Keksalar va nogironlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PQ-2705-son)
28.12.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Qayd etib oʻtilsinki, respublikada mustaqillik yillari mobaynida aholining ijtimoiy hojatmand qatlamlarini davlat tomonidan qoʻllab- quvvatlashning samarali tizimini shakllantirish borasida keng miqyosli ishlar amalga oshirildi. Keksalar va nogironlarning turmush darajasi va sifatini oshirishga, pensiya taʼminoti va ijtimoiy madad tizimini takomillashtirishga, tizimli sogʻlomlashtirishni tashkil etish hamda kasalliklarni davolashning zamonaviy usullaridan bahramand boʻlishni kengaytirishga yoʻnaltirilgan bir qator davlat dasturlari qabul qilindi.
Izchillik bilan amalga oshirilayotgan kuchli ijtimoiy siyosat natijasida aholining farovonligi oshdi va kishilarning turmush sifati yaxshilandi, bu esa keyingi 25 yil mobaynida oʻrtacha umr koʻrish davomiyligi 67 yoshdan 73,5 yoshga, shu jumladan erkaklar — 66 yoshdan 71 yoshgacha, ayollarning oʻrtacha umr koʻrish davomiyligi esa 70 yoshdan 75,8 yoshgacha ortishiga imkoniyat yaratdi.
2010 — 2015-yillarning oʻzidagina keksalar va nogironlar uchun 12 ta “Saxovat” va “Muruvvat” internat-uylarining moddiy-texnika bazasi mustahkamlandi, 14,6 ming nafar yolgʻiz keksalar, pensioner va nogironlarning uy-joy-maishiy sharoitlari yaxshilandi, 5,4 ming nafar nogironlar texnik reabilitatsiya vositalari va protez-ortopediya buyumlari bilan taʼminlandi, 6,4 ming nafar nogiron va pensionerlar sanatoriylarda sogʻlomlashtirildi. Koʻrsatilgan tibbiy-ijtimoiy yordamning umumiy hajmi 132,2 mlrd soʻmni tashkil etdi.
Shu bilan birga ijtimoiy madad tizimida yolgʻiz keksalarni, pensionerlar, nogironlarni ijtimoiy himoya qilish, uning aniq manzilliligi, kasalliklarni profilaktika qilish va davolashning zamonaviy samarali usullarini joriy etish, katta yoshdagi shaxslarga koʻrsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlarning hajmlari va turlarini kengaytirish bilan bogʻliq ayrim masalalar hal etilmasdan qolmoqda.
Keksa kishilarni, imkoniyatlari cheklangan shaxslarni va yolgʻiz keksalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, ijtimoiy himoya va tibbiy-ijtimoiy yordamning zamonaviy mexanizmlarini amalga oshirishda prinsipial yangi yondashuvlarni joriy etish maqsadida:
1. Keksalar va nogironlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishning ustuvor vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
keksa avlod vakillariga nisbatan gʻamxoʻrlik va eʼtiborni kuchaytirish uchun qulay tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish, keksalarning hayot faoliyati va dam olishini tashkil etish tizimini sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarish;
yolgʻiz keksalar, pensionerlar, nogironlarni aniq manzilli ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish, ularga koʻrsatiladigan uy-joy-maishiy hamda boshqa yashash sharoitlarini yaxshilashga yoʻnaltirilgan moddiy yordamni kengaytirish;
qariyalar, nogironlar va yolgʻiz keksalarni davolash, tizimli sogʻlomlashtirishni tashkil etish, profilaktika tadbirlarini kengaytirish, koʻrish va eshitish organlari, harakat-tayanch tizimi kasalliklarini hamda yurak-qon tomir kasalliklarini davolashning zamonaviy usullari bilan qamrab olish va ulardan bahramand etish yoʻli bilan ularga koʻrsatiladigan tibbiy-ijtimoiy yordam darajasi va sifatini oshirish;
muhtoj keksalar va nogironlarni sifatli yordamchi va texnik reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlash darajasini oshirish, ularni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish choralarini koʻrish, tibbiy- ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.
2. Quyidagilar:
2017 — 2020-yillarda keksalar va nogironlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari kompleksi 1-ilovaga* muvofiq;
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi ushbu qarorning 1-ilovasida nazarda tutilgan chora-tadbirlar kompleksi amaliy nazorat qilinishini, tanqidiy tahlil etilishi va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlasin.
