Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining gʻazna ijrosi qoidalarini tasdiqlash haqida (2850-son)
22.12.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 22-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2850]
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-son “Davlat budjetining gʻazna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 20-martdagi 53-son “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining gʻazna ijrosi qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq 2017-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Vazir R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 22-noyabr,
88-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 22-noyabrdagi 88-son buyrugʻiga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining gʻazna ijrosi
QOIDALARI
Mazkur Qoidalar Yagona gʻazna hisobvaragʻini (bundan buyon matnda YGʻH deb yuritiladi) qoʻllash orqali Oʻzbekiston Respublikasining budjet tizimi budjetlari (bundan buyon matnda budjet tizimi budjetlari deb yuritiladi), shuningdek boshqa maqsadli jamgʻarmalar (bundan buyon matnda BMJ deb yuritiladi) budjetlarining maxfiy xususiyatga ega boʻlmagan daromad va xarajatlarining gʻazna ijrosini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
BMJ — mablagʻlari qonunchilikda nazarda tutilgan manbalar hisobidan shakllantiriladigan, muayyan sohalarni moliyalashtirish uchun qonunchilik hujjatlari bilan tashkil etiladigan, davlat maqsadli jamgʻarmalari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalariga kirmaydigan jamgʻarmalar;
BMJ budjetidan mablagʻlar oluvchi — qonunchilik hujjatlariga muvofiq BMJ budjetidan mablagʻlar oladigan yuridik yoki jismoniy shaxs;
BMJ taqsimlovchi organ — qonunchilik hujjatlariga muvofiq budjet va boshqa vakolatlarni amalga oshiruvchi BMJni boshqarish uchun masʼul boʻlgan organ;
vakolatli shaxs — gʻaznachilik xizmati boʻlinmasining tarkibiy boʻlinmasi, budjet tashkiloti, budjet mablagʻlari oluvchi, BMJ budjetidan mablagʻ oluvchi va taqsimlovchi organ rahbari yoki uni oʻrnini bosuvchi, tegishli rahbarlik vazifalari va funksiyalarini bajarish yuklatilgan shaxs;
davlat xaridlari — budjet tizimi budjetlarining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridlari;
Davlat maqsadli jamgʻarmalarini (bundan buyon matnda DMJ deb yuritiladi) taqsimlovchi organ — qonunchilik hujjatlariga muvofiq budjet va boshqa vakolatlarni amalga oshiruvchi DMJ boshqarish uchun masʼul boʻlgan organ;
kapital qoʻyilma buyurtmachisi — budjet tashkiloti, budjet mablagʻlari oluvchi, DMJ va BMJ budjetlaridan mablagʻ oluvchi va taqsimlovchi organning yagona buyurtmachi xizmati;
masʼul xodim — zimmasiga tegishli xizmat vazifalari va funksiyalarni bajarish yuklatilgan xodim;
moliyaviy majburiyatlar — budjet tashkilotlarida va budjet mablagʻlari oluvchilarda, shuningdek BMJ budjetidan mablagʻ oluvchilarda ularga pul mablagʻlarini oʻtkazish majburiyatini yuklovchi hujjatlar, shu jumladan, ijro hujjatlari asosida yuzaga keladigan majburiyatlar;
buyurtmachi — budjet tashkiloti, budjet mablagʻlari oluvchi va BMJ budjetidan mablagʻ oluvchi;
yuridik majburiyatlar — tuzilgan shartnomalar, shuningdek tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining qarorlari asosida budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar, shuningdek BMJ budjetidan mablagʻ oluvchilarda yuzaga keladigan majburiyatlar;
“OʻRIMV” AT — tegishli budjetlarning budjet jarayonini kompleks avtomatlashtirish, shu jumladan budjet tizimi budjetlari va BMJ budjetlari ijrosi bilan bogʻliq operatsiyalarni aks ettirish uchun moʻljallangan axborot tizimi;
Gʻaznachilik amaliyot kuni — yagona gʻazna hisobvaragʻiga budjet tizimi budjetlarining daromadlarini qabul qilish va undan xarajatlarni toʻlab berish amaliyotlari amalga oshiriladigan vaqt;
gʻaznachilik xizmati boʻlinmasi (boʻlinmalari) — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi (bundan buyon matnda Iqtisodiyot va moliya vazirligi deb yuritiladi) huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi (bundan buyon matnda Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi deb yuritiladi), Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Gʻaznachilik xizmati boshqarmalari hamda tuman (shahar) Gʻaznachilik xizmati boʻlimlari;
“UzASBO” DM — gʻazna ijrosi bilan qamrab olingan tashkilotlar tomonidan budjet hisobi va hisobotining yuritilishini kompleks avtomatlashtirish uchun moʻljallangan dasturiy majmua;
“UzASBO-Faktura” elektron tizimi — buyurtmachilarning elektron hisobvaraq-fakturalar hisobini yuritish uchun moʻljallangan elektron tizim.
2. Mazkur Qoidalarning amal qilishi budjet tizimi budjetlari va BMJ budjetlarining gʻazna ijrosi jarayonida ishtirok etuvchi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va hududiy iqtisodiyot va moliya organlari, gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari va buyurtmachilarga tatbiq etiladi.
3. Gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarida roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan yuridik majburiyatlar, shuningdek ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar ular gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarida roʻyxatdan oʻtkazilganidan soʻng kuchga kiradi. Bunda yuridik majburiyatlar yuzaga kelganligini tasdiqlovchi hujjatlar gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarida roʻyxatdan oʻtkazish uchun joriy moliya yilining 25-dekabridan kechiktirmay taqdim qilinadi, mazkur Qoidalarning 85-bandida nazarda tutilgan yuridik majburiyatlar bundan mustasno.
4. Buyurtmachilarning I va II guruh boʻyicha xarajatlar toʻlovi birinchi navbatda amalga oshiriladi. Bunda I guruh xarajatlarini II guruh xarajatlari toʻlovisiz amalga oshirish taqiqlanadi (ish haqi uchun olingan avanslardan tashqari). Tegishli budjetda I va II guruh xarajatlari toʻlovi uchun zarur mablagʻlarni qoplaydigan qoldiqlar mavjud boʻlganda, I va II guruh xarajatlarini toʻliq amalga oshirgan tashkilotlar boʻyicha III va IV guruh xarajatlarini amalga oshirishga ruxsat etiladi.
5. IV guruh boʻyicha mablagʻlarning sarflanishi belgilangan limitlar doirasida quyidagi navbatga rioya qilgan holda amalga oshiriladi:
oziq-ovqat va dori-darmon;
kommunal xizmatlar;
yonilgʻi va yoqilgʻi-moylash materiallari;
boshqa xarajatlar.
Bunda IV guruh hisobidan amalga oshiriladigan quyidagi xarajatlar I guruh toʻlovlarga tenglashtiriladi va I guruh xarajatlariga belgilangan muddatlarda toʻlanishi mumkin:
pul shaklidagi ijtimoiy yordam nafaqalari;
yetim bolalarga va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga nafaqalar;
natura shaklidagi ijtimoiy yordam nafaqalari;
yolgʻiz qariyalar uchun oziq-ovqat sotib olish xarajatlari.
7. Gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari mazkur Qoidalarning 1 va 2-ilovalariga muvofiq shakldagi toʻlov topshiriqnomalari va gʻazna memorial orderlari asosida toʻlovlarni amalga oshiradi.
Bunda “UzASBO” DMga ulangan buyurtmachilar toʻlov topshiriqnomalari va gʻazna memorial orderlarini “UzASBO” DMda shakllantiradi va elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga yuboradi. “UzASBO” DM orqali elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga yuborilgan elektron toʻlov topshiriqnomalari va gʻazna memorial orderlari qogʻoz shaklida rasmiylashtirilmaydi. Toʻlov topshiriqnomalari va gʻazna memorial orderlarining elektron shaklda rasmiylashtirilishi va ulardagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun buyurtmachilar javobgar hisoblanadi.
71. Buyurtmachilar tomonidan har oyda takror amalga oshiriladigan xarajatlar (ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, ish haqi boʻyicha boʻnak toʻlovlari, ijtimoiy soliq, kommunal toʻlovlar, oziq-ovqat, dori-darmon, aloqa, internet va boshqa xarajatlar) boʻyicha toʻlov topshiriqnomalari va gʻazna memorial orderlari “OʻRIMV” ATda “yashil yoʻlak” orqali gʻaznachilik masʼul xodimining ishtirokisiz avtomatik tarzda toʻlab berilishi mumkin.
8. Xarajatlarni toʻlashga toʻlov topshiriqnomalari va gʻazna memorial orderlari gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga toʻlov amalga oshiriladigan sanadan kechi bilan bir ish kuni oldin taqdim etiladi. Buyurtmachilar elektron toʻlov topshiriqnomalari va gʻazna memorial orderlarini gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga “UzASBO” DM orqali toʻlovni amalga oshirish kunida yuborishi mumkin.
Bunda gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga taqdim qilingan toʻlov topshiriqnomalari va gʻazna memorial orderlari oʻttiz kun muddatgacha amal qiladi.
9. Buyurtmachilar gʻaznachilik xizmati boʻlinmalaridan tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan koʻchirmalar va ularga ilovalarni oladi.
Bunda “UzASBO” DMga ulangan buyurtmachilar koʻchirmalarni elektron hujjat koʻrinishida “UzASBO” DMdan oladi va elektron tarzda taqdim qilingan koʻchirmalar buyurtmachilarga qogʻoz koʻrinishida taqdim etilmaydi.
10. YAGʻH bilan qamrab olinmagan budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarni Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan moliyalashtirish gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari tomonidan ularning bank hisobvaraqlariga mazkur Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq shaklda Iqtisodiyot va moliya vazirligining sohalarni moliyalashtiruvchi tegishli boshqarmasi tomonidan taqdim qilinadigan Budjet mablagʻlarini oʻtkazish (soʻzsiz undirish) uchun soʻrovnomaga asosan YAGʻHdan amalga oshiriladi.
11. YGʻH orqali xizmat koʻrsatiladigan buyurtmachilar moliyaviy hisobotlarni yuqori turuvchi tashkilotlarga, budjet mablagʻlari taqsimlovchilariga va hududiy iqtisodiyot va moliya organlariga taqdim qilishdan oldin moliyaviy hisobotlar koʻrsatkichlarini tegishli hisobot davrida gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari tomonidan amalga oshirilgan kassa xarajatlariga muvofiqligini ularga xizmat koʻrsatuvchi gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari bilan solishtiradi. Buyurtmachilarning hisobotlari toʻgʻri boʻlganda ular belgilangan shakldagi shtamp qoʻyilgan holda gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining budjet hisobi boʻyicha vakolatli xodimlari tomonidan imzolanadi.
Bunda “UzASBO” DM orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga yuborilgan elektron moliyaviy hisobotlarining qogʻoz koʻrinishdagi asli gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga taqdim etilmaydi va gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining shtampi va imzosi bilan tasdiqlanmaydi. Elektron moliyaviy hisobotlarining rasmiylashtirilishi va ulardagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun buyurtmachilar javobgar hisoblanadi.
13. Budjet tashkilotlari tomonidan tashqi qarzlarning jalb qilinishi, ssuda va kreditlar olinishi, shuningdek budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar tomonidan budjetdan ajratiladigan mablagʻlar hisobiga lizing shartnomalarini tuzish taqiqlanadi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
131. Gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari orqali toʻlovlar Gʻaznachilik amaliyot kuni mobaynida amalga oshiriladi.
Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishlariga asosan Gʻaznachilik amaliyot kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan faqat daromadlarning gʻazna ijrosi yoki faqat xarajatlarning gʻazna ijrosi uchun belgilanishi mumkin.
2-bob. YAGʻH va boshqa gʻazna hisobvaraqlari
14. YAGʻH Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochiladigan va Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan boshqariladigan maxsus bank hisobvaragʻi hisoblanadi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi (gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida va boshqa banklarda oʻzga bank hisobvaraqlari ochish huquqiga ega.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti (bundan buyon matnda Davlat budjeti deb yuritiladi), DMJ va BMJ budjetlariga toʻlanadigan soliqlar va yigʻimlar YAGʻHga kirim qilinadi va qonunchilik hujjatlariga muvofiq mos ravishda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, Toshkent shahar va viloyatlar mahalliy budjetlari, DMJ va BMJ budjetlari daromadlarida aks ettiriladi. Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari YAGʻHga kirim qilinadi va mazkur tashkilotlarga tushumlar sifatida aks ettiriladi.
16. Budjet tizimi va BMJ budjetlari xarajatlari YAGʻH yoki Iqtisodiyot va moliya vazirligining (gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining) boshqa bank hisobvaraqlaridan Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilangan muddatlarda hamda:
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlari, shuningdek tumanlar va shaharlar budjetlari;
DMJ va BMJ budjetlari;
budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari qoldigʻi doirasida amalga oshiriladi.
17. Debitor qarzdorlik summalari, shuningdek deponentlangan mablagʻlar YAGʻHga:
budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarining budjet mablagʻlari boʻyicha — joriy moliya yilida hamda moliya yiliga qoʻshimcha davr mobaynida;
budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari va BMJ mablagʻlari boʻyicha — joriy moliya yilida tegishli kassa xarajatlarini tiklash orqali kirim qilinadi.
18. Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarga joriy moliya yilida qaytarilgan oʻtgan yillarning budjet mablagʻlari boʻyicha debitor qarzdorliklari summalarini kirim qilish uchun “OʻRIMV” ATda budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha (4004 mablagʻlar manbasi bilan) shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari ochiladi.
19. Buyurtmachilarning joriy moliya yilida qaytarilgan oʻtgan yillarning debitor qarzdorlik summalari YAGʻHga kirim qilinadi va:
budjet mablagʻlari boʻyicha — budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning oʻtgan yillarning debitorlik qarzdorligini hisobga olish boʻyicha budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida ushbu summalarni keyinchalik tegishli budjetlarning joriy moliya yili daromadiga oʻtkazish bilan;
DMJ va BMJ mablagʻlari boʻyicha — DMJ va BMJ budjetlarining tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida joriy moliya yilining daromadlari sifatida;
budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari boʻyicha — budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida joriy moliya yilining daromadlari sifatida hisobga olinadi.
20. Joriy moliya yilida qaytarilgan oʻtgan yillarning budjet mablagʻlari boʻyicha debitor qarzdorliklari summalari budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga kelib tushgan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmay budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar tomonidan tegishli budjet daromadiga oʻtkazilishi lozim.
Debitor qarzdorliklar summalari qoldiqlari oʻz vaqtida yoki hisobot oyi tugaguniga qadar oʻtkazilmagan hollarda mablagʻlar joriy oyning oxirgi ish kunida “OʻRIMV” ATda avtomatlashtirilgan tarzda tegishli budjetlar daromadlariga oʻtkaziladi.
21. Budjet tashkilotlarning tovar-moddiy qimmatliklarini yoki asosiy vositalarini sotishdan, shuningdek inventarizatsiya (tekshirishlar) natijalari boʻyicha tushgan mablagʻlar YAGʻHga kirim qilinadi hamda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari boʻyicha tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida keyinchalik budjet tashkilotlari tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq qayta taqsimlash orqali hisobga olinadi.
22. DMJ yoki BMJ budjetlaridan mablagʻ oluvchilarning joriy moliya yilida qaytarilgan oʻtgan yillarning debitor qarzdorlik summalari, shuningdek tovar-moddiy qimmatliklarini yoki asosiy vositalarni sotishdan va inventarizatsiya (tekshirishlar) natijalari boʻyicha tushgan mablagʻlari YAGʻHga kirim qilinadi va tegishli DMJ va BMJ budjetlarida joriy moliya yilining daromadi sifatida hisobga olinadi.
Bunda DMJ yoki BMJ budjetlaridan mablagʻ oluvchilarning budjet mablagʻlari hisobidan sotib olingan tovar-moddiy qimmatliklarini yoki asosiy vositalarini sotishdan tushgan mablagʻlar tegishli budjetlar daromadiga oʻtkaziladi.
24. Naqd pul mablagʻlarini olish uchun, shu jumladan buyurtmachilarning xodimlariga ish haqi toʻlash, shuningdek xizmat safari va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa naqd pul shaklidagi toʻlovlar uchun gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari tomonidan tijorat banklarida mos ravishda 23212 “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi mablagʻlari” va 23214 “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari mablagʻlari” hisobvaraqlari ochiladi.
25. Gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining 23212 “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi mablagʻlari” va 23214 “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari mablagʻlari” hisobvaraqlaridan koʻchirmalar ularga ilovalar bilan xizmat koʻrsatuvchi banklardan gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari tomonidan mazkur hisobvaraqlarda mablagʻlar harakatining keyingi ish kunida olinadi. Koʻchirmalar va ularga ilovalar tegishli banklar tomonidan elektron hujjat koʻrinishida — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki axborot tizimi (tijorat banklari) va “OʻRIMV” AT maʼlumotlar bazalari oʻrtasida maʼlumot almashish yoʻli bilan taqdim qilinishi mumkin.
Bunda elektron tarzda taqdim qilingan koʻchirmalar va ularga ilovalar qogʻoz koʻrinishida gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga taqdim etilmaydi.
26. Budjet tizimi budjetlari, shuningdek BMJ budjetlari daromadlariga kirim qilish uchun asos boʻlmagan YAGʻHga kelib tushgan mablagʻlar gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari tomonidan aniqlanmagan tushumlar sifatida qabul qilinadi. Agar uch ish kuni mobaynida ushbu tushumlarni aniqlash hamda ularni tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga kirim qilish imkoni boʻlmasa, uchinchi ish kunida, biroq joriy yilning 31-dekabridan kechiktirmasdan Yagona gʻazna hisobvaragʻidan toʻlanishi (qaytarilishi) lozim boʻlgan aniqlanmagan tushumlar “OʻRIMV” ATda avtomatlashtirilgan tarzda mablagʻlar qaysi bank hisob raqamlaridan kelib tushgan boʻlsa shu bank hisob raqamlariga qaytariladi.
27. YAGʻHdan toʻlovlarni oʻtkazish uchun “Bank-Gʻaznachilik” dasturiy majmuasi orqali yuborilgan toʻlov topshiriqnomalarining asli Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga taqdim etilmaydi va gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarida saqlanadi, bundan “UzASBO” DM orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga yuborilgan elektron toʻlov topshiriqnomalari mustasno.
3-bob. “OʻRIMV” ATda daromadlar va xarajatlar yoyilmasini shakllantirish va roʻyxatga olingan xarajatlar smetalari va kelgusida ularga oʻzgartirishlar boʻyicha maʼlumotlarni kiritish
28. Daromadlar prognozlari, tasdiqlangan budjetdan ajratiladigan mablagʻlar, DMJ va BMJ budjetlari hisobini yuritish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligining sohalarni moliyalashtiruvchi tegishli boshqarmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari va tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimlari, DMJ va BMJ taqsimlovchi organlari tomonidan “OʻRIMV” ATda tegishli budjetlar tasdiqlanganidan soʻng oylar kesimida daromadlar va xarajatlarning yillik yoyilmalari shakllantiriladi.
29. Iqtisodiyot va moliya vazirligi va hududiy iqtisodiyot va moliya organlari “OʻRIMV” ATga quyidagi maʼlumotlarni kiritadi:
a) budjet mablagʻlari boʻyicha — oylar kesimida tegishli iqtisodiyot va moliya organlarida roʻyxatga olingan xarajatlar smetalari va ularga oʻzgartirishlar, shuningdek budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar tomonidan tasarrufidagi budjet tashkilotlarining roʻyxatga olingan xarajatlar smetalari va ularga oʻzgartirishlar boʻyicha maʼlumotlarni;
b) budjet tashkilotlarining tegishli budjetdan tashqari jamgʻarmalari boʻyicha — budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari boʻyicha daromadlar va xarajatlar smetalari hamda ularga oʻzgartirishlar boʻyicha maʼlumotlarni.
30. DMJ va BMJ taqsimlovchi organlar xarajatlar smetalari roʻyxatga olinganidan soʻng “OʻRIMV” ATga oylar kesimida xarajatlar smetalari va ularga oʻzgartirishlar boʻyicha maʼlumotlarni kiritadi.
4-bob. Imzolar namunalari va muhr izi kartochkasi
31. Imzolar namunalari va muhr izi kartochkasi buyurtmachilar va kapital qoʻyilma buyurtmachilari tomonidan, dastlab ularga shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari ochilganida hamda keyinchalik doimiy ravishda moliya yili boshlanishidan kamida besh ish kuni oldin har moliya yili uchun mazkur Qoidalarning 5-ilovasiga muvofiq shaklda uch asl nusxada tuziladi va tegishli gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga ikki asli taqdim qilinadi. Kartochkaning bir asli yuridik majburiyatlarni roʻyxatga oluvchi masʼul xodimda, ikkinchi asli esa moliyaviy majburiyatlarni roʻyxatga oluvchi va xarajatlar toʻlovini amalga oshiruvchi masʼul xodimda saqlanadi. Kartochkaning uchinchi asli buyurtmachi yoki kapital qoʻyilma buyurtmachisida qoladi.
Imzolar namunalari va muhr izi kartochkasi buyurtmachilar va kapital qoʻyilma buyurtmachilarining yuqori turuvchi tashkilotlari tomonidan tasdiqlanadi.
