʻlariMoliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar KengashiXorazm viloyati23.Urganch, Xiva va Pitnak shaharlarining kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish.2019 — 2025-yillar230,95Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki mablagʻlari“Oʻzsuvtaʼminot” AJ, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi24.Qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash boʻyicha texnologiyalarni, shu jumladan Urganch shahrida joriy etish.2019-yil1,17Tashabbuskorlar mablagʻlari va tijorat banklarining kreditlariXorazm viloyati hokimligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlatqoʻmitasi, tijorat banklari25.Xorazm viloyatida 10 ta poligonni jihozlash, 15 ta maxsus texnika va 10 ta qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash uskunalari bilan taʼminlash.2017-yil8,7Mahalliy budjetlar mablagʻlariXorazm viloyati hokimligi, Moliya vazirligi, tijorat banklariJami526,75xXIV. Aholining turmush sifati va sharoitlarini yaxshilash, transport, muhandislik va kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish26.Zamonaviy arxitektura-obodonlashtirish talablarini, xususan, dahalarning ichki koʻchalarini, maydonlar va bulvarlarni, xiyobonlarni taʼmirlash, sugʻorish va tashqi yoritish tizimlarini takomillashtirishni inobatga olgan holda, aholi punktlari, Nukus va Urganch shaharlari, shuningdek,Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatining tuman markazlarini obodonlashtirish boʻyicha yillik chora-tadbirlar ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish.Har yili 10-yanvarga qadarHisob-kitoblar asosida, ajratiladigan mablagʻlar doirasidaDavlat budjeti mablagʻlariQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi27.Nukus va Urganch shaharlari, tuman markazlari uy-joy fondining koʻp kvartirali uylarida ichki muhandislik tarmoqlarini va umumiy foydalanishdagi joylarni taʼmirlash boʻyicha yillik chora-tadbirlar ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish.Har yili 1-fevralga qadarHisob-kitoblar asosida, ajratiladigan mablagʻlar doirasidaDavlat budjeti, uy-joy mulkdorlari shirkatlari mablagʻlari va tijorat banklarining kreditlariQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi28.2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar asosida arzon uy-joylar qurish boʻyicha davlat dasturi doirasida 2017-yilda:Qoraqalpogʻiston Respublikasida avval tasdiqlangan namunaviy loyihalar asosida 135 ta uy-joylar va yangilangan loyihalar asosida 437 ta arzon uylar qurish;Xorazm viloyatida avval tasdiqlangan namunaviy loyihalar asosida 300 ta uy-joylar va yangilangan loyihalar asosida 402 ta arzon uylar qurish.2017 — 2021-yillar 124,5 145,2“Qishloqqurilishbank” ATB va ishtirok etuvchi tijorat banklari, aholining oʻz mablagʻlariQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,“Qishloqqurilishbank” ATB, “Ipoteka bank” va tijorat banklari29.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-noyabrdagi “2017 — 2020-yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish Dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2660-son qaroriga muvofiq:Qoraqalpogʻiston Respublikasida 7 ta yangi 5 qavatli 315 xonadonga moʻljallangan koʻpkvartirali uy-joy qurish;Xorazm viloyatida 5 ta yangi 5 qavatli 225 xonadonga moʻljallangan koʻpkvartirali uy-joy qurish.2017-yil 30,6 21,9Aholining oʻz mablagʻlari va tijorat banklarining kreditlariQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi,ishtirok etuvchi tijorat banklari30.2017-2018-yillarda hududiy avtomobil yoʻllarini rivojlantirish dasturi doirasida shaharlar, tuman