Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan adliya organlariga taqdim etiladigan hisobot shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida (2852-son)
26.12.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 26-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2852]
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-son qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan buyuraman:
1. Quyidagilar:
Nodavlat notijorat tashkilotining faoliyati toʻgʻrisida hisobot shakli 1-ilovaga muvofiq;
Nodavlat notijorat tashkiloti hududiy boʻlinmasining faoliyati toʻgʻrisida hisobot shakli 2-ilovaga muvofiq;
Xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkiloti vakolatxonasi va filialining faoliyati toʻgʻrisida hisobot shakli 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur hisobot shakllari 2017-yil 1-martdan eʼtiboran kuchga kirishi belgilansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 4-iyundagi 178-mh-son “Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan adliya organlariga taqdim etiladigan hisobot shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2680, 2015-yil 4-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 22-son, 298-modda) 2017-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
4. Belgilab qoʻyilsinki, nodavlat notijorat tashkilotlar, shu jumladan ularning hududiy boʻlinmalari hamda xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotining vakolatxonalari va filiallari hisobotlarni oʻz tanlovlariga koʻra elektron shaklda — elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda tegishli adliya organining rasmiy sayti orqali taqdim etishlari mumkin.
5. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
6. Jamoat, nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar boshqarmasi (X. Meliyev) hamda Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (Sh. Saidov) mazkur idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
7. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
8. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari N. Joʻrayev zimmasiga yuklansin.
Vazir M. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 26-dekabr,
308-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 26-dekabrdagi 308-mh-son buyrugʻiga 1-ILOVA
Nodavlat notijorat tashkilotining 20__ yildagi faoliyati toʻgʻrisida
HISOBOT
(Nodavlat notijorat tashkiloti (NNT) nomi) 1. NNTning adliya organida davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazilgan sana va guvohnoma raqami 2. DSIda roʻyxatdan oʻtkazilgan sana va STIR 3. NNTning statistika kodlari toʻgʻrisida maʼlumot: a) Tashkiliy-huquqiy shakli kodi (THShT) b) Mulkchilik shakli kodi (MShT) v) Maʼmuriy hududiy obyektlarni belgilash tizimi (MHOBT) kodi g) KTUT kodi d) Faoliyatining asosiy turi (XXTUT) 4. Bank rekvizitlari: a) bank nomi, MFO b) bank hisobvaragʻi (milliy va chet el valyuta hisobvaragʻi koʻrsatiladi) 5. NNT rahbari haqida maʼlumot: a) F.I.O. va tugʻilgan yili b) asosiy ish joyi va telefon raqami v) saylangan (tayinlangan) sanasi 6. Oliy rahbar organining (konferensiya, qurultoy, umumiy yigʻilish va boshqalar) nomi va oxirgi marta yigʻilishi oʻtkazilgan sana 7. Doimiy asosda ishlovchi rahbar organi — ____________________________ (nomi koʻrsatiladi)ning tarkibi F.I.O. Lavozimi Telefon raqami Yashash joyi Saylangan sanasi 8. Taftish komissiyasi tarkibi F.I.O. Lavozimi Telefon raqami Yashash joyi Saylangan sanasi 9. NNT xodimlari soni a) shtat jadvali boʻyicha jami xodimlar soni shundan: asosiy ish joyi boʻyicha xodimlar soni oʻrindoshlik boʻyicha xodimlar soni b) jamoatchilik asosida ishlovchi xodimlar soni v) shartnoma asosida maʼlum loyiha (dastur)ga yoki ishni vaqtincha bajarish uchun jalb qilingan xodimlar