“Qimmatli qogʻozlar bozorida axborot taqdim etish va eʼlon qilish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (2383-4-son)
13.12.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 13-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2383-4]
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 24-avgustdagi 275-sonli “Iqtisodiy faoliyat turlarini tasniflashning xalqaro tizimiga oʻtish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2012-yil 24-iyuldagi 2012-13-son “Qimmatli qogʻozlar bozorida axborot taqdim etish va eʼlon qilish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2383, 2012-yil 31-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 31-son, 369-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq 2017-yil 1-martdan boshlab kuchga kiradi.
Bosh direktor B. ATAXANOV
Toshkent sh.,
2016-yil 18-noyabr,
2016-17-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2016-yil 18-noyabrdagi 2016-17-son buyrugʻiga ILOVA
“Qimmatli qogʻozlar bozorida axborot taqdim etish va eʼlon qilish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Buyruq muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:”.
2. Qoidalarda:
a) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, qimmatli qogʻozlar bozorida axborotni taqdim etish va eʼlon qilish tartibini belgilaydi.”;
b) 18-banddagi “asosiy muhri” degan soʻzlar “asosiy muhri (muhr mavjud boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
v)19-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qimmatli qogʻozlar savdosi tashkilotchilari:”;
g) 1 va 2-ilovadagi “XXTUT” qisqartmasi “IFUT” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
d) 3-6-ilova ushbu oʻzgartirishlarning 1-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
e) 3-8-ilova ushbu oʻzgartirishlarning 2-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
j) 3-21-ilova ushbu oʻzgartirishlarning 3-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Qimmatli qogʻozlar bozorida axborot taqdim etish va eʼlon qilish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga 1-ILOVA
“Qimmatli qogʻozlar bozorida axborot taqdim etish va eʼlon qilish qoidalariga 3-6-ILOVA
1. EMITENTNING NOMI Toʻliq: Qisqartirilgan: Birja tikerining nomi:* 2. ALOQA MAʼLUMOTLARI Joylashgan yeri: Pochta manzili: Elektron pochta manzili:* Rasmiy veb-sayti:* 3. MUHIM FAKT TOʻGʻRISIDA AXBOROT Muhim faktning raqami: 06 Muhim faktning nomi: Emitentning yuqori boshqaruv organi tomonidan qabul qilingan qarorlar Umumiy yigʻilish turi: Yillik Navbatdan tashqari Umumiy yigʻilish oʻtkazish sanasi: Umumiy yigʻilish bayonnomasi tuzilgan sana: Umumiy yigʻilish oʻtkazilgan joy: Umumiy yigʻilish kvorumi: № Ovoz berishga qoʻyilgan masalalar Ovoz berish yakunlari yoqlash qarshi betaraflar % soni % soni % soni 1. 2. Umumiy yigʻilish tomonidan qabul qilingan qarorlarning toʻliq bayoni: 1. 2. Emitentning ijroiya organi, kuzatuv kengashi va taftish komissiyasi aʼzolari foydasiga hisoblangan va toʻlangan haq va (yoki) kompensatsiyalar *** № F.I.Sh. Shaxs aʼzosi hisoblangan emitent organining nomi Toʻlov turi (haq va (yoki) kompensatsiyalar) Hisoblangan summa (soʻm) Mablagʻlar hisoblangan davr Toʻlov nazarda tutilgan emitent hujjati 1. 2. Kuzatuv kengashi aʼzolarini saylash: Kandidatlar toʻgʻrisida maʼlumot № F.I.Sh. Ish joyi Lavozimi Tegishli aksiyalar Ovozlar soni turi soni 1. 2. Ustavga kiritilayotgan oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalarning matni** Ijroiya organi rahbarining F.I.Sh.: __________________________ Bosh buxgalterning F.I.Sh.: __________________________ Veb-saytda axborot joylashtirgan vakolatli shaxsning F.I.Sh.: __________________________
* Mavjud boʻlganda koʻrsatiladi.
** Agar aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan imtiyozli aksiyalar egalari — aksiyadorlarning huquqlariga oʻzgartirishlar kiritish, aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitalini koʻpaytirish bilan bogʻliq jamiyatning ustaviga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi masalalarni hal qilish boʻyicha vakolatlarni kuzatuv kengashiga berish, eʼlon qilingan aksiyalar toʻgʻrisidagi qoidalarni kiritish yoki ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, bitta aksiyadorga tegishli boʻlgan aksiyalar soniga hamda ularning nominal qiymatining summasiga, shuningdek bitta aksiyadorga berilgan maksimal ovozlar soniga cheklashni belgilash bilan bogʻliq boʻlgan aksiyadorlik jamiyati ustaviga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan boʻlsa ustavga kiritilayotgan oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalarning matni biriktiriladi.
