Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (PF-4911-son)
03.01.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oziq-ovqat sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 18-fevraldagi PQ-2492-sonli qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan meʼyoriy-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda mazkur Farmonga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 3-yanvar,
PF-4911-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-yanvardagi PF-4911-sonli Farmoniga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartishlar
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikaning yogʻ-moy tarmogʻini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 7-sentabrdagi PQ-1401-sonli qarorida:
a) 1, 5, 6-bandlari va 1,2-ilovalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq chigit Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 28-oktabrdagi PQ-2422-sonli qarori 5a-ilovasida koʻrsatilgan yogʻ-moy tarmogʻi korxonalari tomonidangina qayta ishlanadi”;
v) 3-bandida “mazkur qarorning 1-ilovasida” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 28-oktabrdagi PQ-2422-sonli qarori 5a-ilovasida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 28-oktabrdagi PQ-2422-sonli qarori 5a-ilovasiga kiritilmagan korxonalarda, shuningdek maishiy sharoitda chigitni qayta ishlash va paxta yogʻi ishlab chiqarish amaldagi qonun hujjatlarini buzish hisoblanadi. Chigitni qayta ishlash va paxta yogʻi ishlab chiqarish bilan noqonuniy shugʻullanayotgan shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda javobgarlik, hatto jinoiy javobgarlikkacha boʻlgan choralar koʻriladi”;
d) 7-bandida:
birinchi xatboshidagi “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” soʻzlari “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oziq-ovqat sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora- tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 18-fevraldagi PQ-2492-sonli qarori 3-ilovasi II boʻlimining 38-bandidagi “*” belgisi chiqarib tashlansin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida oʻtkazilgan Xalqaro investitsiya forumida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 10-fevraldagi F-4613-sonli farmoyishi 2-ilovasidan 34-pozitsiya chiqarib tashlansin.
