Bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida (2854-son)
20.01.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 20-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2854]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi PQ-1326-son “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 4-bandiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlari ilovaga muvofiq belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 8-yanvardagi 1, 2016-1-son “Bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2751, 2016-yil 14-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 2-son, 22-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 13-yanvar,
2-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 13-yanvar,
2017-02-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 13-yanvardagi 2 va 2017-02-son qaroriga ILOVA
Bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining
MINIMAL MIQDORLARI
I. Bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlarning minimal miqdorlari soʻm T/r Mahsulot turi Oʻlchov birligi Toshkent shahri Viloyatlar markazlari va viloyatga boʻysunuvchi shaharlar Tumanlar 1. Mahsulotlarni savdo oʻrinlarida sotish: 1.1. Mevalar: Hoʻl mevalar: olma, anor, nok, shaftoli, anjir, olxoʻri, gilos, koʻk va qizil sulton, oʻrik, uzum, olcha, qulupnay, malina va h.k. 1 oʻrin/kunga 3 400 2 300 1 250 sitrus va tropik mevalar (apelsin, mandarin, limon, banan, ananas, kivi va h.k.) hamda chet eldan keltirilgan boshqa hoʻl mevalar. 1 oʻrin/kunga 9 200 6 500 3 200 Quruq mevalar, yongʻoqlar: turshak, bargak, mayiz, yongʻoq, yeryongʻoq, bodom, pistalar, shoʻrdanak va h.k. 1 oʻrin/kunga 9 300 6 600 3 200 1.2. Sabzavotlar: kartoshka, piyoz, karam, sabzi, sarimsoq, lavlagi, �olgʻom, bulgʻor qalampiri, baqlajon, patisson, pomidor, bodring (shu jumladan, issiqxonalarda yetishtirilgan pomidor va bodring) va h.k. hamda pishirilgan joʻxori 1 oʻrin/kunga 3 400 2 300 1 250 1.3. Poliz mahsulotlari: handalak,qovun, tarvuz, qovoq (6 kv. metrgacha) 1 oʻrin/kunga 9 300 6 600 3 200 1.4. Don mahsulotlari: guruch, kungaboqar, yormalar (krupa), bugʻdoy, suli, arpa va h.k. 1 oʻrin/kunga 4 300 3 200 1 600 1.5. Dukkakli mahsulotlar: mosh, loviya, noʻxat va h.k. 1 oʻrin/kunga 4 400 3 200 1 600 1.6. Sut mahsulotlari: sut, qatiq, qaymoq, smetana, uy pishlogʻi, suzma va h.k. 1 oʻrin/kunga 3 400 2 300 1 250 1.7. Tuzlamalar: karam, bodring, pomidor va h.k. 1 oʻrin/kunga 5 600 3 200 2 400 1.8. Ziravor va dorivorlar (zira, murch, qalampir va h.k) hamda asal 1 oʻrin/kunga 5 600 3 200 2 400 1.9. Koʻkatlar (shu jumladan, issiqxonada yetishtirilganlar) 1 oʻrin/kunga 3 400 2 300 1 300 1.10. Tuxum 1 oʻrin/kunga 5 600 3 200 2 400 1.11. Gullar va koʻchatlar (6 kv. metrgacha) 1 oʻrin/kunga 5 200 2 400 1 700 1.12. Non mahsulotlari (obi non, patir va h.k) 1 oʻrin/kunga 3 350 2 400 1 250 1.13. Uyda tayyorlangan konservalangan mahsulotlar, pazandalik