markazlari, shahar posyolkalaridagi koʻchalarda, shuningdek,qishloq aholi punktlaridagi xoʻjaliklararo avtomobil yoʻllari va koʻchalarda kapital va joriy taʼmirlash ishlarini amalga oshirish, shu jumladan:Qoraqalpogʻiston Respublikasida;Xorazm viloyatida.2017 — 2018-yillar 44,8 36,3Davlat budjetiOʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi31.Umumiy qiymati 274,2 mln. dollar boʻlgan Taxiatosh IES — “Xorazm” PS — Sarimoy aholi yashash punkti (Xorazm viloyati) yoʻnalishida 220 kV kuchlanishli elektr liniyasini qurish va uni 2019-yilda ishga tushirish.2016 — 2019-yillar824,4Davlat budjeti, “Oʻzbekenergo” AJning oʻz mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari kreditlari“Oʻzbekenergo” AJ32.74 ta avtovokzallar qurish va rekonstruksiya qilish hisobiga yoʻlovchi tashuvchi avtobus yoʻnalishlari tarmogʻini kengaytirish, shu jumladan:Qoraqalpogʻiston Respublikasida 3 ta;Xorazm viloyatida 4 ta.2017 — 2021-yillar 6,57,7Tashabbuskorlar mablagʻlari va tijorat banklarining kreditlariMoliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi33.0,4-6-10 kV kuchlanishli umumiy uzunligi 34023,1 km boʻlgan elektr liniyalarini, shuningdek,6931 ta transformator podstansiyalarini rivojlantirish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, shu jumladan:Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha: 1054,0 km elektr liniyasi va 297 ta TP (shundan, 197,5 km liniya va 83 ta TP yangi quriladi, 856,6 km liniya va 214 ta TP rekonstruksiya va modernizatsiya qilinadi);Xorazm viloyati boʻyicha: 1488,6 km elektr liniyasi va 414 ta TP (shundan, 101,4 km liniya va 96 ta TP yangi quriladi, 1384,2 km liniya va 318 ta TP rekonstruksiya va modernizatsiya qilinadi).2017 — 2021-yillar 86,5121,9“Oʻzbekenergo” AJning oʻz mablagʻlari“Oʻzbekenergo” AJ, tijorat banklari34.Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasida tabiiy gaz hisobining avtomatlashtirilgan nazorat tizimlarini joriy etish.2020 — 2022-yillar731,6Tashabbuskorlarning mablagʻlari, Jahon banki kreditlariQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligiJami2 181,9xXV. Aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish36.2017-yildan boshlab kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam uchun ajratilayotgan mablagʻlarni oʻrtacha 1,2-1,5 baravar oshirish orqali oilalarni ijtimoiy himoya bilan qamrab olishni Qoraqalpogʻiston Respublikasida 19 mingga, Xorazm viloyatida esa 13 mingga kengaytirish.2017-yildan boshlab50,7Davlat budjetiMoliya vazirligi,Davlat soliq qoʻmitasi,Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi37.Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi jami pensionerlar sonining 10 foizi hisobida keksalar va nogironlar, urush va mehnat faxriylari orasidan kam taʼminlangan fuqarolarni “Nuroniy” jamgʻarmasi orqali qishki kiyim bilan taʼminlash.2017-yil3,6Davlat budjetiMoliya vazirligi, “Nuroniy” jamgʻarmasiJami56,7xXVI. Sogʻliqni saqlash va aholi genofondini asrash38.Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi 5 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun oziq-ovqat mahsulotlarini uy sharoitida fortifikatsiyalash uchun yiliga 44,9 mln paket “Springls” ovqatga multivitamin qoʻshimchalarini joriy qilish hamda SHTB/TTB va QVP tomonidan 374,1 ming nafar bola uchun onalarga yiliga 240 paketdan ajratib berish.2017 — 2021-yillar16,5Davlat budjetiSogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi39.Boʻlajak onalarning sogʻligʻini va homilaning normal rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasida 40 ming nafar, Xorazm viloyatida 38 ming nafar homilador