Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (2547-1-son)
26.12.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 26-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2547-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 31-dekabrdagi 400-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2547, 2013-yil 31-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 1-son, 10-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi hamda Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari N. Joʻrayev zimmasiga yuklansin.
Vazir M. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 26-dekabr,
306-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 26-dekabrdagi 306-mh-son buyrugʻiga ILOVA
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi, Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-sonli qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalariga (bundan buyon matnda Qoidalar deb yuritiladi) muvofiq fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida (bundan buyon matnda FHDY organlari deb yuritiladi) ish yuritish tartibini belgilaydi.”.
2. 4-band “, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
3. 5-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“FHDY organlari ushbu dalolatnoma yozuvlarining saqlanishini taʼminlash maqsadida ularni Yagona elektron FHDY arxiviga ham kiritadilar.
Dalolatnoma yozuvlari haqida maʼlumotlar Yagona elektron FHDY arxiviga kiritilganda, uni kiritgan FHDY organi xodimining lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismi hamda maʼlumotlar kiritilgan sana koʻrsatilishi lozim.
Dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartirishlar kiritilganda, ularning elektron shakliga shu kunning oʻzida yangi yozuvlar kiritiladi.”.
4. 7-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“FHDY organlarida gerbli guvohnomalarning tugab qolishi dalolatnoma yozuvlarini qayd etmaslikka asos boʻlmaydi va dalolatnoma yozuvlari belgilangan tartibda qayd etiladi. Bunda dalolatnoma yozuvining gerbli guvohnoma raqami yoziladigan joyi ochiq qoldiriladi va “Belgilar uchun” ustunida gerbli guvohnoma berilmaganligi haqida yozib qoʻyiladi hamda dalolatnoma yozuvi qayd etilganligi haqida maʼlumotnoma beriladi. Keyinchalik gerbli guvohnoma toʻldirilganida, guvohnoma raqamining yoniga uning berilgan sanasi yozib qoʻyiladi.”.
5. 8-banddagi “(1-ilova)” degan soʻzlar “1, 1a, 1b-ilovalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 12-bandning ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur daftarlar raqamlangan, ip oʻtkazib tikilgan va adliya boshqarmasi rahbari yoki oʻrinbosarlaridan biri tomonidan uning familiyasi, ismi, otasining ismi va sana koʻrsatilgan holda imzolanib, muhrlangan boʻlishi lozim.”.
7. 17-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“FHDY organlarining Adliya boshqarmasidan qabul qilingan gerbli guvohnomalarni kirim qilish daftari raqamlangan, ip oʻtkazib tikilgan va adliya boshqarmasi rahbari yoki oʻrinbosarlaridan biri tomonidan uning familiyasi, ismi, otasining ismi va sana koʻrsatilgan holda imzolanib, muhrlangan boʻlishi lozim. QFYlarning FHDY organidan qabul qilingan gerbli guvohnomalarni kirim qilish daftari raqamlangan, ip oʻtkazib tikilgan va FHDY organi rahbari tomonidan uning familiyasi, ismi, otasining ismi va sana koʻrsatilgan holda imzolanib, muhrlangan boʻlishi lozim.”.
8. 28-bandda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Dalolatnoma yozuviga oʻzgartirish, tuzatish va qoʻshimchalar kiritish, familiya, ism, ota ismini oʻzgartirish, shuningdek dalolatnoma yozuvini tiklash munosabati bilan beriladigan gerbli guvohnomalar ham Takroriy guvohnomalarni sarflash daftariga qayd etiladi.”;
ikkinchi va uchinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin.
9. 29-bandning ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kiritilgan har bir tuzatish shu varaqning pastki qismida izohlanib, FHDY organi rahbari tomonidan imzolanib, muhr bilan tasdiqlanishi zarur.”.
10. 31-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Bunda dalolatnomaning birinchi nusxasi adliya boshqarmasida, ikkinchi nusxasi esa FHDY organida saqlanadi.”.
11. 46-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Ota-onalardan birining shaxsini tasdiqlovchi hujjat boʻlmaganda ota yoki ona haqida maʼlumotlar nikoh tuzilganligi yoki avvalgi bolalarining tugʻilganligi haqidagi guvohnomalari asosida koʻrsatiladi.”.
12. 48-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tugʻruqxonadan tashqari joylarda va tibbiy yordamsiz tugʻilgan bolaning tugʻilishini qayd etish uchastka shifokori (feldsher yoki akusher) tomonidan berilgan tugʻilganlik haqidagi tibbiy maʼlumotnoma asosida amalga oshiriladi.”.
13. 49-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“49. Bolaning tugʻilishini qayd etish uchun yetarli asoslar mavjud boʻlmagan taqdirda, yaʼni tugʻilganlik faktini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmaganda, hujjatlarda jiddiy tafovutlar mavjud boʻlganda va boshqa hollarda bolaning u yoki bu onadan tugʻilganlik faktini qayd etish sudning hal qiluv qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Bola 16 yoshdan oshgan va tugʻilishi qayd etilmagan hollarda ham bolaning u yoki bu onadan tugʻilganlik faktini qayd etish sudning hal qiluv qaroriga asosan amalga oshiriladi.”.
14. 51-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oila kodeksining 60-moddasi 3-qismiga muvofiq agar nikoh tugaganidan keyin uch yuz kun ichida bola tugʻilsa va bu davrda bolaning onasi yangi nikohga kirgan boʻlsa, bola yangi nikohda tugʻilgan hisoblanadi. Bunday hollarda bolaning tugʻilishini qayd etishda sobiq erdan rozilik olinishi talab etilmaydi.”.
15. 52-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tugʻilganlik haqida maʼlumotnoma yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan hollarda maʼlumotnoma takroran berilishi mumkin. Bunda maʼlumotnomaning yuqori oʻng qismida “takroriy” degan soʻz yozib qoʻyiladi.”.
16. 53-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“53. Tugʻilganlik haqidagi tibbiy maʼlumotnoma yoki bolaning u yoki bu onadan tugʻilganlik faktini belgilash haqidagi sudning hal qiluv qarori tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi birinchi nusxasining orqa tomoniga tikiladi va u bilan birga saqlanadi.”.
17. 54-bandning ikkinchi xatboshisi ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda bolani tuqqan onaning shaxsini tasdiqlovchi hujjati yoki tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi bilan birga yashash va oʻqish joyidan rasmi yelimlangan holdagi maʼlumotnomalar taqdim etilishi lozim.”.
18. 55-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“55. Yolgʻiz onaning arizasida ona va otaning familiyasi bir xilda — onaning familiyasi boʻyicha koʻrsatilishi lozim.
Bolaning familiyasi esa onaning familiyasi yoki milliy anʼanalarga koʻra ona tomonidan boboning ismi boʻyicha berilishi mumkin.”.
19. 59-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bolaning tugʻilganligi haqida tibbiy maʼlumotnoma;”.
20. 61-bandning uchinchi xatboshisidagi “yoshi va jinsini tasdiqlovchi” degan soʻzlar “yoshi, jinsi, vazni va boʻyi toʻgʻrisidagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
21. 65-band quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Bunda ariza beruvchi tomonidan sudning hal qiluv qarori va bolaning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi taqdim qilinishi zarur.”.
22. 68-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“68. Tugʻilishni qayd etish bilan bir vaqtda rasmiylashtirilmagan hollarda, otalikni belgilash bolaning tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga oʻzgartirish kiritish qoidalarini qoʻllash orqali amalga oshiriladi.
Agar otalikni belgilash 16 yoshga toʻlgan shaxsga nisbatan amalga oshirilayotgan boʻlsa, u holda ota haqidagi maʼlumotlar oʻzgartirilishi lozim. Bola haqidagi maʼlumotlar familiya, ism va ota ismini oʻzgartirish tartibi va qoidalariga asosan kiritiladi.
