“1841-modda. Budjet va smeta-shtat intizomini buzish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-416-son) · Sana: 26.12.2016 · Amalda
Moliya yilida budjet va smeta-shtat intizomini buzish koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Oʻsha qilmish juda koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
3) 1927-moddaning dispozitsiyasidagi “nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan oʻzga toʻlovlarni” degan soʻzlar “pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan oʻzga toʻlovlarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 200-moddaning nomi va dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