Agar buyurtmachilar va kapital qoʻyilma buyurtmachilarining yuqori turuvchi tashkiloti boʻlmasa, unda imzolar namunalari va muhr izi kartochkasi mazkur buyurtmachilar va kapital qoʻyilma buyurtmachilarining rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
32. Imzolar namunalari va muhr izi kartochkasining orqa tomonida buyurtmachilar va kapital qoʻyilma buyurtmachilarining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari raqamlari va nomlari koʻrsatiladi.
33. Imzolar namunalari va muhr izi kartochkasiga buyurtmachilar va kapital qoʻyilma buyurtmachilarining rahbari, bosh buxgalteri va uning oʻrinbosari, shuningdek yuriskonsult (yurist) yoki rahbar tomonidan vakolat berilgan shaxslarning imzolari namunalari kiritiladi va buyurtmachilar va kapital qoʻyilma buyurtmachilarining muhr izi bilan tasdiqlanadi. Agar buyurtmachilar va kapital qoʻyilma buyurtmachilarida yuriskonsult (yurist) shtati mavjud boʻlmasa, uning imzosi boʻlishi talab qilinmaydi.
34. Imzolar namunalari va muhr izi kartochkasidagi imzolar namunalari tegishli xodimlarning oʻz qoʻllari bilan qoʻyilgan boʻlishi lozim. Imzolar namunalari faksimile orqali qoʻyilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
35. Birinchi imzo huquqi bosh buxgalterga yoki ikkinchi imzo huquqiga ega boshqa shaxslarga berilishi mumkin emas.
Buyurtmachilarda buxgalter lavozimi boʻlmaganda imzolar namunalari va muhr izi kartochkasining ikkinchi imzo qatorida “Nazarda tutilmagan” yozuvi koʻrsatiladi.
36. Shaxslarga vaqtinchalik birinchi yoki ikkinchi imzo huquqi berilganda, shuningdek rahbar tomonidan vakolat berilgan shaxslardan biri vaqtinchalik almashtirilganda vaqtincha vakolatga ega boʻlgan shaxsning imzo namunasi boʻlgan kartochka, amal qilish muddati koʻrsatilgan holda mazkur Qoidalarning 5-ilovasiga muvofiq shaklda uch asl nusxada tuziladi va tegishli gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga ikki asli taqdim qilinadi. Vaqtinchalik kartochka mazkur Qoidalarning 31-bandida belgilangan tartibda tasdiqlanadi. Vaqtinchalik kartochkaning birinchi asli yuridik majburiyatlarni roʻyxatga oluvchi masʼul xodimda, ikkinchi asli esa moliyaviy majburiyatlarni roʻyxatga oluvchi va xarajatlar toʻlovini amalga oshiruvchi masʼul xodimda saqlanadi. Kartochkaning uchinchi asli buyurtmachi yoki kapital qoʻyilma buyurtmachisida qoladi.
37. Buyurtmachi yoki kapital qoʻyilma buyurtmachisining imzolar namunalari va muhr izi kartochkasida aks ettirilgan muhr oʻzgarganda, imzolardan biri almashganda yoki toʻldirilganda, mazkur buyurtmachi yoki kapital qoʻyilma buyurtmachisi tasdiqlangan yangi imzolar namunalari va muhr izi kartochkasini taqdim etadi. Amal qilish muddati tugagan imzolar namunalari va muhr izi kartochkalari gʻaznachilik xizmati boʻlinmasida saqlanadi.
38. Gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari imzolar namunalari va muhr izi kartochkasidan buyurtmachilar va kapital qoʻyilma buyurtmachilarining yuridik va moliyaviy majburiyatlarini roʻyxatdan oʻtkazishda, shuningdek toʻlovlarni amalga oshirishda ulardagi imzolar va muhr izini imzolar namunalari va muhr izi kartochkasida koʻrsatilgan imzolar va muhr izi namunalariga solishtirishda foydalanadi.
Bunda buyurtmachilar va kapital qoʻyilma buyurtmachilarining gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga taqdim qilingan yuridik va moliyaviy majburiyatlarini tasdiqlovchi hujjatlardagi imzolar va muhr izining haqiqiyligiga buyurtmachilar va kapital qoʻyilma buyurtmachilari rahbarlari va bosh buxgalterlari javobgardir.
381. Gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarida yuridik va moliyaviy majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun barcha hujjatlarni faqat elektron shaklda taqdim etadigan “UzASBO” DMga ulangan buyurtmachilar va kapital qoʻyilma buyurtmachilari tomonidan imzolar namunalari va muhr izi kartochkasi gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga taqdim etilmaydi.
5-bob. Budjet tizimi budjetlari daromadlarining gʻazna ijrosi
39. Oʻzbekiston Respublikasining davlat budjeti va DMJ budjetlari daromadlarining gʻazna ijrosi Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 2771, 2016-yil 30-mart) muvofiq amalga oshiriladi.
40. Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari YAGʻHga kirim qilinadi va mazkur budjet tashkilotlariga tushumlar yoki budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan avval amalga oshirilgan kassa xarajatlarining tiklanish summalari sifatida ularning budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida hisobga olinadi.
41. Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga kelib tushgan mablagʻlarni toʻgʻri aks ettirilishini taʼminlash uchun banklar tomonidan shakllantiriladigan elektron toʻlov hujjatlarining “toʻlov maqsadi” grafasida mazkur Qoidalarning 6-ilovasiga muvofiq Toʻlov turlari boʻyicha maʼlumotnomada koʻrsatilgan tegishli toʻlov kodlari, shuningdek budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari boʻyicha tegishli budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari koʻrsatilishi lozim.
42. Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga notoʻgʻri yoki ortiqcha kelib tushgan mablagʻlarni, shuningdek DMJ va BMJ shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga notoʻgʻri yoki ortiqcha kelib tushgan mablagʻlarning qaytarilishi gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari tomonidan budjet tashkilotlari, DMJ va BMJ taqsimlovchi organlarning yozma murojaatlari va mazkur Qoidalar talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan toʻlov hujjatlari asosida amalga oshiriladi, bundan davlat soliq xizmati organlari tomonidan undiriladigan toʻlovlar mustasno.
“UzASBO” DM ulangan budjet tashkilotlari, DMJ va BMJlar notoʻgʻri yoki ortiqcha kelib tushgan mablagʻlarni shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan “UzASBO” DMda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan elektron toʻlov topshiriqnomalarni gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga yuborish orqali qaytaradi.
Bojxona organlarining depozit gʻazna hisobvaraqlaridan mablagʻlarni toʻlovchilarga qaytarish faqat toʻlov hujjatlari asosida, davlat soliq xizmati organlarining tegishli budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan mablagʻlarni toʻlovchilarga qaytarish esa soliq organlarining tegishli xulosalari va toʻlov hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
6-bob. Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazish
1-§. I va II guruh xarajatlari boʻyicha yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazish
43. I va II guruh xarajatlari boʻyicha yuridik majburiyatlar gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari tomonidan shartnomalar va mazkur Qoidalarning 7-ilovasiga muvofiq shakldagi I va II guruh xarajatlari boʻyicha yuridik va moliyaviy majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga buyurtmalar (bundan buyon matnda YUMMR buyurtmalari deb yuritiladi) asosida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Bunda “UzASBO” DMga ulangan buyurtmachilar YUMMR buyurtmasini “UzASBO” DMda shakllantiradi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga elektron hujjat shaklida yuboradi. “UzASBO” DM orqali elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga yuborilgan YUMMR buyurtmalari qogʻoz shaklida rasmiylashtirilmaydi. YUMMR buyurtmalarining elektron shaklda rasmiylashtirilishi va ulardagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun buyurtmachilar javobgar hisoblanadi.
44. Buyurtmachilar ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi maʼlumotlarini maxsus axborot portali orqali gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga yuboradi.
Maxsus axborot portali orqali gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga yuborilgan ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasining qogʻoz shaklidagi asl nusxasi gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga taqdim etilmaydi va buyurtmachilarda saqlanadi. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasining qogʻoz va elektron shaklda rasmiylashtirilishi, ulardagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi, oʻzaro muvofiqligi va aslining saqlanishi uchun buyurtmachilar javobgar hisoblanadi.
45. Buyurtmachilarning “UzASBO” DM va maxsus axborot portali orqali elektron hujjat shaklida gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga yuborilgan YUMMR buyurtmalari va ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari tomonidan xarajatlar smetasida koʻrsatilgan summalar va maqsadlarga muvofiq ravishda tuzilishi ustidan nazorat oʻrnatish asosida bir ish kuni ichida masʼul xodimning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan holda “OʻRIMV” ATda elektron tarzda roʻyxatdan oʻtkaziladi, kamchiliklar aniqlanganida esa tegishli kamchiliklari koʻrsatilgan holda elektron tarzda buyurtmachilarga qaytariladi.
46. “UzASBO” DMga ulanmagan buyurtmachilar YUMMR buyurtmalarini qogʻoz shaklida ikki asl nusxada, unda koʻrsatilgan summalarni toʻlashga toʻlov hujjatlari ilova qilingan holda gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga taqdim qiladi.
Bunda mazkur YUMMR buyurtmalarini roʻyxatdan oʻtkazishda gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining masʼul xodimlari mazkur Qoidalarning 47 — 51-bandlariga muvofiq ish yuritadi.
47. Gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining masʼul xodimlari YUMMR buyurtmalarini qabul qilganlaridan soʻng YUMMR buyurtmalariga qabul qilib olgan sanasini koʻrsatgan holda oʻz imzolarini qoʻyadi.
48. Gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining masʼul xodimlari bir ish kuni mobaynida YUMMR buyurtmalarida koʻrsatilgan summalarni xarajatlarni qoplashga tegishli manbalarning (budjetdan ajratiladigan mablagʻlar, vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari va BMJ mablagʻlari) mavjudligiga, shuningdek ularga ilova qilingan toʻlov hujjatlaridagi summalarni YUMMR buyurtmalarida koʻrsatilgan summalarga muvofiqligi yuzasidan tekshiradi.
Kamchiliklar boʻlmaganida gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining masʼul xodimlari tomonidan YUMMR buyurtmalari budjetdan ajratiladigan mablagʻlar, BMJ mablagʻlari hamda vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari boʻyicha roʻyxatdan oʻtkaziladi.
49. YUMMR buyurtmalarida kamchiliklar aniqlanganida, gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining masʼul xodimlari YUMMR buyurtmasida kamchiliklarini koʻrsatgan holda uni buyurtmachining masʼul xodimiga qaytaradi.
50. Kamchiliklari koʻrsatib qaytarilgan YUMMR buyurtmalari toʻgʻrisidagi maʼlumot hisobi gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari tomonidan “OʻRIMV” ATda elektron shaklda amalga oshiriladi.
51. YUMMR buyurtmasi gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilganidan soʻng buyurtmachilarning masʼul xodimlari YUMMR buyurtmasining ikki asliga qabul qilib olgan sanasini koʻrsatgan holda oʻz imzosini qoʻyadi va YUMMR buyurtmasining bir asli buyurtmachilarning masʼul xodimlariga qaytariladi. YUMMR buyurtmasining ikkinchi asli gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarida saqlash uchun qoladi.
2-§. III guruh xarajatlari boʻyicha yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazish
52. III guruh xarajatlari boʻyicha yuridik majburiyatlar kapital qoʻyilma buyurtmachilari tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan tuzgan shartnomalari (ularga qoʻshimcha va oʻzgartirishlarni ham inobatga olgan holda) (bundan buyon matnda shartnomalar deb yuritiladi) asosida gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarida roʻyxatdan oʻtkazilishi shart.
Bunda shartnomalarda qurilishning dastlabki ikki oyi mobaynida avans toʻlovlari qurilishning prognoz qilinayotgan yili uchun eng yaxshi takliflarni tanlash (bundan buyon matnda tanlash deb yuritiladi) va tender natijalari boʻyicha belgilangan ishlar qiymatining 30 foizigacha miqdorda teng ulushlarda ajratilishi nazarda tutiladi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
53. III guruh xarajatlari boʻyicha shartnomalar amal qilish muddati tegishli moliya yilining 31-dekabridan kechikmasdan tuzilishi lozim, kapital qoʻyilmalar boʻyicha shartnomalar hamda qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan amal qilish muddati bir necha yilni tashkil etishi mumkin boʻlgan hollar bundan mustasno.
54. Shartnomalar tomonlarning elektron raqamli imzolaridan foydalangan holda elektron shaklda tuziladi, xorijiy yetkazib beruvchilar bilan tuziladigan shartnomalar bundan mustasno.
55. Agar shartnomada ikkinchi tomonning xabarnomasiga koʻra shartnoma qoʻshimcha kelishuvsiz bekor qilinishi mumkinligi nazarda tutilgan boʻlsa, ushbu shartnoma boʻyicha yuridik majburiyatni bekor qilish tovarlar (pudratchilarning) mazkur shartnoma shartlariga muvofiq shartnoma bekor qilinishiga qarshiligi yoʻqligi toʻgʻrisidagi yozma yoki elektron xabarnomasi asosida amalga oshiriladi.
56. Kapital qoʻyilma buyurtmachilarining tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan shartnomalarida tomonlarning yuridik manzillari va rekvizitlari mazkur Qoidalarning 10-ilovasiga muvofiq rasmiylashtiriladi.
57. Kapital qoʻyilma buyurtmachilari yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun quyidagi hujjatlarni belgilangan tartibda maxsus axborot portaliga joylashtiradi:
mazkur Qoidalarning 8-ilovasiga muvofiq shaklda Toʻlovlar jadvali;
belgilangan tartibda tasdiqlangan qurilishlarning va (yoki) loyiha-qidiruv ishlarining manzilli roʻyxatlari;
davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq pudratchini (loyiha tashkilotini) aniqlash boʻyicha xarid komissiyasi yigʻilishining bayoni;
buyurtmachi bilan pudratchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma;
pudrat tashkilotining qurilish tavakkalchiliklarini sugʻurtalash yuzasidan sugʻurta polisi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining qurilish-montaj ishlarini bajarishga (qurilishning butun davri uchun berilgan) ruxsati;
davlat ekologiya ekspertizasi xulosasi (zarur boʻlganda);
agar qonunchilik hujjatlarida tovarning (ishning, xizmatning) davlat xaridi toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida amalga oshirilgan boʻlsa, shartnoma va shartnoma boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi huzuridagi “Loyihalar va xaridlar samaradorligini oshirish markazi” davlat muassasasining (bundan buyon matnda Kompleks ekspertiza qilish markazi deb yuritiladi) tegishli xulosasi (qonunchilikda belgilangan hollar bundan mustasno).
Bunda shartnomalarda tomonlar yuridik xizmatlarining yoki jalb qilingan advokatlarning imzosi boʻlishi shart.
58. Kapital qoʻyilmaga xarajatlar turli manbalar hisobidan, investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar doirasida, Davlat budjeti mablagʻlari, kredit mablagʻlari, davlatlar, davlatlar hukumatlari, xalqaro moliyaviy institutlar, shuningdek xalqaro va chet el hukumat va nohukumat tashkilotlari va boshqalar qarzlari hamda grantlari hisobidan moliyalashtiriladigan hollarda shartnomalar, ishlar bajarilganligini tasdiqlovchi birlamchi va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish tegishli xalqaro shartnomalar talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
60. Gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining masʼul xodimlari kapital qoʻyilma buyurtmachilari tomonidan shartnoma maxsus axborot portali orqali yuborilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida shartnomada koʻrsatilgan summani shartnomada koʻrsatilgan xarajatlarni qoplashga tegishli manbaning (budjetdan ajratiladigan mablagʻlar, vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari va BMJ mablagʻlari) mavjudligini, tomonlarning zarur rekvizitlari, shuningdek mazkur Qoidalarning 57-bandida koʻrsatilgan hujjatlarning mavjudligini tekshiradi.
61. Shartnomalarni mazkur Qoidalar talablariga muvofiqligi yuzasidan tekshirishda kamchiliklar boʻlmagan hollarda shartnomalar maxsus axborot portali orqali yuborilganidan soʻng toʻrtinchi ish kunidan kechiktirmay gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi.
62. Mazkur Qoidalar talablariga nomuvofiq holda maxsus axborot portali orqali yuborilgan shartnomalar roʻyxatdan oʻtkazilmasdan, “OʻRIMV” ATda uni roʻyxatdan oʻtkazmasdan qaytarishning asosli sabablarini koʻrsatgan holda elektron shaklda qaytariladi.
63. Qaytarilgan shartnomalar toʻgʻrisidagi maʼlumot hisobi gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari tomonidan “OʻRIMV” ATda elektron koʻrinishda mazkur Qoidalarning 12-ilovasiga muvofiq shaklda Qaytarilgan shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish kitobida yuritiladi.
64. Qaytarilgan shartnomalar boʻyicha koʻrsatilgan barcha kamchiliklar toʻliq bartaraf etilgan hollarda, shuningdek maxsus axborot portali orqali qayta yuborilgan shartnomalarda avval koʻrsatilmagan boshqa kamchiliklar boʻlmaganda gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari tomonidan shartnomani kapital qoʻyilma buyurtmachilariga takroran qaytarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
67. Manzilli roʻyxatlar asosida bir necha yil amalga oshiriladigan shartnomalar boʻyicha joriy moliya yilining yuridik majburiyatlari gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari tomonidan kapital qoʻyilmalarning joriy moliya yili uchun tasdiqlangan manzilli roʻyxatida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
68. Bajarish muddati bir yildan ortiq muddatni tashkil etadigan shartnomalar boʻyicha yuridik majburiyatlarni keyingi moliya yilida roʻyxatdan oʻtkazish kapital qoʻyilma buyurtmachilari tomonidan gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga maxsus axborot portali orqali taqdim etiladigan quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:
ilgari gʻaznachilik boʻlinmalarida roʻyxatdan oʻtkazilgan asosiy shartnoma;
qoʻshimcha kelishuv (asosiy shartnoma shartlariga oʻzgartirishlar kiritilgan hollarda);
Toʻlovlar jadvali;
manzilli roʻyxat (loyiha-tadqiqot ishlarining manzilli roʻyxati).
Bunda keyingi moliya yillaridagi qoʻshimcha kelishuvlar asosiy shartnoma lotiga bogʻlangan holda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
69. Kafolat muddati tugaganidan soʻng toʻlanadigan obyekt qiymatidan 5 foiz kafolat summasi boʻyicha yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazish kapital qoʻyilma buyurtmachilari tomonidan gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga maxsus axborot portali orqali qoʻshimcha kelishuv yoki mazkur Qoidalarning 9-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga buyurtma bilan birga quyidagi hujjatlarni taqdim etish asosida amalga oshiriladi:
ilgari gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarida roʻyxatdan oʻtkazilgan asosiy shartnoma (barcha qoʻshimcha kelishuvlari bilan);
Toʻlovlar jadvali;
qurilish obyektini qabul qilish boʻyicha tegishli davlat komissiyasining dalolatnomasi va obyektdan foydalanuvchi tashkilot maʼlumotnomasi (xati);
kapital qoʻyilma buyurtmachisi va tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) oʻrtasida tuzilgan solishtirish dalolatnomasi;
manzilli roʻyxat.
Bunda, qoʻshimcha kelishuv asosiy shartnoma lotiga bogʻlangan holda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
71. Kapital qoʻyilma buyurtmachilarining buyurtmachi xizmatini saqlab turishga mablagʻlarni oʻtkazish boʻyicha yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazish har bir obyekt boʻyicha tasdiqlangan manzilli roʻyxatda mazkur maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida kapital qoʻyilma buyurtmachisi tomonidan gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga taqdim etiladigan:
Toʻlovlar jadvali;
Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga buyurtma asosida amalga oshiriladi.
711. “UzASBO” DMga ulangan kapital qoʻyilma buyurtmachilari yetkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan tuzgan shartnomalarini va unga tegishli ilovalarni mazkur Qoidalarning 712 va 714-bandlarida belgilangan tartibda maxsus axborot portaliga joylashtiradi. Ushbu maʼlumotlar “OʻRIMV” ATda avtomatik tarzda shakllanadi.
712. “UzASBO” DMga ulangan kapital qoʻyilma buyurtmachilari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yetkazib beruvchini tanlab shartnoma tuzganidan soʻng mazkur Qoidalarning 57, 68 yoki 69-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlarni maxsus axborot portaliga joylashtiradi. Ushbu maʼlumotlar “OʻRIMV” ATda avtomatik tarzda shakllanadi.
Maxsus axborot portali maʼlumotlari asosida “OʻRIMV” ATda avtomatik tarzda shakllangan mazkur Qoidalarning 57, 68 yoki 69-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlarning qogʻoz shaklidagi asl nusxalari gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga taqdim etilmaydi va kapital qoʻyilma buyurtmachilarida saqlanadi.
Bunda budjet tizimi budjetlari mablagʻlari hisobidan shartnoma tuzishda yetkazib beruvchilarni tanlash tartibotlarini toʻgʻri oʻtkazilishi, shartnomani rasmiylashtirishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan barcha talablarga rioya etilishi, shartnoma boʻyicha ishlarni bajarishga vakolatli organlar xulosalari va ruxsatlarining mavjudligi, shuningdek tanlash yoki tender ishtirokchilarining takliflarini koʻrib chiqish va baholash bayonnomasi va shartnomaning qogʻoz va elektron shaklining oʻzaro muvofiqligi, ulardagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi, shartnomaning asli va shartnoma tuzish uchun asos boʻlgan barcha hujjatlarning saqlanishi uchun kapital qoʻyilma buyurtmachilari javobgar hisoblanadi.
