Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2010-yil 5-avgustdagi 169-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (420-son)
30.12.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Avtomobil yoʻllaridan foydalanuvchilar uchun qulayliklar yaratish hamda transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2010-yil 5-avgustdagi 169-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 32-son, 270-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2016-yil 30-dekabr,
420-son
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 30-dekabrdagi 420-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2010-yil 5-avgustdagi 169-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 3-ilovada:
a) “Jizzax viloyati” boʻlimida:
7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“ 7. 4K230 Jizzax sh. — Uchtepa q. 14 shoxobchalar: a) Olmazor qishlogʻiga 5 b) Koʻtarma mahallasiga 2 Jami shoxobchalar bilan 21 ”;
quyidagi tahrirda 62-band qoʻshilsin:
“ 62. 4N1252 4R38 avtoyoʻlidan shoxobchalar: 6 shu jumladan: a) Sayiljoyi mahallasiga 3 b) Oʻratepalik va Zargarlik mahallalariga 3 ”.
“Uzunligi, km” ustunining oxirgi satridagi “1001” raqami “1009” raqami bilan almashtirilsin;
b) “Uzunligi, km” ustunining oxirgi satridagi “24606” raqami “24614” raqami bilan almashtirilsin.
