“Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida (O‘RQ-413-son) · Sana: 28.11.2016 · Amalda
Ish beruvchilar, ularning birlashmalari jamoa shartnomalari, kelishuvlari shartlarini buzuvchi qaror qabul qilgan taqdirda, kasaba uyushmalari ushbu qoidabuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritishga haqli, bu taqdimnoma bir haftalik muddatda koʻrib chiqiladi. Ish beruvchilar, ularning birlashmalari kasaba uyushmalarining ushbu talablarini qanoatlantirishni rad etgan yoki koʻrsatilgan muddatda ular oʻrtasida kelishuvga erishilmagan taqdirda, kelishmovchiliklar jamoalarga doir mehnat nizolarini hal qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq koʻrib chiqiladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-3073796
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 14-modda. Kasaba uyushmalarining ish beruvchilar, ularning birlashmalari tomonidan jamoa shartnomalari, kelishuvlari bajarilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish huquqlari “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida (O‘RQ-413-son). neolex.uz/uz/laws/law-3073800/14 (lex.uz/docs/-3073796)