ayolni tarkibida majburiy ravishda yod va temir moddasi boʻlgan vitamin-mineral komplekslar bilan har yili taʼminlash.2017 — 2021-yillar19,4Davlat budjetiSogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi40.2016 — 2020-yillarda Oʻzbekistonda onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar dasturi doirasida majburiy ravishda barcha chaqaloqlarni “Vitamin K” va chala tugʻilgan chaqaloqlarni “Surfakant” preparati bilan taʼminlash orqali ularda tegishlicha bolalar insulti va oʻpka rivojlanmasligining oldini olish, shuningdek, chala tugʻilgan chaqaloqlarda koʻzi ojizlikni erta aniqlash, chaqaloqlar jarrohligi, xotin-qizlar va bolalar minimal invaziv jarrohligini, bolalar kardiojarrohligiga boʻlgan ehtiyojni toʻliq taʼminlagan holda, jarrohlik boʻlimlarini yanada rivojlantirish.2017 — 2020-yillar46,0Davlat budjetiSogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi41.Qoraqalpogʻiston Respublikasida (Taxtakoʻpir, Moʻynoq, Shumanay, Qoʻngʻirot, Chimboy tumanlarida) qishloq vrachlik punktlari yonida umumiy amaliyot shifokorlari uchun 17 ta uy-joylar (2 xonali) qurish.2017 — 2021-yillar8,3Davlat budjetiMoliya vazirligi, “Qishloqqurilishinvest” IK MCHJ, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tijorat banklari42.Xorazm viloyatida (Hazorasp, Xonqa, Qoʻshkoʻpir, Gurlan, Bogʻot, Shovot tumanlarida va Pitnak shahrida) qishloq vrachlik punktlari yonida umumiy amaliyot shifokorlari uchun 11 ta uy-joylar (2 xonali) qurish.2017 — 2021-yillar5,4Davlat budjetiMoliya vazirligi, “Qishloqqurilishinvest” IK MCHJ, Xorazm viloyati hokimligi, tijorat banklari43.Qoraqalpogʻiston Respublikasida qishloq vrachlik punktlari qoshida 7 ta “tez tibbiy yordam” podstansiyasini tashkil qilish.2017-yil birinchi yarim yillikda0,03Davlat budjetiSogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi44.Xorazm viloyatida qishloq vrachlik punktlari qoshida 19 ta “tez tibbiy yordam” podstansiyasini tashkil qilish.2017-yil birinchi yarim yillikda0,08Davlat budjetiSogʻliqni saqlash vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi45.Diagnostika, davolash va reabilitatsiyaning zamonaviy metodlari asosida tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida har yili Qoraqalpogʻiston Respublikasida 35 ming, Xorazm viloyatida 34 ming nafar keksalarni koʻrikdan oʻtkazish.2017 — 2021-yillar0,4Davlat budjetiSogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi46.Orolboʻyi mintaqasiga respublika ixtisoslashgan markazlarining mutaxassislari brigadalaridan iborat “Salomatlik” poyezdlarining qatnovini davom ettirish (yilda bir marta) orqali kasalliklarning oldini olish boʻyicha profilaktika ishlarini kengaytirish, ularni oʻz vaqtida davolashni tashkil qilish.2017 — 2021-yillar1,5“Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya jamgʻarmasi va grantlar“Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya jamgʻarmasi, “Oʻzbekiston temir yullari” AJ47.Bolalardagi nazorat qilinadigan yuqumli kasalliklar profilaktikasini kuchaytirish, shu jumladan:2017-yildan boshlab bolalarni emlashning milliy taqvimiga yangi inaktiv poliomelit vaksinani kiritish; bolalar orasida sil kasalligiga chalinishni barvaqt aniqlash uchun ftiziatriya xizmatini tuberkulin-diagnostikum va diaksin-testlar bilan markazlashgan tartibda taʼminlash.2017 — 2020-yillar 15,1 20,6Davlat budjeti va grantlarSogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi48.2017 — 2020-yillarga moʻljallangan tibbiyot muassasalarini (TTB va oilaviy poliklinikalar) qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash dasturi ijrosini Qoraqalpogʻiston