Fargʻona viloyati hududida tashqi reklama va reklama moslamalarini joylashtirish tartibi va tarifini tasdiqlash haqida (159-son)
06.05.2016
Fargʻona viloyat hokimining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunining 20-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 1-son, 5-modda), “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 25-moddalariga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) asosan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 26-iyundagi 243-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunining bajarilishini taʼminlashning chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 15-16-son, 125-modda) hamda Reklamani joylashtirish toʻgʻrisidagi nizomiga (2001-yil 6-aprel, roʻyxat raqami 1024), (Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2001-y., 7-son), Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1781-moddasi ijrosini taʼminlash maqsadida, qaror qilaman:
1. Fargʻona viloyati hokimining reklama-axborot faoliyati boʻyicha komissiya aʼzolarining tarkibi 1-ilovaga muvofiq, tashqi reklama vositalarini joylashtirish haqining tariflari 2-ilovaga muvofiq, Fargʻona viloyatida tashqi reklamani joylashtirish tartibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Viloyat komissiyasi (S. Qoʻchqorov)ga “Tasviriy Oyina” ijodiy uyushmasi viloyat boʻlimi (A. Saidtadjiyev), viloyat monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish boshqarmasi (M. Turdiqulov) bilan birgalikda komissiya majlislarini tayyorlash va oʻtkazish oʻzboshimchalik bilan oʻrnatilgan reklama egalariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda choralar koʻrib borish vazifalari topshirilsin.
3. Komissiya qarorlari asosida tashqi reklama vositalarini joylashtirishga ruxsatnoma hujjatlarini berish, ularni joylashtirishdan tushadigan mablagʻlarni undirishni taʼminlash va reklama beruvchilar bilan aloqalarni amalga oshirish viloyat hokimligining Reklama-axborot faoliyati boʻyicha komissiyasining masʼul organi — “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasining viloyat boʻlimi tomonidan amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
4. Tashqi reklama vositalarini joylashtirish huquqini berish yigʻimi “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi viloyat boʻlimi hisob-raqamiga tushirilishi belgilansin.
5. Shaharlar va tumanlar hokimlari viloyat hokimining mazkur qaroriga asosan oʻz hududlarida tashqi reklamani joylashtirish tartibiga amal qilinishini tashkil etsinlar.
6. Ushbu qaror xalq deputatlari Fargʻona viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi tasdigʻiga kiritilsin.
7. Mazkur qaror “Fargʻona haqiqati” va “Ferganskaya pravda” gazetalarida eʼlon qilinsin hamda hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
8. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan viloyat hokimining 2004-yil 15-iyuldagi 203-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Belgilansinki, mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan uch oydan keyin kuchga kiradi.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari S. Qoʻchqorov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim Sh. GʻANIYEV
Fargʻona sh.,
2016-yil 6-may,
159-son
Viloyat hokimining 2016-yil 6-maydagi 159-son qaroriga 1-ILOVA
Fargʻona viloyati hokimining Reklama-axborot faoliyati boʻyicha Komissiya aʼzolarining
TARKIBI
1. S.B. Qoʻchqorov — Viloyat hokimining oʻrinbosari, komissiya raisi 2. A.O. Saidtadjiyev — “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi viloyat boʻlimi boshqaruvi raisi, komissiya raisining oʻrinbosari Komissiya aʼzolari: 3. M.S. Turdiqulov — viloyat Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy boshqarmasi 4. A. Ortiqov — Viloyat moliya boshqarmasi boshligʻi 5. lavozimi boʻyicha — Viloyat meʼmorchilik boshqarmasi boshligʻi 6. lavozimi boʻyicha — Viloyat ichki ishlar boshqarmasining yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi boshligʻi 7. lavozimi boʻyicha — Viloyat elektr tarmoqlari OAJ boshligʻi 8. lavozimi boʻyicha — “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazining viloyat boʻlimi 9. lavozimi boʻyicha — Viloyat hududiy kommunal foydalanish birlashmasi boshligʻi
Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, komissiya tarkibiga ularning lavozimiga yangi tayinlangan shaxslar kiritiladi.
Viloyat hokimining 2016-yil 6-maydagi 159-son qaroriga 2-ILOVA
Tashqi reklama vositalarini joylashtirish haqining
TARIFLARI
T/r Reklama vositalarining turlari boʻyicha hisoblash birliklari 1 oylik Tarif (soʻm) eng kam ish haqi miqdoriga nisbatan koeffitsiyent hisobida Oʻzbekiston hududidan tashqarida yoki qoʻshma korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlari va xizmatlar Oʻzbekiston hududida ishlab chiqarilgan mahsulotlar va xizmatlar I Zona II Zona III Zona I Zona II Zona III Zona 1. Alohida turadigan toʻsiqli qurilmalar, 1 kv.m uchun 0,15 0,10 0,05 0,10 0,05 0,01 2. Binoning yon qismiga osiladigan qurilmalar 1kv.m uchun 0,15 0,10 0,05 0,10 0,05 0,01 3. Yoʻl yoqasida va yoʻl qatnovi qismining tepasida osiladigan tortib bogʻlovchi uskunalar, 1kv.m uchun 0,15 0,10 0,05 0,10 0,05 0,01 4. Binolar tomiga oʻrnatiladigan qurilmalar, 1 kv.m uchun 0,15 0,10 0,05 0,10 0,05 0,01 5. Hajmli reklama koʻrinishdagi qurilmalar, 1 donasi uchun 1,5 1,0 0,50 0,70 0,30 0,10 6. Qurilish ketayotgan maydonchaning vaqtinchalik toʻsiqlariga osiladigan reklama, 1 kv.m uchun 0,10 0,05 0,01 0,05 0,01 0,00 7. Ikki tomonining maydoni 5 kv.m.dan oshmaydigan binoning yon qismiga osiladigan va alohida turadigan chiroqli qutilar va kronshteynlar, 1 donasi uchun 0,15 0,10 0,05 0,10 0,05 0,01 8. Ikki tomonining maydoni 5 kv.m.dan ortiq boʻlgan binoning yon qismiga osiladigan va alohida turadigan chiroqli qutilar va kronshteynlar, 1 kv.m. uchun 0,10 0,05 0,01 0,05 0,02 0,01 9. Bekat majmualari, aholiga xizmat koʻrsatish muassasalari, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini reklamali bezash, 1 donasi uchun 0,15 0,10 0,05 0,05 0,02 0,01 10. Reklama maqsadida oʻz mahsulotlarini va ular haqidagi maʼlumotlarini tarqatish (sempling va prom aksiya) tadbirlarini oʻtkazish, har bir joy uchun 0,20 0,15 0,10 0,10 0,05 0,02
Fargʻona viloyati hududida oʻrnatiladigan reklama moslamalari uchun yigʻimlar
T/r Reklama moslamasi turlari Oʻlchov birligi 1 oylik Tarif (soʻm) eng kam ish haqi miqdoriga nisbatan koeffitsiyent hisobida Chet el firmalari, vakolatxonalar va qoʻshma korxonalar Oʻzbekiston firmalari 1. Reklama maydoni 10 m2 gacha boʻlgan katta hajmli reklama moslamasi Dona 2.0 1.0 2. Reklama maydoni 20 m2 gacha boʻlgan katta hajmli reklama moslamasi Dona 4.0 2.0 3. Reklama maydoni 50 m2 gacha boʻlgan katta hajmli reklama moslamasi Dona 5.0 2.5 4. Yoʻl yoqasida va chorrahalarda osma reklamalar uchun moslamalar Dona 2.5 1.25 5. Yoʻl qatnov qismining tepasida oʻrnatiladigan osma reklamalar uchun moslamalar Dona 4.0 2.0 6. Maydon, chorraha va xiyobonlarda oʻrnatilgan va alohida turuvchi moduli reklama moslamalari Dona 7.5 3.25
Izoh: 1. Eng kam oylik ish haqi miqdori oʻzgargan taqdirda ushbu tariflar miqdori ham oʻzgaradi.
