Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (193-son)
19.05.2000
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2000-yil 19-may,
193-son
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 193-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilayotgan qarorlari
ROʻYXATI
2. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 27-dekabrdagi 459-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 12-son, 37-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizomning 7-bandi uchinchi xatboshi “shaxslardan” soʻzidan soʻng “(kichik va oʻrta korxonalar, mikrofirmalar bundan mustasno), shuningdek, tegishli organlardan” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 26-iyuldagi 362-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 7-son, 42-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi toʻgʻrisidagi Nizomning 9-bandi oʻn birinchi xatboshi “xoʻjalik yurituvchi subyektlar rahbarlari” soʻzlaridan soʻng “(kichik va oʻrta korxonalar, mikrofirmalar bundan mustasno)” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
