Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (PF-4866-son)
13.12.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika qurilish materiallari sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 25-oktabrdagi PQ-2641-sonli qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston qurilish materiallari ishlab chiqarish davlat konserni — “Oʻzqurilishmateriallari”ni “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasiga oʻzgartirish toʻgʻrisida” 1997-yil 29-maydagi PF-1787-sonli Farmoni.
3. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz meʼyoriy-huquqiy hujjatlarini mazkur Farmonga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B. Zokirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 13-dekabr,
PF-4866-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 13-dekabrdagi PF-4866-sonli Farmoniga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora- tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 1-dekabrdagi PQ-1236-sonli qarorining 3-ilovasida “E.M. Akramov — “Oʻzqurilishmateriallari” AK boshqaruvi raisi” soʻzlari “B.K. Zaripov — “Oʻzqurilishmateriallari” AJ boshqaruvi raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Korporativ boshqaruv ilmiy-taʼlim markazining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 30-sentabrdagi PQ-2414-sonli qarorining 2-ilovasida “E.M. Akramov — “Oʻzqurilishmateriallari” AK boshqaruvi raisi” soʻzlari “B.K. Zaripov — “Oʻzqurilishmateriallari” AJ boshqaruvi raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika qurilish materiallari sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 25-oktabrdagi PQ-2641-sonli qarori 1-ilovasining nomidan “balans qiymati boʻyicha” soʻzlari chiqarib tashlansin.