2. Reklama vositalarni joylashtirish uchun toʻlovlar “Shartnoma” hujjatlari rasmiylashtirilgan kundan boshlab, 10 bank ish kuni ichida amalga oshiriladi.
I zona yirik shahar markazlari,
II zona tuman markazlari,
III zona tuman markazidan tashqari qishloq chekka joylari.
Doimiy ravishda reklama mahsulotlarini joylashtiradigan buyurtmachilar va reklama tarqatuvchilarga nisbatan vakil organ yuqoridagi tariflardan imtiyoz berishga haqlidir. Beriladigan imtiyozlar belgilangan tariflarni 50 foizi miqdoridan oshmasligi kerak.
Viloyat hokimining 2016-yil 6-maydagi 159-sonli qaroriga 3-ILOVA
Fargʻona viloyatida tashqi reklamani joylashtirish
TARTIBI
Mazkur tartib Oʻzbekiston Respublikasining “Reklama toʻgʻrisida”gi qonunining 20-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 1-son, 5-modda) muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 26-iyundagi 243-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunining bajarilishini taʼminlashning chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 15-16-son, 125-modda) va “Reklamani joylashtirish toʻgʻrisida”gi Nizomiga (2001-yil 6-aprel, roʻyxat raqami 1024), (Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2001-y., 7-son) asosan Fargʻona viloyati hududida tashqi reklamani joylashtirish jarayonida yuzaga keladigan huquqiy munosabatlarni tartibga soladi.
I bob. Umumiy qoidalar
1. Fargʻona viloyatida tashqi reklama vositalarining joylashtirilishi ustidan rahbarlik va nazorat Fargʻona viloyat hokimligining reklama-axborot faoliyati boʻyicha Komissiyasi (keyingi matnda “Komissiya”) tomonidan, viloyatning shahar va tumanlarida shahar-tuman hokimliklarining reklama-axborot faoliyati boʻyicha komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
2. Reklama beruvchilar (reklama tarqatuvchilar) bilan Komissiya orasidagi aloqani amalga oshirish, reklama vositalarini hisobga olish, pasportlashtirish, reklama beruvchilarning arizalarini Komissiya muhokamasiga kiritish, tashqi reklama vositalarini joylashtirganligi uchun toʻlanadigan haqlarni jamlash va shahar-tuman hokimiyati topshiriqlariga asosan taqsimlash, tashqi reklama vositalarini va reklamani joylashtirish tartibiga rioya etilishi ustidan monitoringni tashkil etish shahar va tuman hokimiyatlarining reklama-axborot faoliyati boʻyicha Komissiyasining ishchi organi — “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi (keyingi matnda “Komissiyaning ishchi organi”) tomonidan uning vakolati doirasida va mazkur Tartib asosida amalga oshiriladi.
Reklama beruvchilar (reklama tarqatuvchilar) mustaqil ravishda Komissiya nomiga xatlar bilan murojaat etishlari mumkin.
3. Mazkur Tartib asosida shahar-tuman hokimligining reklama-axborot faoliyati boʻyicha Komissiyasidan reklama joyining pasportini va reklamani joylashtirish huquqi berilganligi toʻgʻrisidagi Tasdiqnoma (keyingi matnda “Guvohnoma”) olgan har qanday yuridik va jismoniy shaxs (keyingi matnda “Tarqatuvchi”) Fargʻona viloyatida tashqi reklama vositalarini joylashtirishi va ulardan foydalanishi mumkin.
4. Tarqatuvchi imzolangan shartnoma asosida Fargʻona viloyatida oʻz reklamasini joylashtirishni istovchi har qanday, jumladan mahalliy va xorijiy korxonalar, kompaniyalarning hamda xususiy shaxslarning manfaatlarini ifodalashi mumkin.
5. Tashqi reklamani joylashtirish “Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunchilik hujjatlari talablariga qatʼiy rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
6. Yangi reklama joylariga tendyerlar oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar Komissiyaning maxsus qarorlariga muvofiq alohida Fargʻona viloyatidagi yangi reklama joylariga tendyerlarni tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida nizom bilan tartibga solinishi mumkin.
II bob. Asosiy tushunchalar
7. Ushbu Tartibda “Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida koʻrsatilgan, shuningdek quyidagi tushunchalar va atamalar qoʻllaniladi:
8. Tashqi reklamani joylashtirish joyi — Fargʻona viloyati hududiga qaratilgan maxsus belgilangan joy, ajratilgan maydon (tuproq, yer, asfalt, koʻkalamzorlashtirilgan maydon va h.k), shuningdek Fargʻona viloyati hududida joylashgan bino, inshoot yoki ular majmuasining ustki va yon qismilarida joylashgan ayrim maydon.
9. Tashqi reklamani joylashtirish huquqi berilganligi toʻgʻrisidagi Tasdiqnoma — Komissiyaning reklama beruvchi yoki tarqatuvchiga maʼlum muddatga, maʼlum joyda tashqi reklamani joylashtirishi mumkinligi haqidagi qarori. Tasdiqnoma Komissiya raisi tomonidan reklama joyining tayyor texnik pasporti asosida tasdiqlanib, tarqatuvchiga Komissiyaning ishchi organi orqali beriladi.
10. Tashqi reklama joyining pasporti (keyingi matnlarda — “pasport”) — belgilangan shakldagi hujjat boʻlib, u tashqi reklama vositasi oʻrnatiladigan joyning texnik hujjati hisoblanadi. Reklama joyining pasporti reklama konstruksiyasini oʻrnatish uchun asos boʻlmaydi va tashqi reklamani joylashtirish huquqi berilganligi toʻgʻrisidagi Tasdiqnomasiz haqiqiy emas.
11. Montaj ishlarini bajarishga guvohnoma — Komissiya tomonidan bir marta beriladigan belgilangan muddatda tashqi reklamaning texnik vositalarini oʻrnatish huquqini beruvchi belgilangan shakldagi hujjat;
12. Tashqi reklama obyekti — Fargʻona viloyatida qoʻllash tavsiya etilgan tashqi reklamaning texnikaviy vositalari (reklama konstruksiyalari);
Tashqi reklamaning texnikaviy vositalari bitta tomoni axborot yuzasining maydoni boʻyicha quyidagi formatlarga boʻlinadi:
kichik format (5 kv. metrgacha);
oʻrta format (5 dan 10 kv. metrgacha);
katta format (10 dan 18 kv. metrgacha);
oʻta katta format (18 kv. metrdan katta).