Shu maqsadda quyidagi ustuvor vazifalarni hal etishga asosiy eʼtibor qaratilsin:
tibbiy yordam darajasi va sifatini oshirish, kasalliklarni erta aniqlash va profilaktika tadbirlarini kengaytirish boʻyicha skrining tekshirishlarini oʻtkazish;
zamonaviy tashxis va davolash usullarini qoʻllagan holda yuqori texnologiyali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamdan foydalanishni kengaytirish;
reabilitatsiya va sogʻlomlashtirish chora-tadbirlarini yaxshilash, sogʻlom va faol turmush tarzini yuritish madaniyatini targʻib qilish;
zamonaviy tibbiyotning eng yangi yutuqlari, asosiy kasalliklar tashxisi va ularni davolash sifati standartlari asosida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — “Nuroniy” Jamgʻarmasi), “Mahalla” xayriya jamoat fondi (keyingi oʻrinlarda — “Mahalla” Fondi), Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ushbu qarorning 1-ilovasida koʻrsatilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining 2017 — 2020-yillarga moʻljallangan Davlat budjetini shakllantirishda har yili “Sogʻliqni saqlash” va “Ijtimoiy taʼminot” sohalari boʻyicha ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida ushbu qarorning 1-ilovasida koʻrsatilgan tadbirlarni amalga oshirishga zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
* 1-2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Nuroniy” va “Mahalla” jamgʻarmalari hamda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashining yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin, ularda quyidagilar nazarda tutilgan:
2017-yilning 1-yanvaridan boshlab har bir tuman (shahar) boʻlimida bittadan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlimlarida uchtadan, markaziy apparatda 8 nafar xodim hisobidan “Nuroniy” jamgʻarmasi shtat birliklari taʼminotini budjetdan moliyalashtirishga qabul qilib, “Nuroniy” jamgʻarmasi pensioner xodimlariga pensiyalarni 100 foiz miqdorda toʻlash;
budjet mablagʻlari hisobiga taʼminlanayotgan “Nuroniy” jamgʻarmasi xodimlariga “Navroʻz” va “Mustaqillik” bayramlariga mukofotlar “Nuroniy” jamgʻarmasi boʻlimlarida lavozim okladining 50 foizi miqdorida va markaziy apparatda lavozim okladining 100 foizi miqdorida toʻlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 13-oktabrdagi PF-4658-sonli Farmoniga muvofiq, 1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilariga har yili sanatoriylarda sogʻlomlashtirish kursini olish oʻrniga yoʻllanma qiymatiga teng kompensatsiya olish huquqini berish;
budjet mablagʻlari hisobiga bepul tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimi doirasida keksalar, nogironlar, urush va mehnat faxriylarini sogʻlomlashtirishni taʼminlash uchun 2017 — 2019-yillarda Buxoro, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarida sanatoriylar qurish.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Mehnat vazirligi bilan birgalikda “Nuroniy” jamgʻarmasi tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha razryadlarni kelishib olsin, shuningdek ikki hafta muddatda “Nuroniy” jamgʻarmasi boʻlimlari va uning markaziy apparati xarajatlari smetasi hamda shtat jadvallari belgilangan tartibda tegishli moliya organlarida roʻyxatga olinishini taʼminlasin.
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari:
tegishli binolar (xonalar), mebel, kompyuter texnikasi va aloqa vositalari ajratish yoʻli bilan “Nuroniy” jamgʻarmasi barcha boʻlimlarining moddiy-texnika bazasi mustahkamlanishini taʼminlasin;
yolgʻiz va kam taʼminlangan keksalarga “Nuroniy” jamgʻarmasi orqali qishki kiyim va poyabzal (kurtka-yarim palto, moʻynali telpak (jun roʻmol), qoʻlqop, botinka), shuningdek (kartoshka, piyoz, un, guruch, yorma va birinchi navbatda zarur boʻlgan boshqa mahsulotlar)ni qishga gʻamlashni har yili taʼminlash uchun hokimlarning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlanish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari rahbarligida hududiy komissiyalar tuzsin va ularning tarkibiga Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi, “Mahalla” fondi, Yoshlar ittifoqi boʻlinmalari hamda boshqa tashkilotlarning rahbarlari kiritilsin.
11. Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi, “Mahalla” fondi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralarga yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlarga moddiy, ijtimoiy, tibbiy yordam va boshqa madad koʻrsatish sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida har yili koʻp tomonlama bitim tuzish, bitimga muvofiq zarur koʻmak berish, jumladan moliyaviy yordam koʻrsatish tavsiya etilsin.
12. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi 2017 — 2020-yillarda keksalar va nogironlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan ushbu qaror bilan tasdiqlangan Kompleks chora-tadbirlarning maqsad hamda vazifalarini bosma va elektron axborot vositalarini, shu jumladan butun jahon Internet tarmogʻini jalb etgan holda aholi oʻrtasida muntazam, tizimli va keng koʻlamda yoritib borishni taʼminlasin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Nuroniy” jamgʻarmasi bilan birgalikda ushbu qaror bajarilishining borishi toʻgʻrisida har chorakda Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etib turilishini taʼminlasin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 28-dekabr,
PQ-2705-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi PQ-2705-son qaroriga 1-ILOVA
2017—2020-yillarda keksalar va nogironlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish
CHORA-TADBIRLARI
T/r Chora-tadbirlarning nomlanishi Ijro muddati Xarajatlar (mln soʻmda) Moliyalashtirish manbalari Masʼul ijrochilar I. YOLGʻIZ KEKSALAR VA NOGIRONLARNING TURMUSH DARAJASI VA SIFATINI OSHIRISH UCHUN QOʻSHIMCHA SHART-SHAROITLAR YARATISHGA QARATILGAN NORMATIV-HUQUQIY BAZANI YANADA TAKOMILLASHTIRISH 1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlashtirish markazlari toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori loyihasini ishlab chiqish. 2017-yil IV chorak — — Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi 2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Intellektual rivojlanishda ijobiy dinamikasi boʻlgan nogironlarga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish sohasida “Muruvvat” internat-uylari faoliyatini takomillashtirishni nazarda tutuvchi qarori loyihasini ishlab chiqish. 2017 yil IV chorak — — Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi 3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 13-oktabrdagi “1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4658-son Farmoniga muvofiq 1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilariga sanatoriylarda har yillik sogʻlomlashtirish kurslarini olish oʻrniga yoʻllanmaning oʻrtacha narxiga teng kompensatsiya taqdim etishni tartibga soluvchi qoʻshma qaror ishlab chiqish va tasdiqlash. 2017 yil I chorak — — Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi 4. Yuqumli boʻlmagan kasalliklarning asosiy turlarini diagnostika qilish va davolashning yangilangan standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. Jadvalga muvofiq — — Sogʻliqni saqlash vazirligi II. KEKSALAR VA NOGIRONLARGA TIBBIY XIZMAT KOʻRSATISH DARAJASI VA SIFATINI OSHIRISH 5. Keksalarda, shu jumladan yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlarda surunkali, yashirin va avval aniqlanmagan kasalliklarni barvaqt aniqlash boʻyicha kompleks profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish, ularga patronaj tibbiy hamshiralarni biriktirish. 2017 — 2020 yillar Ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida Davlat budjeti mablagʻlari Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 6. Imkoniyatlari cheklangan odamlarda (kattalar va bolalar) eshitish qobiliyati skriningi tekshiruvlarini oʻtkazish. 2017 yil Sogʻliqni saqlash vazirligi 7. Keksa insonlar uchun sogʻlom ovqatlanish asoslari boʻyicha metodik tavsiyalar, bukletlar, posterlar ishlab chiqish orqali turli yosh guruhlarida (60 — 70 yosh, 70 — 80 yosh, 80 — 90 yosh, 90 — 100 yosh va 100 yoshdan kattalar) sogʻlom turmush tarzini olib borish, ovqatlanish, sogʻlomlashtirishgaoid tavsiyalarni qoʻllash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish. 2017 — 2020 yillar 40,0, shu jumladan 2017-yilda — 20,0, 2018-yilda — 20,0 Davlat budjeti mablagʻlari Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi 8. Har yili respublika ixtisoslashtirilgan va ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida, ilmiy-tekshirish institutlarining klinikalarida, tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining klinik bazalarida 7 ming nafar keksalarga hamda viloyatlardagi koʻptarmoqli tibbiyot markazlarida 20 ming nafar keksalarga, shu jumladan yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlarga yuqori texnologiyali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish. 2017 — 2020 yillar 55000,0 shu jumladan, har yili 13750,0 Davlat budjeti mablagʻlari Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 9. Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti kafedrasi bazasida gerontologiyava geriatriya kafedralarini tashkil etish. 