Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarining attestatsiya natijalarini baholash mezonlarini tasdiqlash haqida (2849-son)
21.12.2016
Oʻzbekiston respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 21-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2849]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-apreldagi 107-son “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Mehnat vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi qaror qiladi:
1. Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarining attestatsiya natijalarini baholash mezonlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori U. SALIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 21-noyabr,
86/qq-son
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2016-yil 21-noyabr,
14-mh-son
Mehnat vaziri A. ABDUXAKIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 21-noyabr,
37/qq-son
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori J. ISMAILOV
Toshkent sh.,
2016-yil 21-noyabr,
21/qq-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Mehnat vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2016-yil 21-noyabrdagi 86/qq, 14-mh, 37/qq, 21/qq-son qaroriga ILOVA
Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarining attestatsiya natijalarini
BAHOLASh MEZONLARI
T/r Baholash obyekti Ball I. Maktabgacha taʼlim muassasalari pedagog kadrlarining attestatsiya natijalarini baholash mezonlari 1. Mashgʻulot (dars) oʻtish mahorati jami 100 ball a) mashgʻulot (dars) tahlillari uchun: 20 ball 12 ta va undan ortiq mashgʻulot (dars) tahlil qilinganda 20 ball 8 — 10 ta mashgʻulot (dars) tahlil qilinganda 15 ball 5 — 7 ta mashgʻulot (dars) tahlil qilinganda 10 ball b) ochiq mashgʻulotlar (darslar) oʻtganligi uchun (har oʻquv yilida): 20 ball ikki marta ochiq mashgʻulot (dars) oʻtilganda 20 ball bir marta ochiq mashgʻulot (dars) oʻtilganda 10 ball v) davlat talablari boʻyicha reyting koʻrsatkichlari uchun: 30 ball 86 — 100 foiz 30 ball 71 — 85 foiz 25 ball 56 — 70 foiz 20 ball g) taʼlim-tarbiya berish vositalari va shakllarini maqbul ravishda tanlaganligi uchun 10 ball d) tavsiya etilgan ilgʻor pedagogik uslub va texnologiyalarni (“case study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikdaoʻqitish, 20 ball “amaliy oʻyin”, interfaol taʼlim uslubi va boshqalar) qoʻllaganligi uchun 2. Mehnat samaradorligi jami 100 ball a) mashgʻulotlar (darslar) ishlanmalari ishlab chiqqanligi uchun 20 ball b) oʻquv seminarlari yoki metodik birlashmalarda uslubiy ishlanmalari bilan ishtirok etganligi uchun: 30 ball respublika miqyosida 30 ball Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat (Toshkent shahri) va tuman (shahar) miqyosida 20 ball v) ilgʻor pedagogik ish tajribalarini oʻrganganligi va ish tajribasini ommalashtirganligi uchun: 30 ball respublika miqyosida 30 ball Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat (Toshkent shahri) va tuman (shahar) miqyosida 20 ball g) ishlab chiqilgan uslubiy materiallar uchun: 20 ball metodik tavsiyalar uchun 10 ball mualliflik dasturlari uchun 10 ball II. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari pedagog kadrlarining attestatsiya natijalarini baholash mezonlari 1. Dars oʻtish mahorati boʻyicha jami 100 ball a) dars mashgʻulotlari tahlillari uchun (har oʻquv yilida): 20 ball 34 soat va undan ortiq dars tahlil qilinganda 20 ball 22 — 30 soat dars tahlil qilinganda 15 ball 12 — 20 soat dars tahlil qilinganda 10 ball b) ochiq dars oʻtganligi uchun (har oʻquv yilida): 20 ball uch marta ochiq dars oʻtilganda 20 ball ikki marta ochiq dars oʻtilganda 15 ball bir marta ochiq dars oʻtilganda 10 ball v) taʼlim oluvchilarning oʻquv fanidan reyting koʻrsatkichlari uchun (sinf jurnallari asosida) 20 ball 86 — 100 foiz 20 ball 71 — 85 foiz 15 ball 56 — 70 foiz 10 ball g) taʼlim berish vositalari hamda shakllarini maqbul ravishda tanlaganligi uchun 20 ball d) tavsiya etilgan ilgʻor pedagogik uslub va texnologiyalarni (“case study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda oʻqitish, “amaliy oʻyin”, interfaol taʼlim uslubi va boshqalar) qoʻllaganligi uchun 20 ball 2. Mehnat samaradorligi jami 100 ball a) taʼlim oluvchilarning tayyorgarligi uchun (tashqi nazorat ishi orqali aniqlanadigan reyting koʻrsatkichlari boʻyicha): 30 ball 86 — 100 foiz 30 ball 71 — 85 foiz 20 ball 56 — 70 foiz 10 ball b) taʼlim oluvchilarning fan olimpiadalari, koʻrik-tanlovlar va turli musobaqalarda erishgan yutuqlari uchun: 30 ball respublika va xalqaro miqyosda boʻlsa 30 ball Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyat (Toshkent shahri) miqyosida boʻlsa 20 ball tuman (shahar) miqyosida boʻlsa 10 ball v) attestatsiyadan oʻtuvchilarning koʻrik-tanlovlar va turli musobaqalarda erishgan yutuqlari uchun: 40 ball respublika va xalqaro miqyosda boʻlsa 40 ball Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyat (Toshkent shahri) miqyosida boʻlsa 30 ball tuman (shahar) miqyosida boʻlsa 20 ball III. Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internat pedagog kadrlarining attestatsiya natijalarini baholash mezonlari 1. Dars oʻtish mahorati jami 100 ball a) dars mashgʻulotlari tahlillari uchun (har oʻquv yilida): 20 ball 34 soat va undan ortiq dars tahlil qilinganda 20 ball 22 — 30 soat dars tahlil qilinganda 15 ball 12 — 20 soat dars tahlil qilinganda 10 ball b) ochiq darslar oʻtganligi uchun (har oʻquv yilida) 20 ball uch marta ochiq dars oʻtilganda 20 ball ikki marta ochiq dars oʻtilganda 15 ball bir marta ochiq dars oʻtilganda 10 ball v) taʼlim oluvchilarning oʻquv fanidan reyting koʻrsatkichlari uchun (sinf jurnallari asosida) 20 ball 71 — 100 foiz 20 ball 56 — 70 foiz 15 ball 50 — 56 foiz 10 ball g) taʼlim berish vositalari hamda shakllarini maqbul ravishda tanlaganligi uchun 20 ball d) tavsiya etilgan ilgʻor pedagogik uslub va texnologiyalarni (“case study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda oʻqitish, “amaliy oʻyin”, interfaol taʼlim uslubi va boshqalar) qoʻllaganligi uchun 20 ball 2. Mehnat samaradorligi jami 100 ball a) taʼlim oluvchilarni tayyorlash samaradorligi uchun 50 ball taʼlim oluvchilarni tayyorlash uchun rivojlantiruvchi (korreksion) materiallar yaratgan, ilgʻor pedagogik ish tajribasi respublika miqyosida ommalashtirilgan, metodik tavsiyalar va mualliflik dasturlari ishlab chiqqan boʻlsa 50 ball ish tajribasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyat (Toshkent shahri) miqyosida ommalashtirilgan, dars (mashgʻulot) oʻtish uchun koʻrgazmali va tarqatma materiallar, metodik tavsiyalar yaratgan boʻlsa 40 ball ish tajribasi tuman (shahar) yoki taʼlim muassasasi boʻyicha ommalashtirilgan, dars (mashgʻulot) oʻtish uchun koʻrgazmali materiallar yaratgan boʻlsa 30 ball b) taʼlim oluvchilarning fan olimpiadalari, koʻrik-tanlovlar va turli musobaqalarda erishgan yutuqlari uchun: 20 ball respublika va xalqaro miqyosda boʻlsa 20 ball Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyat (Toshkent shahri) miqyosida boʻlsa 10 ball tuman (shahar) miqyosida boʻlsa 5 ball v) attestatsiyadan oʻtuvchilarning koʻrik-tanlovlar va turli musobaqalarda erishgan yutuqlari uchun: 30 ball respublika va xalqaro miqyosda boʻlsa 30 ball Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyat (Toshkent shahri) miqyosida boʻlsa 20 ball tuman (shahar) miqyosida boʻlsa 10 ball IV. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari pedagoglarining attestatsiya natijalarini baholash mezonlari 1. Dars oʻtish mahorati jami 100 ball a) dars tahlillari uchun (har oʻquv yilida): 20 ball 40 soat dars tahlil qilingan boʻlsa 20 ball 34 — 38 soat dars tahlil qilingan boʻlsa 17 — 19 ball 28 — 32 soat dars tahlil qilingan boʻlsa 14 — 16 ball 26 — 20 soat dars tahlil qilingan boʻlsa 11 — 13 ball 18 soatdan kam dars tahlil qilingan boʻlsa 0 — 10 ball b) ochiq darslar oʻtganligi uchun (muntazam ravishda): 20 ball uch oʻquv yilida 20 ball ikki oʻquv yilida 15 ball bir oʻquv yilida 10 ball v) taʼlim oluvchilarning oʻquv fanidan reyting koʻrsatkichlari uchun: 30 ball 86 — 100 foiz 30 ball 71 — 85 foiz 20 ball 56 — 70 foiz 10 ball g) taʼlim berish vositalari hamda shakllarini maqbul ravishda tanlaganligi uchun: 10 ball d) tavsiya etilgan ilgʻor pedagogik uslub va texnologiyalarni (“case study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda oʻqitish, “amaliy oʻyin”, interfaol taʼlim uslubi va boshqalar) qoʻllagan boʻlsa 20 ball 2. Mehnat samaradorligi jami 100 ball a) taʼlim oluvchilarning tayyorgarligi uchun (nazorat ishi orqali aniqlanadigan oʻquvchilarning oʻzlashtirish darajasi boʻyicha): 30 ball 86 — 100 foiz 30 ball 71 — 85 foiz 20 ball 56 — 70 foiz 10 ball b) taʼlim oluvchilarning fan olimpiadalari, koʻrik-tanlovlar va turli musobaqalarda erishgan yutuqlari uchun: 30 ball respublika va xalqaro miqyosda boʻlsa 30 ball Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyat (Toshkent shahri) miqyosida boʻlsa 20 ball tuman (shahar) miqyosida boʻlsa 10 ball v) attestatsiyadan oʻtuvchilarning koʻrik-tanlovlar va turli musobaqalarda erishgan yutuqlari uchun: 40 ball respublika va xalqaro miqyosda boʻlsa 40 ball Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyat (Toshkent shahri) miqyosida boʻlsa 30 ball tuman (shahar) miqyosida boʻlsa 20 ball V. Bolalar musiqa va sanʼat maktablari pedagoglarining attestatsiya natijalarini baholash mezonlari 1. Dars oʻtish mahorati jami 100 ball a) dars tahlillari uchun (har oʻquv yilida): 30 ball 18 soat va undan ortiq dars tahlil qilingan boʻlsa 30 ball 8 — 17 soat dars tahlil qilingan boʻlsa 20 ball 2 — 7 soat dars tahlil qilingan boʻlsa 10 ball b) ochiq dars mashgʻulotlari oʻtganligi uchun (har oʻquv yilida): 40 ball uch marta ochiq dars oʻtilgan boʻlsa 40 ball ikki marta ochiq dars oʻtilgan boʻlsa 30 ball bir marta ochiq dars oʻtilgan boʻlsa 20 ball v) taʼlim oluvchilarning maktabdan tashqari taʼlimga qoʻyiladigan davlat talablari boʻyicha reyting koʻrsatkichlari uchun: 30 ball 86 — 100% 30 ball 71 — 85% 20 ball 56 — 70% 10 ball 2. Mehnat samaradorligi jami 100 ball a) taʼlim oluvchilarning tayyorgarligi — hisobot konsertlarini muntazam oʻtkazganligi uchun: 40 ba�l uch marta oʻtkazilgan boʻlsa 40 ball ikki marta oʻtkazilgan boʻlsa 30 ball bir marta oʻtkazilgan boʻlsa 20 ball b) taʼlim oluvchilarning koʻrik-tanlovlar, olimpiadalar (musiqa nazariyasi, musiqa va sanʼat adabiyoti) va turli musobaqalarda erishgan yutuqlari uchun: 30 ball respublika va xalqaro miqyosda boʻlsa 30 ball Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyat (Toshkent shahri) miqyosida boʻlsa 20 ball tuman (shahar) miqyosida boʻlsa 10 ball v) attestatsiyadan oʻtuvchilarning oʻquv seminarlari yoki metodik birlashmalarda uslubiy ishlanmalari bilan ishtirok etganligi uchun: 30 ball respublika miqyosida 30 ball Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyat (Toshkent shahri) miqyosida 20 ball tuman (shahar) miqyosida 10 ball VI. “Barkamol avlod” bolalar markazlari pedagoglarining attestatsiya natijalarini baholash mezonlari 1. Mashgʻulot (dars) oʻtish mahorati jami 100 ball a) mashgʻulot (dars) tahlillari uchun: 30 ball 36 soat va undan ortiq mashgʻulot (dars) tahlil qilingan boʻlsa 