mahsulotlari va uy sharoitida tayyorlangan q�ndolatchilik mahsulotlari 1 oʻrin/kunga 5 600 3 200 2 400 1.14. Sanoat yoʻli bilan ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari va salqin ichimliklar 1 oʻrin/kunga 8 300 5 200 3 000 1.15. Milliy taomlar 1 oʻrin/kunga 10 000 6 800 3 800 1.16. Polietilen va qogʻoz paketlar, savatlar va posilka qutilar 1 oʻrin/kunga 4 500 3 000 1 400 1.17. Supurgi 1 oʻrin/kunga 3 400 2 300 1 400 1.18. Tirik baliq 1 oʻrin/kunga 8 200 4 900 3 200 1.19. Xalq ijodkorligi, xalq hunarmandchiligi va kosibchilik tovarlari (6 kv. metrgacha) 1 oʻrin/kunga 1 700 1 700 1 700 2. Goʻsht mahsulotlari:mol, qoʻy, choʻchqa, parranda goʻshti, jigar, dumba va h.k. 1 oʻrin/kunga 8 500 5 200 3 200 3. Mahsulotlarni avtomashinalardan sotish: yengil avtomashinalardan 1 mashina 10 000 5 200 3 800 yuk avtomashinalardan 1 mashina 15 000 8 900 5 100 tirkamali, yarim tirkamali yuk avtomashinalari va avtopoyezdlardan 1 mashina 28 800 9 100 5 200 mahsulotlarni yerdan sotish (savdo rastalaridan tashqarida, maxsus ajratilgan joylarda) (6 kv. metrgacha) 1 oʻrin/kunga 6 000 4 400 2 100 4. Uy hayvonlari uchun yem-ozuqalar (har bir tirkama yoki yuk avtomashinasi uchun): shrot, sheluxa, kombikorma, pichan, somon, guruch va makkajoʻxori poyasi va h.k. 1 mashina 9 900 6 000 3 800 5. Qurilish materiallarini sotish: 5.1. Bozorlar va savdo komplekslari tomonidan maxsus ajratilgan joylarda ogʻir va katta oʻlchamdagi qurilish materiallarini sotish: 6 kv. metrgacha 1 oʻrin/kunga 4 700 3 000 2 100 6 kv. metrdan — 15 kv. metrgacha 1 oʻrin/kunga 7 600 4 500 2 900 15 kv. metrdan — 30 kv. metrgacha 1 oʻrin/kunga 10 800 6 200 4 500 5.2. Kichik oʻlchamdagi qurilish materiallari (�ayda oʻlchamli), santexnika, yoritish uskunalarini (lyustra, svetilniklar va h.k.) sotish (6 kv. metrgacha) 1 oʻrin/kunga 4 500 2 900 2 100 6. Ilgari foydalanishda boʻlgan buyumlar va ehtiyot qismlarni sotish: Avtomobillar uchun ehtiyot qismlar 1 oʻrin/kunga 6 700 4 100 3 600 Uy-roʻzgʻor jihoz buyumlari va kiyim-kechaklar 1 oʻrin/kunga 3 900 3 000 2 300 7. Avtotransport vositalarini sotish: yengil avtomashinalar va mikroavtobuslar 1 dona 23 500 8 400 8 400 yuk avtomashinalari, avtobuslar, traktorlar va boshqa yuk koʻtaruvchi transport vositalari 1 dona 33 000 9 800 9 800 mototsikl, motoreller va mopedlar 1 dona 3 200 3 200 3 200 velosipedlar 1 dona 2 450 2 500 2 500 8. Mol bozoriga olib kiriladigan har bir chorva mollari uchun 8.1. Ot, toy, tuya 1 bosh 11 100 7 600 3 300 boʻtaloq, eshak 1 bosh 5 500 4 000 2 400 8.2. Yirik shoxli qoramol: yirik shoxli qoramol (shu jumladan, sigir buzogʻi bilan) 1 bosh 11 100 7 500 3 300 buzoq 1 bosh 5 500 3 900 2 700 8.3. Mayda shoxli qoramol: qoʻy, echki (qoʻy qoʻzisi bilan, echki ulogʻi bilan va h.k.) 1 bosh 4 400 3 900 1 700 qoʻzi, uloq 1 bosh 2 350 1 800 1 200 8.4. Choʻchqalar va choʻchqa bolalari 1 bosh 4 400 4 000 1 700 9. Uy parrandalari: kurka, tovuq, oʻrdak, gʻoz 1 bosh 1 250 1 000 1 000 tovuq, kurka, oʻrdak, gʻoz joʻjalari 10 bosh 1 250 1 000 1 000 10. Itlar va mushuklar 1 oʻrin/kunga 4 400 4 000 1 700 11. Manzarali qushlar va baliqlar 1 oʻrin/kunga 4 400 4 000 1 700 12. Itlar, mushuklar, manzarali qushlar va baliqlar uchun ozuqalar hamda tegishli aksessuarlar va buyumlar 1 oʻrin/kunga 1 600 1 200 1 000 13. Itlar, mushuklar, manzarali qushlar va baliqlar, shuningdek ularning ozuqalari va tegishli aksessuarlar va buyumlar, bir joyda 1 oʻrin/kunga 4 600 4 100 1 900 14. Poyabzal taʼmirlash xizmati 1 oʻrin/kunga 4 000 1 600 1 200 II. Bozorlar va savdo komplekslari hududidagi bino, inshootlar va inventarlarni ijaraga berish va koʻrsatiladigan xizmatlar uchun undiriladigan toʻlovlarning minimal miqdorlari soʻm T/r Koʻrsatiladigan xizmatlar turi Oʻlchov birligi Toshkent shahri Viloyatlar markazlari va viloyatga boʻysunuvchi shaharlar Tumanlar 1. Bozorlar va savdo komplekslari balansidagi bino va inshootlardan foydalanganlik uchun ijara toʻlovi: Nooziq-ovqat mahsulotlari sotish 1 kv. m./oyiga 34 650 16 500 8 100 Oziq-ovqat mahsulotlari sotish 1 kv. m./oyiga 30 700 13 800 6 800 Umumiy ovqatlanish 1 kv. m./oyiga 34 650 16 500 8 100 Maishiy xizmat koʻrsatish 1 kv. m./oyiga 12 650 6 200 4 050 Boshqa turlar (ombor, ofis, dorixona, paynet va h.k.) 1 kv. m./oyiga 13 900 6 800 4 000 2. Inventarlarni ijaraga berish: 2.1. Tosh-tarozilar uchun 1 kunga 1 700 1 100 700 2.2. Katta yuk tortish tarozilari uchun 150 kg.gacha 1 kunga 3 300 1 700 1 200 150 kg.dan 1500 kg.gacha 1 kunga 11 700 8 500 6 500 2.3. Savdo jihozlari uchun (bolta, taxtakach, pichoq, oʻrindiq, voronka, patnis, savat va h.k.) (butun toʻplam uchun, bunda toʻplam savdo faoliyati turi zaruratidan kelib chiqqan holda aniqlanadi) 1 kunga 1 700 1 200 700 2.4. Maxsus ust-bosh kiyimlar uchun (xalat, etak, yenglik) (butun toʻplam uchun, bunda toʻplam savdo faoliyati turi zaruratidan kelib chiqqan holda aniqlanadi) 1 kunga 400 300 200 2.5. Mahsulotlar uchun brezent berish 1 kunga 1 800 1 300 700 2.6. Aravachalar uchun 1 kunga 1 800 1 300 700 2.7. Reklama joylashtirishga ajratilgan yer maydonidan foydalanganligi uchun (1 kv metr) 1 kunga 1 700 1 200 700 3. Koʻrsatiladigan xizmat turlari: 3.1. Qishloq xoʻjalik va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash: sovutkichlarda (har bir yashik, qop va h.k. uchun) 1 kunga 2 700 2 400 2 400 omborxonalarda, saqlash kameralarida (har bir yashik, qop va h.k. uchun) 1 kunga 1 750 1 800 1 800 bozor hududidagi rastalarda va ochiq joylarda (savdo oʻrni hisobidan) 1 kunga 1 700 1 700 1 700 3.2. Buyumlarni omborlarda saqlash (bir 50x50x100 oʻlchamdagi joy uchun) 1 kunga 2 450 1 600 1 200 3.3. Mahsulotlarni tarozida tortish: katta yuk tarozida 1-marta tortish 1 600 1 000 700 yirik va mayda shoxli qoramolni tortish 1-marta tortish 1 700 1 700 1 200 3.4. Avtotarozilardan foydalanish: yuk koʻtarish