soni (yil davomida) g) chet el fuqarolari boʻlgan xodimlar soni shundan: akkreditatsiyadan oʻtgan xodimlar soni 10. Aʼzolari soni (NNT ustaviga muvofiq aʼzo boʻlganlar soni koʻrsatiladi. Hududiy boʻlinmalar boʻyicha, aʼzolar soni alohida koʻrsatiladi. Jamoat fondlari bundan mustasno) 11. NNTning joylashgan yeri (pochta manzili) va undan foydalanish uchun asos (ijara, tekinga, oʻz mulkida va boshqa asoslar koʻrsatiladi) 12. NNT ramzi adliya organida davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtgan sana (yil, oy, kun) va guvohnoma raqami 13. NNTning veb-sayti va elektron pochta manzili 14. NNT bilan yil davomida hamkorlik qilgan tashkilotlar (shartnoma tuzilgan boʻlsa ilova qilinadi): a) mahalliy tashkilotlar nomi b) chet el (xalqaro) tashkilotlar nomi 15. Xalqaro va chet el hamda mahalliy tashkilotlarga aʼzoligi (aʼzo boʻlgan tashkilot nomi koʻrsatiladi) 16. NNT vakolatxona va filial (hududiy boʻlinma)lari haqida maʼlumot: a) viloyatlar (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri) kesimida davlat roʻyxatidan oʻtgan hududiy boʻlinmalar soni b) viloyatlar (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri) kesimida hisobga olingan hududiy boʻlinmalar soni v) boshlangʻich tashkilotlari soni 17. Hisobot davrida tayyorlangan bosma, audiovizual va boshqa mahsulotlar (nomi va adadi koʻrsatiladi) 18. Taʼsis etilgan ommaviy axborot vositalari (OAV) boʻyicha maʼlumot (OAV nomi, roʻyxatdan oʻtgan sana va raqami, manzili koʻrsatiladi) 19. Tegishli litsenziya (ruxsatnoma) asosida shugʻullanadigan faoliyati haqida maʼlumot (faoliyat turi, litsenziya raqami, sanasi va muddati koʻrsatiladi) 20. NNT taʼsischiligida tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari boʻyicha maʼlumot: a) tadbirkorlik subyekti nomi va roʻyxatdan oʻtgan sanasi b) taʼsischilari (nomi) va NNTning ulushi (foiz miqdorida) v) rahbari (F.I.O.) g) joylashgan yeri (pochta manzili) 21. NNT ustavida koʻrsatilgan maqsad va vazifalarni bajarish boʻyicha hisobot davrida amalga oshirilgan ishlari toʻgʻrisida batafsil maʼlumot 22. NNTning hisobot davri boshiga qoldiq mablagʻlari Hisobvaraq koʻrsatiladi Summa(milliy yoki chet el valyutada koʻrsatiladi) raqam bilan Summa soʻz bilan m.h/v: v.h/v: 23. Hisobot davrida NNTning milliy valyuta hisobvaragʻiga kelib tushgan mablagʻlarning manbalari Homiylardan Homiylik qiluvchi yuridik shaxs nomi, jismoniy shaxsning F.I.O. Summasi Asosiy vositalarni sotishdan Asosiy vositalar nomi Summasi Tadbirkorlik faoliyatidan Tadbirkorlik faoliyatining turi Summasi Noshirlik faoliyatidan Nashr etilgan mahsulot nomi Summasi Grantlardan Grant beruvchining toʻliq nomi Summasi Davlat ijtimoiy buyurtmasidan Loyiha nomi Summasi Davlat subsidiyasidan Davlat subsidiyasining maqsadi Summasi Kirish va aʼzolik badallaridan Kirish va/yoki aʼzolik badallari alohida koʻrsatiladi Summasi Boshqa manbalardan Manba nomlari koʻrsatiladi Summasi 24. Hisobot davrida NNTning chet el valyuta hisobvaragʻiga kelib tushgan mablagʻlarning manbalari Homiylardan Homiylik qiluvchi yuridik shaxs nomi, jismoniy shaxsning F.I.O. Summa va valyuta nomi Asosiy vositalarni sotishdan Asosiy vositalar nomi Summa va valyuta nomi Grantlardan Grant beruvchining toʻliq nomi Summa va valyuta nomi Tadbirkorlik faoliyatidan Tadbirkorlik faoliyatining turi Summa �a valyuta nomi Noshirlik faoliyatidan Nashr etilgan mahsulot nomi Summa va valyuta nomi Boshqa manbalardan Manba nomlari koʻrsatiladi Summa va valyuta nomi 25. Hisobot davrida NNT hisobvaragʻiga kelib tushgan mablagʻ�arning sarflanishi boʻyicha maʼlumot Amalga oshirilgan xarajatlar(summa va valyuta nomi koʻrsatiladi): a) xodimlarning ish haqiga b) asosiy vositalarni xarid qilishga v) kommunal toʻlovlarga g) soliqlarga (soliq turi koʻrsatiladi) d) oʻtkazilgan tadbirlarga e) homiylik faoliyatiga (kimga yoki qaysi tashkilotga homiylik qilinganligi) yo) xizmat safariga j) ijara haqi, internet, aloqa, bank xizmatiga z) boshqa xarajatlarga 26. NNTning hisobot davri oxirida qolgan mablagʻlari Hisobvaraq koʻrsatiladi Summa(milliy yoki chet el valyutada koʻrsatiladi) raqam bilan Summa soʻz bilan m.h/v: v.h/v: 27. NNT tomonidan hisobot davrida chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan olingan mol-mulklar va ulardan foydalanishi boʻyicha maʼlumot Chet davlatlar, xalqaro va chet el tashkilotlar, chet davlatlarning fuqarolari tomonidan ajratilgan mol-mulklar boʻyicha: a) mol-mulk ajratgan yuridik shaxs nomi, jismoniy shaxsning F.I.O. b) olingan mol-mulk nomlari v) mol-mulkdan foydalanish maqsadi g) NNTning roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga yuborgan murojaat xati sana va raqami 28. NNT tomonidan amalga oshirilgan loyihalar (dasturlar) haqida maʼlumot Loyiha (dastur) nomi Loyiha amalga oshirilgan hudud nomi va loyiha muddati Ajratilgan mablagʻ miqdori (toʻliq koʻrsatiladi) Loyiha (dastur) yuzasidan amalga oshirilgan ishlar (ilova qilinishi mumkin) Donor tashkilotning toʻliq nomi 29. NNT xodimlari (aʼzolari)ning chet el davlatlariga xizmat safarlari yuzasidan maʼlumot F.I.O. Chet el davlati nomi Taklif etgan xalqaro va chet el tashkiloti nomi Xizmat safati mavzusi Xizmat safari sanasi 30. Oʻtkazilgan tadbirlar (konferensiya, seminar, trening, yigʻilish, aksiya, davra suhbati, uchrashuv, simpozium, sport musobaqalari va boshqa shakllarda shaxslarni toʻplash) toʻgʻrisida maʼlumot Tadbir mavzusi Tadbir oʻtkazilgan joy Tadbir oʻtkazilgan sana (yil, kun, oy) Tadbir hamkorlari (toʻliq nomi oʻrsatiladi) Roʻyxatdan oʻtkazuvchi (adliya) organga berilgan xabarnoma (sanasi va raqami) 31. Hisobot davrida NNTni tekshirish (monitoring qilish) natijalari toʻgʻrisida maʼlumot Tekshirish (monitoring) oʻtkazgan tashkilot nomi (adliya, prokuratura, soliq, moliya yoki boshqa tashkilotlar nomi koʻrsatiladi) Tekshirish (monitoring) oʻtkazilgan sana Tekshirish (monitoring) davomida aniqlangan qonunbuzilish holatlari 32. Tekshirish (monitoring) yakunlari boʻyicha koʻrilgan chora (jinoyat ishi qoʻzgʻatilganligi, maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganligi, kamchiliklar va qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritilganligi yoki boshqa taʼsir choralari toʻliq koʻrsatiladi) 33. Auditorlik tekshiruvi oʻtkazilgan sana (faqat jamoat fondlari uchun, bunda auditorlik tashkilotining xulosasi nusxasi ilova qilinadi) 34. Faoliyati boʻyicha ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan hisobot sanasi (faqat jamoat fondlari uchun, bunda nusxasi ilova qilinadi) 35. Hisobot davrida NNT faoliyatida vujudga kelgan muammolar (mavjud boʻlsa) 36. NNTlar faoliyatini takomillashtirish boʻyicha asoslantirilgan takliflar (mavjud boʻlsa)
Mazkur hisobot shaklida keltirilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini tasdiqlayman. NNT rahbari: (imzo) (M.Oʻ.) (F.I.O.) Hisobot tuzuvchi: (imzo) (M.Oʻ.) (F.I.O.) Tel:
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 26-dekabrdagi 308-mh-son buyrugʻiga 2-ILOVA
Nodavlat notijorat tashkiloti hududiy boʻlinmasining 20__ yildagi faoliyati toʻgʻrisida
HISOBOT