*** Aksiyadorlik jamiyatining ijroiya organi, kuzatuv kengashi va taftish komissiyasi aʼzolari foydasiga haq va (yoki) kompensatsiyalar hisoblangan hollarda koʻrsatiladi.
Muhim fakt yuz bergan vaqt boʻlib, emitent oliy boshqaruv organining bayonnomasi tuzilgan sana hisoblanadi.”.
Qimmatli qogʻozlar bozorida axborot taqdim etish va eʼlon qilish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga 2-ILOVA
“Qimmatli qogʻozlar bozorida axborot taqdim etish va eʼlon qilish qoidalariga 3-8-ILOVA
EMITENTNING NOMI Toʻliq: Qisqartirilgan: Birja tikerining nomi:* 2. ALOQA MAʼLUMOTLARI Joylashgan yeri: Pochta manzili: Elektron pochta manzili:* Rasmiy veb-sayti:* 3. MUHIM FAKT TOʻGʻRISIDA AXBOROT Muhim faktning raqami: 08 Muhim faktning nomi: Kuzatuv kengashi, taftish komissiyasi yoki ijroiya organining tarkibidagi oʻzgarishlar Shaxsning vakolati tugatilgan hollarda № Shaxsning F.I.Sh. yoki ishonchli boshqaruvchining toʻliq nomi Ish joyi Lavozimi Tegishli aksiyalar Boshqa tashkilotlarda ish turi soni joy lavozim 1. 2. Shaxs saylangan (tayinlangan) hollarda № Shaxsning F.I.Sh. yoki ishonchli boshqaruvchining toʻliq nomi Ish joyi Lavozimi Tegishli aksiyalar Boshqa tashkilotlarda ish turi soni joy lavozim 1. 2. Koʻrsatilgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisida emitentning qaror qabul qilgan organi: Qaror qabul qilingan sana: Bayonnoma tuzilgan sana: Boshqaruv organi bayonnomasidan koʻchirma va saylangan (tayinlangan) shaxsning yashash joyi koʻrsatilgan holda pasport maʼlumotlari** Oʻzgargandan soʻng kuzatuv kengashi (taftish komissiyasi / ijroiya organi)ning tarkibi № Shaxsning F.I.Sh. yoki ishonchli boshqaruvchining toʻliq nomi Ish joyi Lavozimi Tegishli aksiyalar Boshqa tashkilotlarda ish turi soni joy lavozim 1. 2. Ijroiya organi rahbarining F.I.Sh.: _________________________ Bosh buxgalterning F.I.Sh.: _________________________ Veb-saytda axborot joylashtirgan vakolatli shaxsning F.I.Sh.: _________________________
* Mavjud boʻlganda koʻrsatiladi.
** PDF shaklda biriktiriladi.
Muhim fakt yuz bergan vaqt boʻlib, emitent tegishli boshqaruv organining bayonnomasi tuzilgan sana hisoblanadi.”.
Qimmatli qogʻozlar bozorida axborot taqdim etish va eʼlon qilish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga 3-ILOVA
“Qimmatli qogʻozlar bozorida axborot taqdim etish va eʼlon qilish qoidalariga 3-21-ILOVA
1. EMITENTNING NOMI Toʻliq: Qisqartirilgan: Birja tikerining nomi:* 2. ALOQA MAʼLUMOTLARI Joylashgan yeri: Pochta manzili: Elektron pochta manzili:* Rasmiy veb-sayti:* 3. MUHIM FAKT TOʻGʻRISIDA AXBOROT Muhim faktning raqami: 21 Muhim faktning nomi: Affillangan shaxs bilan bitim tuzilishi Kontragentning F.I.Sh. yoki toʻliq nomi: Kontragentning joylashgan yeri (pochta manzili): Emitentning affillangan shaxsdagi ulushi (ustav kapitaliga nisbatan foizda): Affillangan shaxsning F.I.Sh. yoki toʻliq nomi: Affillangan shaxsning joylashgan yeri: Affillangan shaxsning emitentdagi ulushi (ustav kapitaliga nisbatan foizda): Emitentning bitim boʻyicha qaror qabul qilgan organi: Qaror qabul qilingan sana: Bitim summasi (soʻm): Bitim tuzilgan sana: Bitim turi: Bitim predmeti (batafsil tavsif) Bitim boʻyicha emitent kim hisoblanadi: Oluvchi Begonalashtiruvchi Ijroiya organi rahbarining F.I.Sh.: _________________________ Bosh buxgalterning F.I.Sh.: _________________________ Veb-saytda axborot joylashtirgan vakolatli shaxsning F.I.Sh.: _________________________
*Mavjud boʻlganda koʻrsatiladi.
Muhim fakt yuz bergan vaqt boʻlib, emitentning affillangan shaxs bilan bitim tuzgan sanasi hisoblanadi.”.