quvvati 5 tonnadan ortiq boʻlgan tirkamali, yarim tirkamali yuk avtomashinalari va avtopoyezdlardan: yuk bilan 1-marta oʻlchash 12 500 3 100 2 200 yuksiz 1-marta oʻlchash 7 900 2 300 1 700 yuk koʻtarish quvvati 5 tonnagacha boʻlgan tirkamali va yarim tirkamali yuk avtomashinalaridan: yuk bilan 1-marta oʻlchash 5 400 1 800 1 400 yuksiz 1-marta oʻlchash 4 000 1 600 1 200 yengil avtomashinalardan: yuk bilan 1-marta oʻlchash 4 600 1 600 1 200 yuksiz 1-marta oʻlchash 2 400 1 200 900 tirkamali yengil avtomashinalardan: yuk bilan 1-marta oʻlchash 5 400 1 800 1 400 yuksiz 1-marta oʻlchash 3 000 1 600 1 200 3.5. Mehmonxona xizmatidan foydalanish (1 ta joy uchun) 1 kunga 8 400 5 100 5 000 3.6. Avtotransport vositalarini vaqtinchalik saqlash uchun: yengil avtomashinalar uchun 1 soatga 1 500 800 600 yuk avtomashinalari uchun 1 soatga 1 950 1 000 700 3.7. Hojatxona xizmatidan foydalanish 1-marta 400 300 200 3.8. Telefondan foydalanish 1-marta 220 100 100 3.9. Radiouzel orqali eʼlon berish 3-marta takror 450 300 200 3.10. Umumiy foydalaniladigan obyektlarni saqlash boʻyicha koʻrsatiladigan majburiy xizmatlar (asfaltlangan va bruschatka yotqizilgan yoʻlaklar, trotuarlar, kirish va chiqish joylari, yer osti va yer usti kanalizatsiya lotoklari, ichki va tashqi yoritish tarmoqlari va inshootlari, ichimlik suvining sanitar-texnik boʻgʻinlari, umumiy hududni qoʻriqlash va tozalash, maishiy va meva-sabzavot mahsulotlarining chiqindilarini yigʻish va olib chiqish, tashqi muhandislik-kommunikatsiya inshootlari)* 1 kv. m./oyiga 4 800 4 000 2 800
* Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi PQ-1326-son “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq koʻrsatiladigan majburiy xizmatlar roʻyxati va qiymati Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu xizmatlar bozorlar va savdo komplekslari hududidagi bino va inshootlar mulkdorlariga koʻrsatiladi hamda ular uchun kadastr hujjatlarida koʻrsatilgan egallagan yer maydonlaridan kelib chiqib, bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyati bilan bino va inshootlar mulkdorlari oʻrtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq haq toʻlanadi. Bunda maishiy va meva-sabzavot mahsulotlarining chiqindilarini yigʻish va olib chiqish xizmatlari uchun bino va inshootlar mulkdorlari tomonidan mazkur turdagi xizmatlarni koʻrsatuvchi tashkilotlarga qoʻshimcha toʻlovlar amalga oshirilmaydi.
Izoh:
1. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va xalq isteʼmoli mollari bilan savdo qilinganda, bir joy (savdo oʻrni) oʻlchami 1-1,2 pogon metr deb belgilanadi va shu oʻlchamdan ortiq oʻrin uchun qoʻshimcha ravishda har bir savdo oʻrni uchun belgilangan toʻlov miqdorida joy haqi undiriladi.
2. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va xalq isteʼmoli mollari aralash holda sotilganda, toʻlov sotiladigan mahsulot turlari boʻyicha belgilangan eng yuqori stavka boʻyicha undiriladi.