(Nodavlat notijorat tashkilotining hududiy boʻlinmasi (NNT)ning nomi) 1. NNT hududiy adliya organida: a) davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazilgan sana va guvohnoma raqami b) hisobga olingan sana va guvohnoma raqami 2. Davlat soliq inspeksiyasida roʻyxatdan oʻtkazilgan sana va STIR 3. NNTning statistika kodlari toʻgʻrisida maʼlumot: a) Tashkiliy-huquqiy shakli kodi (THShT) b) Mulkchilik shakli kodi (MShT) v) Maʼmuriy hududiy obyektlarni belgilash tizimi (MHOBT) kodi g) KTUT kodi d) Faoliyatining asosiy turi (XXTUT) 4. Bank rekvizitlari: a) bank nomi, MFO b) bank hisobvaragʻi (milliy va chet el valyuta hisobvaragʻi koʻrsatiladi) 5. NNT rahbari haqida maʼlumot: a) F.I.O. va tugʻilgan yili b) asosiy ish joyi va telefon raqami v) saylangan (tayinlangan) sanasi 6. Oliy rahbar organining (konferensiya, qurultoy, umumiy yigʻilish va boshqalar) nomi va oxirgi marta yigʻilishi oʻtkazilgan sana 7. Doimiy asosda ishlovchi rahbar organi — ______________________ (nomi koʻrsatiladi)ning tarkibi F.I.O. Lavozimi Telefon raqami Yashash joyi Saylangan sanasi 8. Taftish komissiyasi tarkibi F.I.O. Lavozimi Telefon raqami Yashash joyi Saylangan sanasi 9. NNT xodimlari soni a) shtat jadvali boʻyicha jami xodimlar soni shundan: asosiy ish joyi boʻyicha xodimlar soni oʻrindoshlik boʻyicha xodimlar soni b) jamoatchilik asosida ishlovchi xodimlar soni v) shartnoma asosida maʼlum loyiha (dastur)ga yoki ishni vaqtincha bajarish uchun jalb qilingan xodimlar soni (yil davomida) g) chet el fuqarolari boʻlgan xodimlar soni shundan: akkreditatsiyadan oʻtgan xodimlar soni 10. Aʼzolari soni (NNT ustaviga muvofiq aʼzo boʻlgan�ar soni koʻrsatiladi. Hududiy boʻlinmalar boʻyicha, aʼzolar soni alohida koʻrsatiladi. Jamoat fondlari bundan mustasno) 11. NNTning joylashgan yeri (pochta manzili) va undan foydalanish uchun asos (ijara, tekinga, oʻz mulkida va boshqa asoslar koʻrsatiladi) 12. NNT ramzi adliya organida davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtgan sana (yil, oy, kun) va guvohnoma raqami (hududiy boʻlinmalar uchun Bosh tashkilotining ramzi boʻyicha maʼlumotlar koʻrsatiladi) 13. NNTning veb-sayti va elektron pochta manzili 14. NNT bilan yil davomida hamkorlik qilgan tashkilotlar (shartnoma tuzilgan boʻlsa ilova qilinadi): a) mahalliy tashkilotlar nomi b) chet el (xalqaro) tashkilotlar nomi 15. Xalqaro va chet el hamda mahalliy tashkilotlarga aʼzoligi (aʼzo boʻlgan tashkilot nomi koʻrsatiladi) 16. NNT vakolatxona va filial (hududiy boʻlinma)lari haqida maʼlumot: a) tuman (shahar) kesimida davlat roʻyxatidan oʻtgan hududiy boʻlinmalar soni b) tuman (shahar) kesimida hisobga olingan hududiy boʻlinmalar soni v) boshlangʻich tashkilotlari soni 17. Hisobot davrida tayyorlangan bosma, audiovizual va boshqa mahsulotlar (nomi va adadi koʻrsatiladi) 18. Taʼsis etilgan ommaviy axb�rot vositalari (OAV) boʻyicha maʼlumot (OAV nomi, roʻyxatdan oʻtgan sana va raqami, manzili koʻrsatiladi) 19. Tegishli litsenziya (ruxsatnoma) asosida shugʻullanadigan faoliyati haqida maʼlumot (faoliyat turi, litsenziya raqami, sanasi va muddati koʻrsatiladi) 20. NNT taʼsischiligida tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari boʻyicha maʼlumot: a) tadbirkorlik subyekti nomi va roʻyxatdan oʻtgan sanasi b) taʼsischilari (nomi) va NNTning ulushi (foiz miqdorida) v) rahbari (F.I.O.) g) joylashgan yeri (pochta manzili) 21. NNT ustavida koʻrsatilgan maqsad va vazifalarni bajarish boʻyicha hisobot davrida amalga oshirilgan ishlari toʻgʻrisida batafsil maʼlumot 22. NNTning hisobot davri boshiga qoldiq mablagʻlari Hisobvaraq koʻrsatiladi Summa(milliy yoki chet el valyutada koʻrsatiladi) raqam bilan Summa soʻz bilan m.h/v: v.h/v: 23. Hisobot davrida NNTning milliy valyuta hisobvaragʻiga kelib tushgan mablagʻlarning manbalari Bosh tashkilotdan Bosh tashkilot nomi Summasi Homiylardan Homiylik qiluvchi yuridik shaxs nomi, jismoniy shaxsning F.I.O. Summasi Asosiy vositalarni sotishdan Asosiy vositalar nomi Summasi Tadbirkorlik faoliyatidan Tadbirkorlik faoliyatining turi Summasi Noshirlik faoliyatidan Nashr etilgan mahsulot nomi Summasi Grantlardan Grant beruvchining toʻliq nomi Summasi Davlat ijtimoiy