Oʻzbekiston Respublikasining uy-joy kodeksini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (345-son)
16.07.1999
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksini amalga kiritish tartibi toʻgʻrisida” 1998-yil 24-dekabrdagi 714-I-son qaroriga muvofiq, shuningdek Uy-joy kodeksining qoidalarini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish rejasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki,Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati 1999-yil 1-aprelgacha qabul qilgan qarorlarning Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksiga zid boʻlmagan qismi yangi meʼyoriy hujjatlar qabul qilingunga qadar amalda boʻladi.
Tegishli meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish uchun masʼul boʻlgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar Rejada nazarda tutilgan vazifalarning oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlasinlar.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.
3. Hukumatning 3-ilovaga muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 16-iyul,
345-son
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-iyuldagi 345-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish
REJASI
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-iyuldagi 345-son qaroriga 2-ILOVA
Hukumatning qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
II. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat uy-joy fondi xususiylashtirilishi munosabati bilan normativ hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1994-yil 28-iyundagi 325-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 6-son, 34-modda):
1. Qaror qismining uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Turar joylarni va uy atrofidagi yerlarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”.
2. Qarorga 3-ilovada:
a) ilovaning nomlanishi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Turar joylarni va uy atrofidagi yerlarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalari”;
b) matndagi uy-joylardan foydalanish va kommunal-foydalanish tashkilotlariga qaratilgan koʻrsatmalar tuzatish-foydalanish tashkilotlariga koʻrsatmalar bilan almashtirilsin.
v) 2-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Mulkdorlar, ijaraga oluvchilar, munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va maqsadli kommunal uy-joy fondi turar joylarning ijaradorlari tuzatish-foydalanish korxonalari bilan turar joylarga texnika xizmati koʻrsatish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Namunaviy shartnoma (kontrakt)ga muvofiq shartnomalar (kontraktlar) tuzadilar”.
g) 5-bandining ikkinchi gapi chiqarib tashlansin;
d) 6-bandining ikkinchi xat boshi quyidagi mazmundagi uchinchi gap bilan toʻldirilsin:
“Turar joyga boshqa fuqarolar bir kishiga toʻgʻri keladigan uy-joy maydonining ijtimoiy normasi haqidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilingan taqdirda qoʻyiladi, voyaga yetmagan bolalarni va mehnatga layoqatsiz yolgʻiz ota-onalarni qoʻyish bundan mustasno”;
e) 7-bandidagi “ijaraga oluvchi yoki uning oila aʼzolari” soʻzlari “munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va maqsadli kommunal uy-joy fondi uylarida yashovchi ijaraga oluvchi, uning oila aʼzolari yoki ijaraga oluvchi bilan doimiy ravishda birga yashovchi fuqarolar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
j) 10-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Uy-joylar, kvartiralarning mulkdorlari uydan foydalanishni, uning saqlanishini, umumiy mulk boʻlgan mulkning zarur sanitariya, yongʻin xavfsizligi va texnik holatini taʼminlash uchun, shuningdek boshqa maqsadlarga uy-joyga va umumiy foydalaniladigan joyga xizmat koʻrsatish uchun tashkilotni mustaqil belgilaydilar”;
z) 16-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Uy-joy mulkdori boʻlmagan paytda uyga kirish ichki ishlar organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakillari ishtirokida tegishli tuzatish-foydalanish tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi”;
i) 26-bandining birinchi gapi chiqarib tashlansin;
k) 28-bandi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“koʻp kvartirali uy-joylarning uylarida mol, shuningdek odamlar sogʻligi uchun xavfli hayvonlarni saqlash;
uylar, binolar, inshootlarni oʻzboshimchalik bilan qayta qurish, qayta rejalashtirish, shuningdek koʻp qavatli uylar, binolar va inshootlarga tutashib ketgan yer uchastkalarida oʻzboshimchalik bilan imorat qurish yoxud ularning tashqi koʻrinishini foydalanish koʻrsatkichlarini va binolarning zilzilaga chidamliligini pasaytiruvchi hamda boshqa shaxslarning yashashi yoki faoliyati uchun noqulaylik yaratuvchi tarzda boshqacha oʻzgartirish”;
l) 44-bandida “xususiylashtirilgan kvartiralar egalari shirkati, ijaraga oluvchilar, uy-joy egalari” soʻzlari “uy-joy egalari shirkati” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-iyuldagi 345-son qaroriga 3-ILOVA
Hukumatning oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Uy-joy fondi va kommunal xoʻjaligi obyektlaridan foydalanishni yaxshilash choralari toʻgʻrisida” 1967-yil 2-dekabrdagi 626-son qarori (OʻzSSR QT, 1967-y., 6-son, 61-modda).
2. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti va Oʻzbekiston Kasaba Soyuzlari Respublika Sovetining “Davlat uy-joy fondini boshqarishda jamoat komitetlari rolini kuchaytirish toʻgʻrisida” 1969-yil 30-apreldagi 209-son qarori (OʻzSSR QT, 1969-y., 4-son, 32-modda).
3. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Uy boshqarmalari va uy-joylardan foydalanish kontoralari huzuridagi bolalar klublari va maydonchalari toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1970-yil 2-sentabrdagi 447-son qarori (OʻzSSR QT, 1970-y., 9-son, 54-modda).
4. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumining “Grajdanlarning oʻzboshimchalik bilan uy-joy, dacha, xoʻjalik va maishiy imorat hamda binolar qurganlik uchun javobgarligi toʻgʻrisida” 1978-yil 15-apreldagi Farmonini ijro etish tartibi haqida” 1978-yil 13-iyundagi 319-son qarori (OʻzSSR QT, 1978-y., 6-son, 23-modda).
5. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Respublika uy-joy fondidan foydalanishni va uning saqlanishini yaxshilashga doir qoʻshimcha choralar toʻgʻrisida” 1981-yil 7-sentabrdagi 709-son qarori.
6. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Turarjoylardan foydalanish tashkilotlari toʻgʻrisidagi tipovoy nizomni tasdiqlash haqida” 1984-yil 26-sentabrdagi 490-son qarori (OʻzSSR QT, 1984-y., 9-son, 46-modda).
7. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSRda davlat va jamoat turar joy fondi uylarida turarjoyni ijaraga olish yuzasidan Tipovoy shartnomani va turarjoylardan foydalanish va uylarni hamda uy atrofidagi territoriyani yaxshi tutish Qoidalarini tasdiqlash haqida” 1984-yil 6-dekabrdagi 633- son qarori (OʻzSSR QT, 1984-y., 12-son, 61-modda).
8. Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “SSSR Gosplanining 1986 — 1990-yillarda Toshkent shahar xoʻjaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1986-yil 17-yanvardagi 11-son qarori yuzasidan 1986-yil 8-iyuldagi 331-son qarori 18-bandining oʻninchi xatboshi.
9. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1987-yil 3-martdagi 98-son qarori (OʻzSSR QT, 1987-y., 3-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston SSR Hukumatining qarorlariga kiritiladigan oʻzgartirishlarning 5-bandi.
10. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSRda davlat va jamoat turar joy fondi uylarida turar joyni ijaraga olish yuzasidan Tipovoy shartnomaga va turar joylardan foydalanish va uylarni hamda uy atrofidagi territoriyani yaxshi tutish Qoidalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1987-yil 28-dekabrdagi 531-son qarori (OʻzSSR QT, 1987-y., 12-son, 81-modda).
11. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining Yakka tartibda imorat soluvchilarning shirkatlari toʻgʻrisidagi namunali nizomni tasdiqlash haqida” 1988-yil 24-noyabrdagi 440-son qarori (OʻzSSR QT, 1988-y., 12-son, 36-modda).
12. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1989-yil 24-yanvardagi 37-son qarori (OʻzSSR QT, 1989-y., 1-son, 3-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston SSR Huqumatining turarjoy masalalari toʻgʻrisidagi ayrim qarorlariga kiritiladigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarning 3-bandi.
13. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 28-iyundagi 325-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 6-son, 34-modda) bilan tasdiqlangan Turar joylarni ijaraga berish toʻgʻrisida Nizom.
