Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga qisman oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida (PQ-2584-son)
10.09.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini optimallashtirish, iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalarini amalga oshirish ishlari samaradorligini va natijadorligini oshirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Moliya vaziri — Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari kompleksining rahbari lavozimi;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Yoshlar siyosati, taʼlim, madaniyat va sport masalalari kompleksi rahbari lavozimi;
Yoshlar siyosati, taʼlim, madaniyat va sport masalalari axborot-tahlil departamenti;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Sogʻliqni saqlash, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari kompleksining rahbari lavozimi;
Sogʻliqni saqlash, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari axborot-tahlil departamenti;
Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti tugatilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tuzilmasiga quyidagi lavozimlar kiritilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Moliya vaziri — Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, hududlarni kompleks rivojlantirish, taʼlim va ilm-fan masalalari kompleksining rahbari;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksining rahbari;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksining rahbari.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati tuzilmasida:
Taʼlim va ilm-fan masalalari axborot-tahlil departamenti;
Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti;
Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamenti tashkil etilsin.
4. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yangilangan ijro etuvchi tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Taʼlim va ilm-fan masalalari axborot-tahlil departamentining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamentining tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentining tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Moliya vaziri hamda Bosh vazirning tegishli oʻrinbosarlari — Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbarlari yangidan kiritilayotgan lavozimlarning funksional vazifalari toʻgʻrisidagi Nizomlarni bir hafta muddatda tasdiqlash uchun kiritsinlar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi (Abduqodirov R.V.):
bir hafta muddatda — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining shtatlar jadvaliga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin;
bir oy muddatda — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Moliya vaziri va tegishli Bosh vazir oʻrinbosarlari bilan birgalikda tashkil etilgan axborot-tahlil departamentlarini chuqur maxsus bilimlarga ega boʻlgan va chet tillarini biladigan, departamentlarga yuklangan vazifalarning bajarilishini yuqori kasbiy darajada taʼminlashga qodir boʻlgan tajribali va malakali mutaxassislar bilan toʻldirish yuzasidan takliflar kiritsin;
bir oy muddatda — qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar yuzasidan tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kiritsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2015-yil 23-iyuldagi PQ-2374-son qarorining:
1-bandi, 2-bandi (toʻrtinchi xatboshi bundan mustasno), 4-bandi;
1, 2, 3, 9-ilovalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Moliya vaziri, Bosh vazir oʻrinbosarlari hamda Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 10-sentabr,
PQ-2584-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 10-sentabrdagi PQ-2584-sonli qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
ijro etuvchi tuzilmasi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 10-sentabrdagi PQ-2584-sonli qaroriga 2-ILOVA
Taʼlim va ilm-fan masalalari axborot-tahlil departamentining
TUZILMASI
Departament mudiri 1 1. Taʼlim shuʼbasi Shuʼba mudiri 1 Maktab taʼlimi va maktabdan tashqari taʼlim masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Oliy taʼlim masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Oliy taʼlim ilm-fanini rivojlantirish masalalari boʻyicha yetakchi mutaxassis 1 2. Ilm-fan shuʼbasi Shuʼba mudiri 1 Ilmiy muassasalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiya ishlanmalarini ishlab chiqarishga joriy etish masalalari boʻyicha yetakchi mutaxassis 1 Inspektor 1 Jami: 10
Mutasaddilik qilinadigan vazirliklar va idoralar 1. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 2. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi 3. Xalq taʼlimi vazirligi 4. Davlat test markazi 5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi 6. Oliy attestatsiya komissiyasi 7. Fanlar akademiyasi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 10-sentabrdagi PQ-2584-sonli qaroriga 3-ILOVA
Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti
TUZILMASI
Departament mudiri 1 Yoshlar siyosati va maʼnaviy rivojlantirish masalalari shuʼbasi Shuʼba mudiri 1 Yoshlar va boshqa jamoat tashkilotlari faoliyati masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Yetakchi mutaxassis 1 Din ishlari va millatlararo munosabatlar masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Ommaviy axborot vositalari, poligrafiya va noshirlik ishi masalalari boʻ�icha bosh mutaxassis 1 Madaniyat va sanʼat masalalari shuʼbasi Shuʼba mudiri 1 Madaniy-ommaviy tadbirlar, estrada-konsert faoliyati masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Teatr faoliyati masalalari boʻyicha yetakchi mutaxassis 1 Kinomatografiya masalalari boʻyicha yetakchi mutaxassis 1 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish masalalari shuʼbasi Shuʼba mudiri 1 Davlat boshqaruvi va hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Yetakchi mutaxassis 1 Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Yetakchi mutaxassis 1 Milliy axborot makoni monitoringi va axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari shuʼbasi Shuʼba mudiri 1 Milliy axborot makoni monitoringi masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Yetakchi mutaxassis 1 Axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Pochta va telekommunikatsiyalarni, arxiv ishi, intellektual mulk huquqlarini himoya qilish masalalari shuʼbasi Shuʼba mudiri 1 Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish va arxiv ishini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Inspektor 2 Jami 24
Mutasaddilik qilinadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlari:
1. Madaniyat vazirligi 2. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi 3. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi 4. Intellektual mulk agentligi 5. “Oʻzarxiv” agentligi 6. “Oʻzbekkino” milliy agentligi 7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita 8. Badiiy akademiya 9. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi 10. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi 11. “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi 12. Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxona 13. “Mahalla” Oʻzbekiston xayriya jamoat fondi 14. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati 15. Oʻzbekiston kasaba Uyushmalari Kengashi 16. Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi 17. Milliy gʻoya va mafkura ilmiy-amaliy markazi 18. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi 19. Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi 20. Respublika baynalminal madaniyat markazi 21. “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi 22. “Aloqabank” AK 23. Axborot tizimlari va texnologiyalarni rivojlantirish, milliy axborot makonini monitoring qilish hamda axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha — davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 10-sentabrdagi PQ-2584-sonli qaroriga 4-ILOVA
Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentining
TUZILMASI
Departament mudiri 1 Sogʻliqni saqlash va farmatsevtika sanoati shuʼbasi Shuʼba mudiri 1 Sogʻliqni saqlashni rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Yetakchi mutaxassis 1 Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish masalalari boʻyicha yetakchi mutaxassis 1 Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish shuʼbasi Shuʼba mudiri 1 Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Yetakchi mutaxassis 1 Jismoniy tarbiya va sport masalalari shuʼbasi Shuʼba mudiri 1 Jismoniy tarbiya masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Oliy mahorat sporti masalalari boʻyicha yetakchi mutaxassis 1 Inspektor 1 Jami: 12
Mutasaddilik qilinadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlari: 1. Sogʻliqni saqlash vazirligi 2. Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi 3. “Nuroniy” jamgʻarmasi 4. “Oʻzfarmsanoat” davlat konserni 5. “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi 6. “Oʻztibtexnika” aksiyadorlik kompaniyasi 7. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi 8. Milliy olimpiya qoʻmitasi