13. Tashqi reklama vositasini joylashtirish huquqini berish shartlari boʻyicha kontrakt (keyinchalik matnda “Kontrakt”) — Komissiya nomidan uning ishchi organi va reklama beruvchi yoki uning tarqatuvchisi oʻrtasida tuziladigan, reklama beruvchi yoki uning tarqatuvchisining muayyan muddat davomida maʼlum joyda belgilangan tariflarga muvofiq tashqi reklamani joylashtirish huquqini tasdiqlovchi kelishuv.
14. Shartnoma — Tashqi reklamaning texnikaviy vositalarini oʻrnatish uchun reklama joyini pasportini va boshqa hujjatlarni tayyorlab berish boʻyicha pullik xizmatlarga ishchi organi va reklama beruvchi yoki uning tarqatuvchisi oʻrtasida tuziladigan kelishuv.
15. Bosh kelishuv — mazkur Tartib shartlariga rioya etish toʻgʻrisida reklama tarqatuvchi va Komissiya nomidan uning ishchi organi oʻrtasida tuziladigan kelishuv.
III bob. Fargʻona viloyati hududida tashqi reklamani joylashtirishga oid talablar
16. Fargʻona viloyati hududida bevosita yoki bilvosita foyda (daromad) olish maqsadida beistisno reklama va tijorat axborotlarini tarqatish uchun oʻrnatilgan, yerda, binolar, qurilmalar, inshootlarning tashqi devorlari, tomlari va oʻzga konstruktiv elementlarida, shuningdek jamoat transportining harakatdan toʻxtash joylarida, taksofonlarning kabinalarida, yoʻlovchi ajratmalarida va shahar infratuzilmasining boshqa obyektlarida joylashtirilgan reklama lavhalari, stendlar, osma transparantlar hamda turgʻun hududiy joylashtirishning oʻzga vositalari (keyinchalik matnda “reklama konstruksiyalari”) tashqi reklama vositalarining obyektlari hisoblanadi.
17. Reklama joyini olish va reklama konstruksiyasini joylashtirish istagini bildirgan arizachi Komissiyasining ishchi organiga ariza bilan murojaat qilishi lozim.
Arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak:
arizadan maqsad;
konstruksiya turi va uning oʻlchamlari;
arizadagi reklama joyining mavjud obyektlarga bogʻliq holda aniq manzili;
arizachining imzosi va muhri.
Arizaga qoʻshimcha tartibda quyidagi hujjatlar majmuasi ilova qilinadi:
reklama joyining chizmasi;
oʻrnatilishi moʻljallanayotgan konstruksiyaning izometriyada oldidan, yondan, tepadan koʻrinishlari aks etgan hamda konstruksiya barcha elementlarining oʻlchamlari, turi, konstruksiyaning umumiy ogʻirligi koʻrsatilgan texnikaviy chizmasi;
shamol bosimi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida masʼul shaxslar tomonidan bajarilib, imzolangan hamda tashkilotning muhri bilan tasdiqlangan kafolat majburiyatlari;
zarur boʻlsa, reklama konstruksiyasining oʻrnatilishi moʻljallangan mulk egalari, shuningdek reklama konstruksiyasini oʻrnatish moʻljallanayotgan hudud egalari bilan kelishuv.
Qabul qilingan ariza roʻyxatga olinadi: unda kirish raqami, qabul qilingan sanasi va vaqti koʻrsatiladi. Toʻliq boʻlmagan arizalar qabul qilinmaydi.
18. Axborot koʻrsatkichini oʻrnatish istagini bildirgan arizachi Komissiyasining ishchi organiga ariza bilan murojaat qilishi lozim. Mazkur Yoʻriqnomaning 17-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak.
Shuningdek, arizaga qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlar majmuasi ilova qilinadi:
axborot koʻrsatkichi oʻrnatiladigan joyining chizmasi;
rahbar tomonidan tasdiqlangan va muhri bilan shahodatlangan, konstruksiyaning aniq oʻlchamlari va rangli tasviri koʻrsatilgan axborot koʻrsatkichi konstruksiyasining eskizi.
Qabul qilingan ariza roʻyxatga olinadi: unda kirish raqami, qabul qilingan sanasi va vaqti koʻrsatiladi.
19. Komissiyasining ishchi organi 5 ish kuni ichida soʻralayotgan joyga boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning buyurtmasi bor yoki yoʻqligini oʻrganib chiqadi, shuningdek soʻralayotgan joy boʻyicha aniq axborot toʻplash uchun arizada koʻrsatilgan joyga chiqadi.
Agar soʻralgan joy boʻsh boʻlib, reklama konstruksiyasini oʻrnatish uchun texnikaviy imkoniyatlar mavjud boʻlsa, reklama tarqatuvchiga reklama joyining texnik hujjati — pasportini tayyorlash va masʼul organlar bilan kelishish xizmati uchun toʻlov shartnomasi yozib beriladi.
Tarqatuvchi 5 bank kuni davomida berilgan shartnoma boʻyicha toʻlovni amalga oshirishi lozim.
Shartnoma boʻyicha belgilangan muddat ichida toʻlov amalga oshirilmasa, ariza bekor qilinadi va reklama joyi yana boʻsh hisoblanadi.
Komissiya ishchi organi hisob raqamga toʻlov kelib tushgandan soʻng 30 kun ichida ishchi organi reklama joyining pasportini tayyorlaydi va uni kelishish jarayonini amalga oshiradi, ushbu jarayondan soʻng navbatdagi Komissiya majlisi muhokamasiga kiritadi.
20. Reklama joyining pasporti shahar va tumanlardagi tegishli idoralar (Meʼmorchilik boshqarmasi, shahar-tuman arxitektori, Yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimlari, obodonlashtirish boshqarmasi (shaharning bosh rassomi) va baʼzi sharoitlarda texnikaviy zarurat tugʻilganda boshqa xizmatlar (shahar-tuman Elektr, Gaz tarmoqlari korxonasi, Issiqlik taʼminoti korxonalari, Suvoqova, Maxsus aloqa va sh.k.) bilan kelishilgan boʻlishi kerak. Bu xizmatlar reklama-axborot vositasini oʻrnatish uchun ruxsatnoma berishni rad etsa, ular majburiy tarzda asoslangan eʼtirozlarini reklama joyining texnik pasportida yoki alohida xat bilan koʻrsatishlari lozim.
Yer osti kommunikatsiyalarini oʻrganish har bir soʻralayotgan joy boʻyicha alohida, joyga chiqib hamda mutaxassislar, maxsus texnikani jalb etib amalga oshiriladi. Muhandislik tarmoqlari va boshqa kommunikatsiyalarga ulanish bilan bogʻliq tashqi reklama vositalarini oʻrnatish zarur boʻlsa, barcha zarur hujjatlar ilova qilingan holda pasportda tegishli belgi qayd qilinadi.