713. “UzASBO” DMga ulangan kapital qoʻyilma buyurtmachilari buyurtmachi xizmatini saqlab turishga xarajatlari va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan yigʻimlar, badallar, soliqlar va boshqa toʻlovlar boʻyicha “UzASBO” DMda buyurtma shakllantiradi va elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga yuboradi. “UzASBO” DM orqali elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga yuborilgan buyurtma qogʻoz shaklida rasmiylashtirilmaydi. Buyurtma uchun asos boʻlgan hujjatlar gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga taqdim etilmaydi va kapital qoʻyilma buyurtmachilarida saqlanadi.
Bunda buyurtmaning asosliligi va unga asos boʻlgan barcha hujjatlarning saqlanishi uchun kapital qoʻyilma buyurtmachilari javobgar hisoblanadi.
714. Kapital qoʻyilma buyurtmachilarining maxsus axborot portali maʼlumotlari asosida avtomatik tarzda maʼlumotlari shakllangan shartnomalari va “UzASBO” DM orqali elektron hujjat shaklida gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga yuborilgan buyurtmalari gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari tomonidan xarajatlar smetasida koʻrsatilgan summalar va maqsadlarga muvofiq ravishda tuzilishi ustidan nazorat oʻrnatish asosida bir ish kuni ichida masʼul xodimning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan holda “OʻRIMV” ATda elektron tarzda roʻyxatdan oʻtkaziladi, kamchiliklar aniqlanganida esa tegishli kamchiliklari koʻrsatilgan holda elektron tarzda kapital qoʻyilma buyurtmachilariga qaytariladi.
Elektron doʻkon va boshlangʻich narxni pasaytirish uchun oʻtkaziladigan auksion, shuningdek, elektron kooperatsiya portali orqali tuzilgan shartnomalar bir ish kuni ichida “OʻRIMV” ATda gʻaznachilik masʼul xodimining ishtirokisiz avtomatik tartibda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
72. Gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan shartnomalar va Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga buyurtmalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hisobi “OʻRIMV” ATda mazkur Qoidalarning 13-ilovasiga muvofiq shaklda Shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish kitobida elektron koʻrinishda yuritiladi.
3-§. IV guruh xarajatlari boʻyicha yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazish
73. IV guruh xarajatlari boʻyicha yuridik majburiyatlar buyurtmachilar tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan tuzgan shartnomalari va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar (yigʻimlar, badallar, soliqlar va boshqa toʻlovlar boʻyicha yuridik majburiyatlar) asosida gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarida roʻyxatdan oʻtkazilishi shart.
Bunda buyurtmachilarning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish toʻgʻrisida tuziladigan shartnomalarida 15 foiz miqdorida oldindan toʻlovni amalga oshirish nazarda tutiladi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan hollar va elektron davlat xaridlar orqali tuzilgan shartnomalar bundan mustasno.
74. IV guruh xarajatlari boʻyicha shartnomalar amal qilish muddati tegishli moliya yilining 31-dekabridan kechikmagan muddatga tuzilishi lozim, manzilli roʻyxatlar asosida muddati bir necha yilni tashkil qilishi mumkin boʻlgan kapital taʼmirlash xarajatlari boʻyicha shartnomalar hamda qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan amal qilish muddati bir necha yilni tashkil etishi mumkin boʻlgan hollar bundan mustasno.
75. Shartnomalar tomonlarning elektron raqamli imzolaridan foydalangan holda elektron shaklda tuziladi, xorijiy yetkazib beruvchilar bilan tuziladigan shartnomalar bundan mustasno.
76. Agar shartnomada ikkinchi tomonning xabarnomasiga koʻra shartnoma qoʻshimcha kelishuvsiz bekor qilinishi mumkinligi nazarda tutilgan boʻlsa, ushbu shartnoma boʻyicha yuridik majburiyatni bekor qilish tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilarning (pudratchilarning) mazkur shartnoma shartlariga muvofiq shartnomani bekor qilinishiga qarshiligi yoʻqligi toʻgʻrisidagi yozma yoki elektron xabarnomasi asosida amalga oshiriladi.
77. Buyurtmachilarning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan shartnomalarida tomonlarning yuridik manzillari va rekvizitlari mazkur Qoidalarning 10-ilovasiga muvofiq rasmiylashtiriladi.
79. Buyurtmachilar tomonidan qabul qilinadigan yuridik majburiyatlar hajmi, mos ravishda, budjetdan ajratiladigan mablagʻlar, vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari va BMJ mablagʻlari hajmi bilan chegaralanadi.
81. Davriy bosma nashrlarning obunasi va yetkazib berish uchun shartnomalarni buyurtmachilar joriy moliya yilida keyingi moliya yili uchun tuzishi mumkin. Bunda mazkur shartnomalarda ularning amal qilish muddati kelgusi moliya yilining 31-dekabri sifatida belgilanadi, shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazishda esa “OʻRIMV” ATda ushbu shartnomalar amal qilish muddati joriy yilning 31-dekabri sifatida kiritiladi.
82. Buyurtmachilar tomonidan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotib olishga bitta tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchi (pudratchi) bilan xarajatlarning vazifa jihatidan tasnifining bir nechta kodi boʻyicha shartnomalar tuzishda shartnomalarda har bir shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi va ulardan toʻlov summasi majburiy tartibda alohida koʻrsatiladi. Mazkur shartnomalar buyurtmachilar tomonidan gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga maxsus axborot portali orqali har bir shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari va ular boʻyicha toʻlov summalarini nazarda tutuvchi asosiy shartnoma shaklida elektron tarzda yuboriladi.
Bunda, mazkur Qoidalarning 87-bandida sanab oʻtilgan va roʻyxatdan oʻtkazish uchun shartnomalarga ilova qilinadigan hujjatlar buyurtmachilar tomonidan maxsus axborot portali orqali asosiy shartnoma bilan birga elektron tarzda yuboriladi.
83. IV guruh boʻyicha xarajatlarni turli manbalar hisobidan, Davlat budjeti mablagʻlari, kredit mablagʻlari, davlatlar, davlatlar hukumatlari, xalqaro moliyaviy institutlar, shuningdek xalqaro va chet el hukumat hamda nohukumat tashkilotlari va boshqalar qarzlari hamda grantlari hisobidan moliyalashtiriladigan hollarda shartnomalar tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berilganligini tasdiqlovchi birlamchi va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish tegishli xalqaro shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
84. Shartnomalarda yoki ularga ilovalarda tovarlar miqdori (ishlar va xizmatlar hajmi), tovarlar (ishlar va xizmatlar) birligining narxi va umumiy summasi yoki ish hajmi summasi koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
85. Buyurtmachilarning shartnomalar tuzmasdan qonunchilik hujjatlariga muvofiq yuridik majburiyatlar yuzaga kelishini tasdiqlovchi hujjatlari (schyotlar, kvitansiyalar, xabarnomalar va boshqa hujjatlar) asosida qabul qilinadigan yuridik majburiyatlarining roʻyxatdan oʻtkazish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
soliqlar va yigʻimlarni toʻlash;
iqtisod qilingan mablagʻlarni Budjet tashkilotlarining rivojlantirish jamgʻarmasiga (Tibbiyot tashkilotlarining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasiga) oʻtkazish;
tibbiyot tashkilotiga ajratiladigan budjet mablagʻlari umumiy hajmining 5 foizigacha boʻlgan miqdorda budjetdan ajratiladigan mablagʻlarni Tibbiyot tashkilotlarining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmalariga oʻtkazish;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa toʻlovlarni toʻlash.
86. Mazkur Qoidalarning 85-bandida nazarda tutilgan mablagʻlarni oʻtkazish uchun buyurtmachilar gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ikki asl nusxada Toʻlovlar jadvali;
ikki asl nusxada Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga buyurtma;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa toʻlovlarni toʻlashda yuridik majburiyat mavjudligini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi.
87. Shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun buyurtmachilar gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga maxsus axborot portali orqali shartnoma bilan birga quyidagi hujjatlarni elektron tarzda yuboradi:
Toʻlovlar jadvali;
tanlash yoki tender ishtirokchilarining takliflarini koʻrib chiqish va baholash bayonnomasi;
tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati bir shartnoma boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining olti ming baravari miqdori va undan oshgan shartnoma va shartnomaga oid qoʻshimcha kelishuvlar boʻyicha Kompleks ekspertiza qilish markazining ekspertiza xulosasi, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno.
Bunda shartnomalarda tomonlar yuridik xizmatlarining yoki jalb qilingan advokatlarning imzosi boʻlishi shart.
88. Quyidagi hollarda shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun mazkur Qoidalarning 87-bandida koʻrsatilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlar maxsus axborot portali orqali elektron tarzda yuboriladi:
a) avtotransport, mashina, texnika va uskunalarni joriy, oʻrta va mukammal taʼmirlashda — nuqson dalolatnomasi;
b) bino va inshootlarni joriy va oʻrta taʼmirlashda — loyiha-smeta hujjatlarini belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida xulosa, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
s) binolar, inshootlar va ichki xoʻjalik yoʻllarini mukammal taʼmirlashda:
binolar, inshootlar va ichki xoʻjalik yoʻllarini mukammal taʼmirlash manzilli roʻyxati;
loyiha-smeta hujjatlarining ekspertizadan oʻtkazilganligi boʻyicha xulosa.
92. Bajarish muddati bir yildan ortiq muddatni tashkil etadigan shartnomalar boʻyicha yuridik majburiyatlarni keyingi moliya yilida roʻyxatdan oʻtkazish buyurtmachilar tomonidan gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga maxsus axborot portali orqali taqdim etiladigan quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:
ilgari gʻaznachilik xizmati boʻlinmasida roʻyxatdan oʻtkazilgan asosiy shartnoma;
qoʻshimcha kelishuv (asosiy shartnoma shartlariga oʻzgartirishlar kiritilgan hollarda);
Toʻlovlar jadvali.
Bunda qoʻshimcha kelishuvda tomonlar yuridik xizmatlarining yoki jalb qilingan advokatlarning imzosi boʻlishi shart.
Keyingi moliya yillaridagi qoʻshimcha kelishuvlar asosiy shartnoma lotiga bogʻlangan holda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
94. IV guruh xarajatlari hisobiga naqd pul mablagʻlari toʻlash faqat qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda amalga oshiriladi.
95. Buyurtmachilarning qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda “Oʻqitish xarajatlari”, “Oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish xarajatlari”, “Boshqa xarajatlar” va xarajatlar smetasining boshqa xarajat moddalaridan naqd pul olish boʻyicha yuridik majburiyatlari gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarida buyurtmachilar tomonidan taqdim etiladigan quyidagi hujjatlar asosida I va II guruh xarajatlari boʻyicha yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkaziladi:
ikki asl nusxada YUMMR buyurtmasi;
buyurtmachilarning (xodimni xizmat safariga yuborish, tadbirni oʻtkazish va boshqalar toʻgʻrisidagi) buyrugʻi nusxasi.
Bunda davlat ilmiy-texnik dasturlarini bajarishga iqtisodiy xarajatlar tasnifining bir satrida mablagʻlar oluvchi buyurtmachilarning ish haqi va unga tenglashtirilgan xarajatlari boʻyicha yuridik majburiyatlari YUMMR buyurtmasi asosida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
96. Buyurtmachilar tomonidan mazkur Qoidalarning 95-bandida belgilangan xarajatlarni naqd pul mablagʻlari orqali amalga oshirish mazkur buyurtmachilarning rahbarlari tomonidan tegishli buyruq qabul qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Buyruqda tadbir turi, muddati va oʻtkazilish joyi, ishtirokchilar soni va xarajatlarning umumiy summasi, ishtirokchilarga naqd pul mablagʻlari koʻrinishida toʻlanishi lozim boʻlgan summa alohida koʻrsatilishi lozim.
97. Voyaga yetmagan bolalarga (voyaga yetmagan bolalarning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi yoki fuqarolik pasporti nusxasi asosida) toʻlanishi lozim boʻlgan naqd pul mablagʻlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlab beriladi.
98. Buyurtmachilar tomonidan mazkur Qoidalarning 86-bandida koʻrsatilgan hujjatlar gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga taqdim etilganidan soʻng, gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining masʼul xodimlari Toʻlovlar jadvalining ikki asliga mazkur hujjatlarni qabul qilib olgan sanani koʻrsatgan holda oʻz imzolarini qoʻyadi. Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga buyurtma mazkur Qoidalar talablariga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilganidan soʻng, buyurtmachilarning masʼul xodimlari Toʻlovlar jadvalining ikki asliga roʻyxatdan oʻtkazilgan Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga buyurtmani qabul qilib olgan sanasini koʻrsatgan holda oʻz imzolarini qoʻyadi.
Gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari tomonidan Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga buyurtmalar belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilganidan soʻng, Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga buyurtmaning va Toʻlovlar jadvalining birinchi asli buyurtmachilarga qaytariladi, ikkinchi asli hamda Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga buyurtmalar bilan birga taqdim etilgan hujjatlar nusxalari esa gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarida saqlash uchun qoladi.
99. Gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari buyurtmachilar tomonidan shartnoma yoki Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga buyurtma taqdim etilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida:
mazkur Qoidalarning 86 — 92-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlarning mavjudligini;
budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ijtimoiy soha tashkilotlari tomonidan oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish boʻyicha tuzilgan shartnomalardagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari hududiy iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan tegishli oy uchun “OʻRIMV” ATga kiritiladigan oziq-ovqat mahsulotlarining oʻrtacha bozor narxlaridan yuqori emasligini;
shartnomalarda yoki Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga buyurtmalarda tomonlarning zarur rekvizitlari, muhr va imzolari mavjudligini;
muhr izi va imzolarning buyurtmachilar tomonidan taqdim etilgan imzolar namunalari va muhr izi kartochkasida koʻrsatilgan imzolar va muhr iziga mosligini (hujjatlar qogʻoz shaklda taqdim etilganda);
shartnomalarda yoki Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga buyurtmalarda koʻrsatilgan summani shartnomada yoki Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga buyurtmalarda koʻrsatilgan xarajatlarni qoplashga tegishli manbaning (budjetdan ajratilgan mablagʻlar, vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari va BMJ mablagʻlari) mavjudligini tekshiradi.
100. Buyurtmachilarning shartnomalari va Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga buyurtmalari mazkur Qoidalar talablariga muvofiqligi yuzasidan tekshirishda kamchiliklar boʻlmagan hollarda shartnomalar yoki Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga buyurtmalar taqdim etilganidan soʻng toʻrtinchi ish kunidan kechikmasdan gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi.
101. Mazkur Qoidalar talablariga nomuvofiq holda maxsus axborot portali orqali yuborilgan shartnomalar va Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga buyurtmalar roʻyxatdan oʻtkazilmasdan, “OʻRIMV” ATda ularni roʻyxatdan oʻtkazmasdan qaytarishning asosli sabablarini koʻrsatgan holda elektron shaklda qaytariladi. Bunda Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga buyurtmalar qogʻoz shaklda taqdim qilingan taqdirda mazkur Qoidalarning 11-ilovasiga muvofiq shaklda Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga buyurtmalarni qaytarish varaqasida uni roʻyxatdan oʻtkazmasdan qaytarishning asosli sabablarini yozma koʻrsatgan holda qaytariladi.
102. Qaytarilgan shartnomalar va Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga buyurtmalar toʻgʻrisidagi maʼlumot hisobi gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari tomonidan “OʻRIMV” ATda elektron koʻrinishda Qaytarilgan shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish kitobida yuritiladi.
103. Qaytarilgan shartnomalar va Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga buyurtmalar boʻyicha koʻrsatilgan barcha kamchiliklar toʻliq bartaraf etilgan hollarda, shuningdek qayta taqdim etilgan shartnomalarda yoki Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga buyurtmalarda avval koʻrsatilmagan boshqa kamchiliklar boʻlmaganda gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari tomonidan buyurtmachilarga shartnomalarni va Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga buyurtmalarni takroran qaytarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
106. Gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan shartnomalar va Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga buyurtmalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hisobi “OʻRIMV” ATda Shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish kitobida elektron koʻrinishda yuritiladi.
107. Roʻyxatdan oʻtkazilgan shartnomalar summasiga nisbatan moliyaviy majburiyatlarni kam miqdorda roʻyxatdan oʻtkazilishi natijasida yuzaga kelgan xarajatlarni qoplashga tegishli manba (budjetdan ajratilgan mablagʻlar, vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari va BMJ mablagʻlari) boʻyicha ishlatilmagan qoldiq mavjud boʻlganida buyurtmachilar amal qilish muddati:
tugamagan shartnomalar boʻyicha — tegishli hisobot davri uchun shartnoma summasini kamaytirishni va uni mazkur shartnoma boʻyicha qabul qilingan moliyaviy majburiyatlar summasiga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi qoʻshimcha kelishuv tuzishi va gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga taqdim etishi;
tugagan shartnomalar boʻyicha — gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari tomonidan shartnoma summasini kamaytirilishi va uni mazkur shartnoma boʻyicha qabul qilingan moliyaviy majburiyatlar summasiga muvofiqlashtirilishi uchun asos boʻluvchi mazkur shartnoma boʻyicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan solishtirish dalolatnomasini tuzishi va gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga taqdim etishi zarur.
108. Agar shartnomalar boʻyicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berilishi asosli sabablarga koʻra keyingi moliya yiliga oʻtsa, buyurtmachilar mazkur shartnoma muddati tugaguniga qadar, tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan tuzilgan solishtirish dalolatnomalari asosida shartnomalar muddatini uzaytirish, joriy moliya yilida qabul qilingan yuridik majburiyatlar summasini yetkazib berilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) summasiga kamaytirish, shuningdek yetkazib berilmagan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha yuridik majburiyatlarni keyingi moliya yiliga oʻtkazishni nazarda tutuvchi qoʻshimcha kelishuvlar tuzishi mumkin. Bunda mazkur qoʻshimcha kelishuvlar tovarlar (ishlar, xizmatlar) birligi narxining oshishini nazarda tutmasligi va ularning umumiy summasi tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) yetkazib berilmagan qismi boʻyicha yuridik majburiyatlar summasidan oshmasligi shart.
Bunda mazkur qoʻshimcha kelishuvni roʻyxatdan oʻtkazishda “OʻRIMV” ATda ularning amal qilish muddati joriy yilning 31-dekabri sifatida kiritiladi.
109. Gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari mazkur Qoidalarning 108-bandida koʻrsatilgan buyurtmachilar va tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) oʻrtasida tuzilgan qoʻshimcha kelishuvni keyingi moliya yilida quyidagi tartibda roʻyxatdan oʻtkazadi:
budjetdan ajratiladigan mablagʻlar va BMJ mablagʻlari boʻyicha — budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar (Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan mablagʻ oladigan tashkilotlar boʻyicha), hududiy iqtisodiyot va moliya organlari, DMJ va BMJ taqsimlovchi organlarining keyingi moliya yilining xarajatlar smetasida ular tomonidan mazkur qoʻshimcha kelishuv boʻyicha yuridik va moliyaviy majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazish va toʻlovlarni amalga oshirish uchun yetarli mablagʻlar rejalashtirilganligini tasdiqlovchi xulosasi asosida;
vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari boʻyicha — vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari boʻyicha keyingi moliya yilining xarajatlar smetasida mazkur qoʻshimcha kelishuv boʻyicha yuridik va moliyaviy majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazish va toʻlovlarni amalga oshirish uchun yetarli mablagʻlar rejalashtirilganligini tasdiqlovchi budjet tashkilotlarining kafolat xati asosida.
1091. “UzASBO” DMga ulangan buyurtmachilar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yetkazib beruvchini tanlab shartnoma tuzganidan soʻng tanlash yoki tender ishtirokchilarining takliflarini koʻrib chiqish va baholash bayonnomasi hamda shartnoma (qonunchilik hujjatlariga muvofiq bajarish muddati bir yildan ortiq muddatni tashkil etadigan shartnomalar boʻyicha shartnomaga qoʻshimcha kelishuv) maʼlumotlarini maxsus axborot portaliga kiritadi. Ushbu maʼlumotlar “OʻRIMV” ATda avtomatik tarzda shakllanadi. Maxsus axborot portali maʼlumotlari asosida “OʻRIMV” ATda avtomatik tarzda maʼlumotlari shakllangan shartnomaga oid tanlash yoki tender ishtirokchilarining takliflarini koʻrib chiqish va baholash bayonnomasi hamda shartnomaning qogʻoz shaklidagi asl nusxasi va shartnoma tuzish uchun asos boʻlgan hujjatlar gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga taqdim etilmaydi va buyurtmachilarda saqlanadi.
Bunda budjet tizimi budjetlari mablagʻlari hisobidan shartnoma tuzishda yetkazib beruvchilarni tanlash tartibotlarini toʻgʻri oʻtkazilishi, shartnomani rasmiylashtirishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan barcha talablarga rioya etilishi, shartnoma boʻyicha ishlarni bajarishga vakolatli organlar xulosalari va ruxsatlarining mavjudligi, shuningdek tanlash yoki tender ishtirokchilarining takliflarini koʻrib chiqish va baholash bayonnomasi va shartnomaning qogʻoz va elektron shaklining oʻzaro muvofiqligi, ulardagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi, shartnomaning asli va shartnoma tuzish uchun asos boʻlgan barcha hujjatlarning saqlanishi uchun buyurtmachilar javobgar hisoblanadi.