Oʻzgartirishlar kiritgan FHDY organi tomonidan bu haqda tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvining ikkinchi nusxasiga tegishli oʻzgartirishlarni kiritish uchun FHDY arxiviga yetti kun ichida Otalik belgilanganligi haqida xabarnoma (22-ilova) yuboriladi.”.
23. 70-banddagi “sudning hal qiluv qaroridan” degan soʻzlar “sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qaroridan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
24. 71-banddagi “sudning hal qiluv qarori” degan soʻzlar “sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
25. 72-bandda:
birinchi xatboshi “xabarnoma” degan soʻzdan keyin “(22a-ilova)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Agar oʻn yoshdan oshmagan bolaning tugʻilgan sanasi sudning hal qiluv qarori asosida bir yildan ortiq boʻlmagan farq bilan oʻzgartirilsa va ushbu sana bolaning tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd qilingan sanadan keyin qilib belgilansa, u holda FHDY organi tomonidan tiklangan dalolatnoma yozuvi qayd etilib, dastlabki dalolatnoma yozuvi bekor qilinadi va yetti kun ichida dalolatnoma yozuvining ikkinchi nusxasi saqlanayotgan FHDY arxiviga uni bekor qilish haqida xabarnoma yuboriladi.”.
26. 76-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“76. Ijrosi taʼminlangan hal qiluv qarori bolaning tugʻilganlik haqidagi dastlabki guvohnomasi bilan birgalikda farzandlikka olish boʻyicha alohida yigʻmajildga tartib bilan tikiladi.”.
27. 79-band “FHDY organi tomonidan” degan soʻzlardan keyin “farzandlikka olinuvchining tugʻilganlik haqidagi yangi guvohnomasi va zarur boʻlganda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
28. 84-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tibbiy koʻrik natijasi boʻyicha nikohlanuvchi shaxslarda yoki ularning birida ruhiy kasallik mavjudligi aniqlansa, FHDY organi ruhiy kasalligi aniqlangan nikohlanuvchi shaxsning yashash joyidagi tuman, shahar tibbiyot birlashmasidan uning ruhiyat buzilishi sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilganligi haqida maʼlumot mavjud yoki mavjud emasligini aniqlashi lozim.”.
29. 93-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“93. Nikohlari qayd etilgan shaxslarning arizalari ularning tibbiy koʻrikdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar va taqdim qilingan hujjatlardan nusxalar bilan birgalikda, qayd etilgan dalolatnoma yozuvi tartibiga qatʼiy amal qilgan holda mazkur hujjatlarning soniga qarab, oylik, choraklik yoki yillik yigʻmajildlarga tikib boriladi. Mazkur yigʻmajildlar muqovasining ichki chap tomonida qayd etilgan nikohlar haqidagi maʼlumotlar (29-ilova) yozib boriladi.”.
30. 94-bandning birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Alohida hollarda, istisno tariqasida (agar ota-onasi va nikohlanuvchi shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining turli hududlarida yoxud uning tashqarisida yashab turgan boʻlsalar) nikohlanuvchi shaxslarning iltimosi va otasi yoki onasining yozma arizasiga koʻra, nikoh tuzilganligi ota-onaning yoki ulardan birining yashash joyidagi FHDY organida qayd etilishi mumkin.”.
31. Quyidagi mazmundagi 951-band bilan toʻldirilsin:
“951. Sudning nikoh haqiqiy emas deb topilganligi toʻgʻrisidagi qonuniy kuchga kirgan qarori asosida FHDY organi nikoh qayd etilganligi haqidagi dalolatnoma yozuviga bu haqda belgi qoʻyadi va dalolatnoma yozuvining ikkinchi nusxasi saqlanayotgan FHDY arxiviga yetti kun ichida xabarnoma (29a-ilova) yuboradi.”.
32. 96-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Er-xotinlarning oʻzaro roziligi asosida, er (xotin) uch yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilinganligi toʻgʻrisida sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi hamda sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki bedarak yoʻqolgan deb topilganligi haqidagi qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorlari asosida er (xotin) tomonidan berilgan arizalar Nikohdan ajralishni qayd etish haqidagi arizalarni roʻyxatga olish daftariga (30-ilova) kirim qilinadi.
Sudlarning 1998-yil 1-sentabrgacha va 2010-yil 15-sentabrdan keyin qabul qilingan nikohdan ajratish haqidagi hal qiluv qarorlari asosida nikohdan ajralishni qayd etish haqidagi arizalar Sudning nikohdan ajratish haqidagi hal qiluv qarori asosida nikohdan ajralishni qayd etish haqidagi arizalarni roʻyxatga olish daftariga (31-ilova) kirim qilinadi.”.
33. Quyidagi mazmundagi 961-band bilan toʻldirilsin:
“961. 1998-yil 1-sentabrdan 2010-yil 15-sentabrgacha boʻlgan davrda qonuniy kuchga kirgan sud qarorlari boʻyicha nikohdan ajratishni qayd etish boʻyicha murojaat kelib tushganda, ushbu harakat yoʻqolgan dalolatnoma yozuvlarini tiklash tartibi va qoidalariga binoan amalga oshiriladi.”.
34. 101-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Dalolatnoma yozuvining toʻldirilmagan qismiga yozuvlar kiritgan FHDY organi tomonidan dalolatnoma yozuvining ikkinchi nusxasiga shunday yozuvlar kiritish uchun tegishli FHDY arxiviga 7 kun ichida xabarnoma (36a-ilova) yuboriladi.”.
35. 102-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“102. Nikohdan ajralishni qayd etish haqidagi arizaning yuqori oʻng burchagiga dalolatnoma yozuvi raqami va sanasi yozib qoʻyiladi.”.
36. 106-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“106. Nikohdan ajralishni sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida qayd etish er yoki xotinning yoxud er yoki xotindan birining ishonchnoma asosida harakat qiluvchi vakilining nikohdan ajralishni qayd etish toʻgʻrisidagi arizasi (38-ilova) asosida amalga oshiriladi. Bunda arizaga sudning hal qiluv qarori ilova qilinadi.
Jazoni ijro etish muassasasida jazoni oʻtayotgan er (xotin)ning ishonchnoma asosida harakat qiluvchi vakilining arizasi asosida nikohdan ajralishni qayd etish jazoni ijro etish muassasasida jazoni oʻtayotgan er (xotin)ning oxirgi yashash joyidagi yoki xotin (er)ning doimiy yashash joyidagi FHDY organi tomonidan qayd qilinadi.
Sudning hal qiluv qarorida nikohgacha boʻlgan familiyani qaytarish masalasi koʻrsatilmagan boʻlsa, ariza beruvchining nikohgacha boʻlgan familiyani qaytarish toʻgʻrisidagi istagi nikohdan ajralish haqidagi arizada koʻrsatilishi lozim.”.
37. 107-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“107. Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki bedarak yoʻqolgan deb topilgan er (xotin) bilan nikohdan ajralishni qayd etish uchun xotin (er) muomalaga layoqatsiz er (xotin) vasiysining yoki bedarak yoʻqolgan er (xotin) mol-mulki boshqaruvchisining manzili, shuningdek nikohdan ajratishda tanlanadigan familiya koʻrsatilgan va sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorining nusxasi ilova qilingan holda shaxs doimiy yashash joyidagi FHDY organiga ariza (39-ilova) bilan murojaat qilishi lozim.”.
38. 108-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“108. Sodir qilgan jinoyati uchun uch yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan er (xotin) bilan nikohdan ajralishni qayd etish uchun xotin (er) mahkum(a)ning jazoni oʻtayotgan joyi, shuningdek nikohdan ajratishda tanlanadigan familiya koʻrsatilgan va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmining nusxasi ilova qilingan holda shaxs doimiy yashash joyidagi FHDY organiga ariza (40-ilova) bilan murojaat qilinishi lozim.”.