Elektr taʼminoti tarmoqlariga ulanish uchun keyinchalik elektr taʼminoti tarmoqlariga ulanishga shartnoma tuzish uchun yozma kelishuv mavjud boʻlishi hamda reklama qurilmasining boʻlajak egasida unga xizmat koʻrsatish uchun elektrotexnika va yorugʻlik texnikasi boʻyicha xodimlari mavjud boʻlishi shart. Bunday xodimlar mavjud boʻlmagan taqdirda elektrotexnika va yorugʻlik texnikasi uskunalariga xizmat koʻrsatish uchun reklama qurilmasining egasi va ixtisoslashgan tashkilot oʻrtasida keyinchalik shartnoma tuzish uchun yozma kelishuv ilova qilinishi kerak.
21. Reklama joyini pasportlashtirish jarayoni tugallanib, tashqi reklamaning texnikaviy vositalarini oʻrnatishda barcha manfaatdor tashkilotlarning roziligi olinganidan soʻng Komissiyaning ishchi organi pasportga roʻyxat raqami beradi hamda oʻrnatish ishlarini bajarish uchun guvohnoma berish xususida qaror qabul qilish uchun hujjatlarni Komissiyaning navbatdagi majlisiga taqdim etadi.
22. Komissiyaning rad qarori olingan taqdirda ishchi organi besh kun muddatda arizachiga rad etishning aniq sabablarini koʻrsatgan holda rad etish toʻgʻrisida yozma bildirishnoma yuborishi shart. Rad etish sababi vaqtinchalik sabablarga bogʻliq boʻlgan taqdirda ushbu joy boʻyicha bir yil oʻtgandan soʻng takroriy ariza berilishi mumkin.
Arizachi ijobiy javob olgan taqdirda unga reklama joyining pasporti bilan birga oʻrnatish ishlarini bajarish huquqini beruvchi Guvohnoma berilib, unda tashqi reklama texnikaviy vositasini oʻrnatish muddatining boshlangʻich va oxirgi sanalari koʻrsatiladi.
23. Agar arizachi tashqi reklama texnikaviy vositalarini oʻrnatishga ulgurmasa, u Komissiyaning ishchi organi bilan reklama joylarini 1 oydan koʻp boʻlmagan muddatga band (bron) qilish boʻyicha Shartnoma tuzishga haqli. Tashqi reklama vositalari texnikaviy jihatdan murakkab tuzilishga ega boʻlsa, joyni band qilish muddati 2 oyga uzaytirilishi mumkin.
Berilgan guvohnomaning amal qilish muddati tugagan kundan boshlab, u oʻz kuchini yoʻqotgan hisoblanadi va mazkur reklama joyi umumiy asoslarda boʻsh reklama joylari pasportlari katalogiga berilishi va boshqa har qanday reklama beruvchi tomonidan olinishi mumkin.
24. Bitta reklama joyiga bir nechta ariza kelib tushsa, Komissiyaning ishchi organi ular kelib tushgan aniq sana va vaqtni koʻrsatgan holda arizalarni roʻyxatga oladi. Bunda Komissiyaning ishchi organi ikkinchi va keyingi arizachilarga birinchi arizachining kimligini koʻrsatgan holda birinchi ariza boʻyicha pasportlashtirish ishlari boshlangani toʻgʻrisida yozma javob yoʻllaydi. Pasportlashtirish boʻyicha ishlar birinchi arizadan boshlanadi.
Agar ish jarayonida birinchi arizachi amaldagi meʼyoriy hujjatlarning biron-bir shartini yoki Komissiyaning ishchi organi bilan shartnomaviy munosabatlarni buzsa, ishchi organi sabablarini koʻrsatgan holda reklama joyini pasportlash ishlari toʻxtatilgani toʻgʻrisida birinchi arizachini yozma xabardor qiladi.
25. Agar kelishilayotgan reklama joylarida biron-bir qurilish yoki qayta qurish ishlari rejalashtirilayotgan yoki bajarilayotgan boʻlsa, shuningdek reklama joyining pasporti kelishilayotgan tegishli xizmatlar tomonidan texnikaviy vositalarni oʻrnatish imkoniyati boshqa sabab va holatlarga koʻra cheklansa, ular vaqtinchalik rad etishning muddatini yozma koʻrsatishlari lozim, reklama joyiga vaqtinchalik rad etish kuchga kiradi. Bu holda vaqtinchalik rad javobini olgan Arizachining ushbu joyga huquqi vaqtinchalik rad javobi yoki cheklovning muddati tugagunga qadar saqlab qolinadi.
26. Arizachi ushbu reklama joyini olishni rad etsa yoki texnikaviy vositalar oʻrnatish ishlari guvohnomasida koʻrsatilgan muddatlarda oʻrnatilmasa, reklama joyi boʻsh hisoblanadi va umumiy asoslarda boʻsh reklama joylari pasportlari katalogiga berilishi boshqa reklama tarqatuvchilar tomonidan soʻralishi mumkin.
Reklama joylarining pasportlari kelishiladigan tegishli xizmatlar yoki Komissiyaning asoslangan rad javobi berilgan soʻralgan reklama joylari rad etilgan joy hisoblanadi.
Komissiya ishchi organi roʻyxatga olish sanasi va bir yil muddatga rad etish toʻgʻrisida yozma xabarnoma sanasidan boshlab rad javobi olingan sanani roʻyxatga oladi.
27. Davlat hokimiyati organlari tomonidan biron-bir hudud, maydon, koʻchalar tashqi reklama joylashtirilishidan xolis zona deb belgilansa, shuningdek qurilmalarni balansida ushlovchi tomonidan oʻz hududi va binolarining tashqi tomonlarida reklama vositalarini joylashtirish cheklansa, mazkur joylarga tashqi reklama vositalarini joylashtirishga arizalar qabul qilinmaydi.
Bunda tashqi reklama vositalarini joylashtirishdan xolis zonalarning chegaralari va cheklov shartlari yozma shaklda aniq-ravshan belgilanishi kerak. Taqiq va cheklovlar yozma tartibda bekor qilingunga qadar arizalar qabul qilinmaydi. Taqiq va cheklovlar bekor qilingandan soʻng ushbu joylar boʻsh hisoblanadi va umumiy asosda barcha reklama beruvchilar tomonidan soʻralishi mumkin.
28. Reklama konstruksiyasi quyidagilar mavjud boʻlganda joylashtiriladi:
reklama joyining pasporti;
shahar-tuman hokimiyatining reklama-axborot faoliyati boʻyicha Komissiyasi raisi tomonidan imzolangan oʻrnatish ishlariga Guvohnoma;
reklama konstruksiyasining texnikaviy chizmasi;
Komissiya ishchi organi vakilining majburiy ishtiroki;
ishlar transport vositalari harakati zonasida olib borilgan taqdirda shahar-tuman IIBB YHXB bilan kelishilgan, yoʻl texnikasi va yoʻl belgilari va joylashtirilishi koʻrsatilgan ishlab chiqarish ishlarining sxemasi va ish olib borish vaqti muddatlari;
ishlar shahar obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan obodonlashtirilgan hududlarida oʻtkazilsa, yer ishlarini bajarish uchun ordyerlar;
reklamaning texnikaviy vositasi Komissiya ishchi organi vakilining ishtirokisiz oʻrnatilsa, Oʻzbekiston Respublikasining “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq choralar koʻrish uchun noqonuniy oʻrnatish ishlari bajarilgani toʻgʻrisida dalolatnoma tuziladi;
reklama konstruksiyasining zonasi bevosita reklama maydoni boʻyicha aniqlanadi.