2017 yil iyun Ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida Davlat budjeti mablagʻlari Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi 10. Quyidagilarni amalga oshirish orqali keksalar, shu jumladan yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlar uchun diagnostika va davolashning yuqori texnologiyali uslublaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirish: 2017 — 2020 yillar 25 120,0 shu jumladan har yili Davlat budjeti mablagʻlari Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi yirik boʻgʻimlar kasalliklarida 200 nafar kasallarda rekonstruktiv-tiklash amaliyotlarini qilish hamda umurtqa patologiyasiga ega 1000 nafar kasalda konservativ terapiyaning zamonaviy usullarini qoʻllash; 1 200,0 yurak-qon tomir kasalliklari tizimi kasalliklariga chalingan bemorlarning 1000 nafarida koronar tomirlarni stentlash va 100 nafar bemorda aortakoronar shuntlashtirish amaliyotlarini oʻtkazish; 3 640,0 keksalik kataraktasiga chalingan 1000 nafar hamda glaukoma bilan kasallangan 500 nafar bemorda organlarni saqlab qolish amaliyotlarini oʻtkazish; 775,0 peshob-tosh kasalliklari, adenoma va prostata bezi raki kasalliklariga chalingan 1000 nafar bemorda kichik invoziv urologik amaliyotlarini oʻtkazish; 300,0 qandli diabetning tomir asoratlarida 200 nafar bemorda yuqori texnologik amaliyotlarini oʻtkazish; 200,0 LOR kasalliklarining barvaqt oldini olish maqsadida sinustit bilan ogʻrigan 200 nafar bemorda kichik invaziv endoskopik amaliyotlarini oʻtkazish va 500 nafar bemorda oto-mikroskopik tekshiruvlar oʻtkazish. 165,0 11. Keksalar, shu jumladan yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlarni quyidagi sharoitlarda yuqori texnologik usullar orqali diagnostika qilish va davolash: respublika tibbiyot muassasalari sharoitlarida; viloyat tibbiyot muassasalari sharoitlarida. 2017 — 2020 yillar 40 000,0, shujumladan har yili 10 000,0 103 840,0, shu jumladan har yili 25 960,0 Davlat budjeti mablagʻlari Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi III. YOLGʻIZ KEKSALAR VA NOGIRONLARGA IJTIMOIY XIZMAT KOʻRSATISH, MANZILLI IJTIMOIY HIMOYA QILISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH, ULARGA KOʻRSATILADIGAN MODDIY YORDAMNI KENGAYTIRISH 12. Intellektual rivojlanishda ijobiy dinamikaga ega nogironlar uchun uy-internatlar tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va kiritish. 2017 yil II chorak — — Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi 13. Koʻrsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam sifatini oshirish uchun yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlarni hisobga olish boʻyicha interfaol maʼlumotlar bazasi va yagona registrini yaratish. 2017 yil I chorak — — Sogʻliqni saqlash vazirligi 14. 1941 — 1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari, yolgʻiz keksa pensionerlar va nogironlar hamda boshqa aholi zaif qatlamlarining kamida 35 ming nafarini sanatoriylarda bepul sogʻlomlashtirilishini tashkil etish. 2017 — 2020 yillar 72 000,0, Davlat budjeti mablagʻlari Sogʻliqni saqlash vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Moliya vazirligi 15. Oʻzganing qaroviga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlarning 15 ming nafariga oʻz uyida ijtimoiy xizmat koʻrsatishni tashkil etish. 2017 — 2020 yillar 72 000,0, shu jumladan har yili 18000,0 Davlat budjeti mablagʻlari Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Qizil yarim oy jamiyati 16. Quyidagilar orqali muhtoj yolgʻiz qariyalar va nogironlarni har yili sanatoriylarda bepul sogʻlomlashtirishni (tibbiy koʻrsatmalar boʻyicha) tashkil etish: 2017 — 2020 yillar 2 800,0, shu jumladan har yili: 700,0 Ijrochilar mablagʻlari Sogʻliqni saqlash vazirligi, Kasaba uyushmalari Kengashi, Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimining sanatoriylarini kamida 1000 ta yoʻllanma bilan taʼminlash; 2 200,0, shu jumladan har yili: 550,0 Davlat budjeti mablagʻlari Kasaba uyushmalari sanatoriylarini kamida 300 ta yoʻllanma bilan taʼminlash (ishlab turgan yolgʻiz keksalarni, pensionerlarni va nogironlarni). 6000, shu jumladan har yili: 150,0 Kasaba uyushmalari va ish beruvchilar mablagʻlari 17. Har yili doimiy qarovga muhtoj kamida 4 ming nafar yolgʻiz keksalar va nogironlarni asosiy oziq-ovqat mahsulotlari, gigiyena tovarlari bilan bepul taʼminlashni tashkil etish. 