1092. “UzASBO” DMga ulangan buyurtmachilar qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan yigʻimlar, badallar, soliqlar va boshqa toʻlovlar boʻyicha “UzASBO” DMda buyurtma shakllantiradi va elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga yuboradi. “UzASBO” DM orqali elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga yuborilgan buyurtma qogʻoz shaklida rasmiylashtirilmaydi. Buyurtma uchun asos boʻlgan hujjatlar gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga taqdim etilmaydi va buyurtmachilarda saqlanadi.
Bunda buyurtmaning asosliligi va unga asos boʻlgan barcha hujjatlarning saqlanishi uchun buyurtmachilar javobgar hisoblanadi.
1093. Buyurtmachilarning maxsus axborot portali maʼlumotlari asosida “OʻRIMV” ATda avtomatik tarzda maʼlumotlari shakllangan shartnomalari va “UzASBO” DM orqali elektron hujjat shaklida gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga yuborilgan buyurtmalari gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari tomonidan xarajatlar smetasida koʻrsatilgan summalar va maqsadlarga muvofiq ravishda tuzilishi ustidan nazorat oʻrnatish asosida bir ish kuni ichida masʼul xodimning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan holda “OʻRIMV” ATda elektron tarzda roʻyxatdan oʻtkaziladi, kamchiliklar aniqlanganida esa tegishli kamchiliklari koʻrsatilgan holda elektron tarzda buyurtmachilarga qaytariladi.
Elektron doʻkon va boshlangʻich narxni pasaytirish uchun oʻtkaziladigan auksion, shuningdek, elektron kooperatsiya portali orqali tuzilgan shartnomalar bir ish kuni ichida “OʻRIMV” ATda gʻaznachilik masʼul xodimining ishtirokisiz avtomatik tartibda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
4-§. Buyurtmachilarning lizing shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish
110. Buyurtmachilar budjetdan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan faqat qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda lizing shartnomalari tuzish huquqiga egadirlar.
111. Gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari tomonidan buyurtmachilarning lizing shartnomalari boʻyicha roʻyxatdan oʻtkaziladigan yuridik majburiyatlari hajmi, mos ravishda, budjetdan ajratiladigan mablagʻlar, vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari va BMJ mablagʻlari hajmi bilan chegaralanadi.
112. Lizing shartnomalari boʻyicha yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun buyurtmachilar gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga “UzASBO” DM orqali Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga buyurtma yuboradi.
Bunda shartnomalarda tomonlar yuridik xizmatlarining yoki jalb qilingan advokatlarning imzosi boʻlishi shart.
113. Lizing shartnomalari boʻyicha joriy moliya yilida yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazilishi lizing toʻlovlari boʻyicha tasdiqlangan toʻlovlar jadvali asosida joriy moliya yilida toʻlanishi nazarda tutilgan summa doirasida amalga oshiriladi.
Lizing shartnomalari boʻyicha yuridik majburiyatlarni keyingi moliya yillarida roʻyxatdan oʻtkazilishi lizing boʻyicha tasdiqlangan toʻlovlar jadvalida nazarda tutilgan mos ravishda keyingi moliya yillarida toʻlanishi lozim boʻlgan summalardan kelib chiqib ikki asl nusxada Toʻlovlar jadvali asosida amalga oshiriladi.
1141. “UzASBO” DMga ulangan buyurtmachilarning lizing shartnomalari boʻyicha yuridik majburiyatlarini roʻyxatdan oʻtkazish mazkur Qoidalarning 1092 va 1093-bandlarida belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
5-§. Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) import qilish boʻyicha shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish
115. Buyurtmachilarning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) import qilish boʻyicha shartnomalari, ularga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar ushbu shartnomalar qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda vakolatli organlarda tegishli ekspertizadan oʻtganidan va hisobga qoʻyilganidan soʻng gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi. Bunda shartnomalarda koʻrsatilgan summalar gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
116. Gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari tomonidan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) import qilish boʻyicha shartnomalarni (unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni ham inobatga olib) roʻyxatdan oʻtkazish uchun buyurtmachilar gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga maxsus axborot portali orqali shartnoma bilan birga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda yuboradi:
Toʻlovlar jadvali;
milliy valyutani xorijiy valyutaga konvertatsiya qilishga soʻrovnoma.
Bunda shartnomalarda tomonlar yuridik xizmatlarining yoki jalb qilingan advokatlarning imzosi boʻlishi shart.
117. Bajarish muddati bir moliya yilidan ortiq muddatni tashkil etadigan import shartnomalari boʻyicha yuridik majburiyatlarni gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari tomonidan keyingi moliya yillarida roʻyxatdan oʻtkazish quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:
ilgari gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarida roʻyxatga olingan asosiy shartnoma;
qoʻshimcha kelishuv (asosiy shartnoma shartlariga oʻzgartirishlar kiritilgan hollarda);
Toʻlovlar jadvali;
milliy valyutani xorijiy valyutaga konvertatsiya qilishga soʻrovnoma.
118. Buyurtmachilarning import shartnomalarini gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari tomonidan roʻyxatdan oʻtkazish mazkur Qoidalarning 98 — 106-bandlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bunda qonunchilik hujjatlariga muvofiq tegishli vakolatli organlarda ekspertizadan oʻtkazilgan va hisobga qoʻyilgan import shartnomalari boʻyicha buyurtmachilar gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga tanlash yoki tender savdolari oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmaydi.
119. Import shartnomalari tashqi kredit mablagʻlari, davlatlar, davlatlar hukumatlari, xalqaro moliyaviy institutlar, shuningdek xalqaro va chet el hukumat va nohukumat tashkilotlari va boshqalar qarzlari hamda grantlari hisobidan moliyalashtiriladigan hollarda import shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish tegishli xalqaro shartnomalar bilan oʻrnatilgan qoidalarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
120. Konvertatsiya va belgilangan tartibda toʻlov uchun mablagʻlar buyurtmachilar tomonidan taqdim etiladigan milliy valyutani xorijiy valyutaga konvertatsiya qilishga soʻrovnoma asosida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ochilgan tegishli bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. Xorijiy valyuta kursining koʻtarilish tomonga oʻzgarishi hollarida milliy valyutani xorijiy valyutaga konvertatsiya qilishga qoʻshimcha soʻrovnoma taqdim etiladi.
121. Buyurtmachilar import shartnomalari tuzishda va ularni xorijiy valyutada toʻlash sharti bilan majburiyatlarni qabul qilishda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan valyutalar kursi farqlarini qoplash uchun xarajatlarni qoplashga tegishli manbalar (budjetdan ajratilgan mablagʻlar, vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari va BMJ mablagʻlari) zaxirasini nazarda tutishlari lozim.
122. Yuzaga kelishi mumkin boʻlgan valyuta kursi farqlarini qoplash uchun ajratiladigan budjet mablagʻlarining zarur zaxirasi har bir aniq import shartnomasi boʻyicha individual tarzda buyurtmachilar tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligining sohalarni moliyalashtiruvchi tegishli boshqarmalari yoki hududiy iqtisodiyot va moliya organlari ishtirokida shartnoma tuzilgan sana, nazarda tutilayotgan muddat va valyuta kursining kutilayotgan oʻzgarishlari bilan bogʻliq holda aniqlanadi.
123. Import shartnomalari boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar (akkreditiv ochish, konvertatsiya va boshqa xizmatlar) uchun toʻlovlar buyurtmachilar tomonidan taqdim etiladigan ikki nusxada Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga buyurtma va Toʻlovlar jadvali hamda toʻlov hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
1231. “UzASBO” DMga ulangan buyurtmachilarning import shartnomalarini, shuningdek import shartnomalari boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar (akkreditiv ochish, konvertatsiya va boshqa xizmatlar) uchun toʻlovlar boʻyicha buyurtmalarini roʻyxatdan oʻtkazish mazkur Qoidalarning 1091 — 1093-bandlarida belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Bunda qonunchilik hujjatlariga muvofiq import shartnomalari, ularga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar vakolatli organlarda tegishli ekspertizadan oʻtkazilishi lozim boʻlganida mazkur shartnomalar, ularga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar dastlab vakolatli organlarda tegishli ekspertizadan oʻtkazilishi va hisobga qoʻyilishi lozim.
7-bob. Buyurtmachilarining tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazishda narx yechimi hamda narxlar monitoringini amalga oshirish
124. Gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari buyurtmachilar tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan tuzilayotgan shartnomalarning sifatli taʼminlanishini va narx-navo yechimini nazarda tutuvchi budjet mablagʻlaridan foydalanishni maqbullashtirish ustidan monitoringni tanlash yoki tender savdolari oʻtkazilganligi natijalarini tasdiqlovchi tanlov (tender) ishtirokchilarining takliflarini koʻrib chiqish va baholash bayonnomasi nusxasini olish yoʻli bilan amalga oshiradi.
Bunda buyurtmachilar tanlash yoki tender savdolari oʻtkazilganligi natijalarini tasdiqlovchi tanlash yoki tender ishtirokchilarining takliflarini koʻrib chiqish va baholash bayonnomalarini maxsus axborot portaliga kiritib, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda elektron shaklini shartnoma bilan birga gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga yuboradi.
125. Buyurtmachilar tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan tuziladigan shartnomalardagi narx-navo yechimi hamda ularning qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilganligiga javobgardir.
8-bob. Qabul qilingan moliyaviy majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazish hamda xarajatlar toʻlovi
1-§. I va II guruh xarajatlari boʻyicha moliyaviy majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazish hamda xarajatlar toʻlovi
126. Buyurtmachilarning I va II guruh xarajatlari boʻyicha moliyaviy majburiyatlari YUMMR buyurtmalari, shuningdek ushbu guruhlar xarajatlari boʻyicha toʻlov topshiriqnomalari va gʻazna memorial orderlari asosida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
127. Buyurtmachilar budjetga majburiy toʻlovlarni toʻlash, naqd pul mablagʻlarini olish yoki xodimlarning plastik kartalariga mablagʻlarni oʻtkazish uchun YUMMR buyurtmalarida koʻrsatilgan summalar doirasida gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga toʻlov topshiriqnomalari va gʻazna memorial orderlari taqdim etadi.
“Bunda “UzASBO” DMga ulangan buyurtmachilar toʻlov topshiriqnomalari va gʻazna memorial orderlarini mazkur Qoidalarning 7-bandida belgilangan tartibda elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga yuboradi.
128. Buyurtmachilarning “UzASBO” DM orqali elektron shaklda gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga yuborilgan toʻlov topshiriqnomalari va gʻazna memorial orderlari gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari tomonidan bir ish kuni ichida gʻaznachilik xizmati boʻlinmasi masʼul xodimning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan holda “OʻRMV” ATda toʻlovga qabul qilinadi, kamchiliklar aniqlanganida esa tegishli kamchiliklari koʻrsatilgan holda elektron tarzda buyurtmachilarga qaytariladi.
129. “UzASBO” DMga ulanmagan buyurtmachilar toʻlov topshiriqnomalari va gʻazna memorial orderlarini gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga qogʻoz shaklda taqdim qiladilar va ularni roʻyxatdan oʻtkazishda gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining masʼul xodimlari mazkur Qoidalarning 130 — 135-bandlariga muvofiq ish yuritadi.
130. Toʻlov topshiriqnomalari gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga uch nusxada taqdim qilinadi. Buyurtmachilarning tegishli vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan toʻlov topshiriqnomalarining birinchi nusxasi buyurtmachilarning gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi boʻyicha kassa xarajatlarini amalga oshirish uchun topshirigʻi boʻlib xizmat qiladi. Toʻlov topshiriqnomalarining ikkinchi nusxasi gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining vakolatli va masʼul shaxslari tomonidan imzolanadi, gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining muhr izi bilan tasdiqlanadi va YAGʻHdan xarajatlar toʻlovini amalga oshirish uchun asos boʻladi. Gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining “TOʻLANDI” belgisi bilan va toʻlangan sana qoʻyilgan toʻlov topshiriqnomalarining uchinchi nusxasi shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan koʻchirma bilan birga buyurtmachilarning masʼul xodimlariga qaytariladi.
Bunda toʻlov topshiriqnomalarining “Mablagʻlarni toʻlovchining nomi” ustunida gʻaznachilik xizmati boʻlinmasining nomi, “Mablagʻlarni toʻlovchining hisobvaragʻi” ustunida — YAGʻH, “Toʻlov maqsadi” ustunida — buyurtmachining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi raqami, STIRi va nomi, budjet tasnifining tegishli kodlari, toʻlovni oʻtkazishga asos boʻladigan hujjat, shuningdek toʻlov maqsadi koʻrsatiladi.
131. Buyurtmachilar tomonidan taqdim qilingan toʻlov topshiriqnomalari mazkur Qoidalar talablariga muvofiq boʻlganda, gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining masʼul xodimlari toʻlov topshiriqnomalarining ikkinchi nusxasiga “TEKSHIRILDI” belgisini, toʻlov topshiriqnomalari qabul qilingan sanani va oʻzining imzosini qoʻyadi. Toʻlov topshiriqnomalar mazkur Qoidalar talablariga nomuvofiq boʻlgan hollarda gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining masʼul xodimlari toʻlov topshiriqnomalarining orqa tomonida qaytarish sabablarini koʻrsatgan holda ularni buyurtmachilarning masʼul xodimlariga qaytaradi. Toʻlov topshiriqnomalarining ikkinchi nusxasini gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining vakolatli va masʼul shaxslari imzolari va gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining muhr izi bilan rasmiylashtirish tekshiruvlar tugaganidan soʻng amalga oshiriladi.
132. Bir shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan boshqa shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga mablagʻlar oʻtkazish uchun buyurtmachilar tomonidan gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga uch nusxada gʻaznachilik memorial orderlari taqdim qilinadi. Buyurtmachilarning tegishli vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan gʻaznachilik memorial orderlarining birinchi nusxasi gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga buyurtmachilarning gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi boʻyicha kassa xarajatlarini amalga oshirish uchun topshirigʻi boʻlib xizmat qiladi. Gʻaznachilik memorial orderlarining ikkinchi nusxasi gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining vakolatli va masʼul shaxslari tomonidan imzolanadi, gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining muhr izi bilan tasdiqlanadi va buyurtmachilarning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan mablagʻlarni oʻtkazish uchun asos boʻladi. Gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining “TOʻLANDI” belgisi bilan va toʻlangan sana qoʻyilgan gʻaznachilik memorial orderlarining uchinchi nusxasi shaxsiy gʻazna hisobvaraqlardan koʻchirma bilan birgalikda buyurtmachilarning masʼul xodimlariga qaytariladi.
Bunda gʻaznachilik memorial orderlarining “Toʻlov maqsadi” ustunida Toʻlov turlari boʻyicha maʼlumotnomaga asosan tegishli toʻlov kodi, buyurtmachilarning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi raqami, STIRi va nomi, budjet tasnifining tegishli kodlari, toʻlovni oʻtkazishga asos boʻladigan hujjat, shuningdek toʻlov maqsadi koʻrsatiladi.
133. Buyurtmachilar tomonidan taqdim qilingan gʻaznachilik memorial orderlari mazkur Qoidalar talablariga muvofiq boʻlganda gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining masʼul xodimi gʻaznachilik memorial orderlarining ikkinchi nusxasiga “TEKSHIRILDI” belgisini, gʻaznachilik memorial orderi qabul qilingan sanani va oʻzining imzosini qoʻyadi. Gʻaznachilik memorial orderlari mazkur Qoidalar talablariga nomuvofiq boʻlgan hollarda gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining masʼul xodimlari gʻaznachilik memorial orderlarining orqa tomonida qaytarish sabablarini koʻrsatgan holda uni buyurtmachilarning masʼul xodimlariga qaytaradi. Gʻaznachilik memorial orderlarining ikkinchi nusxasini gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining vakolatli va masʼul shaxslarining imzolari va gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining muhr izi bilan rasmiylashtirish tekshiruvlar tugaganidan soʻng amalga oshiriladi.
134. Mablagʻlarni bir shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan boshqasiga oʻtkazishda gʻaznachilik memorial orderlariga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
iqtisod qilingan budjet mablagʻlarini oʻtkazishda — mazkur Qoidalarning 225-bandida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hujjatlar;
notoʻgʻri tushgan mablagʻlarni qaytarishda buyurtmachilarning xati ilova qilinadi.
Bunda ota-onalarning maktabgacha va qoʻshimcha taʼlim tashkilotlarida bolalarni saqlash uchun toʻlovlari, musiqa va sanʼat maktablarida bolalarni oʻqitish uchun toʻlovlari, xodimlardan ular ishlayotgan joyida ovqatlanganligi boʻyicha hisob-kitoblardan tushadigan tushumlarni oʻtkazishda va boshqa shunga oʻxshash toʻlovlarni amalga oshirishda qoʻshimcha hujjatlar ilova qilinmaydi (talab qilinmaydi), biroq toʻlov maqsadida oyi, yili va kimga toʻlayotganligi koʻrsatilishi shart (gʻaznachilik memorial orderi har bir toʻlovchi boʻyicha alohida rasmiylashtiriladi), shuningdek qonunchilik hujjatlariga muvofiq bir shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan boshqasiga mablagʻlarni oʻtkazishda ham gʻazna memorial orderiga qoʻshimcha hujjatlar talab qilinmaydi va toʻlov maqsadida tegishli qonunchilik hujjati va nima maqsadda oʻtkazilayotganligi koʻrsatilishi shart.
135. Gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining masʼul xodimlari I va II guruh xarajatlari boʻyicha YUMMR buyurtmalari asosida “OʻRIMV” ATga buyurtmachilar tomonidan taqdim qilingan toʻlov topshiriqnomalari va gʻazna memorial orderlarini kiritadi hamda ular boʻyicha toʻlovlarni amalga oshiradi.
136. Naqd pul mablagʻlari olish uchun chek — bu gʻaznachilik xizmati boʻlinmasining maʼlum naqd pul summasini buyurtmachiga berish uchun elektron topshirigʻidir. Cheklar buyurtmachi tomonidan “UzASBO” DM orqali elektron koʻrinishda shakllantiriladi. Cheklar oʻn kun davomida (ular bankka yuborilgan kunni hisobga olgan holda) haqiqiy hisoblanadi.
138. Cheklar 23212 va 23214 balans hisobvaraqlarida ochilgan hisobvaraqlarga oʻtkazilgan mablagʻlar doirasida shakllantiriladi.
139. Buyurtmachilar 23212 va 23214 balans hisobvaraqlariga mablagʻlar oʻtkazilganidan soʻng “UzASBO” DM orqali elektron koʻrinishda shakllantirilgan cheklarni gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga yuboradilar. Bunda buyurtmachilar naqd pul toʻlovlari boʻyicha 23212 va 23214 balans hisobvaraqlarga pul tushganidan soʻng oʻn kun ichida (cheklar gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga yuborilgan kunni hisobga olgan holda) naqd pul mablagʻlarini umumiy summa doirasida elektron koʻrinishda shakllantirilgan chek bilan olish huquqiga ega. Buning uchun buyurtmachilar gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga tegishli summaga YUMMR buyurtmasi yoki pul oladigan sanalar va summalarini aniq va alohida koʻrsatgan holda YUMMR buyurtmasini “UzASBO” DM orqali taqdim etadi.
Bunda bankning masʼul xodimlari gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining masʼul xodimlari tomonidan elektron raqamli imzo orqali tasdiqlanib, elektron koʻrinishda yuborilgan cheklarni ular taqdim qilingan kunda qabul qilishi shart.
140. Gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining masʼul xodimlari tomonidan “UzASBO” DM orqali elektron koʻrinishda kelgan chek va YUMMR buyurtmasi summalari muvofiqligi tekshiriladi hamda “OʻRIMV” ATda elektron raqamli imzo orqali tasdiqlanadi. Bunda “OʻRIMV” ATda tasdiqlangan chek elektron koʻrinishda xizmat koʻrsatuvchi bankka yuboriladi.
146. Banklar tomonidan elektron koʻrinishda kelgan chek belgilangan shaklga muvofiqligi, toʻgʻri va toʻliq rasmiylashtirilganligi yuzasidan tekshiriladi, kamchiliklar aniqlanmagan taqdirda buyurtmachiga mazkur chekda koʻrsatilgan summa beriladi.
Bunda notoʻgʻri rasmiylashtirilgan cheklar banklar tomonidan gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga chek taqdim qilingan kun oxirigacha elektron hujjat shaklida qaytariladi.
147. Naqd pul mablagʻlari berilganidan soʻng elektron koʻrinishda kelgan chek ijro etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot banklar tomonidan gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga elektron shaklda avtomatik tarzda yuboriladi.
148. Banklardan naqd pul mablagʻlarini olish uchun buyurtmachilar tomonidan mazkur Qoidalarning 14-ilovasiga muvofiq shakldagi moddiy javobgar shaxsga (kassirga) “UzASBO” DMda elektron shaklda berilgan Ishonchnoma asosida tegishli gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga yuboriladi. Gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining masʼul xodimlari tomonidan “UzASBO” DM orqali elektron shaklda taqdim qilingan Ishonchnoma “DMBAT” DMda elektron raqamli imzo orqali tasdiqlanib, xizmat koʻrsatuvchi banklarga yuboriladi.