29. Tashqi reklama vositalarini avtomobil yoʻllari va koʻchalarga ajratilgan hududlar chegarasida oʻrnatishga ruxsat beriladi, bunda yoʻl yoqasidan 1 metr uzoqlikda masofada va ajratish zonalarida joylashgan reklama vositalari yoʻlovchilar va haydovchilar uchun koʻrinishni toʻsib qoʻymaydigan tayanchlarga ega boʻlishi kerak. Tashqi reklama va axborotlar yoʻl harakati belgilari bilan oʻxshash boʻlmasliklari, ularning koʻrinishiga xalaqit bermasligi, shuningdek yoʻlda transport vositasi, yoʻlovchi yoki biron-bir obyekt turganidek tasavvur tugʻdirmasligi kerak.
tashqi reklama tasviri elementlarining yorugʻligi ichki va tashqi yoritishda belgilangan DSTlar boʻyicha yoʻl belgilarining fotometrik xarakteristikalaridan ortib ketmasligi lozim;
katta va oʻta katta formatdagi reklama peshlavhalari koʻchalar va yoʻllarning ajratish qismida oʻrnatilib, ularning kengligi konstruksiya kengligidan kichik boʻlsa, yoʻlning qatnov qismidan reklama pannosining quyi qismigacha boʻlgan masofa 5 (besh) metrdan kam boʻlmasligi, shu bilan birga reklama qurilmasining konstruksiyasi transport vositalari haydovchilariga zarur koʻrinishni taʼminlashi lozim;
reklama konstruksiyalarini yoʻllarning ajratish qismida va koʻchalar boʻylab oʻrnatishga faqat oʻrnatilayotgan konstruksiyaning reklama pannosi yoʻlning harakat qismi ustidan ikki metrdan ortiq masofaga chiqmasagina ruxsat beriladi;
yoʻlovchilarning oʻtishiga xalaqit bermagan taqdirda kichik va oʻrta formatdagi reklama konstruksiyalaridan tashqari yoʻlovchilar yoʻlagida reklama konstruksiyalarini oʻrnatish taqiqlanadi;
yoʻlovchilar yoʻlagining oʻrtasida, jamoat transporti toʻxtash joyining oʻtirish maydonchalari ichida alohida reklama konstruksiyalarini oʻrnatish taqiqlanadi.
30. Bir qatorda va bir yoʻnalishda ketma-ket joylashtirilayotgan bir xil turdagi katta va oʻta katta reklama konstruksiyalari oraligʻidagi masofa 150 metrdan kam boʻlmasligi kerak. Yoʻlning transport harakati yoʻnalishi qismidan koʻrinishni toʻsib qoʻymaydigan (shuningdek kichik va oʻrta formatdagi) reklama konstruksiyalari bundan mustasno;
agar bir yoʻnalishda oʻrnatilayotgan (katta va oʻta katta formatdagi) konstruksiyalar orasini nomlangan koʻchalar yoki maydonlar ajratsa, konstruksiyalar oʻrtasidagi masofa 150 m. dan kam boʻlishi mumkin, lekin ikkinchi navbatda oʻrnatilayotgan konstruksiya yoʻlning transport harakati yoʻnalishi qismidan birinchi navbatda oʻrnatilgan konstruksiya koʻrinishini toʻsib qoʻymasligi lozim;
agar reklama konstruksiyalari bir-biriga nisbatan parallel yoki perpendikulyar ravishda oʻrnatilgan, yaʼni, yoʻlning turli oʻqlari boʻylab joylashgan boʻlsa, oʻrnatilayotgan konstruksiyalar oʻrtasidagi masofa 150 m. dan kam boʻlishi mumkin;
koʻchalar kesishmasida oʻrnatiladigan hamda yoʻl belgilari va svetoforlar bilan bir sathda joylashgan reklama vositalari chorrahalardan 25 m. dan kam boʻlmagan masofada oʻrnatiladi.
Agar reklama vositalari yoʻl belgilari va svetoforlarni toʻsib qoʻymasa, ushbu qoida ularga nisbatan qoʻllanilmaydi.
belgilar, svetoforlar va ular joylashgan tayanchlarda reklama, plakat, transparant va yoʻl harakatini tashkil etishga aloqador boʻlmagan boshqa qurilmalarni joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi;
yoʻlning yon tomonida 2 m. x 3 m. oʻlchamli reklama konstruksiyalarini reklama maydonidan yoʻlning harakat qismigacha kamida 1 m. masofada oʻrnatish lozim;
31. Kichik formatdagi konstruksiyalarni bir qatorda va bir yoʻnalishda bir-biridan kamida 25 m., oʻrta formatdagi konstruksiyalarni esa kamida 50 m. masofada oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi. Agar bir yoʻnalishda oʻrnatilayotgan (kichik va oʻrta formatdagi) konstruksiyalar orasini nomlangan koʻchalar yoki maydonlar ajratsa, konstruksiyalar oʻrtasidagi masofa koʻrsatilganidan kam boʻlishi mumkin, lekin ikkinchi navbatda oʻrnatilayotgan konstruksiya yoʻlning transport harakati yoʻnalishi qismidan birinchi navbatda oʻrnatilgan konstruksiya koʻrinishini toʻsib qoʻymasligi lozim;
32. Tashqi reklama va axborot texnikaviy vositalari binolar, qurilmalar yoki ularning majmualari (tomlari, old tomoni, devorlari) yuzasida meʼmorchilik elementlariga shikast yetkazmasdan oʻrnatilishi, shuningdek aholining toʻlaqonli istiqomat hududi, tarixiy-madaniy meros va meʼmorchilik landshaftining saqlanishi va shakllanishiga, shuningdek meʼmorchilik va shahar qurilishi barcha subyektlarining, mazkur qurilmalar egalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini muhofaza qilishga koʻmaklashishi lozim.
tashqi reklama va axborotning texnikaviy vositalarini binolar, qurilmalar yoki ularning majmualari (tomlari, old tomoni, devorlari) yuzasida joylashtirish uchun tarqatuvchi tomonidan mazkur obyektlarni balansida ushlovchi bilan kelishuvi boʻlishi lozim;
bozor va savdo maydonlarining ochiq hududida, shuningdek boshqa idoralarning ochiq hududida texnikaviy vositalarni oʻrnatish va tashqi reklamani joylashtirish uchun tarqatuvchi tomonidan mazkur obyektlarni balansida ushlovchi bilan mazkur Tartibda belgilangan tartibda kelishuvi boʻlishi lozim.