Respublikasida (10 ta muassasa) va Xorazm viloyatida (6 ta muassasa) 2017 — 2019-yillarda jadallashtirish.2017 — 2019-yillar60,0Davlat budjetiSogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi49.Taxminan 70 ming nafar 70 yoshdan oshgan keksa fuqarolarni har yili Kalsiy + DZ vitamin preparati bilan bepul asosda taʼminlash.Har yili6,8Davlat budjetiSogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi50.Xorazm viloyatida keksalar va nogironlar, urush va mehnat faxriylarini sogʻlomlashtirish va dam olishi uchun sanatoriy qurish.2018-yil6,0Davlat budjetiSogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligiJami206,08xxVII. Taʼlim tizimi, ilm-fan va madaniyatni rivojlantirish51.Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida joylashgan quyidagi maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalardan olinadigan toʻlov miqdorini ikki baravar kamaytirish:maktabgacha taʼlim muassasalarida;bolalar musiqa va sanʼat maktablarida;ayrim fanlar chuqurlashtirib oʻqitiladigan maxsus maktab-internatlarda;“Barkamol avlod” bolalar markazlarida;aholining madaniyat va dam olish maskanlarida.Har yili18,2Davlat budjetiXalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi52.2017/2018 oʻquv yilidan boshlab Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filialiga qabulni qayta tiklash.2017-yil0,53Ixtisoslashtirilgan jamgʻarmalarSogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi53.Qoraqalpogʻiston Respublikasida 270 ta qoʻshimcha guruhlar tashkil etgan holda, 146 ta maktabgacha taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash.2017 — 2021-yillar139,9Davlat budjetiMaktabgacha taʼlim vazirligi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi54.Xorazm viloyatida 103 ta maktabgacha taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash.2017 — 2021-yillar111,9Davlat budjetiMaktabgacha taʼlim vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi55.Kam taʼminlangan oilalardan boʻlgan maktab oʻquvchilarini qishki kiyim komplektlari bilan taʼminlash uchun ularning qamrovini 2 baravar oshirishHar yili5,1Davlat budjetiXalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi56.2017-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasida 23 ta maktab, 6 ta kasb-hunar kolleji va 1 ta akademik litseyni rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash.2017-yil23,3Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasiXalq taʼlimi vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi57.2017-yilda Xorazm viloyatida 9 ta kasb-hunar kollejini rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash.2017-yil26,4Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasiOʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi, Moliya vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi58.Qoraqalpogʻiston Respublikasida 3 ta, Xorazm viloyatida 6 ta musiqa va sanʼat maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash.2017 — 2020-yillar28,0Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasiXalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi59.Qoraqalpogʻiston Respublikasi (11 ta obyekt) va Xorazm viloyati (8 obyekt)dagi har bir tumanda yopiq suzish basseynini barpo etish.2017 — 2019-yillar53,2Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasiXalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi60.Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida 87 ta aholining madaniyat va istirohat markazlarini qurish va rekonstruksiya qilishni taʼminlash.2017 — 2019-yillar95,7Davlat budjetining “Madaniyat” sohasi uchun koʻzda tutilgan mablagʻlariMoliya vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi61.Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida 2 ta davlat teatrlarini kapital taʼmirlash2017 — 2019-yillar11,7Davlat budjetining “Madaniyat” sohasi uchun koʻzda tutilgan mablagʻlariMoliya vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligiJami513,93XxVIII. Choʻllanishga qarshi kurashish va suv resurslarini boshqarish62.Orol dengizining qurigan hududida 20 ming gektar maydonda daraxtzorlar barpo etish.2017 — 2019-yillar23,2GrantlarOrolni qutqarish Xalqaro jamgʻarmasi (GEF, MFSA), Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi63.Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi negizida Qoraqalpogʻiston Respublikasining Qoʻngʻirot tumanida va Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida daraxtlar choʻl navlarining koʻchat-urugʻchilik seleksiya bazasini tashkil qilish.2017 — 2019-yillar8,4GrantlarOʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi64.Qoraqalpogʻiston Respublikasida 126,3 km xoʻjaliklararo va tumanlararo kollektorlarni, gidrotexnik inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish.2017-yil18,8Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi mablagʻlariSuv xoʻjaligi vazirligi,Melioratsiya jamgʻarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi65.Xorazm viloyatida 20,1 km magistral kollektorlarni, 2 ta meliorativ nasos stansiyalarini, 9 ta gidrotexnik inshootni qurish va rekonstruksiya qilish.2017-yil19,3Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi mablagʻlariSuv xoʻjaligi vazirligi, Melioratsiya jamgʻarmasi, Xorazm viloyati hokimligi66.Boʻston kanali, Tuyamoʻyin Oʻngqirgʻoq kanali, Paxta-Arna kanali va xoʻjaliklararo kanallarni qurish va rekonstruksiya qilish orqali Janubiy Qoraqalpogʻistonda 100 ming gektar maydonda, shu jumladan Beruniy (34,0 ming gektar), Toʻrtkoʻl (32,8 ming gektar) va Ellikqalʼa (33,2 ming gektar) tumanlaridagi sugʻoriladigan yerlarda suv resurslarini boshqarishni yaxshilash.2017 — 2021-yillar1 046,1Davlat budjeti va xalqaro moliya institutlari kreditlariSuv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi67.Chorvachilik, parrandachilik, intensiv bogʻdorchilik va uzumchilik, qishloq xoʻjaligi va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash, energiya samarador issiqxonalar va sovutkich kameralar tashkil qilish, zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikalarini va qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida ishlovchi uskunalar sotib olish uchun kreditlar berish orqali, Xalqaro taraqqiyot uyushmasi mablagʻl?ri hisobiga moliyalashtiriladigan Iqlim oʻzgarishiga moslashish va Orol dengizi havzasi uchun uning oqibatlarini yumshatish dasturini amalga oshirish.2016 — 2021-yillar64,2Davlat budjeti, tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari va xalqaro moliya institutlari kreditlariSuv xoʻjaligi vazirligi,Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Xalqaro taraqqiyot uyushmasi (XTU)Jami1 180,0XXUmumiy8 422,51xx
Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturiga 1-ILOVA
Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi doirasida 2017-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha doimiy ish oʻrinlarini yaratish
