“1756-modda. Budjet soʻrovini, roʻyxatdan oʻtkazish uchun xarajatlar smetalarini va shtat jadvallarini, shuningdek moliyaviy hisobotni taqdim etish tartibini buzish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-416-son) · Sana: 26.12.2016 · Amalda
Budjet soʻrovini, roʻyxatdan oʻtkazish uchun xarajatlar smetalarini va shtat jadvallarini, shuningdek moliyaviy hisobotni taqdim etish tartibini buzish —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
5) 2417-moddaning dispozitsiyasidagi “nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan oʻzga toʻlovlarni” degan soʻzlar “pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan oʻzga toʻlovlarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 245-moddaning birinchi qismidagi “1753-moddalarida” degan soʻzlar “1753, 1756-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 259-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