buyurtmasidan Loyiha nomi Summasi Davlat subsidiyasidan Davlat subsidiyasining maqsadi Summasi Kirish va aʼzolik badallaridan Kirish va/yoki aʼzolik badallari alohida koʻrsatiladi Summasi Boshqa manbalardan Manba nomlari koʻrsatiladi Summasi 24. Hisobot davrida NNTning chet el valyuta hisobvaragʻiga kelib tushgan mablagʻlarning manbalari Bosh tashkilotdan Bosh tashkilot nomi Summa va valyuta nomi Homiylardan Homiylik qiluvchi yuridik shaxs nomi, jismoniy shaxsning F.I.O Summa va valyuta nomi Asosiy vositalarni sotishdan Asosiy vositalar nomi Summa va valyuta nomi Grantlardan Grant beruvchining toʻliq nomi Summa va valyuta nomi Tadbirkorlik faoliyatidan Tadbirkorlik faoliyatining turi Summa va valyuta nomi Noshirlik faoliyatidan Nashr etilgan mahsulot nomi Summa va valyuta nomi Boshqa manbalardan Manba nomlari koʻrsatiladi Summa va valyuta nomi 25. Hisobot davrida NNT hisobvaragʻiga kelib tushgan mablagʻlarning sarflanishi boʻyicha maʼlumot Amalga oshirilgan xarajatlar(summa va valyuta nomi koʻrsatiladi): a) xodimlarning ish haqiga b) asosiy vositalarni xarid qilishga v) kommunal toʻlovlarga g) soliqlarga (soliq turi koʻrsatiladi) d) oʻtkazilgan tadbirlarga e) homiylik faoliyatiga (kimga yoki qaysi tashkilotga homiylik qilinganligi) yo) xizmat safariga j) ijara haqi, internet, aloqa, bank xizmatiga z) boshqa xarajatlarga 26. NNTning hisobot davri oxirida qolgan mablagʻlari Hisobvaraq koʻrsatiladi Summa(milliy yoki chet el valyutada koʻrsatiladi) raqam bilan Summa soʻz bilan m.h/v: v.h/v: 27. NNT tomonidan hisobot davrida chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan olingan mol-mulklar va ulardan foydalanishi boʻyicha maʼlumot Chet davlatlar, xalqaro va chet el tashkilotlar, chet davlatlarning fuqarolari tomonidan ajratilgan mol-mulklar boʻyicha: a) mol-mulk ajratgan yuridik shaxs nomi, jismoniy shaxsning F.I.O. b) olingan mol-mulk nomlari v) mol-mulkdan foydalanish maqsadi g) NNTning roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga yuborgan murojaat xati sana va raqami 28. NNT tomonidan amalga oshirilgan loyihalar (dasturlar) haqida maʼlumot Loyiha (dastur) nomi Loyiha amalga oshirilgan hudud nomi va loyiha muddati Ajratilgan mablagʻ miqdori (toʻliq koʻrsatiladi) Loyiha (dastur) yuzasidan amalga oshirilgan ishlar (ilova qilinishi mumkin) Donor tashkilotning toʻliq nomi 29. NNT xodimlari (aʼzolari)ning chet el davlatlariga xizmat safarlari yuzasidan maʼlumot F.I.O. Chet el davlati nomi Taklif etgan xalqaro va chet el tashkiloti nomi Xizmat safari mavzusi Xizmat safari sanasi 30. Oʻtkazilgan tadbirlar (konferensiya, seminar, trening, yigʻilish, aksiya, davra suhbati, uchrashuv, simpozium, sport musobaqalari va boshqa shakllarda shaxslarni toʻplash) toʻgʻrisida maʼlumot Tadbir mavzusi Tadbir oʻtkazilgan joy Tadbir oʻtkazilgan sana (yil, kun, oy) Tadbir hamkorlari (toʻliq nomi koʻrsatiladi) Roʻyxatdan oʻtkazuvchi (adliya) organga berilgan xabarnoma (sanasi va raqami) 31. Hisobot davrida NNTni tekshirish (monitoring qilish) natijalari toʻgʻrisida maʼlumot Tekshirish (monitoring) oʻtkazgan tashkilot nomi (adliya, prokuratura, soliq, moliya yoki boshqa tashkilotlar nomi koʻrsatiladi) Tekshirish (monitoring) oʻtkazilgan sana Tekshirish (monitoring) davomida aniqlangan qonunbuzilish holatlari 32. Tekshirish (monitoring) yakunlari boʻyicha koʻrilgan chora (jinoyat ishi qoʻzgʻatilganligi, maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganligi, kamchiliklar va qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritilganligi yoki boshqa taʼsir choralari toʻliq koʻrsatiladi) 33. Auditorlik tekshiruvi oʻtkazilgan sana (faqat jamoat fondlari uchun, bunda auditorlik tashkilotining xulosasi nusxasi ilova qilinadi) 34. Faoliyati boʻyicha ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan hisobot sanasi (faqat jamoat fondlari uchun, bunda nusxasi ilova qilinadi) 35. Hisobot davrida NNT faoliyatida vujudga kelgan muammolar (mavjud boʻlsa) 36. NNTlar faoliyatini takomillashtirish boʻyicha asoslantirilgan takliflar (mavjud boʻlsa)
