“7-modda. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish huquqlari
“Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida (O‘RQ-413-son) · Sana: 28.11.2016 · Amalda
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi mehnatga va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga doir normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish huquqiga ega.
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi mehnatga va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga doir normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish toʻgʻrisidagi takliflarni tegishli davlat organlariga kiritishga haqlidir.
Xodimlarning mehnat huquqlari va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga daxldor boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi oldindan xabardor etilgan holda davlat organlari tomonidan qabul qilinadi”;
8) 8-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kasaba uyushmalari oʻz aʼzolarining mehnat huquqini himoya qiladi, ish bilan taʼminlash borasidagi davlat siyosatini ishlab chiqishda ishtirok etadi, tashkilotlarda ishdan boʻshatiladigan shaxslarni ijtimoiy himoya qilishning qonun hujjatlari asosida jamoa shartnomasida belgilanadigan chora-tadbirlarini taklif etadi.
Ish beruvchining tashabbusi bilan xodimlarning soni (shtati) yoki mehnat sharoitlari oʻzgarishiga olib keladigan tarzda tashkilotni va uning tarkibiy boʻlinmalarini tugatish, ishlab chiqarishni toʻliq yoki qisman toʻxtatib qoʻyish tegishli kasaba uyushmalari kamida ikki oy oldin xabardor qilingan hamda ular bilan xodimlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi yuzasidan muzokaralar oʻtkazilgan taqdirdagina amalga oshirilishi mumkin.
Kasaba uyushmalari aholini ish bilan taʼminlashning holati va aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi.
Agar jamoa shartnomasida, kelishuvida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish uchun kasaba uyushmasi qoʻmitasining oldindan roziligini olish nazarda tutilgan boʻlsa, bunday rozilikni olmay turib shartnomani bekor qilishga yoʻl qoʻyilmaydi”;
9) 9, 10 va 11-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