2017 — 2020 yillar 10 000,0, shu jumladan har yili 2500,0 Davlat budjeti mablagʻlari Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Mahalla” jamgʻarmasi 18. “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasining koʻchma hududiy tibbiy-ijtimoiy yordam brigadalari tomonidan kamida 2 ming nafar yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlarga har yili patronaj xizmatini koʻrsatish. 2017 — 2020 yillar 3000,0, shu jumladan har yili 750,0 Ijrochilar mablagʻlari “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi 19. Ambulator davolanishdan oʻtayotgan kamida 4 ming nafar yolgʻiz keksalar va nogironlarni shifokor retseptlari boʻyicha dori vositalari bilan taʼminlash. 2017 — 2020 yillar 2800,0, shu jumladan har yili 200,0 500,0, shu jumladan: 100,0 300.0 100.0 Davlat budjeti mablagʻlari Ijrochilar mablagʻlari, “Nuroniy” jamgʻarmasi, “Mahalla” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Qizil yarim oy jamiyati Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, “Mahalla” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Qizil yarim oy jamiyati 20. Koʻrsatilgan kommunal xizmatlar xarajatlarini toʻlab berish orqali yolgʻiz pensionerlar va nogironlarga manzilli moddiy yordam koʻrsatish. 2017 — 2020 yillarda 80,0, shu jumladanhar yili 20,0 Ijrochilar mablagʻlari Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi 21. Har yili kamida 10 ming nafar yolgʻiz keksalar va nogironlarni protez-ortopedik buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan bepul taʼminlash. 2017 — 2020 yillar 9500,0, shu jumladan har yili 2375 Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari IV. TIBBIYOT VA TIBBIY-IJTIMOIY MUASSASALARNING MODDIY-TEXNIK BAZASINI MUSTAHKAMLASH 22. 4 ta tibbiy-ijtimoiy muassasalarni qurish va rekonstruksiya qilish (Andijon “Saxovat” uy-internati, Urush va mehnat veteranlari uchun respublika pansionati, Zomin xotin-qizlar “Muruvvat” uy-internati, Qarshi bolalar-nogironlar uchun “Muruvvat” uy-internati). 2017 — 2018 yillar 14 400,0, shu jumladan har yili 3 600,0 Homiylar mablagʻlari Andijon, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahar hokimligi 23. Avval respublika ixtisoslashtirilgan va viloyat markazlari darajasida koʻrsatilayotgan zamonaviy diagnostika va davolash usullaridan respublika tumanlari va shaharlari aholisining foydalanish imkoniyatlarini taʼminlash, mazkur ishlarni quyidagilar orqali amalga oshirish: tomirlarni oʻrganish va stentlash uchun angiografik moslamalarni taqdim etish hamda respublikaning beshta hududida (Buxoro, Samarqand, Fargʻona, Xorazm viloyatlarida hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasida) stenoz, anevrizmlar va insultni davolashda yurak koronar tomirlarini va bosh miyani stentlash boʻyicha operatsiyalarni oʻtkazish uchun sharoitlar yaratish; zamonaviy yuqori texnologik tibbiyot uskunalarini taqdim etish hamda respublikaning toʻrt hududida (Andijon, Buxoro, Samarqand va Fargʻona viloyatlarida) ochiq yurakda operatsiyalarni oʻtkazishni tashkil qilish; 2017-yil 2018-yil 9772,0 9158,0 Budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi Onkologiya kasalliklarini barvaqt diagnostika qilish va nur terapiyasining barcha turlari toʻliq kursini oʻtkazish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar onkologiya dispanserlari uchun masofaviy hamdakontaktli nur terapiyasi kompyuter tomograflari va apparatlarini taqdim etish; 2017 — 2019 yillar 20,5 mln AQSHdollari Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari LOR-organlari, jarrohlik va ginekologiya kasalliklari, gepatit B,S virusli kasalliklariga chalinganlarni skrining qilish va barvaqt aniqlashda diagnostik oʻrganishlar va kam jarohat yetkazuvchi endoskopik operatsiyalar oʻtkazish uchun kompyuter tomograflar (KT), magnit rezonans tomograflar(MRT), laparoskopik uskunalar, LOR-kombaynlar va laboratoriya uskunalarini taqdim etish. 2018 — 2020 yillar 88,2 mln AQSH dollari Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari 12 372,0 budjetdan tashqari Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi mablagʻlari
2017 — 2020-yillarda chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun jami xarajatlar — 466 586,0 mln soʻm, ulardan:
Davlat budjeti mablagʻlari — 390 460,0 mln soʻm;
budjetdan tashqari Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasining mablagʻlari — 56 046 mln soʻm;
ijrochilar mablagʻlari — 20 080,0 mln soʻm;
xalqaro moliya institutlari kreditlari va grantlari — 108,7 mln AQSH dollari.
Barcha xarajatlar har yili belgilangan tartibda indeksatsiya qilinadi.