151. Buyurtmachilarning xodimlari uchun plastik kartochkalar bir vaqtning oʻzida ikki yoki bir necha bankda ochilgan holda buyurtmachilar gʻaznachilik xizmati boʻlinmasiga tegishli miqdorda toʻlov topshiriqnomalari taqdim qiladi.
152. Xodimlarining ish haqi summalarini plastik kartochkalarga oʻtkazish uchun buyurtmachilar xizmat koʻrsatuvchi bankka ikki asl nusxada qogʻoz hamda elektron koʻrinishda xodimlar roʻyxatini taqdim qiladi. Bunda:
xodimlar roʻyxatida xodimlarning familiyasi, ismi, otasining ismi, tabel raqami, plastik kartochkalarining rekvizitlari hamda xodimlarga oʻtkazib berilayotgan summalar koʻrsatiladi;
xodimlar roʻyxatining har bir varagʻi tashkilot rahbari, bosh buxgalteri va xodimlar boʻlimining masʼul xodimi yoki uni oʻrnini bosuvchi xodim tomonidan imzolanadi, tashkilot va xodimlar boʻlimining muhri bilan tasdiqlanadi.
153. “UzASBO” DMga ulangan buyurtmachilar xodimlarining ish haqi summalarini plastik kartochkalarga oʻtkazish uchun xodimlar roʻyxatini elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda banklarga faqat elektron shaklda yuboradi.
154. Banklar buyurtmachilar tomonidan taqdim qilingan xodimlar roʻyxatnini sinchkovlik bilan tekshiradi va xatolik yoki kamchiliklar aniqlangan hollarda xatolik yoki kamchiliklar aniqlangan kundan keyingi kundan kechiktirmasdan, elektron shaklda yuborilgan hollarda esa shu kunning oʻzida xatolik va kamchiliklarni toʻgʻrilash uchun buyurtmachilarga qaytaradi.
155. Xizmat koʻrsatuvchi banklar xodimlar roʻyxatining ikkinchi nusxasini mablagʻlar oʻtkazilganligini tasdiqlovchi shtamp bosgan holda buyurtmachilarga xodimlar roʻyxatida koʻrsatilgan mablagʻlar toʻliq oʻtkazilgan kundan keyingi kundan kechikmasdan beradi.
156. Xodimlarning plastik kartochkalariga mablagʻlarni oʻtkazilganligini tasdiqlovchi bank shtampi bosilgan xodimlar roʻyxati buyurtmachilarning buxgalteriyasida buyurtmachilarning oʻz xodimlari oldidagi ish haqi toʻlash boʻyicha majburiyatlari bajarilganligini tasdiqlovchi hujjat sifatida saqlanadi.
157. Gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining masʼul xodimlari buyurtmachilarning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida operatsiyalar amalga oshirilishi boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlardan koʻchirmalar beradi hamda ularni mazkur Qoidalarning 16-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha Shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan berilgan koʻchirmalarni roʻyxatdan oʻtkazish jurnalida roʻyxatdan oʻtkazadi. Buyurtmachilarning masʼul xodimlari Shaxsiy gʻazna hisobvaraqlardan koʻchirma olishda Shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan berilgan koʻchirmalarni roʻyxatdan oʻtkazish jurnaliga koʻchirmani olganligi toʻgʻrisida tegishli belgi qoʻyadi.
Bunda Shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan berilgan koʻchirmalarni roʻyxatdan oʻtkazish jurnali har bir buyurtmachi boʻyicha alohida ochiladi va yuritiladi. Buyurtmachilar koʻchirmalarni “UzASBO” DMdan elektron tarzda olgan hollarda Shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan berilgan koʻchirmalarni roʻyxatdan oʻtkazish jurnali yuritilmaydi.
2-§. III guruh xarajatlari boʻyicha moliyaviy majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazish hamda xarajatlar toʻlovi
158. III guruh xarajatlari boʻyicha moliyaviy majburiyatlar kapital qoʻyilma buyurtmachilari tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilarning (pudratchilarning) ishlar bajarilganligini (tovarlar yetkazib berilganligini) tasdiqlovchi hisobvaraq-fakturalari va qonunchilik hujjatlariga muvofiq hisobvaraq-faktura oʻrnini bosuvchi hujjatlar (bundan buyon matnda hisobvaraq-faktura deb yuritiladi) asosida qabul qilinadi.
159. III guruh xarajatlari boʻyicha moliyaviy majburiyatlar “OʻRIMV” ATda elektron hisobvaraq-fakturalar hamda moliyaviy majburiyatlar mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida yuridik majburiyatlar va xarajatlarni toʻlash uchun ruxsatnoma doirasida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
160. Kapital qoʻyilma buyurtmachilari tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilardan (pudratchilardan) ishlar bajarilganligini (tovarlar yetkazib berilganligini) tasdiqlovchi hisobvaraq-fakturalar olganlaridan soʻng roʻyxatdan oʻtkazish uchun ularni elektron hujjat shaklida “UzASBO-Faktura” elektron tizimi orqali “OʻRIMV” ATga yuborishi lozim. Bunda hisobvaraq-fakturadagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun buyurtmachilar javobgar hisoblanadi.
161. Kapital qoʻyilma buyurtmachilari tomonidan “UzASBO-Faktura” elektron tizimi orqali yuborilgan hisobvaraq-fakturalar asosida Moliyaviy majburiyatlar gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari tomonidan “OʻRIMV” ATda roʻyxatga olinadi. Ularning roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot kapital qoʻyilma buyurtmachilariga avtomatik tarzda yuboriladi.
162. Kapital qoʻyilma buyurtmachilarining “UzASBO-Faktura” elektron tizimi orqali “OʻRIMV” ATga yuborilgan hisobvaraq-fakturalarining tegishli shartnomaga muvofiqligi boʻyicha tekshirish orqali Moliyaviy majburiyatlar “OʻRIMV” ATda elektron tarzda roʻyxatdan oʻtkaziladi, kamchiliklar aniqlanganida esa tegishli kamchiliklari koʻrsatilgan holda elektron tarzda kapital qoʻyilma buyurtmachilariga qaytariladi.
163. Agar hisobvaraq-fakturalar boʻyicha bajarilgan ishlar hajmi ishlarni bajarish jadvalidan ilgarilab ketish natijasida yuzaga kelgan hamda roʻyxatdan oʻtkaziladigan moliyaviy majburiyatlar tegishli yil uchun rejalashtirilgan mablagʻlardan oshsa, kapital qoʻyilma buyurtmachilari gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga mazkur Qoidalarning 160-bandida koʻrsatilgan hujjatlar bilan birga bosh buxgalterlari tomonidan imzolangan maʼlumotnoma taqdim etadi. Ushbu maʼlumotnomada tegishli hisobvaraq-faktura rekvizitlari hamda smeta doirasida joriy yil uchun qabul qilinishi lozim boʻlgan moliyaviy majburiyat summasi koʻrsatiladi. Bunda moliyaviy majburiyatlar gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari tomonidan kapital qoʻyilma buyurtmachilarining maʼlumotnomasida koʻrsatilgan summa doirasida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
164. Kapital qoʻyilma buyurtmachilarining “UzASBO” DM orqali elektron hujjat shaklida gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga yuborilgan toʻlov topshiriqnomalari va gʻazna memorial orderlari gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari tomonidan bir ish kuni ichida masʼul xodimning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan holda “OʻRIMV” ATda elektron tarzda roʻyxatdan oʻtkaziladi, kamchiliklar aniqlanganida esa tegishli kamchiliklari koʻrsatilgan holda elektron tarzda kapital qoʻyilma buyurtmachilariga qaytariladi.
165. “UzASBO” DMga ulanmagan kapital qoʻyilma buyurtmachilari toʻlov topshiriqnomalari va gʻazna memorial orderlarini gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga qogʻoz shaklda taqdim qiladi va ularni roʻyxatdan oʻtkazishda gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining masʼul xodimlari mazkur Qoidalarning 167 — 171-bandlariga muvofiq ish yuritadi.
166. Kapital qoʻyilma buyurtmachilarining xarajatlar toʻlovi quyidagi talablarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi:
toʻlov hujjatida shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi raqami, kapital qoʻyilma buyurtmachisining nomi va STIRi, budjet tasnifining tegishli kodlari, yuridik majburiyat yuzaga kelishiga asos boʻlgan hujjat va hisobvaraq-faktura raqami va sanasi, avans (toʻlov) miqdori va toʻlov maqsadi toʻgʻri koʻrsatilganida;
qurilishlarning tasdiqlangan manzilli roʻyxati asosida va tegishli obyektlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlardagi mavjud ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari qoldigʻi doirasida;
agar toʻlov topshiriqnomasida yoki gʻazna memorial orderida koʻrsatilgan summa gʻaznachilik xizmati boʻlinmasida roʻyxatdan oʻtkazilgan yuridik majburiyatga asosan oldin oʻtkazilgan mablagʻlarni hisobga olgan holda toʻlanishi lozim boʻlgan pul mablagʻlaridan oshmasa;
hisobvaraq-fakturalar, kapital qoʻyilma buyurtmachisining tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilarga (pudratchilarga) oldidagi qarzdorligini tasdiqlovchi solishtirish dalolatnomasi, shuningdek avans toʻlovlarini oʻtkazishi lozimligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlganda;
toʻlov topshiriqnomasida yoki gʻazna memorial orderida tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchining (pudratchining) nomi va rekvizitlari yuridik va moliyaviy majburiyatlar yuzaga kelganligini tasdiqlovchi hujjatlarda koʻrsatilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchining (pudratchining) nomi va rekvizitlariga muvofiq boʻlganida.
167. Toʻlov topshiriqnomalari gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga uch nusxada taqdim qilinadi. Kapital qoʻyilma buyurtmachilarining tegishli vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan toʻlov topshiriqnomalarining birinchi nusxasi kapital qoʻyilma buyurtmachilarining gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi boʻyicha kassa xarajatlarini amalga oshirish uchun topshirigʻi boʻlib xizmat qiladi. Toʻlov topshiriqnomalarining ikkinchi nusxasi gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining vakolatli va masʼul shaxslari tomonidan imzolanadi, gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining muhr izi bilan tasdiqlanadi va YAGʻHdan xarajatlar toʻlovini amalga oshirish uchun asos boʻladi. Toʻlov topshiriqnomalarining uchinchi nusxasi gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining “TOʻLANDI” belgisi bilan va toʻlangan sana qoʻyilgan holda shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan koʻchirma bilan birga kapital qoʻyilma buyurtmachilarining masʼul xodimlariga qaytariladi.
Bunda toʻlov topshiriqnomalarining “Mablagʻlarni toʻlovchining nomi” ustunida gʻaznachilik xizmati boʻlinmasining nomi, “Mablagʻlarni toʻlovchining hisobvaragʻi” ustunida — YAGʻH, “Toʻlov maqsadi” ustunida — kapital qoʻyilma buyurtmachisining shaxsiy gʻazna hisobvaraq raqami, STIRi va nomi, budjet tasnifining tegishli kodlari, toʻlovni oʻtkazishga asos boʻladigan yuridik va moliyaviy majburiyat yuzaga kelganligini tasdiqlovchi hujjat, shuningdek toʻlov maqsadi koʻrsatiladi.
168. Kapital qoʻyilma buyurtmachilari tomonidan taqdim qilingan toʻlov topshiriqnomalari mazkur Qoidalar talablariga muvofiq boʻlganda, gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining masʼul xodimlari toʻlov topshiriqnomalarining ikkinchi nusxasiga “TEKSHIRILDI” belgisini, toʻlov topshiriqnomalari qabul qilingan sanani va oʻzining imzosini qoʻyadi. Toʻlov topshiriqnomalar mazkur Qoidalar talablariga nomuvofiq boʻlgan hollarda gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining masʼul xodimlari toʻlov topshiriqnomalarining orqa tomonida qaytarish sabablarini koʻrsatgan holda ularni kapital qoʻyilma buyurtmachilarining masʼul xodimlariga qaytaradi. Toʻlov topshiriqnomalarining ikkinchi nusxasini gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining vakolatli va masʼul shaxslari imzolari va gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining muhr izi bilan rasmiylashtirish tekshiruvlar tugaganidan soʻng amalga oshiriladi.
169. Bir shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan boshqa shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga mablagʻlar oʻtkazish uchun kapital qoʻyilma buyurtmachilari tomonidan gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga uch nusxada gʻaznachilik memorial orderlari taqdim qilinadi. Kapital qoʻyilma buyurtmachilarining tegishli vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan gʻaznachilik memorial orderlarining birinchi nusxasi gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga kapital qoʻyilma buyurtmachilarining gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi boʻyicha kassa xarajatlarini amalga oshirish uchun topshirigʻi boʻlib xizmat qiladi. Gʻaznachilik memorial orderlarining ikkinchi nusxasi gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining vakolatli va masʼul shaxslari tomonidan imzolanadi, gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining muhr izi bilan tasdiqlanadi va kapital qoʻyilma buyurtmachilarining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan mablagʻlarni oʻtkazish uchun asos boʻladi. Gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining “TOʻLANDI” belgisi bilan va toʻlangan sana qoʻyilgan gʻaznachilik memorial orderlarining uchinchi nusxasi shaxsiy gʻazna hisobvaraqlardan koʻchirma bilan birgalikda kapital qoʻyilma buyurtmachilarining masʼul xodimlariga qaytariladi.
Bunda gʻaznachilik memorial orderlarining “Toʻlov maqsadi” ustunida Toʻlov turlari boʻyicha maʼlumotnomaga asosan tegishli toʻlov kodi, kapital qoʻyilma buyurtmachilarining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi raqami, STIRi va nomi, budjet tasnifining tegishli kodlari, toʻlovni oʻtkazishga asos boʻladigan hujjat, shuningdek toʻlov maqsadi koʻrsatiladi.
170. Kapital qoʻyilma buyurtmachilari tomonidan taqdim qilingan gʻaznachilik memorial orderlari mazkur Qoidalar talablariga muvofiq boʻlganda gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining masʼul xodimlari gʻaznachilik memorial orderlarining ikkinchi nusxasiga “TEKSHIRILDI” belgisini, gʻaznachilik memorial orderi qabul qilingan sanani va oʻzining imzosini qoʻyadi. Gʻaznachilik memorial orderlari mazkur Qoidalar talablariga nomuvofiq boʻlgan hollarda gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining masʼul xodimlari gʻaznachilik memorial orderlarining orqa tomonida qaytarish sabablarini koʻrsatgan holda uni kapital qoʻyilma buyurtmachilarining masʼul xodimlariga qaytaradi. Gʻaznachilik memorial orderlarining ikkinchi nusxasini gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining vakolatli va masʼul shaxslarining imzolari va gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining muhr izi bilan rasmiylashtirish tekshiruvlar tugaganidan soʻng amalga oshiriladi.
171. Mablagʻlarni bir shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan boshqasiga oʻtkazishda gʻaznachilik memorial orderlariga mablagʻlarni oʻtkazishga asos boʻluvchi yuridik va moliyaviy majburiyatlar yuzaga kelganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi ilova qilinadi.
172. Gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarida roʻyxatdan oʻtkazilgan yuridik majburiyatlarda nazarda tutilgan, belgilangan tartibda har bir hisobvaraq-fakturadan chegirib qolinadigan, kafolat muddati tamom boʻlganidan soʻng toʻlanadigan kafolat summasi toʻgʻrisidagi maʼlumot “OʻRIMV” ATga kiritilmaydi.
173. Kafolat muddati tugaganidan soʻng toʻlanadigan obyekt qiymatidan 5 foiz kafolat summasini toʻlash boʻyicha moliyaviy majburiyatlarni qabul qilish va roʻyxatdan oʻtkazish bajarilgan ishlar qiymati toʻgʻrisidagi hisobvaraq-faktura va kapital qoʻyilma buyurtmachisi va tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchi (pudratchi) oʻrtasida tuziladigan solishtirish dalolatnomasi asosida amalga oshiriladi.
174. Gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining masʼul xodimlari kapital qoʻyilma buyurtmachilarining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida operatsiyalar amalga oshirilishi boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlardan koʻchirmalar beradi hamda ularni Shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan berilgan koʻchirmalarni roʻyxatdan oʻtkazish jurnalida roʻyxatdan oʻtkazadi. Shaxsiy gʻazna hisobvaraqlardan koʻchirma olishda kapital qoʻyilma buyurtmachilarining masʼul xodimlari jurnalga koʻchirmani olganligi toʻgʻrisida tegishli belgi qoʻyadi.
Bunda gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarida Shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan berilgan koʻchirmalarni roʻyxatdan oʻtkazish jurnali har bir kapital qoʻyilma buyurtmachisi boʻyicha alohida ochiladi va yuritiladi.
Kapital qoʻyilma buyurtmachilari koʻchirmalarni “UzASBO” DMdan elektron tarzda olgan hollarda Shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan berilgan koʻchirmalarni roʻyxatdan oʻtkazish jurnali yuritilmaydi.
3-§. IV guruh xarajatlari boʻyicha moliyaviy majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazish hamda xarajatlar toʻlovi
175. IV guruh xarajatlari boʻyicha moliyaviy majburiyatlar buyurtmachilar tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilarning (pudratchilarning) tovarlar yetkazib berilganligini (ishlar bajarilganligini, xizmatlar koʻrsatilganligini) tasdiqlovchi hisobvaraq-fakturalari asosida qabul qilinadi.
176. IV guruh xarajatlari boʻyicha moliyaviy majburiyatlar gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari tomonidan hisobvaraq-fakturalar hamda moliyaviy majburiyatlar mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida yuridik majburiyatlar va xarajatlarni toʻlash uchun ruxsatnoma doirasida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
177. Buyurtmachilar tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilardan (pudratchilardan) tovarlar yetkazib berilganligini (ishlar bajarilganligini, xizmatlar koʻrsatilganligini) tasdiqlovchi hisobvaraq-fakturalar olganidan soʻng ularni roʻyxatdan oʻtkazish uchun ularni elektron hujjat shaklida “UzASBO-Faktura” elektron tizimi orqali “OʻRIMV” Atga yuborishi lozim. Bunda hisobvaraq-fakturadagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun buyurtmachilar javobgar hisoblanadi.
178. Buyurtmachilar tomonidan “UzASBO-Faktura” elektron tizimi orqali yuborilgan hisobvaraq-fakturalar asosida Moliyaviy majburiyatlar gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari tomonidan “OʻRIMV” ATda roʻyxatga olinadi. Ularning roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot buyurtmachilarga avtomatik tarzda yuboriladi.
179. Buyurtmachilarning “UzASBO-Faktura” elektron tizimi orqali “OʻRIMV” ATga yuborilgan hisobvaraq-fakturalarining tegishli shartnomaga muvofiqligi boʻyicha tekshirish orqali Moliyaviy majburiyatlar “OʻRIMV” ATda elektron tarzda roʻyxatdan oʻtkaziladi, kamchiliklar aniqlanganida esa tegishli kamchiliklari koʻrsatilgan holda elektron tarzda buyurtmachilarga qaytariladi.
1793. Buyurtmachilar elektron davlat xaridlari orqali tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) qabul qilib olganlaridan soʻng uch ish kuni muddatida bu haqdagi maʼlumotlarni “UzASBO-Faktura” elektron tizimiga kiritishlari va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda “OʻRIMV” ATga yuborishlari lozim.
180. Buyurtmachilarning “UzASBO” DM orqali elektron hujjat shaklida gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga yuborilgan toʻlov topshiriqnomalari va gʻazna memorial orderlari gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari tomonidan bir ish kuni ichida masʼul xodimning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan holda “OʻRIMV” ATda elektron tarzda roʻyxatdan oʻtkaziladi, kamchiliklar aniqlanganida esa tegishli kamchiliklari koʻrsatilgan holda elektron tarzda buyurtmachilarga qaytariladi.
181. “UzASBO” DMga ulanmagan buyurtmachilar toʻlov topshiriqnomalari va gʻazna memorial orderlarini gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga qogʻoz shaklda taqdim qiladi va ularni roʻyxatdan oʻtkazishda gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining masʼul xodimlari mazkur Qoidalarning 183 — 187-bandlariga muvofiq ish yuritadi.
182. Buyurtmachilarning xarajatlar toʻlovi quyidagi talablarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi:
toʻlov hujjatida shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi raqami, kapital qoʻyilma buyurtmachisining nomi va STIRi, budjet tasnifining tegishli kodlari, yuridik majburiyat yuzaga kelishiga asos boʻlgan hujjat va hisobvaraq-faktura raqami va sanasi, avans (toʻlov) miqdori va toʻlov maqsadi toʻgʻri koʻrsatilganida;
buyurtmachilarning xarajatlar smetasining IV guruhi tegishli moddalari boʻyicha rejali mablagʻlar, shuningdek budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari qoldiqlari summalari doirasida;
agar toʻlov topshiriqnomasida yoki gʻazna memorial orderida koʻrsatilgan summa gʻaznachilik xizmati boʻlinmasida roʻyxatdan oʻtkazilgan yuridik majburiyatga asosan oldin oʻtkazilgan mablagʻlarni hisobga olgan holda toʻlanishi lozim boʻlgan pul mablagʻlaridan oshmasa;
hisobvaraq-fakturalar, buyurtmachining tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) oldidagi qarzdorligini tasdiqlovchi solishtirish dalolatnomasi, shuningdek avans toʻlovlarini oʻtkazishi lozimligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlganda;
toʻlov topshiriqnomasida yoki gʻazna memorial orderida tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchining (pudratchining) nomi va rekvizitlari yuridik va moliyaviy majburiyatlar yuzaga kelganligini tasdiqlovchi hujjatlarda koʻrsatilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchining (pudratchining) nomi va rekvizitlariga muvofiq boʻlganida.