33. Reklama konstruksiyasini oʻrnatish (montaj qilish), undan foydalanish va olib tashlash boʻyicha ishlar konstruksiya egasi tomonidan yer uchastkasi, bino va boshqa mulkning mulkdori (balansda ushlovchisi) yoxud ushbu mulk egasi tomonidan vakolatlangan shaxs bilan, elektr taʼminoti tarmoqlariga ulanganda esa qoʻriqlanadigan zona hududida elektr taʼminoti liniyalari va tashqi yoritish tarmoqlari uskunalaridan foydalanuvchi tashkilot bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
agar tashqi reklama va axborotning texnikaviy vositasini oʻrnatish uchun yerni kavlash yoki yer ishlariga bogʻliq boshqa ishlarni bajarish talab etilsa, tarqatuvchi ushbu harakatlarini shahar-tuman hokimligining tegishli xizmatlari (meʼmorchilik boshqarmasi, shahar-tuman obodonlashtirish boshqarmasi) bilan kelishadi;
yuqorida sanab oʻtilgan kelishuvlar reklama joyining pasportiga kiritilishi yoki yozma shaklda kelishilayotgan tashkilotlarning blankalarida mavjud boʻlishi kerak;
shahar-tumanlarning markaziy koʻchalarida oʻrnatilgan reklama qurilmalari yoritishga ulanganda reklama qurilmasining ishga tushish “Signali” (tashqi yoritish tarmoqlari) avtomatik tarzda ishga tushishi koʻrsatilishi shart. Ushbu talabning bajarilishi tashqi yoritish va reklama vositalarining yorituvchi qurilmalari bir paytda ishga tushishini taʼminlaydi, bu esa shahar koʻchalarining yagona meʼmoriy bezalishiga rioya etilishini ham taʼminlaydi.
34. Tashqi reklama vositalarini joylashtirish huquqi ruxsatnomalarini berish yoki kelishuvlarni amalga oshirish masalalarida nizo chiqqanda ular Komissiya majlislarida koʻrib chiqiladi yoki harakatdagi qonun doirasida sud organlari orqali hal etiladi.
ijtimoiy reklama, axborotlar va axborot koʻrsatkichlarini joylashtirish ham kelishiladi;
Fargʻona viloyat hokimining maxsus qarorisiz tashqi reklamani joylashtirish bilan bogʻliq mazkur Tartibda nazarda tutilmagan kelishuvlarni amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
35. Tashqi reklamani madaniy yodgorlik obyektlarida, yoʻl belgilari, svetoforlar va transport harakatini tartibga soluvchi konstruksiyalarda, shuningdek daraxtlar va yondosh hududga hamda shahar xizmatlarining kommunikatsiya tarmoqlariga zarar yetkazib joylashtirish taqiqlanadi.
36. Firmalarning faoliyatiga aloqador boʻlmagan, bozorlar, yonilgʻi quyish shoxobchalari, savdo joylari va boshqa obyektlarda oʻrnatilgan va shahar muhitiga qaratilgan reklama bezaklari tashqi reklama hisoblanadi va mazkur Tartibga muvofiq rasmiylashtirilishi lozim.
37. Oʻlchami 500 kv. sm. dan kam boʻlgan tashqi reklama uchun haq undirilmaydi.
38. Koʻpriklar va yoʻl oʻtkazmalari panjaralarida reklama egasi bilan kelishuvga muvofiq amalga oshiriladi va quyidagi tarzda joylashtiriladi:
bir necha qismga (ustun oraligʻi) ega koʻpriklarda qismlarning uzunligi 15 metrdan oshmasa, reklama bitta qism (ustun oraligʻi) — bitta reklama qoidasi boʻyicha joylashtiriladi, bunda reklama konstruksiyasining uzunligi koʻprik qismi uzunligining 2/3 boʻlimini tashkil qilishi lozim;
ustun oraligʻining uzunligi 15 metrdan ortiq boʻlgan koʻpriklarda ikkita reklama konstruksiyasi joylashtirilishi mumkin, bunda koʻprikning uzunligi 7 qismga boʻlinadi, koʻprik chetidan reklama konstruksiyasigacha boʻlgan va reklama konstruksiyalari oʻrtasidagi oraliq ustun oraligʻi uzunligining 1/7 qismiga teng boʻlishi, ikkita reklama qoplamasining uzunligi koʻprik uzunligidan 2/7 qismicha boʻlishi kerak;
harakatning har ikki yoʻnalishida bitta ustun oraligʻi boʻlgan koʻpriklarda reklama konstruksiyasining uzunligi, har ikki harakat yoʻnalishlari ustidagi masofadan foydalanishga ruxsat etilgan boʻlsa, koʻprik uzunligining yarmiga teng boʻlishi kerak, bunda reklama konstruksiyasining eni konstruksiyaning yuqori qismi koʻprik panjaralaridan baland boʻlmasligi va quyi qismi koʻprik konstruksiyasidan past boʻlmasligi lozim.
39. Agar transport harakati yoʻnalishi boʻyicha koʻprik panjarasida yoʻl koʻrsatkichlari oʻrnatilgan boʻlsa, reklama faqat qarama-qarshi harakat yoʻnalishi ustida joylashtiriladi.
agar transport harakati yoʻnalishi boʻyicha koʻprik panjarasida yoʻl koʻrsatkichlari oʻrnatilmasa, unda reklama konstruksiyasi joylashtirilishi mumkin.
40. Agar YHXB tomonidan reklama konstruksiyalari joylashtirilgan koʻpriklar va yoʻl oʻtkazmalari panjaralarida yoʻl koʻrsatkichlarini oʻrnatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinsa, mazkur joyda ilgari oʻrnatilgan reklama qurilmalari olib tashlanadi.
41. Koʻpriklar va yoʻl oʻtkazmalari panjaralarida oʻrnatilgan reklama konstruksiyalarining metall qismi teskari tomonidan muhofazalangan va koʻprik konstruksiyasi rangiga mos boʻyalgan, shuningdek reklama qoplamasi birikkan joyni yopib turuvchi hoshiyaga ega boʻlishi kerak.
42. Osma reklama vositalariga yoʻl, koʻcha va boshqa joylarning ustiga yoki ular yoqalab oʻrnatilgan, tijorat yoʻnalishidagi axborot tarqatuvchi barcha turdagi texnikaviy vositalar — osma transparantlar kiradi.
43. Osma axborot vositalariga yoʻl, koʻcha va boshqa joylarning ustiga yoki ular yoqalab oʻrnatilgan, davlat tadbirlari hamda, shuningdek ushbu tadbirning oʻtkazilish joyi va vaqti toʻgʻrisida axborotga ega barcha turdagi texnikaviy vositalar — osma transparantlar kiradi.
44. Osma vosita sim arqonli moslama va bevosita reklama maydonidan iborat. Sim arqonlar ustunlarga yoki osma vosita uchun maxsus oʻrnatilgan mahkamlashning texnikaviy imkoniyatiga ega bino va inshootlarga mahkamlanadi. Osma vositalar shahar yoritish tarmogʻi ustunlariga ulanmaydi.
osma vositalar yoritiladigan hamda yumshoq asosli materialdan tayyorlangan yoritilmaydigan turlarga boʻlinadi;
yoritiladigan osma vositalar konstruksiyasi elektr tarmoqlarida avariyaviy uzilish qurilmasiga ega boʻlishi lozim.
