Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar ishtirokchisi jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) oʻz ulushini yoxud uning bir qismini jamiyatning bir yoki bir necha ishtirokchisiga sotishga yoki oʻzga tarzda ular foydasiga voz kechishga haqlidir. Bunday bitimni tuzish uchun, agar jamiyat ustavida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, jamiyatning yoki jamiyat boshqa ishtirokchilarining roziligi talab qilinmaydi (10-1521/17395-son)