Mazkur hisobot shaklida keltirilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini tasdiqlayman. NNT rahbari: (imzo) (M.Oʻ.) (F.I.O.) Hisobot tuzuvchi: (imzo) (M.Oʻ.) (F.I.O.) Tel:
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 26-dekabrdagi 308-mh-son buyrugʻiga 3-ILOVA
Xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkiloti vakolatxonasi va filialining 20__ yildagi faoliyati toʻgʻrisida
HISOBOT
(Xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkiloti vakolatxonasi va filiali (NNT)ning nomi) 1. NNTning bosh tashkiloti haqida maʼlumot: a) Rasmiy nomi b) Roʻyxatdan oʻtkazgan tashkilot nomi, roʻyxatdan oʻtkazilgan sana va hujjat raqami v) Tashkiliy-huquqiy shakli (jamoat birlashmasi, jamoat fondi, muassasa va boshq.) g) Joylashgan yeri (pochta manzili) d) Boshqa davlatlarda faoliyat yurituvchi vakolatxona va filiallari (davlatlar nomi toʻliq koʻrsatiladi) e) Rahbar organining nomi va rahbarlarining F.I.O. (toʻliq koʻrsatiladi) 2. NNTning adliya organida davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazilgan sana va guvohnoma raqami 3. DSIda roʻyxatdan oʻtkazilgan sana va STIR 4. NNTning statistika kodlari toʻgʻrisida maʼlumot: a) Tashkiliy-huquqiy shakli kodi (THShT) b) Mulkchilik shakli kodi (MShT) v) Maʼmuriy hududiy obyektlarni belgilash tizimi (MHOBT) kodi g) KTUT kodi d) Faoliyatining asosiy turi (XXTUT) 5. Bank rekvizitlari: a) bank nomi, MFO b) bank hisobvaragʻi (milliy va chet el valyuta hisobvaragʻi koʻrsatiladi) 6. NNT rahbari haqida maʼlumot: a) F.I.O. va tugʻilgan yili va joyi, fuqaroligi, biografik maʼlumotnomasi, telefon raqami b) ishonchnomasi mavjudligi, akkreditatsiya kartochkasi raqami va haqiqiylik muddati v) saylangan (tayinlangan) sanasi 7. NNT xodimlari soni a) shtat jadvali boʻyicha jami xodimlar soni shundan: asosiy ish joyi boʻyicha xodimlar soni oʻrindoshlik boʻyicha xodimlar soni b) jamoatchilik asosida ishlovchi xodimlar soni (yil davomida) v) shartnoma asosida maʼlum loyiha (dastur)ga yoki ishni vaqtincha bajarish uchun jalb qilingan xodimlar soni (yil davomida) g) chet el fuqarolari boʻlgan xodimlar soni d) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlgan xodimlar soni 8. NNTning mahalliy va xorijiy xodimlari roʻyxati (xorijiy xodimlar roʻyxatida akkreditatsiya kartochkasin�ng raqami va haqiqiylik muddati koʻrsatiladi) F.I.O. Lavozimi Tugʻilgan yili va joyi, fuqaroligi Turar joyi va shaxsiy (uy) telefon raqami 9. Aʼzolari soni (NNT ustaviga muvofiq aʼzo boʻlganlar soni koʻrsatiladi) 10. NNTning joylashgan yeri (pochta manzili) va undan foydalanish uchun asos (ijara, tekinga, oʻz mulkida va boshqa asoslar koʻrsatiladi) 11. NNTning veb-sayti va elektron pochta manzili 12. NNT ramzi adliya organida davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtgan sana (yil, oy, kun) va guvohnoma raqami 13. NNT bilan yil davomida hamkorlik qilgan tashkilotlar (hamkorlik qilish asoslari — xat, shartnoma, kelishuv, memorandum va boshqalar mavjud boʻlsa ilova qilinadi) a) mahalliy tashkilotlar nomi b) chet el (xalqaro) tashkilotlar nomi 14. Xalqaro va chet el hamda mahalliy tashkilotlarga aʼzoligi (aʼzo boʻlgan tashkilot nomi koʻrsatiladi) 15. NNTning Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida koʻrsatilgan masalalarni amalga oshirishda ishtiroki (xalqaro shartnoma nomi, uni amalga oshirishda NNTning asosiy vazifasi toʻliq koʻrsatiladi) 16. NNTning hududiy boʻlinmalari haqida