T/r Koʻrsatkichlar Jami Shu jumladan: Nukus shahri Amudaryo tumani Beruniy tumani Kegeyli tumani Moʻynoq tumani Nukus tumani Taxtakoʻpir tumani Toʻrtkoʻl tumani Xoʻjayli tumani Chimboy tumani Shumanay tumani Ellikqalʼa tumani Qonlikoʻl tumani Qoraoʻzak tumani Qoʻngʻirot tumani Jami yaratiladigan ish oʻrinlari 50074 7304 4820 4468 2594 816 1 631 1471 5 577 4 808 3 201 1866 4103 2 189 2 033 3 193 I. Hududlarni kompleks rivojlantirish dasturini amalga oshirish doirasida yaratiladigan ish oʻrinlari 14 576 1 661 1 083 902 916 208 704 684 1559 1 036 964 776 1 151 1217 1 010 705 Shu jumladan: 1. sanoat salohiyatini va mineral-xomashyo resurslarini qayta ishlashni rivojlantirish hisobiga 8 180 846 526 393 641 117 352 340 819 522 582 447 548 948 714 385 2. xizmatlar sohasini rivojlantirish va xizmatlarning yangi turlarini joriy qilish hisobiga 3 840 622 268 362 141 48 217 200 398 338 273 159 259 175 193 187 3. qishloq xoʻjaligining barcha turlarini (bogʻdorchilik, chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik va boshqalar) rivojlantirish hisobiga 2 556 193 289 147 134 43 135 144 342 176 109 170 344 94 103 133 Hududlarni kompleks rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshiriladigan loyihalarning umumiy qiymati, mlrd soʻm. 1 257,1 315,9 48,5 158,0 61,6 10,6 45,8 37,3 130,0 58,7 70,1 44,6 69,5 63,1 113,2 30,1 shu jumladan: 1. ijrochilarning oʻz mablagʻlari, mlrd soʻm. 358,8 69,9 11,3 36,6 12,4 5,7 8,7 15,2 39,6 24,9 25,0 12,7 24,4 25,1 39,9 7,4 2. tijorat banklarining kreditlari, mlrd soʻm. 581,3 144,1 21,2 20,5 49,3 4,9 16,0 19,6 69,8 4,0 45,0 31,9 39,6 32,9 71,5 11,1 3. tijorat banklarining investitsiyalari, mlrd soʻm. 197,4 78,7 16,1 12,0 21,1 20,6 29,8 5,6 1,8 11,7 4. xorijiy investitsiyalar, mln doll. 33,7 6,5 25,0 0,7 1,5 II. Mikrokreditlar berish hisobiga aholining shaxsiy tomorqa va dehqon xoʻjaliklarida, hunarmandchilikda va oilaviy tadbirkorlikda bandligini taʼminlash 35 498 5 643 3 737 3 566 1678 608 927 787 4 018 3 772 2 237 1 090 2 952 972 1023 2 488 Ajratiladigan mikrokreditlarning jami summasi, mlrd soʻm. 200,0 31,8 21,1 20,1 9,5 3,4 5,2 4,4 22,6 21,3 12,6 6,1 16,6 5,5 5,8 14,0
Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturiga 2-ILOVA
Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi doirasida 2017-yilda Xorazm viloyati boʻyicha doimiy ish oʻrinlarini yaratish
T/r Koʻrsatkichlar Jami Shu jumladan: Urganch shahri Bogʻot tumani Gurlan tumani Qoʻshkoʻpir tumani Urganch tumani Hazorasp tumani Xonqa tumani Xiva tumani Shovot tumani Yangiariq tumani Yangibozor tumani Jami yaratiladigan ish oʻrinlari 47 451 6 006 3 705 3 294 4 403 5 001 5 310 3 592 4 994 4 782 2 823 3 541 I. Hududlarni kompleks rivojlantirish dasturini amalga oshirish doirasida yaratiladigan ish oʻrinlari 17445 2850 1179 1053 1505 2232 1371 898 1451 1935 1026 1 945 Shu jumladan: 1. sanoat salohiyatini va mineral-xomashyo resurslarini qayta ishlashni rivojlantirish hisobiga 7 445 1 828 344 403 541 508 661 326 731 1 554 241 308 2. xizmatlar sohasini rivojlantirish va xizmatlarning yangi turlarini joriy qilish hisobiga 4 564 960 396 335 454 370 440 272 429 164 480 264 3. qishloq xoʻjaligining barcha turlarini (bogʻdorchilik, chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik va boshqalar) rivojlantirish hisobiga 5 436 62 439 315 510 1 354 270 300 291 217 305 1 373 Hududlarni kompleks rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshiriladigan loyihalarning umumiy qiymati, mlrd soʻm. 1 284,6 281,0 127,9 36,0 103,1 142,9 107,6 87,2 122,9 180,3 60,1 35,6 shu jumladan: 1. ijrochilarning oʻz mablagʻlari, mlrd soʻm. 437,4 80,3 32,1 18,4 33,7 57,0 24,1 42,5 56,2 45,6 22,4 25,2 2. tijorat banklarining kreditlari, mlrd soʻm. 567,0 155,7 91,3 16,6 43,0 73,0 23,3 31,9 63,2 22,9 35,7 10,4 3. tijorat banklarining investitsiyalari, mlrd soʻm. 171,6 45,0 4,5 1,0 26,4 13,0 60,2 12,8 3,5 5,2 4. xorijiy investitsiyalar, mln doll. 30,0 30,0 II. Mikrokreditlar berish hisobiga aholining shaxsiy tomorqa va dehqon xoʻjaliklarida, hunarmandchilikda va oilaviy tadbirkorlikda bandligini taʼminlash 30 006 3 156 2 526 2 241 2 898 2 769 3 939 2 694 3 543 2 847 1 797 1 596 Ajratiladigan mikrokreditlarning jami summasi, mlrd soʻm. 180,0 18,9 15,2 13,4 17,4 16,6 23,6 16,2 21,3 17,1 10,8 9,6
Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturiga 3-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2017 — 2021-yillarda aholining toza ichimlik suvidan foydalanish imkoniyatini yaxshilash boʻyicha
MAQSADLI PARAMETRLAR
ming kishi T/r Hududlar nomlanishi 2016-yilda markazlashtirilgan suv taʼminoti orqali yetkazib berilgan 2021-yilda markazlashtirilgan suv taʼminoti orqali yetkazib beriladi Shu jumladan quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali: aholi, ming kishi umumiy aholiga nisbatan ulushi, foiz hisobida aholi, ming kishi umumiy aholiga nisbatan ulushi, foiz hisobida markazlashtirilgansuv taʼminoti tizimlarini qayta tiklash suv keltirib ishlatadigan aholi yashash punktlarini markazlashtirilgan suv taʼminotiga ulash muqobil manbalarni (kachalkalar, quduqlar, ariqlar) ishlatadigan aholi yashash punktlarini markazlashtirilgan suv taʼminotiga ulash Qoraqalpogʻiston Respublikasi 909,3 50,8 1 324,9 74,0 234,2 11,5 169,9 1. Amudaryo tumani 41,7 22,5 91,9 49,5 26,9 1,8 21,5 2. Beruniy tumani 57,8 32,6 106,7 60,2 27,0 0,3 21,6 3. Qonlikoʻl tumani 28,0 58,0 42,5 87,9 7,4 1,1 5,9 4. Qoraoʻzak tumani 17,8 35,0 30,9 60,8 6,9 0,7 5,5 5. Kegeyli tumani 35,4 40,8 60,9 70,0 13,5 1,1 10,8 6. Qoʻngʻirot tumani 76,6 62,0 92,8 75,1 8,8 0,3 7,0 7. Moʻynoq tumani 10,5 34,7 17,9 59,3 3,7 0,8 2,9 8. Nukus tumani 20,0 43,4 34,7 75,3 7,7 0,9 6,2 9. Taxtakoʻpir tumani 22,5 57,5 32,0 81,8 5,2 0,2 4,1 10. Toʻrtkoʻl tumani 76,3 38,2 130,8 65,5 29,8 0,9 23,8 11. Xoʻjayli tumani 127,7 68,1 167,5 89,4 21,6 0,8 17,3 12. Chimboy tumani 45,8 41,2 80,0 72,0 18,5 0,9 14,8 13. Shumanay tumani 21,4 39,5 37,0 68,2 8,2 0,7 6,6 14. Ellikqalʼa tumani 45,6 31,1 95,5 65,1 27,3 0,8 21,8 15. Nukus shahri 282,0 92,8 303,8 100,0 21,8
Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturiga 4-ILOVA
Xorazm viloyatida 2017 — 2021-yillarda aholining toza ichimlik suvidan foydalanish imkoniyatini yaxshilash boʻyicha
MAQSADLI PARAMETRLAR
ming kishi T/r Hududlar nomlanishi 2016-yilda markazlashtirilgan suv taʼminoti orqali yetkazib berilgan 2021-yilda markazlashtirilgan suv taʼminoti orqali yetkazib beriladi Shu jumladan quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali: aholi, ming kishi umumiy aholiga nisbatan ulushi, foiz hisobida aholi, ming kishi umumiy aholiga nisbatan ulushi, foiz hisobida markazlashtirilgansuv taʼminoti tizimlarini qayta tiklash suv keltirib ishlatadigan aholi yashash punktlarini markazlashtirilgan suv taʼminotiga ulash muqobil manbalarni (kachalkalar, quduqlar, ariqlar) ishlatadigan aholi yashash punktlarini markazlashtirilgan suv taʼminotiga ulash Xorazm viloyati 909,9 52,1 1352,8 77,4 232,6 49,7 160,7 1. Urganch shahri 115,7 83,4 137,8 99,4 22,1 2. Bogʻot tumani 65,3 42,7 112,8 73,8 16,3 31,2 3. Gurlan tumani 64,3 46,2 124,5 89,6 16,1 37,0 7,2 4. Qoʻshkoʻpir tumani 68,6 42,9 100,4 62,7 17,2 14,6 5. Hazorasp tumani 95,3 50,0 145,5 76,3 23,8 26,4 6. Xonqa tumani 104,1 60,0 144,6 83,3 26,0 7,8 6,7 7. Xiva tumani 115,4 52,1 168,9 76,2 28,9 24,6 8. Urganch tumani 93,2 51,1 123,8 67,8 23,3 7,2 9. Shovot tumani 87,6 55,6 125,0 79,3 32,2 5,2 10. Yangiariq tumani 48,7 45,0 78,3 72,3 12,2 17,4 11. Yangibozor tumani 37,0 45,4 59,7 73,4 9,2 13,5 12. Pitnak shahri 14,7 36,0 31,5 77,0 5,3 4,8 6,7