183. Toʻlov topshiriqnomalari gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga uch nusxada taqdim qilinadi. Buyurtmachilarning tegishli vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan toʻlov topshiriqnomalarining birinchi nusxasi, buyurtmachilarning gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi boʻyicha kassa xarajatlarini amalga oshirish uchun topshirigʻi boʻlib xizmat qiladi. Toʻlov topshiriqnomalarining ikkinchi nusxasi gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining vakolatli va masʼul shaxslari tomonidan imzolanadi, gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining muhr izi bilan tasdiqlanadi va YGʻHdan xarajatlar toʻlovini amalga oshirish uchun asos boʻladi. Gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining “TOʻLANDI” belgisi bilan va toʻlangan sana qoʻyilgan toʻlov topshiriqnomalarining uchinchi nusxasi shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan koʻchirma bilan birga buyurtmachilarning masʼul xodimlariga qaytariladi.
Bunda toʻlov topshiriqnomalarining “Mablagʻlarni toʻlovchining nomi” ustunida gʻaznachilik xizmati boʻlinmasining nomi, “Mablagʻlarni toʻlovchining hisobvaragʻi” ustunida — YAGʻH, “Toʻlov maqsadi” ustunida — buyurtmachining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi raqami, STIRi va nomi, budjet tasnifining tegishli kodlari, toʻlovni oʻtkazishga asos boʻladigan yuridik va moliyaviy majburiyat yuzaga kelganligini tasdiqlovchi hujjat, shuningdek toʻlov maqsadi koʻrsatiladi.
184. Buyurtmachilar tomonidan taqdim qilingan toʻlov topshiriqnomalari mazkur Qoidalar talablariga muvofiq boʻlganda, gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining masʼul xodimlari toʻlov topshiriqnomalarining ikkinchi nusxasiga “TEKSHIRILDI” belgisini, toʻlov topshiriqnomalari qabul qilingan sanani va oʻzining imzosini qoʻyadi. Toʻlov topshiriqnomalar mazkur Qoidalar talablariga nomuvofiq boʻlgan hollarda gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining masʼul xodimlari toʻlov topshiriqnomalarining orqa tomonida qaytarish sabablarini koʻrsatgan holda ularni buyurtmachilarning masʼul xodimlariga qaytaradilar. Toʻlov topshiriqnomalarining ikkinchi nusxasini gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining vakolatli va masʼul shaxslari imzolari va gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining muhr izi bilan rasmiylashtirish tekshiruvlar tugaganidan soʻng amalga oshiriladi.
185. Bir shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan boshqa shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga mablagʻlar oʻtkazish uchun buyurtmachilar tomonidan gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga uch nusxada gʻaznachilik memorial orderlari taqdim qilinadi. Buyurtmachilarning tegishli vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan gʻaznachilik memorial orderlarining birinchi nusxasi, gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga buyurtmachilarning gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi boʻyicha kassa xarajatlarini amalga oshirish uchun topshirigʻi boʻlib xizmat qiladi. Gʻaznachilik memorial orderlarining ikkinchi nusxasi gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining vakolatli va masʼul shaxslari tomonidan imzolanadi, gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining muhr izi bilan tasdiqlanadi va buyurtmachilarning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan mablagʻlarni oʻtkazish uchun asos boʻladi. Gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining “TOʻLANDI” belgisi bilan va toʻlangan sana qoʻyilgan gʻaznachilik memorial orderlarining uchinchi nusxasi shaxsiy gʻazna hisobvaraqlardan koʻchirma bilan birgalikda buyurtmachilarning masʼul xodimlariga qaytariladi.
Bunda gʻaznachilik memorial orderlarining “Toʻlov maqsadi” ustunida Toʻlov turlari boʻyicha maʼlumotnomaga asosan tegishli toʻlov kodi, buyurtmachilarning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi raqami, STIRi va nomi, budjet tasnifining tegishli kodlari, toʻlovni oʻtkazishga asos boʻladigan hujjat, shuningdek toʻlov maqsadi koʻrsatiladi.
186. Buyurtmachilar tomonidan taqdim qilingan gʻaznachilik memorial orderlari mazkur Qoidalar talablariga muvofiq boʻlganda gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining masʼul xodimlari gʻaznachilik memorial orderlarining ikkinchi nusxasiga “TEKSHIRILDI” belgisini, gʻaznachilik memorial orderi qabul qilingan sanani va oʻzining imzosini qoʻyadi. Gʻaznachilik memorial orderlari mazkur Qoidalar talablariga nomuvofiq boʻlgan hollarda gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining masʼul xodimlari gʻaznachilik memorial orderlarining orqa tomonida qaytarish sabablarini koʻrsatgan holda uni buyurtmachilarning masʼul xodimlariga qaytaradi. Gʻaznachilik memorial orderlarining ikkinchi nusxasini gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining vakolatli va masʼul shaxslarining imzolari va gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining muhr izi bilan rasmiylashtirish tekshiruvlar tugaganidan soʻng amalga oshiriladi.
187. Mablagʻlarni bir shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan boshqasiga oʻtkazishda gʻaznachilik memorial orderlariga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
iqtisod qilingan budjet mablagʻlarini oʻtkazishda — mazkur Qoidalarning 225-bandida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hujjatlar;
hisobvaraq-fakturalar yoki buyurtmachining tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) oldidagi qarzdorligini tasdiqlovchi hujjatlar va tovarlar yetkazib berilganligini (ishlar bajarilganligini, xizmatlar koʻrsatilganligini) tasdiqlovchi hujjatlar.
188. Budjet tashkilotlarining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida chorak (yil) oxirida qolgan, iqtisod qilingan budjet mablagʻlari (kapital qoʻyilmalar boʻyicha toʻlovlar uchun nazarda tutilgan mablagʻlardan tashqari) Budjet tashkilotining rivojlantirish jamgʻarmasi va Tibbiyot tashkilotlarining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi va sarflanadi. Yil oxirida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarda qolgan iqtisod qilingan budjet mablagʻlarini Budjet tashkilotining rivojlantirish jamgʻarmasi va Tibbiyot tashkilotlarining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkazilishi moliya yiliga qoʻshimcha davr mobaynida amalga oshiriladi.
189. Xarajatlar smetasining tegishli moddasida nazarda tutilgan rejali ajratilgan budjet mablagʻlari belgilangan muddatlarda Tibbiyot tashkilotlarining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasiga shartnomalar tuzilmasdan Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga buyurtma va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan gʻaznachilik memorial orderi asosida oʻtkaziladi.
190. Gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining masʼul xodimlari buyurtmachilarning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida operatsiyalar amalga oshirilishi boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlardan koʻchirmalar beradi hamda ularni Shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan berilgan koʻchirmalarni roʻyxatdan oʻtkazish jurnalida roʻyxatdan oʻtkazadi. Buyurtmachilarning masʼul xodimlari Shaxsiy gʻazna hisobvaraqlardan koʻchirma olishda jurnalga koʻchirmani olganligi toʻgʻrisida tegishli belgi qoʻyadi.
Bunda gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarida Shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan berilgan koʻchirmalarni roʻyxatdan oʻtkazish jurnali har bir buyurtmachi boʻyicha alohida ochiladi va yuritiladi.
Buyurtmachilar koʻchirmalarni “UzASBO” DMdan elektron tarzda olgan hollarda Shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan berilgan koʻchirmalarni roʻyxatdan oʻtkazish jurnali yuritilmaydi.
81-bob. Davlat xaridlari sohasida qonunbuzilishi holatlari aniqlanganda, toʻlovlarni vaqtincha toʻxtatish, shartnomani roʻyxatdan oʻtkazmasdan qaytarish va uni bekor qilish toʻgʻrisida xabarnoma yuborish
1901. Buyurtmachilar tomonidan Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalariga yuborilgan shartnomalar, Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga buyurtmalar, toʻlov topshiriqnomalar va gʻazna memorial orderlarni tekshirish jarayonida davlat xaridlari sohasida qonunbuzilishi holatlari aniqlangan taqdirda, ular Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilmasdan qaytariladi.
Davlat xaridlari sohasida qonunbuzilishi holatlari aniqlangan taqdirda Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari “OʻRIMV” ATda uch ish kuni mobaynida shartnoma(lar)ni bekor qilish toʻgʻrisida buyurtmachi(lar)ga hamda qonunbuzilish holatlari mavjudligi toʻgʻrisida davlat moliyaviy nazorat organlariga xabarnoma yuboradi.
1902. Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari moliyaviy operatsiyalarning barcha jarayonlari boʻyicha shubhali holatlar toʻgʻrisida davlat moliyaviy nazorat organlarini uch ish kuni mobaynida xabardor qiladi.
1903. Jamoatchilik nazorati subyektlari yoki boshqa vakolatli organlardan qonunbuzilish holatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar kelib tushganda yoki mustaqil ravishda xavf(risk)lar aniqlanganda, vaziyatga aniqlik kiritilgunga qadar Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari toʻlovlarni vaqtincha toʻxtatib turadi (qonunchilikda belgilangan kechiktirib boʻlmaydigan xarajatlar bundan mustasno).
1904. Budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ijtimoiy soha tashkilotlari tomonidan oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish boʻyicha tuzilgan shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish jarayonida oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari hududiy iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan tegishli oy uchun “OʻRIMV” ATga kiritiladigan oziq-ovqat mahsulotlarining oʻrtacha bozor narxlaridan yuqori ekanligi aniqlangan taqdirda gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari tomonidan mazkur shartnomalar roʻyxatdan oʻtkazilmasdan qaytariladi.
9-bob. Buyurtmachilarning YAGʻHga mablagʻ undirish boʻyicha inkasso topshiriqnomalari va toʻlov talabnomalarini ijro etish
191. Buyurtmachilarning inkasso topshiriqnomalari va toʻlov talabnomalari Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3229, 2020-yil 13-aprel) talablari doirasida rasmiylashtiriladi va gʻaznachilik xizmati boʻlinmasiga taqdim etiladi.
Bunda inkasso topshiriqnomasi va toʻlov talabnomasining “Mablagʻlarni oluvchining nomi” ustunida “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi”, “Mablagʻlarni oluvchining hisobvaragʻi” ustunida — YAGʻH, “Toʻlov maqsadida” ustunida — toʻlov kodi, buyurtmachining tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi hamda inkasso topshiriqnomasini yoki toʻlov talabnomasini qoʻyish uchun asos boʻlgan hujjatlar rekviziti koʻrsatiladi.
192. Buyurtmachilar tomonidan inkasso topshiriqnomasi tegishli hujjatlar bilan birgalikda xizmat koʻrsatuvchi gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga quyidagicha taqdim etiladi:
toʻlovchiga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob-kassa-markazida xizmat koʻrsatilganida besh nusxada. Bunda buyurtmachining tegishli vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan inkasso topshiriqnomasining birinchi nusxasi buyurtmachining gʻaznachilik xizmati boʻlinmasiga inkasso topshiriqnomasini qoʻyish uchun topshirigʻi boʻlib xizmat qiladi. Inkasso topshiriqnomasining ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi nusxalari gʻaznachilik xizmati boʻlinmasining vakolatli va masʼul xodimi tomonidan imzolanadi, gʻaznachilik xizmati boʻlinmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob-kassa-markaziga taqdim etiladi. Inkasso topshiriqnomasining beshinchi nusxasi qabul qilingan sana koʻrsatilib, YAGʻHga xizmat koʻrsatuvchi bank buxgalteri imzosi va mazkur buxgalterga biriktirilgan muhr bilan tasdiqlangan holda gʻaznachilik xizmati boʻlinmasiga qaytariladi;
bir hudud ichida hisob-kitoblarni amalga oshirishda (gʻaznachilik xizmati boʻlinmasi toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bank bilan bitta hududda (shahar yoki tumanda) joylashgan boʻlsa) toʻrt nusxada. Bunda buyurtmachining tegishli vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan inkasso topshiriqnomasining birinchi nusxasi buyurtmachining gʻaznachilik xizmati boʻlinmasiga inkasso topshiriqnomasini qoʻyish uchun topshirigʻi boʻlib xizmat qiladi. Inkasso topshiriqnomasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi nusxalari gʻaznachilik xizmati boʻlinmasining vakolatli va masʼul xodimi tomonidan imzolanadi, gʻaznachilik xizmati boʻlinmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi hamda bevosita toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bankka taqdim etiladi. Inkasso topshiriqnomasining toʻrtinchi nusxasi qabul qilingan sana koʻrsatilib, toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bank buxgalteri imzosi va mazkur buxgalterga biriktirilgan muhr bilan tasdiqlangan holda gʻaznachilik xizmati boʻlinmasiga qaytariladi;
hududlararo hisob-kitoblarni amalga oshirishda (gʻaznachilik xizmati boʻlinmasi toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bank bilan turli hududda (shahar yoki tumanda) joylashgan boʻlsa) toʻrt nusxada. Bunda buyurtmachining tegishli vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan inkasso topshiriqnomasining birinchi nusxasi buyurtmachining gʻaznachilik xizmati boʻlinmasiga inkasso topshiriqnomasini qoʻyish uchun topshirigʻi boʻlib xizmat qiladi. Inkasso topshiriqnomasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi nusxalari gʻaznachilik xizmati boʻlinmasining vakolatli va masʼul xodimi tomonidan imzolanadi, gʻaznachilik xizmati boʻlinmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi hamda bevosita toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bankka taqdim etiladi. Inkasso topshiriqnomasining toʻrtinchi nusxasi qabul qilingan sana koʻrsatilib, toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bank buxgalteri imzosi va mazkur buxgalterga biriktirilgan muhr bilan tasdiqlangan holda gʻaznachilik xizmati boʻlinmasiga qaytariladi.
193. Buyurtmachilar tomonidan toʻlov talabnomasi tegishli hujjatlar bilan birgalikda xizmat koʻrsatuvchi gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga quyidagicha taqdim etiladi:
toʻlovchiga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob-kassa-markazida xizmat koʻrsatilganida toʻrt nusxada. Bunda buyurtmachining tegishli vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan toʻlov talabnomasining birinchi nusxasi buyurtmachining gʻaznachilik xizmati boʻlinmasiga toʻlov talabnomasini qoʻyish uchun topshirigʻi boʻlib xizmat qiladi. Toʻlov talabnomasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi nusxalari gʻaznachilik xizmati boʻlinmasining vakolatli va masʼul xodimi tomonidan imzolanadi, gʻaznachilik xizmati boʻlinmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob-kassa-markaziga taqdim etiladi. Toʻlov talabnomasining toʻrtinchi nusxasi qabul qilingan sana koʻrsatilib, toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bank buxgalteri imzosi va mazkur buxgalterga biriktirilgan muhr bilan tasdiqlangan holda gʻaznachilik xizmati boʻlinmasiga qaytariladi.
oluvchi va toʻlovchiga turli banklarda xizmat koʻrsatilganida toʻrt nusxada. Bunda buyurtmachining tegishli vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan toʻlov talabnomasining birinchi nusxasi buyurtmachining gʻaznachilik xizmati boʻlinmasiga toʻlov talabnomasini qoʻyish uchun topshirigʻi boʻlib xizmat qiladi. Toʻlov talabnomasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi nusxalari gʻaznachilik xizmati boʻlinmasining vakolatli va masʼul xodimi tomonidan imzolanadi, gʻaznachilik xizmati boʻlinmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi hamda bevosita toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bankka taqdim etiladi. Toʻlov talabnomasining toʻrtinchi nusxasi qabul qilingan sana koʻrsatilib, toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bank buxgalteri imzosi va mazkur buxgalterga biriktirilgan muhr bilan tasdiqlangan holda gʻaznachilik xizmati boʻlinmasiga qaytariladi.
194. Gʻaznachilik xizmati boʻlinmasi tomonidan inkasso topshiriqnomasi va toʻlov talabnomasi “Bank-mijoz” dasturiy majmuidan foydalangan holda elektron tarzda ijro etilganida buyurtmachi tomonidan inkasso topshiriqnomasi va toʻlov talabnomasi ikki nusxada taqdim qilinadi.
Bunda buyurtmachining tegishli mansabdor shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan inkasso topshiriqnomasi va toʻlov talabnomasining birinchi nusxasi buyurtmachining gʻaznachilik xizmati boʻlinmasiga inkasso topshiriqnomasini va toʻlov talabnomasini qoʻyish uchun topshirigʻi boʻlib xizmat qiladi. Ikkinchi nusxasi buyurtmachining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan koʻchirma bilan birgalikda buyurtmachining masʼul xodimiga beriladi.
10-bob. Undiruvni Davlat budjeti mablagʻlariga qaratishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarini ijro etish boʻyicha yuridik va moliyaviy majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazish va toʻlovlarni amalga oshirish
195. Ijro hujjatida foydasiga davlat budjeti mablagʻlari oʻtkazilishi nazarda tutilgan shaxslar yoxud ularning vakillarining iqtisodiyot va moliya organlariga murojaatini iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan koʻrib chiqish va ijro hujjatining ijrosi yuzasidan tegishli choralarni koʻrish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 13-maydagi 120-son qarori bilan tasdiqlangan Ijro hujjatlari boʻyicha undiruvni Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlariga va budjet tashkilotlarining moliyaviy majburiyatlariga qaratish tartibi toʻgʻrisida nizomga muvofiq (bundan buyon matnda Nizom deb yuritiladi) amalga oshiriladi.
196. Iqtisodiyot va moliya organlari ijro hujjatini Nizomga muvofiq koʻrib chiqqanlaridan soʻng agar ijro hujjatini ijro etmasdan qaytarishga asoslar boʻlmasa, ariza kelib tushgan kundan boshlab 27 kun ichida:
pul mablagʻlari undiruvchining bank hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladigan tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaragʻini ochadi;
ijro hujjatiga muvofiq mablagʻni toʻlab berish uchun “OʻRIMV” ATda yuridik majburiyatni shakllantiradi va tasdiqlaydi, shuning bilan birgalikda ushbu yuridik majburiyat asosida toʻlov hujjatini shakllantiradi va maʼqullaydi;
ijro hujjatining aslini gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga taqdim etadi.
Agar ijro varaqasi yoki sud buyrugʻi sudyaning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat tarzida axborot tizimi orqali yuborilgan boʻlsa, uning asl nusxasini taqdim etish talab etilmaydi.
197. Gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining masʼul xodimlari iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan ijro hujjatining asli taqdim etilganidan soʻng ikki ish kuni muddatida iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan “OʻRIMV” ATda maʼqullangan toʻlov hujjatini tasdiqlash va toʻlovni amalga oshirish yoʻli bilan ijro hujjati ijrosini taʼminlaydi va ijro hujjatining aslini tegishli iqtisodiyot va moliya organiga qaytaradi.
Undiruvchining arizasi va ijro hujjatining asli iqtisodiyot va moliya organida saqlanadi.
200. Toʻlovni amalga oshirish uchun tegishli budjetning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida mablagʻlar yoʻq yoki yetarli boʻlmaganda gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari ijro hujjatining ijrosini toʻxtatib turish, kechiktirish, boʻlib-boʻlib ijro etish, ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirishni “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan tartibda amalga oshirish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish uchun yozma ravishda tegishli iqtisodiyot va moliya organini xabardor qiladi.
11-bob. Budjet tashkilotlarining moliyaviy majburiyatlari boʻyicha undiruvni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarini ijro etish boʻyicha yuridik va moliyaviy majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazish hamda toʻlovlarni amalga oshirish
201. Budjet tashkilotlarining moliyaviy majburiyatlari boʻyicha undiruvni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarini ijro etish Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
202. Ijro hujjatlarida qarzdor-budjet tashkilotining toʻgʻri rekvizitlari (YAGʻH, shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi yoki bank hisobvaragʻi) koʻrsatilishi lozim. Qarzdorning rekvizitlari notoʻgʻri koʻrsatilgan ijro hujjatlari gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari tomonidan rekvizitlarni aniqlashtirish uchun qaytariladi.
203. Budjet tashkilotlarining moliyaviy majburiyatlari boʻyicha undiruvni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarini ijro etish:
birinchi navbatda budjet tashkilotining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga;
toʻlanishi lozim boʻlgan qarz budjet tashkilotining xarajatlar smetasi boʻyicha xarajatlar moddasiga muvofiq boʻlganda — budjetdan ajratiladigan mablagʻlar hajmi doirasida amalga oshiriladi.
204. Gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari ijro hujjatlari hisobini alohida Ijro hujjatlari va sud hujjatlarini roʻyxatdan oʻtkazish jurnalida “OʻRIMV” ATda elektron koʻrinishda yuritadi.
205. Gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari ijro hujjatini olganidan soʻng oʻn kunlik muddatda uning ijrosini quyidagi yoʻl bilan taʼminlaydi:
budjet mablagʻlari boʻyicha xarajatlar smetasining tegishli moddasi va budjet tashkilotining barcha budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari boʻyicha toʻlovlarni va shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazishni vaqtinchalik toʻxtatish, shuningdek budjet tashkilotining mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha ijro hujjatida nazarda tutilgan cheklovlarni taʼminlash;
ijro hujjatini ilova qilgan holda tegishli xarajatlari vaqtinchalik toʻxtatilganligi toʻgʻrisida budjet tashkilotini yozma xabardor qilish;
budjet tashkilotining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan budjet tashkilotining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari qoldigʻi doirasida mablagʻlarni oʻtkazish, budjet tashkilotining budjetdan tashqari jamgʻarmasida mablagʻlar yoʻq yoki yetarli boʻlmaganida hamda qarzdorlik budjet tashkilotining xarajatlar smetasi boʻyicha xarajatlar moddasiga muvofiq boʻlganda — budjetdan ajratiladigan mablagʻlar hajmi doirasida amalga oshirish.
206. Budjet tashkilotlari ijro hujjatini yoki gʻaznachilik xizmati boʻlinmasining tegishli xabarnomasini olganidan soʻng mablagʻlarni oʻtkazib berish uchun ikki ish kuni ichida “UzASBO” DMda buyurtma shakllantiradi va elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga yuboradi.
Gʻaznachilik xizmati boʻlinmasining masʼul xodimi buyurtmani ikki ish kuni ichida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda “OʻRIMV” ATda elektron tarzda roʻyxatdan oʻtkazadi, kamchiliklar aniqlanganida esa tegishli kamchiliklarini koʻrsatgan holda elektron tarzda budjet tashkilotiga qaytaradi.
2061. Gʻaznachilik xizmati boʻlinmasida buyurtma roʻyxatdan oʻtkazilganidan soʻng budjet tashkilotlari bir ish kuni ichida “UzASBO” DMda toʻlov hujjati shakllantiradi va elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga elektron shaklini yuboradi.
Gʻaznachilik xizmati boʻlinmasining masʼul xodimi toʻlov hujjatini “OʻRIMV” ATda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda toʻlovni amalga oshiradi, toʻlov hujjatida kamchiliklar aniqlanganida esa tegishli kamchiliklarini koʻrsatgan holda elektron tarzda budjet tashkilotiga qaytaradi.
207. Budjet tashkilotlari tomonidan mazkur Qoidalarning 206 va 2061-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilmaganida yoki muddatida taqdim etilmaganida gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari mazkur Qoidalarning 205-bandida koʻrsatilgan tartibda va muddatlarda ijro hujjati boʻyicha toʻlovni mustaqil amalga oshiradi.
208. Budjet tashkilotlarining tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida budjetdan tashqari mablagʻlar yoʻq yoki yetarli boʻlmaganida ijro hujjati boʻyicha toʻlov budjet mablagʻlari boʻyicha xarajatlar smetasining tegishli moddasidan amalga oshiriladi.
Bunda xarajatlar smetasining tegishli moddasida yuridik majburiyatlar bilan band qilinmagan mablagʻlar mavjud boʻlmasa, budjet tashkilotlari tegishli modda boʻyicha qabul qilingan yuridik majburiyatlar summasini kamaytirish boʻyicha tegishli choralarni koʻrishlari shart.
209. Budjet tashkilotining budjetdan tashqari mablagʻlari va xarajatlar smetasining tegishli moddasi boʻyicha budjetdan ajratilgan mablagʻlar qoldigʻi yoʻq yoki yetarli boʻlmagan taqdirda, gʻaznachilik xizmati boʻlinmasi budjet tashkilotiga xarajatlar smetasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida talabnoma yuboradi.
210. Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmasi boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida yoki budjet mablagʻlari boʻyicha xarajatlar smetasining tegishli moddalarida mablagʻlar yoʻq yoki yetarli boʻlmagan holda budjet tashkilotlari tegishli iqtisodiyot va moliya organiga ijro hujjatiga asosan toʻlash uchun budjet mablagʻlari boʻyicha xarajatlar smetasiga tegishli oʻzgartirish kiritish yoʻli bilan mablagʻlarni toʻliq toʻlashi boʻyicha uch ish kuni ichida tegishli choralarni koʻrish yuzasidan murojaat qiladi.
211. Budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida budjetdan tashqari mablagʻlar yoki budjet mablagʻlari boʻyicha xarajatlar smetasining tegishli moddasida rejalashtirilgan mablagʻlar yetarli boʻlmaganligi sababli ijro hujjati asosida mablagʻlar toʻliq oʻtkazilmagan hollarda keyinchalik budjet tashkilotining budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan, shuningdek budjet tashkilotining budjet mablagʻlari boʻyicha xarajatlar smetasining tegishli moddalari boʻyicha yuridik majburiyatlarni qabul qilish ijro hujjatida koʻrsatilgan mablagʻlar toʻliq toʻlanganidan soʻng amalga oshiriladi.
12-bob. Budjetlararo transfertlar boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish
212. Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan budjetlararo transfertlar Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari hamda Toshkent shahri shahar budjeti, shuningdek DMJ budjetlarining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga hamda buning aksicha oʻtkaziladi.
213. Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjetlari hamda Toshkent shahri shahar budjetidan budjetlararo transfertlar ularning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan tumanlar va shaharlar budjetlarining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga hamda buning aksicha oʻtkaziladi.
214. DMJ budjetlaridan budjetlararo transfertlar ularning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga hamda buning aksicha oʻtkaziladi.
2141. DMJ uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hamda transfertlar ularning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidagi oʻzlashtirilmagan mablagʻlar qoldigʻini va har bir oy uchun kassa rejasida nazarda tutilgan mablagʻlarni hisobga olgan holda oʻtkazib beriladi.
215. Budjetlararo transfertlarni oʻtkazish gʻaznachilik memorial orderlari asosida amalga oshiriladi. Bunda, gʻaznachilik memorial orderlari tegishli iqtisodiyot va moliya organi tomonidan elektron hujjat shaklida gʻaznachilik xizmati boʻlinmasiga taqdim etiladi.
216. Byujetlararo transfertlar boʻyicha hisob-kitoblar joriy moliya yilida qoʻshimcha vaqt davrini hisobga olgan holda yakunlanishi lozim.
2161. Davlat budjeti mablagʻlari doirasida ajratiladigan ssuda va kredit liniyalari boʻyicha toʻlov hujjatlari iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan “resurs.imv.uz” platformasida tegishli ssuda va kredit shartnomalari toʻliq rasmiylashtirilgandan (imzolangandan) soʻng shakllantiriladi hamda “OʻRIMV” ATga elektron tarzda yuboriladi.
“OʻRIMV” ATga elektron tarzda kelib tushgan toʻlov hujjatlari boʻyicha toʻlovlar gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
217. Mahalliy budjetdan oʻz muddatida qaytarilmagan budjet ssudalari va oʻzaro hisob-kitoblar boʻyicha yuqori budjet oldidagi qarzdorliklarni soʻzsiz undirish uchun mablagʻlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek DMJ budjetlaridan Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga undirish Iqtisodiyot va moliya vazirligining tegishli boshqarmalari, hududiy iqtisodiyot va moliya organlarining soʻroviga asosan gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari tomonidan elektron shaklda amalga oshiriladi.
219. Gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari Iqtisodiyot va moliya vazirligining tegishli boshqarmalari, hududiy iqtisodiyot va moliya organlarining soʻroviga asosan budjet mablagʻlarini soʻzsiz undirish uchun “OʻRIMV” ATda gʻaznachilik memorial orderi shakllantiradi va gʻaznachilik memorial orderi “OʻRIMV” ATda avtomatik tarzda bajariladi.
13-bob. Qoʻshimcha vaqt davrida budjet tizimi budjetlarining gʻazna ijrosi
220. Keyingi yilning yanvar oyi moliya yiliga qoʻshimcha vaqt davri boʻlib, bu davr mobaynida oʻtgan yil uchun budjet tizimi budjetlarining ijrosi amalga oshiriladi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi budjet tizimi budjetlarining qoʻshimcha vaqt davridagi ijrosi boʻyicha operatsiyalarni oʻtkazish tartibini va oxirgi muddatlarini belgilaydi.
221. Qoʻshimcha vaqt davrida iqtisodiyot va moliya organlari, gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari, shuningdek budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilari tomonidan joriy moliya yili uchun Davlat budjeti va DMJ budjetlarini ijro etish boʻyicha operatsiyalar, shu jumladan:
budjetlararo munosabatlarni tartibga solish;
budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning kreditorlik qarzlarini toʻlash;
budjet tashkilotlari tomonidan iqtisod qilingan mablagʻlar summalarini Budjet tashkilotlarining rivojlantirish jamgʻarmalariga (Tibbiyot tashkilotlarining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmalariga) oʻtkazish;
Davlat budjeti va DMJ budjetlari mablagʻlari hisobidan boshqa ruxsat etilgan toʻlovlar amalga oshiriladi.
Bunda moliya yili uchun qoʻshimcha vaqt davri budjet tashkilotlarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga tatbiq etilmaydi, iqtisod qilingan mablagʻlarni Budjet tashkilotlarining rivojlantirish jamgʻarmalariga (Tibbiyot tashkilotlarining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmalariga) oʻtkazish bundan mustasno.
222. Qoʻshimcha vaqt davrida kreditor qarzdorliklar oʻtgan yilgi xarajatlar smetasining qaysi xarajatlar moddasi boʻyicha yuzaga kelgan boʻlsa, shu xarajatlar moddasi boʻyicha toʻlanadi.
223. Kreditor qarzdorliklarni toʻlab berish uchun buyurtmachilar tomonidan gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
buyurtmachi va tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchi (pudratchi) oʻrtasida oʻtgan yil yakuni boʻyicha tuzilgan solishtirish dalolatnomasi nusxasi;
tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib berilganligini tasdiqlovchi hisobvaraq-fakturalar nusxalari;
toʻlov topshiriqnomalari (bunda toʻlov maqsadida qoʻshimcha ravishda “oʻtgan yilgi kreditor qarzdorlikni toʻlash” koʻrsatiladi);
oʻtgan yilning dekabr oyi uchun oʻtuvchi kreditor qarzdorlikni toʻlash joriy moliya yilining xarajatlar smetasida nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
2231. “UzASBO” DMga ulangan buyurtmachilar kreditor qarzdorliklarni toʻlab berish uchun buyurtma shakllantiradi va elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga yuboradi. “UzASBO” DM orqali elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga yuborilgan buyurtma qogʻoz shaklida rasmiylashtirilmaydi. Buyurtma uchun asos boʻlgan hujjatlar, jumladan buyurtmachi va tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchi (pudratchi) oʻrtasida oʻtgan yil yakuni boʻyicha tuzilgan solishtirish dalolatnomasi va tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib berilganligini tasdiqlovchi hisobvaraq-fakturalar gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga taqdim etilmaydi va buyurtmachilarda saqlanadi.
2232. Gʻaznachilik xizmati boʻlinmasining masʼul xodimi buyurtmada koʻrsatilgan kreditorlik qarzdorlikni “OʻRMV” ATda oʻtgan moliya yilida roʻyxatdan oʻtkazilgan shartnoma bilan solishtiradi. Maʼlumotlar muvofiq boʻlganida va buyurtmada kreditorlik qarzdorlikni toʻlash uchun koʻrsatilgan mablagʻ mazkur shartnoma boʻyicha toʻlanmagan mablagʻ miqdoridan oshmasa buyurtmani ikki ish kuni ichida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda “OʻRIMV” ATda elektron tarzda roʻyxatdan oʻtkazadi, kamchiliklar aniqlanganida esa tegishli kamchiliklarini koʻrsatgan holda elektron tarzda budjet tashkilotiga qaytaradi.
2233. Gʻaznachilik xizmati boʻlinmasida buyurtma roʻyxatdan oʻtkazilganidan soʻng budjet tashkilotlari “UzASBO” DMda toʻlov hujjati shakllantiradi va elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga yuboradi.
Gʻaznachilik xizmati boʻlinmasining masʼul xodimi toʻlov hujjatini “OʻRIMV” ATda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda toʻlovni amalga oshiradi, toʻlov hujjatida kamchiliklar aniqlanganida esa tegishli kamchiliklarini koʻrsatgan holda elektron tarzda budjet tashkilotiga qaytaradi.
224. Qoʻshimcha vaqt davrida kreditor qarzdorlikni qoplash yoki mablagʻlarni Budjet tashkilotlarining rivojlantirish jamgʻarmalariga va Tibbiyot tashkilotlarining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmalariga oʻtkazish boʻyicha toʻlov topshiriqnomalari va gʻaznachilik memorial orderlarini toʻldirishda toʻlov topshiriqnomalari va gʻaznachilik memorial orderlarining toʻlov maqsadida mos ravishda “20__ yil uchun kreditor qarzdorlikni qoplash” yoki “20__ yil uchun iqtisod qilingan mablagʻlarni Budjet tashkilotining rivojlantirish jamgʻarmalariga (Tibbiyot tashkilotlarining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmalariga) oʻtkazish” yozuvi yoziladi.
225. Iqtisod qilingan mablagʻlarni Budjet tashkilotlarining rivojlantirish jamgʻarmasi va Tibbiyot tashkilotlarining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkazish uchun budjet tashkilotlari “UzASBO” DMda toʻlov hujjati shakllantiradi va elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda “OʻRIMV” ATga yuboradi.
Iqtisod qilingan mablagʻlarni Budjet tashkilotlarining rivojlantirish jamgʻarmasi va Tibbiyot tashkilotlarining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkazish toʻlov hujjati iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan “OʻRIMV” ATda maʼqullanganidan soʻng gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
226. Oʻtgan yilgi kreditor qarzdorlikni qoplash, shuningdek Budjet tashkilotlarining rivojlantirish jamgʻarmasi va Tibbiyot tashkilotlarining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasiga iqtisod qilingan mablagʻlarni oʻtkazish boʻyicha toʻlov topshiriqnomalar yoki gʻaznachilik memorial orderlari gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga moliya yiliga qoʻshimcha vaqt davri tugashidan ikki ish kuni oldin taqdim qilinishi lozim.
227. Kreditor qarzdorlikni toʻlash hamda shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida qolgan iqtisod qilingan mablagʻlarni oʻtkazish uchun toʻlov topshiriqnomalar va gʻaznachilik memorial orderlari moliya yiliga qoʻshimcha vaqt davri tugashidan ikki ish kuni oldin taqdim etilmagan hollarda budjetdan ajratilgan mablagʻlar belgilangan maqsadni yoʻqotadi va tegishli budjetlarning qoldiqlari boʻlib hisoblanadi.
228. Qoʻshimcha vaqt davrida Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti, tumanlar va shaharlar budjetlarining tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga tegishliligi boʻyicha oʻtgan yil mobaynida ishlatilmagan:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetining zaxira jamgʻarmalaridan ajratilgan;
oʻtgan yil uchun davlat tashqi qarzini toʻlash uchun ajratilgan mablagʻlarning tiklanishi amalga oshiriladi.
229. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetining zaxira jamgʻarmalaridan ajratilgan, shuningdek oʻtgan moliya yili uchun davlat tashqi qarzini toʻlanishiga oldin ajratilgan va oʻtkazilgan mablagʻlarning oʻtgan moliya yili mobaynida foydalanilmagan qismining majburiy ravishda tegishliligi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti, tumanlar va shaharlar budjetlariga qaytarib oʻtkazilishi moliya yili yakunlangandan keyin keyingi yilning 10-yanvaridan kechikmagan muddatda amalga oshiriladi.
230. Agar zaxira jamgʻarmasidan mablagʻlar ajratilgan tadbirlar muayyan muddatga ega boʻlsa, foydalanilmay qolgan mablagʻlar oluvchi tomonidan tadbirlar oʻtkazish muddati tugashi bilan oʻn ish kuni mobaynida belgilangan shakldagi hisobotni taqdim etish bilan birga qaytariladi.
14-bob. Qoʻshimcha vaqt davri yakunlanganidan soʻng kreditor qarzdorlikning toʻlanishi
231. Qoʻshimcha vaqt davri yakunlanganidan soʻng budjet tashkilotlarining kreditor qarzdorligi birinchi navbatda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.
232. Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalarida mablagʻlar mavjud boʻlmaganda yoki yetarli boʻlmagan hollarda oʻtgan yilning kreditor qarzdorligini joriy moliya yili xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan toʻlab beriladi. Bunda joriy moliya yilining xarajatlar smetasida kreditor qarzdorlikni (budjet tashkilotlari tomonidan taqdim qilingan tasdiqlangan smetalar va yuzaga kelgan kreditor qarzdorlik boʻyicha tegishli hisob-kitoblar asosida) toʻlash uchun zarur mablagʻlar nazarda tutilganligi toʻgʻrisidagi budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar (Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan mablagʻ oladigan tashkilotlar boʻyicha), hududiy iqtisodiyot va moliya organlari, DMJ va BMJ taqsimlovchi organlarning yozma xulosasi mavjud boʻlgandagina toʻlovlar amalga oshiriladi.
Bunda budjet mablagʻlari boʻyicha joriy moliya yili uchun xarajatlar smetasining tegishli moddasi boʻyicha qabul qilinadigan yuridik majburiyatlar summasi oʻtgan yilning kreditor qarzdorligini toʻlash uchun yoʻnaltirilgan summaga kamaytiriladi. Buyurtmachilarning yetkazib beruvchilar bilan davriy asosda tuziladigan shartnomalari boʻyicha kreditor qarzdorlik summasi shartnomada joriy moliya yili uchun qabul qilinadigan yuridik majburiyatlar summalari va kreditor qarzdorlik summalari alohida koʻrsatiladi.
233. Buyurtmachilar oʻtgan moliya yilining kreditorlik qarzdorligini toʻlash uchun tegishli gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ikki asl nusxada Toʻlovlar jadvali va Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga buyurtma;
kreditor qarzdorlik toʻlanishi nazarda tutilgan mablagʻlar manbasi, tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi va boshqa rekvizitlar koʻrsatilgan xat;
ushbu qarzdorlik yuzaga kelgan oʻtgan moliya yilidagi shartnoma nusxasi;
tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berilganligini tasdiqlovchi hisobvaraq-fakturalar nusxasi;
buyurtmachining tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchi (pudratchi) bilan tuzilgan solishtirish dalolatnomasi (qoʻshimcha vaqt davrida amalga oshirilgan hisob-kitoblarni inobatga olgan holda);
joriy moliya yilining xarajatlar smetasida kreditor qarzdorlikni (kreditor qarzdorlik budjetdan ajratilgan mablagʻlar hisobidan toʻlangan hollarda) toʻlash uchun zarur mablagʻlar nazarda tutilganligi toʻgʻrisidagi mazkur Qoidalarning 232-bandida koʻrsatilgan yozma xulosa;
belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan toʻlov topshiriqnomasi va gʻaznachilik memorial orderi (bunda toʻlov maqsadida qoʻshimcha ravishda “oʻtgan yilgi kreditor qarzdorlikni toʻlash” koʻrsatiladi).
2331. “UzASBO” DMga ulangan buyurtmachilar kreditor qarzdorliklarni toʻlab berish uchun “UzASBO” DMda buyurtma shakllantiradi va elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga yuboradi. “UzASBO” DM orqali elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga yuborilgan buyurtma qogʻoz shaklida rasmiylashtirilmaydi. Buyurtma uchun asos boʻlgan hujjatlar, jumladan buyurtmachi va tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchi (pudratchi) oʻrtasida oʻtgan yil yakuni boʻyicha tuzilgan solishtirish dalolatnomasi va tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib berilganligini tasdiqlovchi hisobvaraq-fakturalar gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga taqdim etilmaydi va buyurtmachilarda saqlanadi.
2332. Gʻaznachilik xizmati boʻlinmasining masʼul xodimi buyurtmada koʻrsatilgan kreditorlik qarzdorlikni “OʻRIMV” ATda oʻtgan moliya yilida roʻyxatdan oʻtkazilgan shartnoma bilan solishtiradi. Maʼlumotlar muvofiq boʻlganida va buyurtmada kreditorlik qarzdorlikni toʻlash uchun koʻrsatilgan mablagʻ mazkur shartnoma boʻyicha toʻlanmagan mablagʻ miqdoridan oshmasa buyurtmani ikki ish kuni ichida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda “OʻRIMV” ATda elektron tarzda roʻyxatdan oʻtkazadi, kamchiliklar aniqlanganida esa tegishli kamchiliklarini koʻrsatgan holda elektron tarzda budjet tashkilotiga qaytariladi.
2333. Gʻaznachilik xizmati boʻlinmasida buyurtma roʻyxatdan oʻtkazilganidan soʻng budjet tashkilotlari “UzASBO” DMda toʻlov hujjati shakllantiradi va elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga yuboradi.
Gʻaznachilik xizmati boʻlinmasining masʼul xodimi toʻlov hujjatini “OʻRIMV” ATda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda toʻlovni amalga oshiradi, toʻlov hujjatida kamchiliklar aniqlanganida esa tegishli kamchiliklarini koʻrsatgan holda elektron tarzda budjet tashkilotiga qaytaradi.
234. Buyurtmachilarning tegishli gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarida roʻyxatdan oʻtkazilmagan shartnomalari boʻyicha yuzaga kelgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) oldidagi kreditor qarzdorliklari toʻlab berilmaydi.