45. Osma axborot va reklama vositalarini joylashtirish faqatgina Komissiyaning ruxsati olingandan soʻng amalga oshiriladi.
tijorat, ijtimoiy reklama va axborot vositalarini koʻchaning transport yuradigan qismi ustida oʻrnatish xavfsizlikning barcha meʼyorlarini hamda shamol kuchini hisobga olgan holda amalga oshirilishi, ular yoʻl harakati belgilarini va yoʻl harakatini tartibga solib turuvchi boshqa turdagi axborot vositalarini toʻsib qoʻymasligi kerak.
46. Yoʻl ustiga oʻrnatiladigan osma transparantlar faqat yumshoq materiallardan tayyorlanib, ularning eni 1,7 metrdan oshmasligi zarur.
47. Osma taransparantlar koʻchaning transport yuradigan qismi ustida 5,5 metrdan kam boʻlmagan balandlikda joylashtirilishi lozim. Yoʻl ustiga joylashtirilgan osma transparantlar oraligʻidagi masofa 150 metrdan kam boʻlmasligi kerak.
48. Shahar elektr transporti harakati tashkil etilgan koʻchalarga osma transparantlarni joylashtirish elektr tarmoqlaridan foydalanish xavfsizligining barcha meʼyorlarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak. Ular elektr tarmoqlaridan foydalanish xavfsizligi toʻgʻrisidagi tartibda qayd etilgan balandlikda oʻrnatilishi zarur.
49. Osma axborot sathining maydoni yoʻlning harakat qismida joylashganda ikkala tomonining yuzasi bilan, chorrahalarning burchagida joylashganda esa bir tomonining yuzasi bilan belgilanadi.
50. Koʻrsatkichlar koʻrinishidagi reklama vositalari — faqat korxona haqida axborot berishi, yaʼni, ushbu korxonaning emblemasi yoki firma belgisini, nomini va mazkur tashkilot joylashgan manzilini aks ettirishi mumkin. Korxona, mahsulot yoki xizmatlar toʻgʻrisidagi boshqa maʼlumotlarning mavjudligi tashqi reklama hisoblanadi.
51. Reklama koʻrsatkichlarini oʻrnatish majburiy tartibda koʻrsatkichning texnikaviy pasporti rasmiylashtirilib, koʻrsatkichni oʻrnatish huquqiga Komissiyaning Guvohnomasi olingandan soʻng amalga oshiriladi. Bunda faqat texnik pasportni tayyorlash va Guvohnomani rasmiylashtirish uchun ketgan xarajatlar shartnoma asosida toʻlanadi. Mazkur guvohnomaning amal qilish muddati koʻpi bilan bir yil. Agar koʻrsatkichdan foydalanish davrida uni oʻrnatish va foydalanish boʻyicha qoʻyilgan talablar buzilmasa, koʻrsatkichdan foydalanish huquqi egasining oʻz vaqtida bergan arizasi asosida yangi muddatga uzaytiriladi.
52. Koʻrsatkichdan foydalanish muddatini uzaytirishga oʻz vaqtida ariza berilmasa yoki tasdiqlangan eskizlar, oʻlchamlar va parametrlardan farqli koʻrsatkichlar oʻrnatilsa hujjatlar boshidan qayta rasmiylashtiriladi.
53. Koʻrsatkichlar korxona, tashkilot va boshqa muassasalar joylashgan joyni aks ettirish uchun korxona, tashkilotdan koʻpi bilan 500 m. gacha masofada oʻrnatilishi mumkin.
54. Axborot koʻrsatkichlarining oʻlchami 3 kv. m dan ortiq boʻlmasliga kerak.
55. 3 metr kvadratgacha hajmdagi turli xildagi axborot koʻrsatkichlari va reklama uskunalari yoritish ustunlariga yoʻlning qatnov qismidan ichkariga qaratilgan holda 2,5 metrdan 5 metrgacha boʻlgan balandlikda oʻrnatilishi mumkin (bunday hollarda ustunlarni balans egasidan avvaldan yozma roziligi olinishi shart).
56. 2 metr kvadratdan ortiq boʻlmagan hajmdagi turli xildagi axborot koʻrsatkichlari va reklama uskunalari yoritish ustunlariga koʻndalangiga yoʻlning qatnov qismidan ichkariga qaratilgan holda 2,5 metrdan 5 metrgacha boʻlgan balandlikda oʻrnatilishi mumkin.
57. Yoʻlning qatnov qismidan koʻrsatkichning yoʻlning qatnov qismiga qaratilgan qirrasigacha boʻlgan masofa 1 m. dan kam boʻlmasligi kerak.
Koʻrsatkichlar Komissiya tomonidan tasdiqlangan namunalarga muvofiq shakl va tuzilishga ega boʻlishi kerak.
58. Aholiga xizmat koʻrsatuvchi korxona va tashkilotlarning axborot vositalariga korxonalar va boshqa tashkilotlardagi kronshteyn va peshlavhalar kirib, ularda korxonaning nomi va mulkchilik shakli, idoraviy boʻysunishi yoki faoliyat turi boʻyicha maʼlumotlar aks ettiriladi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar yoki sotilayotgan tovarlar (koʻrsatilayotgan xizmatlar) roʻyxati, korxona va firmalarning emblema va tovar belgilari (sotilayotgan tovarlar, foydalanilayotgan uskunalar hamda xomashyo materiallarining emblemalari va tovar belgilari) reklama hisoblanadi.
Aholiga xizmat koʻrsatuvchi korxona va tashkilotlarning axborot va reklama vositalari quyidagi turlarga ajratiladi:
peshlavhalar;
axborot vositalari (axborot konstruksiyalari).
59. Barcha turdagi peshlavha va kronshteynlar bevosita korxona joylashgan bino ustiga yoki unga tutashgan va tegishli hududlarda joylashtiriladi.
Peshlavhalar yassi element, tom qurilmasi koʻrinishida (agar bino butunlay mazkur korxonaga tegishli boʻlsa) bajarilgan boʻlishi yoki kronshteyn koʻrinishida boʻlishi mumkin.
Sutkaning qorongʻi vaqtida peshlavhalar yoritilishi mumkin.
Peshlavhaning oʻlchami binoning mazkur peshlavha oʻrnatiladigan tomoni maydonining 5% dan katta boʻlishi mumkin emas.
Binoning old tomoniga joylashtirilgan peshlavha va (yoki) kronshteynlarda korxonaning faoliyat sohasini ochib beruvchi matn va uning oʻz nomlanishi aks ettirilgan boʻlishi kerak.
Boshqa foto va matnli maʼlumotlar, oʻzga tovar belgilarining yoki logotiplarning mavjudligi reklama sifatida koʻriladi.
60. Axborot lavhachalari tayyorlovchi (bajaruvchi, sotuvchi) toʻgʻrisidagi axborotni isteʼmolchining eʼtiboriga yetkazish uchun moʻljallangan. Xizmat koʻrsatish sohasining har bir korxonasi aholi kirish joylarining soniga muvofiq bitta yoki bir nechta axborot lavhachasiga ega boʻlishi mumkin. Lavhachada faqat korxona toʻgʻrisida axborot koʻrsatilishi mumkin:
korxonaning qayd etilgan (yuridik) nomlanishi;
korxonaning ish tartibi.
Axborot lavhachalari binoning devorida korxonaga kirish joyining yonida yoki kirish eshigida tashrif buyuruvchilarga yaxshi koʻrinadigan tarzda joylashtirilishi mumkin.