30 ball 22 — 30 soat mashgʻulot (dars) tahlil qilingan boʻlsa 20 ball 12 — 20 soat mashgʻulot (dars) tahlil qilingan boʻlsa 15 ball b) ochiq mashgʻulotlar (darslar) oʻtganligi uchun (har oʻquv yilida) 30 ball ikki marta 30 ball bir marta 15 ball v) toʻgarak aʼzolarining davlat talablarini oʻzlashtirish reyting koʻrsatkichlari uchun: 40 ball 86 — 100% 40 ball 71 — 85% 35 ball 56 — 70% 30 ball 2. Mehnati samaradorligi jami 100 ball a) guruhga toʻgarak aʼzolarining jalb qilinganligi uchun: 50 ball guruhdagi toʻgarak aʼzolari soni 16 nafar va undan ortiq boʻlsa 50 ball guruhdagi toʻgarak aʼzolari soni 12 — 15 nafar boʻlsa 40 ball guruhdagi toʻgarak aʼzolari soni 10 — 11 nafar boʻlsa 30 ball b) toʻgarak aʼzolarining tuman, shahar, viloyat, respublika, xalqaro tadbirlar va turli musobaqalarda ishtiroki uchun: 50 ball respublika va xalqaro miqyosda boʻlsa 50 ball Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyat (Toshkent shahri) miqyosida boʻlsa 40 ball tuman (shahar) miqyosida boʻlsa 30 ball VII. Oʻquv fani boʻyicha malaka sinovlari (test, yozma yoki ijodiy ish) (attestatsiyadan oʻtuvchi barcha taʼlim muassasalari pedagoglari uchun) a) test savollari boʻyicha aniqlanganda: 100 ball test 40 ta savoldan iborat boʻladi, har bir savolga toʻgʻri javob berilganligi baholanadi har bir toʻgʻri javob uchun 2,5 ball b) yozma ish boʻyicha aniqlanganda: 100 ball yozma ish 5 ta topshiriqdan (savoldan) iborat boʻladi, har bir savolga berilgan javobdan kelib chiqib baholanadi har bir javob 20 ballgacha baholanadi v) ijodiy ish boʻyicha aniqlanganda: 100 ball ijodiy ish 5 ta ijodiy topshiriqdan iborat boʻladi, har bir topshiriqning belgilangan vaqtda, toʻliq, toʻgʻri va sifatli bajarilganligi baholanadi har bir ish 20 ballgacha baholanadi VIII. Xorijiy tillar, kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bilish hamda ijtimoiy-siyosiy bilimlarni aniqlash yuzasidan oʻtkazilgan suhbat natijalarini baholash mezonlari (attestatsiyadan oʻtuvchi barcha taʼlim muassasalari pedagoglari uchun) a) xorijiy tillarni bilganligi uchun: 30 ball tinglab tushunsa va tinglab tushunganini ogʻzaki bayon eta olsa, ogʻzaki erkin muloqot qila olsa 30 ball tinglab tushunsa va tinglab tushunganini ogʻzaki bayon eta olsa 20 ball sodda matnlarni oʻqiy olsa, oʻzi haqida maʼlumot bera olsa 10 ball b) kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bilganligi uchun: 30 ball internet resurslari, multimedia vositalari va mahsulotlaridan maqsadli foydalana olsa va ofis dasturlari yordamida oʻquv-uslubiy, koʻrgazmali materiallarni tayyorlay olsa 30 ball ofis dasturlari (matn muharriri, elektron jadval, taqdimot) yordamida oʻquv-uslubiy, koʻrgazmali materiallarni tayyorlay olsa 20 ball kompyutyer tuzilishi va imkoniyatlarini bilsa, ofis dasturlaridan (matn muharriri, elektron jadval, taqdimot) foydalana olsa 10 ball v) ijtimoiy-siyosiy bilimlarni egallaganligi uchun: 40 ball jahonda va respublikamizning ijtimoiy-siyosiy hayotida sodir boʻlgan muhim voqeliklardan, soʻnggi voqea-hodisalardan xabardor boʻlsa hamda ularning ijobiy va salbiy jihatlarini erkin tarzda tahlil qila olsa 40 ball respublikamizning ijtimoiy-siyosiy hayotida sodir boʻlgan muhim voqeliklardan, soʻnggi voqea-hodisalardan xabardor boʻlsa hamda ularga nisbatan oʻz munosabatini bildira olsa 30 ball respublikamizning ijtimoiy-siyosiy hayotida sodir boʻlgan muhim voqeliklardan va soʻnggi voqea-hodisalardan xabardor boʻlsa 20 ball respublikamizning ijtimoiy-siyosiy hayotida sodir boʻlgan muhim voqeliklardan va soʻnggi voqea-hodisalardan xabardor boʻlsa 20 ball respublikamizning ijtimoiy-siyosiy hayotida sodir boʻlgan muhim voqeliklardan va soʻnggi voqea-hodisalardan qisman xabardor boʻlsa 10 ball