maʼlumot a) hududiy boʻlinmaning toʻliq nomi va roʻyxatga olingan sana va guvohnoma raqami b) rahbari F.I.O., tugʻilgan yili va joyi, telefon raqami, saylangan yoki tayinlangan sana v) joylashgan yeri (pochta manzili) 17. Hisobot davrida tayyorlangan bosma, audiovizual va boshqa mahsulotlar (nomi va adadi koʻrsatiladi) 18. Taʼsis etilgan ommaviy axborot vositalari (OAV) boʻyicha maʼlumot (OAV nomi, roʻyxatdan oʻtgan sana va raqami, manzili koʻrsatiladi) 19. Tegishli litsenziya (ruxsatnoma) asosida shugʻullanadigan faoliyati haqida maʼlumot (faoliyat turi, litsenziya raqami, sanasi va muddati koʻrsatiladi) 20. NNT taʼsischiligida tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari boʻyicha maʼlumot: a) tadbirkorlik subyekti nomi va roʻyxatdan oʻtgan sanasi b) taʼsischilari (nomi) va NNTning ulushi (foiz miqdorida) v) rahbari (F.I.O.) g) joylashgan yeri (pochta manzili) 21. NNT ustavida koʻrsatilgan maqsad va vazifalarni bajarish boʻyicha hisobot davrida amalga oshirilgan ishlari toʻgʻrisida batafsil maʼlumot 22. NNTning hisobot davri boshiga qoldiq mablagʻlari Hisobvaraq koʻrsatiladi Summa(milliy yoki chet el valyutasida koʻrsatiladi) raqam bilan Summa soʻz bilan m.h/v: v.h/v: 23. NNTning hisobot davri oxiriga qoldiq mablagʻlari Hisobvaraq koʻrsatiladi Summa(milliy yoki chet el valyutasida koʻrsatiladi) raqam bilan Summa soʻz bilan m.h/v: v.h/v: 24. Hisobot davri boshiga qoldiq gumanitar yordam va begʻaraz texnik koʻmak (gumanitar yuklar) boʻyicha Gumanitar yuk nomi (tibbiyot vositasi, kiyim-kechak va boshqalar Summasi(milliy yoki chet el valyutasida koʻrsatiladi) raqam bilan Summa soʻz bilan 25. Hisobot davrida kelib tushgan gumanitar yordam va begʻaraz texnik koʻmak (gumanitar yuklar) boʻyicha Gumanitar yuk nomi (tibbiyot vositasi, kiyim-kechak va boshqalar Summasi(milliy yoki chet el valyutasida koʻrsatiladi) raqam bilan Summa soʻz bilan 26. NNT tomonidan koʻrsatilgan gumanitar yordam va begʻaraz texnik koʻmak (gumanitar yuklar) boʻyicha Gumanitar yuk tarqatilgan hudud nomi Gumanitar yuk oluvchi shaxs (jismoniy yoki yuridik shaxs) toʻliq nomi (agar bir necha jismoniy shaxslar boʻlsa umumiy qilib jismoniy shaxslarga deb koʻrsatiladi) Tarqatilgan gumanitar yuk summasi (soʻmda) 27. NNTning hisobot davri oxirida qolgan gumanitar yordam va begʻaraz texnik koʻmak (gumanitar yuklar) boʻyicha Gumanitar yuk nomi (tibbiyot vositasi, kiyim-kechak va boshqalar) Gumanitar yuk summasi (soʻmda) 28. Hisobot davrida NNTning milliy valyuta hisobvaragʻiga kelib tushgan mablagʻlarning manbalari Bosh tashkilotdan Bosh tashkilotning toʻliq nomi Summasi Tadbirkorlik faoliyatidan Tadbirkorlik faoliyatining turi Summasi Noshirlik faoliyatidan Nashr etilgan mahsulot nomi Summasi Grantlardan Grant beruvchining toʻliq nomi Summasi Homiylardan Homiylik qiluvchi yuridik shaxs nomi, jismoniy shaxsning F.I.O. Summasi Kirish va aʼzolik badallaridan Kirish va/yoki aʼzolik badallari alohida koʻrsatiladi Summasi Boshqa manbalardan Manba nomlari koʻrsatiladi Summasi 29. Hisobot davrida NNTning chet el valyuta hisobvaragʻiga kelib tushgan mablagʻlarning manbalari Bosh tashkilotdan Bosh tashkilotning toʻliq nomi Summa va valyuta nomi Homiylardan Homiylik qiluvchi yuridik shaxs nomi, jismoniy shaxsning F.I.O. Summa va valyuta nomi Grantlardan Grant beruvchining toʻliq nomi Summa va valyuta nomi Tadbirkorlik faoliyatidan Tadbirkorlik faoliyatining turi Summa va valyuta nomi Noshirlik faoliyatidan Nashr etilgan mahsulot nomi Summa va valyuta nomi Kirish va aʼzolik badallaridan Kirish va/yoki aʼzolik badallari alohida koʻrsatiladi Summasi Boshqa manbalardan Manba nomlari koʻrsatiladi Summa va valyuta nomi 30. Hisobot davrida NNT hisobvaragʻiga kelib tushgan mablagʻlarning sarflanishi