15-bob. Yakuniy qoidalar
235. Budjet tizimi budjetlari va BMJ budjetlarining gʻazna ijrosini amalga oshirish jarayonida buyurtmachilar hamda kapital qoʻyilma buyurtmachilari qonunchilik hujjatlariga muvofiq budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishiga, iqtisodiyot va moliya organlari va gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga taqdim etilgan hujjatlarning haqqoniyligiga va budjet qonunchiligi talablariga rioya etilishga qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgardir.
Bunda “UzASBO” DM orqali gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlab yuborilgan elektron hujjatlardagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi, hujjatlarning qogʻoz va elektron shaklining oʻzaro muvofiqligi, elektron hujjatlarga asos boʻlgan hujjatlarning asli, shuningdek shartnoma tuzish uchun asos boʻlgan barcha hujjatlarning saqlanishi uchun buyurtmachilar javobgar hisoblanadi.
236. Gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari yuridik va moliyaviy majburiyatlarni oʻz muddatida va toʻgʻri roʻyxatdan oʻtkazilishi, toʻlovlarning amalga oshirilishi hamda talab qilinadigan hujjatlarning toʻliqliligiga, shuningdek oʻz zimmasiga yuklatilgan boshqa vazifalarni mazkur Qoidalarga muvofiq bajarishga javobgardir.
Gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari roʻyxatdan oʻtkazilgan shartnomalar boʻyicha muddati oʻtgan debitor va kreditor qarzdorliklar hisobini yuritadi hamda har chorak yakuni boʻyicha chorakdan keyingi oyning 10-sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga taqdim etib boradi.
237. Mazkur Qoidalar talablarini buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
238. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
2016-yil 22-noyabr,
Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining gʻazna ijrosi qoidalariga 1-ILOVA
Toʻlov topshiriqnomasi-sonliSanakk.oo.yyyyMablagʻlarni toʻlovchining nomiDEBETMablagʻlarni toʻlovchining hisobvaragʻiMablagʻlarni toʻlovchining STIRiMablagʻlarni toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bank nomiMablagʻlarni toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bank kodiSummaMablagʻlarni oluvchining nomiKREDITMablagʻlarni oluvchining hisobvaragʻiMablagʻlarni oluvchiga xizmat koʻrsatuvchi bank nomiMablagʻlarni oluvchiga xizmat koʻrsatuvchi bank kodiSumma (soʻz bilan)Toʻlov maqsadiSHGʻH XXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXX, tashkilot nomi, STIR XXXXXXXXX, maqsadiBuyurtmachi rahbariBuyurtmachi bosh buxgalter(F.I.O., imzo)(F.I.O., imzo)M.Oʻ.Toʻlov topshiriqnomasi -sonliSanakk.oo.yyyyMablagʻlarni toʻlovchining nomiDEBETMablagʻlarni toʻlovchining hisobvaragʻiMablagʻlarni toʻlovchining STIRiMablagʻlarni toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bank nomiMablagʻlarni toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bank kodiSummaMablagʻlarni oluvchining nomiKREDITMablagʻlarni oluvchining hisobvaragʻiMablagʻlarni oluvchiga xizmat koʻrsatuvchi bank nomiMablagʻlarni oluvchiga xizmat koʻrsatuvchi bank kodiSumma (soʻz bilan)Toʻlov maqsadiSHGʻH XXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXX, tashkilot nomi, STIR XXXXXXXXX, maqsadiGʻaznachilik xizmati boʻlinmasi rahbari yoki vakolatli shaxsiMasʼul xodim(F.I.O., imzo)(F.I.O., imzo)M.Oʻ.
Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining gʻazna ijrosi qoidalariga 2-ILOVA
______ -sonli gʻazna memorial orderiSanaKK.OO.YYYYToʻlovchiToʻlovchining nomiToʻlovching sh.gʻ.h.STIRSummasiOluvchiOluvchining nomiOluvchining sh.gʻ.h.STIRSummasi soʻz bilanToʻlov maqsadiXXXXX (toʻlov kodi), SHGʻH XXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXX, tashkilot nomi, STIR XXXXXXXXX, maqsadiBuyurtmachi rahbariImzoF.I.O.M.Oʻ.Buyurtmachi bosh buxgalteriImzoF.I.O.______ -sonli gʻazna memorial orderiSanaKK.OO.YYYYToʻlovchiToʻlovchining nomiToʻlovching sh.gʻ.h.STIRSummasiOluvchiOluvchining nomiOluvchining sh.gʻ.h.STIRSummasi soʻz bilanToʻlov maqsadiXXXXX (toʻlov kodi),SHGʻH XXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXX, tashkilot nomi, STIR XXXXXXXXX, maqsadiGʻaznachilik xizmati boʻlinmasi rahbari yoki vakolatli shaxsiImzoF.I.O.M.Oʻ.Masʼul xodimImzoF.I.O.
Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining gʻazna ijrosi qoidalariga 3-ILOVA
Budjet mablagʻlarini oʻtkazish (soʻzsiz undirish) uchun SOʻROVNOMA_____-son“____” _________20 __ y.Boshqarma (Bosh boshqarma) nomi ___________________________Boʻlim va kichik boʻlim ___________________________________Bob ___________________________________________________Xarajat moddasi _______________________________________Shaxsiy gʻazna hisobvaraq raqami __________________________ Buyurtmachining (hududning*) nomiBuyurtmachining (hududning*) shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiMaqsadli mablagʻ nomi Maqsadli mablagʻni ajratish uchun asosSummasi (soʻmda)
Boshqarma (Bosh boshqarma) boshligʻi_________________________________(imzo)F.I.O.Boʻlim boshligʻi_________________________________(imzo)F.I.O.**Kelishildi:Davlat budjeti Bosh boshqarmasi boshligʻi_________________________________(imzo)F.I.O.Gʻaznachilik xizmati boʻlinmasining masʼul xodimi 20__y. “___” ____________ soat ____dan ____ minut oʻtganda qabul qildi. _________________________________(imzo)F.I.O.
* — Budjetlararo maqsadli mablagʻlarni ajratishda va maqsadli mablagʻlarni soʻzsiz undirishda toʻldiriladi.
** — Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan quyi budjetlar va maqsadli jamgʻarmalarga maqsadli budjet mablagʻlari ajratishda va quyi budjetlar va maqsadli jamgʻarmalardan maqsadli mablagʻlarni soʻzsiz undirishda kelishiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining gʻazna ijrosi qoidalariga 5-ILOVA
20__ MOLIYA YILI UCHUN IMZOLAR NAMUNALARI VA MUHR IZI ___________ SONLI KARTOCHKASI20__ y. “___” ____________Buyurtmachi nomi _________________________________________________________________________________________________(taʼsis hujjatlariga muvofiq toʻliq yoki qisqa nomi)Yuridik manzil ________________________________________________________Telefon _______________________________________________________________Gʻaznachilik xizmati boʻlinmasi nomi _____________________________________________Shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirishda moliyaviy hujjatlarga imzo qoʻyish huquqiga ega boʻlgan mansabdor shaxslarning imzolari namunalari va tashkilotning muhr izi namunasiImzo qoʻyish huquqiMansabiFamiliyasi, ismi, otasining ismiImzo namunasiMuhr namunasiAlohida belgilar (pasport maʼlumotlari, uy manzili va h.k)123456BirinchiIkkinchiYurist (shtatda mavjud boʻlgan hollarda)Buyurtmachi rahbari____________________________________(imzo)(F.I.O.)Buyurtmachi bosh buxgalteri____________________________________(imzo)(F.I.O.)_______________________________________________________________________________(Vakolat va imzolarni tasdiqlanganligi toʻgʻrisida yuqori turuvchi tashkilotning belgisi)Yuqori turuvchi tashkilot rahbari____________________________________(imzo)(F.I.O.)M.Oʻ.20__ y. “___” __________________________________________________________________________________(Imzolarni haqiqiyligi haqida tasdiqlovchi yozuv)______________________________________________________________________(sana (kun, oy, yil) yozma holda)Yuqori turuvchi tashkilot bosh buxgalteri___________________________________(imzo)(F.I.O.)Yuqori turuvchi tashkilot ijrochisi (yuristi)________________ __________________________________(lavozim) (imzo)(F.I.O.)20__ y. “___” ____________Imzolar namunasi va muhr izikartochkasining orqa tomoni T/rShaxsiy gʻazna hisobvaragʻiShaxsiy gʻazna hisobvaragʻining nomi1.2..........
Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining gʻazna ijrosi qoidalariga 6-ILOVA
Toʻlov turlari boʻyicha
MAʼLUMOTNOMA
T/rToʻlov kodiToʻlov turlari109510Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalariga toʻlovlar:Yetkazib berilgan tovarlar, koʻrsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar uchun yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan budjet tashkilotlariga toʻlovlar;Budjet tashkilotlari tomonidan vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va davlatning boshqa mol-mulkini boshqa tashkilotlarga ijaraga berish natijasida ijaraga oluvchilarning toʻlovlari;Maktabgacha va qoʻshimcha taʼlim tashkilotlarida, maktab-internatlar va litseylarda farzandining oʻqishi va ovqatlanishi uchun ota-onalar toʻlovlari;Xodimlardan, ular ishlayotgan joyida ovqatlanganligi uchun hisob-kitoblar boʻyicha toʻlovlar;Taʼlim muassasalarida oʻqish uchun toʻlovlar;Ajratmalar hisobiga toʻlovlar;Umumtaʼlim muassasalarida darsliklar ijarasi uchun toʻlovlar;Pensiya jamgʻarmasi boʻlinmalari tomonidan ishlovchi pensionerlar uchun oʻtkazilgan mablagʻlar;Tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar tomonidan oldingi yillar shartnomalari boʻyicha debitorlik qarzlari toʻlovlari;Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan budjet tashkilotlariga koʻrsatiladigan homiylik (begʻaraz) yordamlari;Yuqoridagilardan tashqari boshqa toʻlovlar.209520Ortiqcha yoki notoʻgʻri oʻtkazilgan mablagʻlarning budjet tashkilotlariga qaytarilishi:23212 va 23214 balans hisobvaraqlarida ochilgan hisobvaraqlardan mablagʻlarning qaytishi;Ishlatilmagan deponentlarning qaytishi;Gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari tomonidan ilgari oʻtkazilgan mablagʻlarni yetkazib beruvchining bankdagi hisobvaragʻi oʻzgarganligi, yopilganligi va boshqa sabablarga koʻra banklar tomonidan qaytarish;Tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) tomonidan amaldagi shartnomalar boʻyicha budjet tashkilotlariga mablagʻlarni qaytarish;Birjaga oʻtkazib berilgan moliyaviy zakalat summalarining budjet tashkilotiga qaytarish;Boshqa holatlarda mablagʻlarni qaytarish.309570Bojxona organlarining depozit gʻazna hisobvaraqlariga mablagʻlarning oʻtkazilishi409580Davlat soliq xizmati organlarining budjetdan tashqari gʻazna hisobvaraqlariga mablagʻlarning oʻtkazilishi
Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining gʻazna ijrosi qoidalariga 7-ILOVA
______________________I va II guruh xarajatlari boʻyicha yuridik va moliyaviy majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga _____-sonli buyurtma_____________________________________Sana(tuman, shahar, viloyat)Gʻaznachilik xizmati boʻlinmasi_____________________________________________boʻyicha _______________ oyi uchun yuridik va moliyaviy majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishgatuman (shahar, viloyat)(buyurtmachi nomi)(oy)_________________________________________________________________(Soʻm)Shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiT/rIqtisodiy tasnif kodiHisoblangan ish haqiHisoblangan ish haqidan ushlanmalarJami ushlandiPlastik kartochkalarga oʻtkazish23212 yoki 23214 balans hisobvaraqlariga oʻtkazishOldingi oylar qarzdorligiJami toʻlash uchunYagona ijtimoiy toʻlov(___%)Jamishu jumladan: imtiyozli (mod. yordam va boshqalar)Jismoniy shaxslar daromad soligʻiFuqarolarning sugʻurta badallari (____%)Kasaba uyushmasi badaliShaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻiga badalAvansAlimentlar12345678910......................................Jami
Izoh: Ushbu soʻrovnomada berilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini tasdiqlaymiz.
Ushbu shakl buyurtmachi tomonidan xizmat koʻrsatuvchi bank belgilagan grafikdagi naqd pul mablagʻlarini olish muddatidan ___ ish kuni oldin taqdim qilinadi.
* Ushbu buyurtmaning “Hisoblangan ish haqidan ushlanmalar” qismida koʻrsatilgan xodimlarning ish haqidan ixtiyoriy ushlanmalar qonunchilik hujjatlariga muvofiq va xodimlarning yozma roziligi asosida ushlanmoqda. Ish haqidan ixtiyoriy ushlanmalar masalasi boʻyicha qonunchilik hujjatlari talablari buzilishi holatlari yoki yuqoridagi xodimlarning roziligining ishonchsizligi aniqlanganida toʻliq javobgarlikni oʻz zimmamizga olamiz.
Buyurtmachi rahbari___________________Gʻaznachilik xizmati boʻlinmasining xodimi qabul qildi________20__ y “___” ________(imzo)(F.I.O.)(imzo)Buyurtmachi bosh buxgalteri___________________Buyurtmachi xodimi qabul qildi________20__ y “___” ________(imzo)(F.I.O.)(imzo)
Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining gʻazna ijrosi qoidalariga 8-ILOVA
20__ y. “__” __________ dagi __________ va ___________ oʻrtasida________ soʻm umumiy summaga tuzilgan _______- sonli shartnomagaTOʻLOVLAR JADVALI*Bob_________________________________Shaxsiy gʻazna hisobvaraq_________________________________(soʻmda)20__ y. oylar nomi.Xarajatlar turi** (budjet tasnifining tegishli kodi)Jami………YanvarFevralMartAprelMayIyunIyulAvgustSentabrOktabrNoyabrDekabrJami yil boʻyichaJami ___________ soʻm (___________________________________________)summa soʻz bilanYuqoridagi koʻrsatilgan summadan _________ soʻm yoki shartnomaning umumiy summasidan ______%*** 20___ ______________ oyida toʻlanishi lozim.
(*) — budjet tashkiloti, budjet mablagʻi oluvchi va BMJ mablagʻi oluvchi tomonidan gʻaznachilik xizmati boʻlinmasiga ikki nusxada taqdim etiladi;
(**) — boʻlim, kichik boʻlim va xarajat moddasi koʻrsatiladi;
(***) — Yuqoridagi koʻrsatilgan summadan oyiga ______% joriy oyning _____ sanasigacha har oyda oldindan toʻlanishi lozim (ushbu satr budjet tashkiloti, budjet mablagʻi oluvchi va BMJ mablagʻi oluvchi tomonidan kommunal xizmatlar koʻrsatish, aloqa xizmatlari va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan har oy doimiy ravishda tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berish shartnomalari boʻyicha oldindan toʻlovni amalga oshirish hollarida toʻldiriladi).
Buyurtmachi rahbari_________________________________(imzo)F.I.O.M.Oʻ.Buyurtmachi bosh buxgalteri_________________________________(imzo)F.I.O.Gʻaznachilik xizmati boʻlinmasining xodimi qabul qildi ______________(imzo)20___ y. “___” ________________Buyurtmachi xodimi qabul qildi _____________(imzo)20___ y. “___” ________________
Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining gʻazna ijrosi qoidalariga 9-ILOVA
Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga
BUYURTMA
20__ y. “___”___________— son 20__y. ________________ uchun Buyurtmachi nomi _________________________________________ Budjet tasnifining kodi_________________________________________ Shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi_________________________________________ (soʻmda) Hujjat raqami Hujjat sanasi Toʻlovni oluvchining nomi Toʻlovni oluvchining bank rekvizitlari (shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi) Summasi
Taqdim qilingan sana 20___y. “__”______ M.Oʻ. Buyurtmachi rahbari __________ __________________ (imzo) F.I.O. Buyurtmachi bosh buxgalteri __________ __________________ (imzo) F.I.O.
Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining gʻazna ijrosi qoidalariga 10-ILOVA
Tomonlarning yuridik manzili va rekvizitlari:“Ijrochi”“Buyurtmachi”(yetkazib beruvchining (pudratchining) nomi)(buyurtmachi nomi)Manzil:_______________________________________Manzil:_______________________________________Tel./faks _____________________________________Tel./faks _____________________________________(h/v yoki shgʻh) ___________________________________ _____________________________________________shgʻh*_________________________________________ _____________________________________________Bank nomi ____________________________________Tashkilotning STIRi ___________________________MFO_______________ STIR____________________ IFUT________________________________________ IFUT________________________________________Gʻaznachilik xizmati boʻlinmasining nomi _____________________________________________YAGʻH23 402 000 300 100 001 010 Bank nomi: Markaziy bankning Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob-kassa markazi (HKKM) MFO:00014 Gʻaznachilik xizmati boʻlinmasining STIRi________________________________________Rahbar________________________________________Buyurtmachi rahbari_____________________________(lavozimi) (F.I.O.)(lavozimi) (F.I.O.)_____________ (imzo)______________ (imzo)M.Oʻ.M.Oʻ.
Izoh:
* — Buyurtmachilar yoki kapital qoʻyilma buyurtmachilarining tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi (yoki shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari) koʻrsatiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining gʻazna ijrosi qoidalariga 11-ILOVA
Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga buyurtmalarni qaytarishVARAQASIBuyurtmachi nomi ___________________________________________Shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi ___________________________________Buyurtma raqami va sanasi ____________________Yetkazib beruvchining nomi __________________________________Buyurtmani taqdim etish sanasi 20 __ y. “__” __________Buyurtmani qaytarish sanasi 20 __ y. “__” __________T/rQaytarilish sabablari1.2.…
Masʼul xodim________________________________________(imzo)(F.I.O.)Boʻlim boshligʻi________________________________________(imzo)(F.I.O.)Buyurtmachi yoki kapital qoʻyilma buyurtmachisi xodimi_____________________________(F.I.O.)Qaytarish varaqasini olish sanasi____________ __________(kk.oo.yyyy) (imzo)
Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining gʻazna ijrosi qoidalariga 12-ILOVA
Qaytarilgan shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish
KITOBI*
T/r Shartnoma, Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga buyurtma raqami Shartnoma, Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga buyurtma sanasi Nomi va rekvizitlari Shartnoma, Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga buyurtma qabul qilish sanasi Shartnoma, Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga buyurtma qaytarilish sababi Shartnoma, Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga buyurtma qaytarilish sanasi Summasi buyurtmachi Tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchi (pudratchi) 1. 2. 3. …
* — “OʻRMV” AT da elektron koʻrinishda yuritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining gʻazna ijrosi qoidalariga 13-ILOVA
Shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish
KITOBI*
T/rShartnoma, Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga SoʻrovnomaNomi va rekvizitlariRoʻyxatdan oʻtkazish sanasiGʻaznachilik xizmati boʻlinmasining masʼul xodimiraqamisanasisummasibuyurtmachitovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchi (pudratchi)1.2.…
* — “OʻRMV” AT da elektron koʻrinishda yuritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining gʻazna ijrosi qoidalariga 14-ILOVA
Shtamp*ISHONCHNOMA____________________________________________________________________________________________ (Buyurtmachi nomi)moddiy javobgar shaxsga (kassirga) ishonch bildiradi____________________________________________________________________________________________ ( F.I.O.)____________________________________________________________________________________________ (pasport raqami, seriyasi, berilgan sana va kim tomonidan berilgan)quyidagi shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan naqd pul olishga:____________________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________Moddiy javobgar shaxsning imzosini _______________ tasdiqlaymiz___________________________________________________________________________________________. ( F.I.O.) Mazkur ishonchnoma 20___ yil _______________________ gacha haqiqiy.Buyurtmachi rahbari__________ (imzo)_________________________________ (F.I.O.)Buyurtmachi bosh buxgalteri__________ (imzo)_________________________________ (F.I.O.)20___ yil “____”____________.M.Oʻ.Rahbar _______________________________________(gʻaznachilik xizmati boʻlinmasi nomi)______________________ (imzo )M.Oʻ. _________________________________ (F.I.O.)20__y. “_____”________________
* Izoh: buyurtmachi gʻaznachilik xizmati boʻlinmasiga ishonchnomani gerbli blankda taqdim etadi, gerbli blank mavjud boʻlmaganda esa tashkilotning burchakli shtampi qoʻyilgan holda toza varaqda taqdim etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining gʻazna ijrosi qoidalariga 16-ILOVA
Shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan berilgan koʻchirmalarni roʻyxatdan oʻtkazish
JURNALI
T/r Buyurtmachining nomi Budjet tasnifining kodlari (boʻlim, bob, kichik boʻlim) Koʻchirma sanasi Olingan sana Buyurtmachi vakilining imzosi … … …
Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining gʻazna ijrosi qoidalariga 18-ILOVA
Ijro hujjatlari va sud hujjatlarini roʻyxatdan oʻtkazish JURNALI* T/r Taqdim etilgan sana Ijro hujjati yoki buyruqning sanasi va raqami Daʼvogar, tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchining nomi Buyurtmachi — javobgarning nomi Daʼvo summasi, soʻm Mablagʻ manbasi (budjet, budjetdan tashqari jamgʻarmalar) 1 2 3 4 5 6 7
* — “OʻRMV” AT da elektron koʻrinishda yuritiladi.