39. 109-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“109. Er yoki xotindan birining arizasi asosida nikohdan ajratish haqidagi arizani qabul qilgan FHDY organi mahkum(a)ni, muomalaga layoqatsiz er (xotin) vasiysini yoki bedarak yoʻqolgan er (xotin) mol-mulki boshqaruvchisini xabardor qilish hamda uning roziligini aniqlash uchun shu kunning oʻzida ariza beruvchi tomonidan koʻrsatilgan manzil boʻyicha xabarnoma (41, 41a-ilovalar) yuboradi
Muomalaga layoqatsiz er (xotin) vasiysi yoki bedarak yoʻqolgan er (xotin) mol-mulki boshqaruvchisi tayinlanmaganda, u holda xabarnoma tegishli vasiylik va homiylik organiga yuboriladi.
Xabarnomada bolalari toʻgʻrisida, birgalikdagi umumiy mol-mulkini boʻlish haqida yoki yordamga muhtoj, mehnatga layoqatsiz er(xotin)ga taʼminoti uchun mablagʻ toʻlash haqida nizo mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumotni taqdim etish vaqti koʻrsatiladi.
Xabarnomada belgilangan muddat ichida javob kelmasligi FXDYo organi tomonidan nikohdan ajralishni qayd qilinishiga toʻsqinlik qilmaydi.
Xabarnoma nusxasi ariza bilan birga tikib qoʻyiladi.
Er yoki xotindan birining arizasi asosida nikohdan ajratish FHDY organiga ariza bilan murojaat etgan kundan bir oy oʻtgach, lekin uzogʻi uch oy ichida uning ishtirokida qayd etadi.
Bolalar toʻgʻrisida, birgalikdagi umumiy mol-mulkini boʻlish haqida yoki yordamga muhtoj, mehnatga layoqatsiz er(xotin)ga taʼminoti uchun mablagʻ toʻlash haqida nizo mavjud boʻlgan taqdirda FHDY organi ariza beruvchiga nikohdan ajralishni qayd etish sud tomonidan amalga oshirilishi haqida asoslantirilgan xulosa taqdim etadi.”.
40. 110-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“110. MDH mamlakatlari va chet el davlatlari sudi tomonidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi bilan nikohdan ajratish (qaror qachon chiqqanidan qatʼi nazar) agar davlatlararo bitimda boshqa hol nazarda tutilmagan boʻlsa, ariza beruvchining turar joyidagi FHDY organida qayd etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasida qayd etilgan nikohdan chet el davlatining vakolatli organi qarori asosida ajrashgan shaxslar nikohdan ajratilganligini tasdiqlovchi hujjati (guvohnoma, maʼlumotnoma, sertifikat va h.k.)ning legalizatsiya qilingan yoki apostil qoʻyilgan kseronusxasi uning tarjimasi bilan birga, nikoh tuzilganligi qayd etilgan FHDY organiga taqdim etishi lozim. Bunda FHDY organi tomonidan nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma yozuviga tegishli yozuv kiritiladi, murojaat qilgan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatiga nikohdan ajratilganligi haqida belgi qoʻyiladi hamda unga bu haqda maʼlumotnoma beriladi.”.
41. 111-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Er (xotin) Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalari roʻyxatining 5-bandiga muvofiq Toshkent shahrida yoki Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinganidan soʻng bir yil ichida nikohdan ajrashgan taqdirda FHDY organi tomonidan er (xotin) Toshkent shahrida yoki Toshkent viloyatida doimiy propiskaga olingan joydagi tegishli ichki ishlar organiga bu haqda yetti kun ichida xabarnoma (42a-ilova) yuboriladi.”
42. 113-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“113. Oʻlimni qayd etish uchun FHDY organiga oʻn olti yoshgacha boʻlgan vafot etgan shaxsning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi, oʻn olti yoshdan oshgan vafot etgan shaxsning esa shaxsini va harbiy xizmatga aloqadorligini tasdiqlovchi hujjatlari taqdim etiladi. Hujjatlar taqdim etilmagan hollarda oʻlimni qayd etish rad etilmaydi. Bunda dalolatnoma yozuvining “Belgilar uchun” ustuniga shaxsni va (yoki) harbiy xizmatga aloqadorligini tasdiqlovchi hujjat (lar) topshirilmaganligi va dalolatnoma yozuvining oʻlim haqida tibbiy guvohnomaga yoki sudning shaxsni vafot etgan deb eʼlon qilish haqidagi hal qiluv qaroriga asosan qayd etilganligi yozib qoʻyiladi.”.
43. 115-band quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Bunda FHDY organi vafot etgan shaxsning oʻlim sodir boʻlgan joydagi tegishli FHDY organidan unga nisbatan oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd etilmaganligini aniqlash lozim.”.
44. 118-banddagi “bandning birinchi xatboshisida” degan soʻzlar “Yoʻriqnomaning 117-bandida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
45. 119-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari (pasport, Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi) va harbiy xizmatga aloqadorlikni tasdiqlovchi hujjatlari topshirilmagan vafot etgan shaxslarning oʻlimi haqidagi maʼlumotlar ham tegishli roʻyxatlar (44a, 45a-ilovalar) asosida ichki ishlar va mudofaa ishlari organlariga topshiriladi.
Fuqarolar yigʻinlari tomonidan vafot etgan shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari (pasport, Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi) va harbiy xizmatga aloqadorlikni tasdiqlovchi hujjatlari har oyda oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvlarining ikkala nusxasi va hisobotlar bilan birga FHDY organlariga topshiriladi.”.
46. 120 va 121-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“120. Vafot etgan shaxslarning roʻyxatlari hamda hujjatlari ichki ishlar va mudofaa ishlari organlariga topshirilganda, roʻyxatlarning ikkinchi nusxasida qabul qilingan sana va qabul qilgan xodimning lavozimi, familiyasi, ismi va imzosi koʻrsatiladi.”.
121. Shaxsning oʻlimi uning doimiy yashash joyi boʻyicha emas, balki vafot etgan joyi boʻyicha qayd etilganda, uning pasporti va harbiy xizmatga aloqadorlikni tasdiqlovchi hujjati oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvini qayd etgan FHDY organi joylashgan hududdagi ichki ishlar va mudofaa ishlari organlariga yuboriladi.”.
47. 123-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“123. FHDY organi tomonidan oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd etilganidan soʻng, vafot etgan shaxsning tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvining “Belgilar uchun” ustuniga uning vafot etganligi haqida yozuv kiritiladi. Agar vafot etgan shaxsning tugʻilishi Oʻzbekiston Respublikasi doirasida boshqa FHDY organi tomonidan qayd etilgan boʻlsa, bu haqda oʻlimni qayd etgan FHDY organi tomonidan tugʻilishni qayd etgan FHDY organiga xabarnoma (45b-ilova) yuboriladi.
Agar vafot etgan shaxsning tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini qayd etgan FHDY organi haqida yetarlicha maʼlumotlar mavjud boʻlmasa, unda xabarnoma uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatida koʻrsatilgan tugʻilgan joyi boʻyicha tegishli FHDY arxiviga yuboriladi.
FHDY arxivi tomonidan tegishli alfavit daftarlari boʻyicha tekshiruv oʻtkazilib, tugʻilganlik haqida dalolatnoma yozuvi mavjudligi aniqlansa, dalolatnoma yozuvining ikkinchi nusxasiga yozuv kiritiladi va dalolatnoma yozuvining birinchi nusxasi saqlanayotgan FHDY organiga xabarnoma yuboriladi. Dalolatnoma yozuvi mavjud boʻlmaganda oʻlim haqida alfavit daftariga bu haqda maʼlumot kiritiladi.”.
48. 127-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“127. Oʻn olti yoshga toʻlmagan bolaning tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga oʻzgartirish, tuzatish va qoʻshimchalar kiritish ota-onasining birgalikdagi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning arizasi (48-ilova) asosida amalga oshiriladi.
Oʻn yoshga toʻlgan bolaning ismi yoki familiyasini oʻzgartirishga faqat uning roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi. Bunda bolaning roziligi ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan berilgan arizada uning shaxsiy imzosi bilan ifodalanadi.
Bola oʻn olti yoshga toʻlishi bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjatini olgunga qadar, tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvida xatolarni tuzatish yoki ismiga qoʻshimcha kiritish, bolaning arizasi, yashash joyidan rasmi yelimlangan holdagi maʼlumotnoma va tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi asosida amalga oshiriladi.
Masalan, imloviy xato bilan yozilgan “Adil” degan ismni “Odil”ga oʻzgartirib tuzatish kiritish yoki “Azim” degan ismga “-bek” qoʻshimchasini kiritib, “Azimbek”ka yoxud otasining millatini “oʻzbek”dan “turkman”ga oʻzgartirish kabi.”.
49. 128-band “kiritishni” degan soʻzdan keyin “yoki shu kabi qoʻshimchalarni olib tashlashni” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
50. 133-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“133. FHDY organi tomonidan ariza 15 kun ichida koʻrib chiqilishi lozim, uzrli sabablar mavjud boʻlganda (oʻzgartirish kiritilishiga asos boʻlgan dalolatnoma yozuvlaridan nusxalar mavjud emasligi va boshqalarda) arizani koʻrib chiqish muddati FHDY organi mudiri tomonidan bir oygacha uzaytirilishi mumkin.
Dalolatnoma yozuviga oʻzgartirish, tuzatish va qoʻshimchalar kiritishga yetarli asoslar mavjud boʻlganda, tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi va ariza beruvchiga yangi guvohnoma rasmiylashtirib beriladi.
Dalolatnoma yozuviga oʻzgartirish, tuzatish va qoʻshimchalar kiritish sababli beriladigan yangi guvohnomaga “takroriy” deb belgi qoʻyilmaydi.”.
51. 135-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“135. Dalolatnoma yozuviga oʻzgartirish, tuzatish va qoʻshimchalar kiritish uchun asos boʻlgan holatlar haqida dalolatnoma yozuvining “Belgilar uchun” ustunida qisqa va aniq izoh yozilib, FHDY organi masʼul xodimining familiyasi koʻrsatilib, imzolanishi va gerbli muhr bilan tasdiqlanishi zarur.
Masalan, 16.11.2016-yildagi 125-son arizaga asosan bola va onaning familiyalariga tuzatish kiritildi.”.
52. 137-banddagi “shu kunning oʻzida” degan soʻzlar “uch kun ichida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
53. 139-band “yozuviga” degan soʻzdan keyin “uning familiya, ismi va ota ismi hamda tugʻilgan sanasi va joyi haqidagi yozuvlarga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
54. Quyidagi mazmundagi 1431-band bilan toʻldirilsin:
“1431. Dalolatnoma yozuviga oʻzgartirish, tuzatish va qoʻshimchalar kiritish uchun yetarli asoslar mavjud boʻlmagan yoki manfaatdor shaxslar oʻrtasida nizo mavjud boʻlgan hollarda FHDY organi tomonidan Dalolatnoma yozuviga oʻzgartirish, tuzatish va qoʻshimchalar kiritishni rad etish toʻgʻrisida xulosa (52a-ilova) tuziladi va murojaat qiluvchiga beriladi.”.
55. 148-banddagi “nikoh tuzilganligi yoki nikohdan ajralganlik, voyaga yetmagan” degan soʻzlar “tugʻilganlik, nikoh tuzilganligi yoki nikohdan ajralganlik, 16 yoshga toʻlmagan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
56. 149-band ikkinchi xatboshidagi “shu kunning oʻzida” degan soʻzlar “uch kun ichida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
57. 151-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“151. Shaxsning familiya, ism va ota ismini oʻzgartirish haqida arizasini qabul qilgan FHDY organi tomonidan ariza beruvchiga yangi guvohnoma berilganidan soʻng ichki ishlar va mudofaa ishlari organlariga yetti kun ichida xabarnoma (59-60-ilovalar) yuboriladi.
Bunda yangi guvohnoma berilayotganda familiya, ism va ota ismi oʻzgartirilgan shaxsning pasportiga uni almashtirish lozimligi haqida belgi qoʻyiladi. Agar ariza beruvchi nikohda turgan boʻlsa, boshqa er (xotin)ning pasportidagi oilaviy ahvoli haqida qoʻyilgan belgi ham tekshirilishi, zaruratga koʻra oʻzgartirilishi lozim.
Familiya, ism, ota ismini oʻzgartirganlik sababli berilgan yangi guvohnomaning seriyasi, raqami va berilgan sanasi familiya, ism, ota ismini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi xulosaga yozib qoʻyiladi.”.
58. 154-bandda:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvini tiklash sudning hal qiluv qaroriga asosan amalga oshiriladi.”;
toʻrtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin.
59. 155-banddagi “141, 146 va 147” degan soʻzlar “139, 143 va 144” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
60. 156-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“FHDY organi zaruratga qarab FHDY organlari va boshqa tegishli tashkilotlardan dalolatnoma yozuvini tiklashga asos boʻluvchi hujjatlardan nusxalar va maʼlumotlar soʻrab olishi mumkin.
Arizani qabul qilgan FHDY organi ilgari mavjud boʻlgan dalolatnoma yozuvining yoʻqolganligi sabablariga aniqlik kiritishi lozim.”.
61. Quyidagi mazmundagi 1611-band bilan toʻldirilsin:
“1611. FHDY organi tomonidan 1998-yil 1-sentabrdan 2010-yil 15-sentabrgacha boʻlgan davrda qonuniy kuchga kirgan sud qarorlari boʻyicha nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi tiklanganda, nikohdan ajralganlik haqidagi gerbli guvohnomaning “Bu haqda ________ yil _______ oyining ______ kunida ______________ -son bilan dalolatnoma yozuvi qayd etildi” ustunida qonuniy kuchga kirgan sud qarorining sanasi, qavs ichida esa tiklangan dalolatnoma yozuvining raqami va sanasi yozib qoʻyiladi.”.
62. 162-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Dalolatnoma yozuvlarini tiklash uchun yetarli asoslar boʻlmasa, FHDY organi tomonidan tiklashni rad qilish haqida xulosa (64a-ilova) tuziladi, xulosada rad qilish sabablari aniq koʻrsatiladi va ariza beruvchiga sudga murojaat qilish huquqiga ega ekanligi tushuntiriladi.”.
63. Quyidagi mazmundagi 1631-band bilan toʻldirilsin:
“1631. Konsul tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining chet elda yashovchi fuqarolaridan qabul qilingan dalolatnoma yozuvlarini tiklash haqidagi arizalar ariza beruvchilarning Oʻzbekiston Respublikasidagi oxirgi yashash joyidagi FHDY organi tomonidan koʻrib chiqiladi.
FHDY organi tomonidan kelib tushgan ariza Dalolatnoma yozuvlarini tiklash haqidagi arizalarni roʻyxatga olish daftariga kirim qilinadi.
Dalolatnoma yozuvlarini tiklash uchun asos boʻlgan barcha holatlar FHDY organi tomonidan aniqlangandan keyingina tiklash amalga oshirilib, yangi guvohnoma rasmiylashtiriladi va belgilangan tartibda konsullik muassasasiga yuboriladi.”.
64. 164-banddagi “dalolatnoma yozuvlari” degan soʻzlar “guvohnomalari yoki maʼlumotnomalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
65. 166-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“166. FHDY organi tomonidan manfaatdor shaxslarning arizalariga koʻra va qayd etilgan dalolatnoma yozuvlari asosida takroriy guvohnoma va maʼlumotnomalar beriladi.
Takroriy guvohnomaga dalolatnoma yozuvida mavjud boʻlgan maʼlumotlar oʻzgarishsiz koʻchiriladi va guvohnomaning ichki qismi oʻng tomonining yuqori qismiga “takroriy” deb belgi qoʻyiladi.
Dalolatnoma yozuvlaridan nusxalar (koʻchirmalar) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlari, ish yurituvida mavjud boʻlgan ishlar munosabati bilan notariuslar, shuningdek FHDY organlari va Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining soʻroviga koʻra beriladi (yuboriladi).”.
66. 167-banddagi “dalolatnoma yozuvidan nusxalar” degan soʻzlar “maʼlumotnomalar” degan soʻz bilan almashtirilsin.
67. 169-bandning ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Zarur hollarda, vafot etgan shaxsning yaqin qarindoshlari va merosxoʻrlariga tugʻilganlik haqidagi maʼlumotnoma beriladi.”.
68. 170-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“170. Nikoh qayd etilganligi hamda nikohdan ajralganlik haqidagi takroriy guvohnoma yoki maʼlumotnoma dalolatnoma yozuvi qayd etilgan tegishli shaxslarning oʻzlariga yoki qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan ishonchnoma orqali boshqa shaxslarga ularning arizasi (68-ilova) asosida beriladi.
Nikohdan ajratilganda nikoh tuzilganligi haqida takroriy guvohnoma berilmaydi. Bunday hollarda nikoh tuzilganligi haqidagi maʼlumotnoma berilishi mumkin.
Zarur hollarda, nikohlangan yoki ajrashgan shaxslarning ota-onalari va farzandlariga ularning arizasi asosida nikoh tuzilganligi yoki nikohdan ajralganlik qayd etilganligi haqida maʼlumotnoma beriladi.”.
69. 172-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“172. Oʻlim haqidagi takroriy guvohnomalar yoki maʼlumotnoma marhumning yaqin qarindoshlariga va merosxoʻrlariga yoki qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan ishonchnoma orqali boshqa shaxslarga ularning arizasi (69-ilova) asosida beriladi.”.
70. 173-banddagi “dalolatnoma yozuvidan nusxa” degan soʻzlar “maʼlumotnoma” degan soʻz bilan almashtirilsin.
71. 175-banddagi “dalolatnoma yozuvi berish” haqidagi soʻzlar “maʼlumotnoma berish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
72. 176-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“176. Dalolatnoma yozuvlaridan nusxa yoki ulardan koʻchirmalar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, yurituvida mavjud boʻlgan ishlar munosabati bilan notariuslar, shuningdek FHDY organlari va Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining soʻrovlariga koʻra berilishi (yuborilishi) mumkin.
Dalolatnoma yozuvidagi barcha maʼlumotlar dalolatnoma yozuvidan nusxaga (koʻchirmaga) oʻzgarishsiz koʻchiriladi va uning orqa tarafi pastki qismiga asliga toʻgʻriligini koʻrsatuvchi belgi qoʻyilib, FHDY organi rahbarining imzosi va gerbli muhr bilan tasdiqlanadi hamda koʻchirilgan sana yozib qoʻyiladi.
Fuqarolarga dalolatnoma yozuvlaridan nusxalar berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Shuningdek, begona shaxslarga fuqarolik holati dalolatnomalari qayd etilganligi va ularga kiritilgan oʻzgartirish, tuzatish va qoʻshimchalar kiritilganigi haqida maʼlumot berish taqiqlanadi.”.
73. 184-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzgartirish kiritilishi lozim boʻlgan dalolatnoma yozuvi tegishli hududiy statistika boshqarmasidan kelib tushmagan taqdirda, oʻzgartirish kiritish haqidagi xabarnoma tegishli dalolatnoma yozuvi kelib tushgunga qadar yigʻmajildda saqlanishi lozim.”.
74. Quyidagi mazmundagi XI1 bob bilan toʻldirilsin:
“XI1 bob. Hujjatlar yigʻmajildlari nomenklaturasini tuzish va yigʻmajildlarni shakllantirish
1851. Hujjatlar yigʻmajildlari nomenklaturasi fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd qilish va ular bilan bogʻliq boʻlgan boshqa harakatlardan tashkil topgan hujjatlardan shakllantiriladi.
1852. Hujjatlar yigʻmajildlari nomenklaturasi FHDY organining nomi koʻrsatilgan holda adliya boshqarmasi rahbari yoki oʻrinbosarlaridan biri tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatlar yigʻmajildlari nomenklaturasi bir kalendar yil davomida amalda boʻladi va har yili yangidan tasdiqlanadi. Hujjatlar yigʻmajildlari nomenklaturasi ikki nusxada tuziladi. Birinchi nusxa adliya boshqarmasida, ikkinchi nusxasi esa FHDY organida saqlanadi.
1853. Yigʻmajildlar quyidagicha shakllantirilishi va yuritilishi zarur:
yigʻmajildlarga koʻrib chiqilgan va natijasiga koʻra ijro etilgan yoki rad qilingan hujjatlarni joylashtirish;
bitta masalaning hal qilinishiga taalluqli barcha hujjatlarni ularning ilovalari bilan birgalikda joylashtirish;
yigʻmajildlarda bir kalendar yilga oid hujjatlarni guruhlash;
yigʻmajild varaqlarining jami 250 varaqdan oshmasligini taʼminlash, agar ortsa, mazkur yigʻmajildning navbatdagi jildini yuritish.
1854. Yigʻmajild oxirida alohida toza varaq tikilgan varaqlar soni yoziladi. Ushbu varaqqa FHDY organi mudiri tomonidan imzolanadi hamda muhr bilan tasdiqlanadi.
Yigʻmajild muqovasidagi sana hujjatlar yigʻmajildini yuritish boshlangan va tugallangan kun, oy va yilga muvofiq kelishi kerak.
1855. FHDY organlari faoliyatiga oid hujjatlarning saqlash muddatlari tugaganda, ular adliya boshqarmasining doimiy faoliyat olib boruvchi ekspert komissiyasi ishtirokida dalolatnoma asosida yoʻq qilinadi.
Dalolatnoma ekspert komissiyasi aʼzolari va FHDY organi rahbari tomonidan imzolanadi hamda unga FHDY organining gerbli muhri qoʻyiladi.”.
75. 1, 10, 19, 26, 30, 32, 38 — 43, 49, 56, 58 va 72-ilovalar mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
76. Yoʻriqnoma mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 2-ilovasiga muvofiq tahrirda tegishlicha 1a, 1b, 22a, 29a, 36a, 41a, 42a, 44a, 45a, 45b, 52a va 64a-ilovalar bilan toʻldirilsin.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 1-ILOVA
“Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 1-ILOVA
FHDY boʻlimlarida yuritilishi lozim boʻlgan hujjatlar
NOMENKLATURASI
I. Tugʻilishni qayd etish boʻyicha
I/1. Gerbli guvohnomalarni sarflash daftari.
I/2. Alfavit daftari.
I/3. Yolgʻiz onalarning arizalarini roʻyxatga olish daftari va hujjatlar yigʻmajildi.
I/4. Otalikni belgilash boʻyicha arizalarni roʻyxatga olish daftari va hujjatlar yigʻmajildi.
I/5. Farzandlikka olish boʻyicha sudning hal qiluv qarorlarini roʻyxatga olish daftari va hujjatlar yigʻmajildi.
I/6. Tugʻilishni muddatini oʻtkazib qayd etish bilan bogʻliq hujjatlarni roʻyxatga olish daftari (16 yoshgacha) va hujjatlar yigʻmajildi.
I/7. Topib olingan (tashlab ketilgan) hujjatlarni roʻyxatga olish daftari va hujjatlar yigʻmajildi.
II. Nikoh tuzilganligini qayd etish boʻyicha
II/1. Gerbli guvohnomalarni sarflash daftari.
II/2. Alfavit daftari.
II/3. Nikohni qayd etish haqidagi arizalarni roʻyxatga olish daftari va hujjatlar yigʻmajildi.
II/4. Qayd etilgan nikohlar boʻyicha arizalar yigʻmajildi.
II/5. Muddatida qayd etilmagan arizalar yigʻmajildi.
II/6. Muddatida yoʻqlanmagan arizalarni yoʻq qilish dalolatnomalari yigʻmajildi.
II/7. Sudning nikoh haqiqiy emas deb topilganligi toʻgʻrisidagi ijro qilingan qarorlar yigʻmajildi.
III. Nikohdan ajralishni qayd etish boʻyicha
III/1. Gerbli guvohnomalarni sarflash daftari.
III/2. Alfavit daftari.
III/3. Er-xotinning nikohdan ajralish haqidagi birgalikdagi yoki ulardan birining arizalarini roʻyxatga olish daftari va hujjatlar yigʻmajildi.
III/4. Dastlabki dalolatnoma yozuvini qayd etish boʻyicha sud qarorlarini ijro etish yuzasidan berilgan arizalarni roʻyxatga olish daftari.
III/5. Dastlabki dalolatnoma yozuvlari boʻyicha hujjatlar yigʻmajildi.
III/6. Dastlabki dalolatnoma yozuvlariga qoʻshimchalar kiritish haqidagi arizalarni roʻyxatga olish daftari va hujjatlar yigʻmajildi.
III/7. Muddatida qayd etilmagan arizalar yigʻmajildi.
III/8. Muddatida yoʻqlanmagan arizalarni yoʻq qilish dalolatnomalari yigʻmajildi.
III/9. Qayd etilgan nikoh tuzilganligi haqida dalolatnoma yozuviga chet el davlatining vakolatli organi tomonidan nikohdan ajratilganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida belgi qoʻyish haqida ariza hujjatlari yigʻmajildi.
IV. Oʻlimni qayd etish boʻyicha
IV/1. Gerbli guvohnomalarni sarflash daftari.
IV/2. Alfavit daftari.
IV/3. Vafot etganlarning roʻyxatlari:
a) ichki ishlar organiga (44 va 44-a-ilovalar);
b) mudofaa ishlari organiga (45 va 45-a-ilovalar);
v) budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga.
IV/4. 16 yoshgacha vafot etganlarning tugʻilganlik haqidagi guvohnomalari.
IV/5. 16 yoshgacha vafot etganlarning tugʻilganlik haqida guvohnomalarini yoʻq qilish dalolatnomalari.
IV/6. Muddatini oʻtkazib oʻlimni qayd etish boʻyicha hujjatlar yigʻmajildi.
IV/7. Oʻlim qayd etilgan shaxsi aniqlanmaganlarning tanib olish haqidagi hujjatlar yigʻmajildi.
V. Dalolatnoma yozuviga oʻzgartirish, tuzatish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha
V/1. Dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartirish, tuzatish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi arizalarni roʻyxatga olish daftari va hujjatlar yigʻmajildi.
V/2. Dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartirish, tuzatish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi xulosalar yigʻmajildi.
VI. Familiya, ism va ota ismini oʻzgartirish boʻyicha
VI/1. Familiya, ism va ota ismini oʻzgartirish haqidagi arizalarni roʻyxatga olish daftari.
VI/2. Familiya, ism va ota ismini oʻzgartirish haqidagi qanoatlantirilgan arizalar hujjatlar yigʻmajildlari.
VI/3. Familiya, ism va ota ismini oʻzgartirish haqidagi rad etilgan arizalar hujjatlar yigʻmajildlari.
VII. Dalolatnoma yozuvini tiklash
VII/1. Dalolatnoma yozuvini tiklash haqidagi arizalarni roʻyxatga olish daftari.
VII/2. Dalolatnoma yozuvini tiklash haqidagi qanoatlantirilgan arizalar hujjatlar yigʻmajildlari.
VII/3. Dalolatnoma yozuvini tiklash haqidagi rad etilgan arizalar hujjatlar yigʻmajildlari.
VIII. Arxiv boʻyicha
VIII/1. Arxiv fondi.
VIII/2. Adliya boshqarmasidan qabul qilingan gerbli guvohnomalarni kirim qilish va tarqatish daftari (QFYning FHDY organidan qabul qilingan gerbli guvohnomalarni kirim qilish va sarflash daftarlari).
VIII/3. Xat, xabarnoma va arizalarni roʻyxatga olish daftari va hujjatlar yigʻmajildi (kirim daftari).
VIII/4. FHDY organidan joʻnatilayotgan xatlarni roʻyxatga olish daftari va hujjatlar yigʻmajildi (chiqish daftari).
VIII/5. Tugʻilganlik haqida takroriy guvohnoma soʻralgan arizalarni roʻyxatga olish daftari va hujjatlar yigʻmajildi.
VIII/6. Nikoh tuzilganligi haqida takroriy guvohnoma soʻralgan arizalarni roʻyxatga olish daftari va hujjatlar yigʻmajildi.
VIII/7. Nikohdan ajralganlik haqida takroriy guvohnoma soʻralgan arizalarni roʻyxatga olish daftari va hujjatlar yigʻmajildi.
VIII/8. Oʻlim haqida takroriy guvohnoma soʻralgan arizalarni roʻyxatga olish daftari va hujjatlar yigʻmajildi.
VIII/9. “Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar toʻgʻrisida”gi konvensiya (1993-yil 22-yanvar, Minsk sh.) boʻyicha kelgan hujjatlar va ularning ijrosiga oid yigʻmajild va roʻyxatga olish daftari.
VIII/10. Boshqa FHDY organlaridan kelgan gerbli guvohnomalar va maʼlumotnomalar uchun alfavit daftari.
VIII/11. Arxivda saqlash muddati oʻtgan hujjatlarni yoʻq qilish dalolatnomalari yigʻmajildi.
VIII/12. Qonun hujjatlari va adabiyotlarni roʻyxatga olish daftari.
IX. FHDY organi hisobotlari boʻyicha
IX/1. 97-shakl boʻyicha hisobotlar yigʻmajildi.
IX/2. 12 (A, B)-shakl boʻyicha hisobotlar yigʻmajildi.
IX/3. 1-shakl boʻyicha hisobotlar yigʻmajildi.
IX/4. Moliyaviy hisobotlar (davlat boji, gerb yigʻimi va pullik xizmat) yigʻmajildi.
IX/5. FHDY organida oʻtkazilgan tekshirishlar natijalari yigʻmajildi.
X. Ish rejalar, topshiriqlar va ularning ijrosi boʻyicha
X/1. Ish rejalar (yarim yillik, yillik) va u boʻyicha bajarilgan ishlarning maʼlumotnomalari yigʻmajildi.
X/2. FHDY sohasiga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlar.
X/3. Adliya vazirligi va adliya boshqarmasidan kelgan topshiriq va koʻrsatmalar.
X/4. Qishloq fuqarolar yigʻinlari bilan olib borilgan ishlar.
X/5. FHDY organi xodimlarining ish taqsimoti va mansab yoʻriqnomalari.
X/6. FHDY organining moddiy-texnik bazasiga oid maʼlumotlar.
X/7. Topshirish-qabul qilish dalolatnomalari.
X/8. Viloyat (shahar) FHDY arxivlariga topshirilgan alfavit daftarlarining roʻyxati.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 10-ILOVA
NAMUNA Boshqa FHDY organlaridan kelgan gerbli guvohnomalar uchun alfavit DAFTARI Roʻyxatga olingan sana Guvohnomadagi familiya, ism va ota ismi Guvohnoma nomi, seriyasi, raqami, d/yo raqami va sanasi Qayerdan kelgan 21.01.2013-y. …….. Aminova Gavhar Salixovna tugʻilganlik haqida I-SM 0677983 d/yo 234, 12.04.2005-y. Samarqand tuman FHDY boʻlimi 15.05.2016-y. Abdullayev Bahodir Oʻktam oʻgʻli nikohdan ajralganlik haqida I-QQ 0009160 d/yo 67, 14.01.2009-y. Ellikqalʼa tuman FHDY boʻlimi 29.01.2013-y. Badalov Davlat Ismatovich Badalova Noila Nishon qizi nikoh tuzilganligi haqida I-AA 0000765 d/yo 658, 08.09.1994-y. Namangan tuman FHDY boʻlimi 14.02.2013-y. Davurova Ekaterina Igorevna oʻlim haqida I-AA 0008000 d/yo 987, 08.11.1970-y. RF, Moskva shahar FHDY arxivi
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 19-ILOVA
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 26-ILOVA
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 30-ILOVA
NAMUNA Nikohdan ajralishni qayd etish haqidagi arizalarni roʻyxatga olish DAFTARI T/r Ariza berilgan sana Ariza beruvchilarning familiyasi, ismi, ota ismi Nikohdan ajratish tayinlangan kun Qayd etilganligi haqida belgi Izoh 1. 2. 3. 4. ..... 19. 06.01. 12.02. 15.03. 28.03. 17.08. Mannopov E.S. Mannopova M.D. Hakimov D.E. Mirzajonova B.V. Tolmasov V.Sh. Tolmasova Sh.N. Avvalov N.R. Islomova S.K Abrorov H.N. Nuritdinova B.R. 07.04.2017-y. 13.03.2017-y. 16.04.2017-y. 29.06.2017-y. 18.09.2017-y. d/yo 59 — 07.04.2017-y. d/yo 48 — 21.03.2017-y. d/yo 78– 02.05.2017-y. d/yo 118– 27.09.2017-y. Hukm asosida Bedarak yoʻqolgan b-n 10-sonli yoʻq qilish dalolatnomasi 02.10.2017-y. muomalaga layoqatsiz b-n
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 32-ILOVA
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 38-ILOVA
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 39-ILOVA
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 40-ILOVA
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 41-ILOVA
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 42-ILOVA
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 43-ILOVA
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 49-ILOVA
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 56-ILOVA
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 58-ILOVA
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 72-ILOVA
FHDY organlari faoliyatiga oid hujjatlarni saqlash MUDDATLARI T/r Hujjatlarning nomi Saqlash muddati 1. a) Dalolatnoma yozuvlarining barcha turlari, tugʻilganlik haqida tibbiy maʼlumotnomalar va oʻlim haqida tibbiy guvohnomalar; 75 yil b) Gerbli guvohnomalarni kirim qilish daftarlari; v) Gerbli guvohnomalarni sarflash daftarlari; g) Alfavit daftarlari; d) Arxiv fondi daftari. 2. a) Farzandlikka olish boʻyicha sudning hal qiluv qarorlari va tugʻilganlik haqida guvohnomalar; 50 yil b) Otalikni belgilash haqida arizalar va sudning bu haqdagi qarorlari; v) Farzandlikka olish va otalikni belgilashni bekor qilish haqida sud qarorlari; g) Topib olingan (tashlab ketilgan) bolalar hujjatlari. 3. a) 1, 22, 97-shakl hisobotlari; taftish dalolatnomalari; 20 yil b) Buzilgan guvohnomalarni yoʻq qilish haqida dalolatnomalar; v) Familiya, ism, ota ismini oʻzgartirish boʻyicha yigʻmajildlar, dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartirish, tuzatish va qoʻshimchalar kiritish, dalolatnoma yozuvlarini tiklash haqida yigʻmajildlar; g) Nikohdan ajratish haqida ariza hujjatlar yigʻmajildlari. 4. a) Nikohni haqiqiy emas deb topish haqida sud qarorlari; 10 yil b) Nikohni qayd etish haqidagi arizalar; v) Yolgʻiz onalar arizalari, takroriy guvohnomalar berish haqida arizalar va mazkur arizalarni roʻyxatga olish daftarlari. 5. Aloqa xatlari, soʻrovnomalar, xabarnomalar. 5 yil 6. Nikohni qayd etish haqidagi vaqtida qayd etilmagan arizalar. 4 oy 7. Nikohdan ajralishni qayd etish haqidagi vaqtida qayd etilmagan arizalar. 6 oy ”.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 2-ILOVA
“Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 1a-ILOVA
Nikoh uylarida yuritilishi lozim boʻlgan hujjatlar
NOMENKLATURASI
I. Nikoh tuzilganligini qayd etish boʻyicha
I/1. Gerbli guvohnomalarni sarflash daftari.
I/2. Alfavit daftari.
I/3. Nikohni qayd etish haqidagi arizalarni roʻyxatga olish daftari va hujjatlar yigʻmajildi.
I/4. Qayd etilgan nikohlar boʻyicha arizalar yigʻmajildi.
I/5. Muddatida qayd etilmagan arizalar yigʻmajildi.
I/6. Muddatida yoʻqlanmagan arizalarni yoʻq qilish dalolatnomalari yigʻmajildi.
I/7. Sudning nikoh haqiqiy emas deb topilganligi toʻgʻrisidagi ijro qilingan qarorlar yigʻmajildi.
II. Dalolatnoma yozuviga oʻzgartirish, tuzatish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha
II/1. Dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartirish, tuzatish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi arizalarni roʻyxatga olish daftari va hujjatlar yigʻmajildi.
II/2. Dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartirish, tuzatish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi xulosalar yigʻmajildi.
III. Nikohdan ajralish haqida belgi kiritish boʻyicha
III. Qayd etilgan nikoh tuzilganligi haqida dalolatnoma yozuviga chet el davlatining vakolatli organi tomonidan nikohdan ajratilganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida belgi qoʻyish haqida ariza hujjatlari yigʻmajildi.
IV. Arxiv boʻyicha
IV/1. Arxiv fondi.
IV/2. Adliya boshqarmasidan qabul qilingan gerbli guvohnomalarni kirim qilish va tarqatish daftari.
IV/3. Xat, xabarnoma va arizalarni roʻyxatga olish daftari va hujjatlar yigʻmajildi (kirim daftari).
IV/4. Nikoh uyidan joʻnatilayotgan xatlarni roʻyxatga olish daftari va hujjatlar yigʻmajildi (chiqish daftari).
IV/5. Nikoh tuzilganligi haqida takroriy guvohnoma soʻralgan arizalarni roʻyxatga olish daftari va hujjatlar yigʻmajildi.
IV/6. “Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar toʻgʻrisida”gi konvensiya (1993-yil 22-yanvar, Minsk sh.) boʻyicha kelgan hujjatlar va ularning ijrosiga oid yigʻmajild va roʻyxatga olish daftari.
IV/7. Arxivda saqlash muddati oʻtgan hujjatlarni yoʻq qilish dalolatnomalari yigʻmajildi.
IV/8. Qonun hujjatlari va adabiyotlarni roʻyxatga olish daftari.
V. Nikoh uyi hisobotlari boʻyicha
V/1. 97-shakl boʻyicha hisobotlar yigʻmajildi.
V/2. 12 (A, B)-shakl boʻyicha hisobotlar yigʻmajildi.
V/3. 1-shakl boʻyicha hisobotlar yigʻmajildi.
V/4. Moliyaviy hisobotlar (davlat boji, gerb yigʻimi va pullik xizmat) yigʻmajildi.
V/5. Nikoh uyida oʻtkazilgan tekshirishlar natijalari yigʻmajildi.
VI. Ish rejalar, topshiriqlar va ularning ijrosi boʻyicha
VI/1. Ish rejalar (yarim yillik, yillik) va u boʻyicha bajarilgan ishlarning maʼlumotnomalari yigʻmajildi.
VI/2. FHDY sohasiga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlar.
VI/3. Adliya vazirligi va adliya boshqarmasidan kelgan topshiriq va koʻrsatmalar.
VI/4. Nikoh uyi xodimlarining ish taqsimoti va mansab yoʻriqnomalari.
VI/5. Nikoh uyining moddiy-texnik bazasiga oid maʼlumotlar.
VI/6. Topshirish-qabul qilish dalolatnomalari.
VI/7. Viloyat (shahar) FHDY arxivlariga topshirilgan alfavit daftarlarining roʻyxati.
VI/8. Saqlash muddati tugagan hujjatlarni yoʻq qilish haqidagi dalolatnomalar yigʻmajildi.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 1b-ILOVA
FHDY arxivlarida yuritilishi lozim boʻlgan hujjatlar
NOMENKLATURASI
I. Tugʻilishni qayd etish boʻyicha
I/1. Gerbli guvohnomalarni sarflash daftari.
I/2. Alfavit daftari.
I/3. Vafot etgan shaxslarning oʻlimi toʻgʻrisida tugʻilganlik haqida dalolatnoma yozuvlariga maʼlumot kiritish yuzasidan xabarnomalar yigʻmajildi.
I/4. Otalikni belgilash boʻyicha arizalarni roʻyxatga olish daftari va hujjatlar yigʻmajildi.
I/5. Farzandlikka olish boʻyicha sudning hal qiluv qarorlarini roʻyxatga olish daftari va hujjatlar yigʻmajildi.
II. Nikoh tuzilganligini qayd etish boʻyicha
II/1. Gerbli guvohnomalarni sarflash daftari.
II/2. Alfavit daftari.
II/3. Turli hududlarda qayd etilgan shaxslarning nikohlari haqida xabarnomalar yigʻmajildi.
III. Nikohdan ajralishni qayd etish boʻyicha
III/1. Gerbli guvohnomalarni sarflash daftari.
III/2. Alfavit daftari.
III/3. Dastlabki dalolatnoma yozuvlariga qoʻshimchalar kiritish haqidagi xabarnomalar yigʻmajildi.
III/4. Qayd etilgan nikoh tuzilganligi haqida dalolatnoma yozuviga chet el davlatining vakolatli organi tomonidan nikohdan ajratilganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida belgi qoʻyish haqida ariza hujjatlari yigʻmajildi.
IV. Oʻlimni qayd etish boʻyicha
IV/1. Gerbli guvohnomalarni sarflash daftari.
IV/2. Alfavit daftari.
V. Dalolatnoma yozuviga oʻzgartirish, tuzatish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha
V/1. Dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartirish, tuzatish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi arizalarni roʻyxatga olish daftari va hujjatlar yigʻmajildi.
V/2. Dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartirish, tuzatish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi xulosalar yigʻmajildi.
VI. Familiya, ism va ota ismini oʻzgartirish boʻyicha
VI/1. Familiya, ism va ota ismini oʻzgartirish haqidagi arizalarni roʻyxatga olish daftari.
VI/2. Familiya, ism va ota ismini oʻzgartirish haqidagi qanoatlantirilgan arizalar hujjatlar yigʻmajildlari.
VI/3. Familiya, ism va ota ismini oʻzgartirish haqidagi rad etilgan arizalar hujjatlar yigʻmajildlari.
VII. Arxiv boʻyicha
VII/1. Arxiv fondi.
VII/2. Adliya boshqarmasidan qabul qilingan gerbli guvohnomalarni kirim qilish va tarqatish daftari.
VII/3. Xat, xabarnoma va arizalarni roʻyxatga olish daftari va hujjatlar yigʻmajildi (kirim daftari).
VII/4. FHDY arxividan joʻnatilayotgan xatlarni roʻyxatga olish daftari va hujjatlar yigʻmajildi (chiqish daftari).
VII/5. Tugʻilganlik haqida takroriy guvohnoma soʻralgan arizalarni roʻyxatga olish daftari va hujjatlar yigʻmajildi.
VII/6. Nikoh tuzilganligi haqida takroriy guvohnoma soʻralgan arizalarni roʻyxatga olish daftari va hujjatlar yigʻmajildi.
VII/7. Nikohdan ajralganlik haqida takroriy guvohnoma soʻralgan arizalarni roʻyxatga olish daftari va hujjatlar yigʻmajildi.
VII/8. Oʻlim haqida takroriy guvohnoma soʻralgan arizalarni roʻyxatga olish daftari va hujjatlar yigʻmajildi.
VII/9. “Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar toʻgʻrisida”gi konvensiya (1993-yil 22-yanvar, Minsk sh.) boʻyicha kelgan hujjatlar va ularning ijrosiga oid yigʻmajild va roʻyxatga olish daftari.
VII/10. Boshqa FHDY organlaridan kelgan gerbli guvohnomalar va maʼlumotnomalar uchun alfavit daftari.
VII/11. Arxivda saqlash muddati oʻtgan hujjatlarni yoʻq qilish dalolatnomalari yigʻmajildi.
VII/12. Qonun hujjatlari va adabiyotlarni roʻyxatga olish daftari.
IX. FHDY arxivi hisobotlari boʻyicha
IX/1. 12 (A, B)-shakl boʻyicha hisobotlar yigʻmajildi.
IX/2. 1-shakl boʻyicha hisobotlar yigʻmajildi.
IX/3. Moliyaviy hisobotlar (davlat boji, gerb yigʻimi va pullik xizmat) yigʻmajildi.
IX/4. FHDY arxivida oʻtkazilgan tekshirishlar natijalari yigʻmajildi.
X. Ish rejalar, topshiriqlar va ularning ijrosi boʻyicha
X/1. Ish rejalar (yarim yillik, yillik) va u boʻyicha bajarilgan ishlarning maʼlumotnomalari yigʻmajildi.
X/2. FHDY sohasiga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlar.
X/3. Adliya vazirligi va adliya boshqarmasidan kelgan topshiriq va koʻrsatmalar.
X/4. FHDY arxivi xodimlarining ish taqsimoti va mansab yoʻriqnomalari.
X/5. FHDY arxivining moddiy-texnik bazasiga oid maʼlumotlar.
X/6. Topshirish-qabul qilish dalolatnomalari.
X/7. FHDY arxivlariga topshirilgan alfavit daftarlarining roʻyxati.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 22a-ILOVA
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 29a-ILOVA
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 36a-ILOVA
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 41a-ILOVA
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 42a-ILOVA
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 44a-ILOVA
NAMUNA Pasportlari (yashash guvohnomalari) topshirilmagan vafot etgan shaxslarning oʻlimi haqidagi MAʼLUMOT T/r Vafot etgan shaxsning F.I.O. Tugʻilgan vaqti Yashagan manzili D/yo raqami va sanasi 1. Joʻrayev Obid Sattorovich 11.05.1972-yil Toshkent shahar, Olmazor tumani, Sebzor koʻchasi, 15-uy d/yo 15 20.01.2017-y. 2. Doʻsmatova Dildora Oʻktam qizi 02.04.1992-yil Buxoro viloyati, Kogon tumani, Mustaqillik koʻchasi, 73-uy d/yo 21 23.01.2017-y. FHDY organi rahbari _________________ ______________________________ M.Oʻ. (imzo) (familiya) Roʻyxatni qabul qilgan xodimning lavozimi, F.I.O. va imzosi
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 45a-ILOVA
NAMUNA Harbiy hujjatlari topshirilmagan vafot etgan shaxslarning oʻlimi haqidagi MAʼLUMOT T/r Vafot etgan shaxsning F.I.O. Tugʻilgan vaqti Yashagan manzili D/yo raqami va sanasi 1. Joʻrayev Obid Sattorovich 11.05.1972-yil Toshkent shahar, Olmazor tumani, Sebzor koʻchasi, 15-uy d/yo 15 20.01.2017-y. 2. Ibragimov Ozod Nurillayevich 02.04.1992-yil Toshkent shahar, Olmazor tumani, Bobojonov koʻchasi, 22-uy d/yo 21 23.01.2017-y. FHDY organi rahbari _________________ ___________________________________________ (imzo) (familiya) M.Oʻ. Roʻyxatni qabul qilgan xodimning lavozimi, F.I.O. va imzosi
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 45b-ILOVA
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 52a-ILOVA
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 64a-ILOVA
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 52-son, 608-modda)