boʻyicha maʼlumot Amalga oshirilgan xarajatlar(summa va valyuta nomi koʻrsatiladi): a) xodimlarning ish haqiga b) asosiy vositalarni xarid qilishga v) kommunal toʻlovlarga g) soliqlarga (soliq turi koʻrsatiladi) d) oʻtkazilgan tadbirlarga e) homiylik faoliyatiga (kimga yoki qaysi tashkilotga homiylik qilinganligi) yo) xizmat safariga j) ijara haqi, internet, aloqa, bank xizmatiga z) boshqa xarajatlarga 31. NNT tomonidan hisobot davrida chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan olingan mol-mulklar va ulardan foydalanishi boʻyicha maʼlumot Chet davlatlar, xalqaro va chet el tashkilotlari, chet davlatlarning fuqarolari tomonidan ajratilgan mol-mulklar boʻyicha: a) mol-mulk ajratgan yuridik shaxs nomi, jismoniy shaxsning F.I.O. b) olingan mol-mulk nomlari v) mol-mulkdan foydalanish maqsadi g) NNTning roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga yuborgan murojaat xati sana va raqami 32. NNT tomonidan amalga oshirilgan loyihalar (dasturlar) haqida maʼlumot Loyiha (dastur) nomi Loyiha amalga oshirilgan hudud nomi va loyiha muddati Ajratilgan mablagʻ miqdori (toʻliq koʻrsatiladi) Loyiha (dastur) yuzasidan amalga oshirilgan ishlar (ilova qilinishi mumkin) Donor tashkilotning toʻliq nomi 33. NNT tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga berilgan pul mablagʻlari haqida maʼlumot Yuridik va jismoniy shaxsning nomi (F.I.O.) Yuridik va jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot (roʻyxatdan oʻtgan joyi va sanasi, jismoniy shaxs fuqaroligi, tugʻilgan yili va joyi) Pul mablagʻining summasi Pul mablagʻining maqsadi Adliya vazirligiga kelishish uchun kiritilgan xat raqami va sanasi 34. Hisobot davrida NNT vakillarining chet mamlakatlarga NNT faoliyati bilan bogʻliq tashriflar uyushtirilishi yuzasidan maʼlumot NNT vakilining F.I.O., tugʻilgan yili, yashash joyi, lavozimi Tashrif uyushtirilgan chet mamlakatning nomi Tashrif sanasi Tashrifdan maqsad Tashrif haqida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga berilgan xabarnoma (hujjat sanasi va raqami koʻrsatiladi) 35. Oʻtkazilgan tadbirlar (konferensiya, seminar, trening, yigʻilish, aksiya, davra suhbati, uchrashuv, simpozium, sport musobaqalari va boshqa shakllarda shaxslarni toʻplash) toʻgʻrisida maʼlumot Tadbir mavzusi Tadbir oʻtkazilgan joy Tadbir oʻtkazilgan sana (yil, kun, oy) Tadbir hamkorlari (toʻliq nomi koʻrsatiladi) Roʻyxatdan oʻtkazuvchi (adliya) organga berilgan xabarnoma (sanasi va raqami) 36. Hisobot davrida NNTni tekshirish (monitoring qilish) natijalari toʻgʻrisida maʼlumot Tekshirish (monitoring) oʻtkazgan tashkilot nomi (adliya, prokuratura, soliq, moliya yoki boshqa tashkilotlar nomi koʻrsatiladi) Tekshirish (monitoring) oʻtkazilgan sana Tekshirish (monitoring) davomida aniqlangan qonunbuzilish holatlari 37. Tekshirish (monitoring) yakunlari boʻyicha koʻrilgan chora (jinoyat ishi qoʻzgʻatilganligi, maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganligi, kamchiliklar va qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritilganligi yoki boshqa taʼsir choralari toʻliq koʻrsatiladi) 38. Auditorlik tekshiruvi oʻtkazilgan sana (faqat jamoat fondlari uchun, bunda auditorlik tashkilotining xulosasi nusxasi ilova qilinadi) 39. Faoliyati boʻyicha ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan hisobot sanasi (faqat jamoat fondlari uchun, bunda nusxasi ilova qilinadi) 40. Hisobot davrida NNT faoliyatida vujudga kelgan muammolar (mavjud boʻlsa) 41. NNTlar faoliyatini takomillashtirish boʻyicha asoslantirilgan takliflar (mavjud boʻlsa)
Mazkur hisobot shaklida keltirilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini tasdiqlayman. NNT rahbari: (imzo) (M.Oʻ.) (F.I.O.) Hisobot tuzuvchi: (imzo) (M.Oʻ.) (F.I.O.) Tel:
