Tender boʻyicha takliflarni baholash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 11-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida (2630-1-son)
23.12.2016
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 23-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2630-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-martdagi 118-son “Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2015-yil 24-dekabrdagi 370-son “Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2014-yil 10-noyabrdagi 28-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2630, 2014-yil 9-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 50-son, 596-modda) bilan tasdiqlangan Tender boʻyicha takliflarni baholash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 11-bandidagi “2000-yil 11-dekabrdagi 472-sonli” degan soʻzlar “2015-yil 24-dekabrdagi 370-son” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Boshliq V. ISMAILOV
Toshkent sh.,
2016-yil 16-dekabr,
51-son