61. Vitrinalarda joylashtiriladigan axborot — xizmat koʻrsatish sohasi korxonasining vitrinasida qayd etmasdan turib tovar mahsulotlarining namunalarini, shuningdek tarkibida boshqa firmalarning savdo markalari, nomlari, tovar belgilari va xizmat koʻrsatish belgilari boʻlmagan axborotni joylashtirishga ruxsat etiladi:
ushbu korxona sotadigan tovarlar va koʻrsatadigan xizmatlar toʻgʻrisida maʼlumot;
korxonaning oʻziga xos yoki firmali nomlanishi (peshlavha mavjud boʻlsa), uning qayd etilgan tovar belgilari va xizmat koʻrsatish belgilari;
korxona faoliyatining yoʻnalishini ochib beruvchi va uning firmali nomlanishiga mos keladigan tasviriy elementlar;
dekorativ bezak elementlari;
davlat va shahar bayramlari munosabati bilan majburiy tartibda joylashtiriladigan bayram bezaklari.
62. Umumiy ovqatlanish korxonalarining axboroti — umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar bilan isteʼmolchini tanishtirishga moʻljallangan majburiy axborot, menyu, preyskurantlar, xizmat koʻrsatish shartlari, binoning ichkarisida yoki old devorida joylashtiriladi, hajmi 2 kv. m dan oshmasligi kerak.
63. Korxonalar, tashkilotlar va xususiy tadbirkorlarning axborot vositalari — manba sifatida yuridik shaxslar va xususiy tadbirkorlarning oʻzlari tomonidan oʻzlariga tegishli axborot vositalarida tarqatadigan axborot. Bunda vositaning oʻlchami 2 kv. m dan oshmasligi lozim.
Boshqa foto va matnli maʼlumotlar, oʻzga tovar belgilarining yoki logotiplarning mavjudligi reklama sifatida koʻriladi.
64. Aholiga xizmat koʻrsatish boʻyicha korxona va tashkilotlarning axborot va reklama bezak vositalari reklama hisoblanmaydi va Komissiyadan ruxsatnoma hujjatlari olishni talab etmaydi.
vakolatxona va distribyutorlar tomonidan oʻzlari joylashgan manzil boʻyicha tarqatiladigan oʻz faoliyati toʻgʻrisida maʼlumot (faqat umumiy maʼlumotlar: kim ekanligi, faoliyat yoʻnalishi, rekvizitlar. Tovar belgilari va ishlab chiqariladigan tovarlar (koʻrsatiladigan xizmatlar) roʻyxatining mavjudligi reklama sifatida baholanadi) reklama hisoblanmaydi, uning uchun haq olinmaydi va u mazkur Tartibga binoan rasmiylashtirishni talab etmaydi.
yoʻl yaqinidagi tor yoʻnalishdagi obyektlar (yemakxonalar, shinalar, karbyuratorlar, amortizatorlarni taʼmirlash korxonalari, ehtiyot qism doʻkonlari)ning axborot taʼminoti maqsadida oʻrnatiladi.
Reklama — axborot belgisining axborot yuzasi maydoni uning tashqi gabarit oʻlchamlari boʻyicha, 1,0 kv. m dan oshmasdan aniqlanadi. Reklama — axborot belgilari yoʻl belgilariga oʻxshamasligi lozim.
reklama axborotini tarqatish uchun konstruksiyaning ham hajmi, ham yuzasidan foydalaniladi;
yakka tartibdagi loyihalar boʻyicha bajariladi va har bir alohida holatda Komissiya tomonidan tasdiqlanadi;
bunday turdagi konstruksiyalar va ularni joylashtirish qoidalariga qalqonli qurilmalarga nisbatan qoʻyiladigan talablar ularga doir qismida amal qiladi.
bayroqli kompozitsiya — asos va bir yoki bir nechta flagshtok (ustuncha) hamda yumshoq matodan iborat reklama konstruksiyasi;
bayroqning axborot yuzasi maydoni matoning ikkala tomoni yuzasi bilan belgilanadi;
soyabonning axborot yuzasi maydoni uning bitta tomoni yuzasi bilan belgilanadi.
bino tomining karnizidan toʻliq yoki qisman balandda joylashtiriladigan ushbu (hajmiy yoki yassi) reklama konstruksiyalari mahkamlovchi elementlar (konstruksiyaning ishlab chiqilgan loyihasi Komissiya bilan kelishiladi) hamda konstruksiya va axborot qurilmasining koʻtarib turuvchi qismidan iborat;
elektr taʼminoti tarmogʻidan avariyaviy uzilish tizimi bilan jihozlangan boʻlishi kerak;
reklama konstruksiyasining egasi toʻgʻrisida maʼlumotlar aks etgan yerdan koʻrinuvchi tabloga ega boʻlishi lozim;
binolarda oʻrnatilgan tomusti qurilmalari axborot yuzasining maydoni toʻlov summasini hisoblashda butun konstruksiyaning tashqi gabarit oʻlchamlari boʻyicha aniqlanadi.
Konstruksiya oʻrnatilgan joyning ijarasi binoning balans egasi bilan alohida kelishuv boʻyicha amalga oshiriladi. Komissiya reklama tarqatuvchi bilan binoni balans egasi oʻrtasidagi munosabatlarga aralashishga haqli emas.
Bevosita devor yuzasiga tushirilgan tasvir (axborot yuzasi):
devorga mahkamlash elementlari, karkas va axborot yuzasidan iborat konstruksiya;
devoriy pannolar yakka tartibdagi loyihalar boʻyicha bajariladi;
devorga mahkamlanuvchi qismlarga ega devoriy pannolar uchun foydalanishda xavfsizlikni taʼminlash maqsadida majburiy tartibda konstruksiyani mahkamlash loyihasi ishlab chiqiladi;
devoriy panno axborot yuzasining maydoni axborot yuzasi karkasining kattaligi bilan belgilanadi.
65. Vitrajlar: deraza yoki eshik boʻshliqlarida yoki binolarning toqida oʻrnatiladigan reklama konstruksiyalaridir. Konstruktiv jihatdan vitrajlar asos, karkas va shaffof yuzadan iborat;
reklama axboroti vitraj oynasining ichki tomonidan yoki oʻzi yelimlanadigan plyonka ishlatilsa tashqi tomonidan joylashtiriladi;
xizmat koʻrsatish sohasi korxonalarining vitrajlarida korxonaning faoliyat yoʻnalishiga mos boʻlmagan reklama bezaklarini joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda ushbu bezaklar vitraj maydonining koʻpi bilan 20 foizini egallashi mumkin. Reklama bezaklari 20 foizdan koʻp boʻlgan taqdirda bu reklama deb hisoblanadi va oʻrnatilgan tartibda pasportlashtirilishi shart;
vitraj axborot yuzasining maydoni vitrinaning shaffof yuzasiga tushirilgan tasvirlarning kattaligi, shuningdek vitrina ichida joylashtirilgan hajmli konstruksiyalarning kattaligi bilan belgilanadi.
66. Proyeksion qurilmalar: yer va devor yuzalarida, fazoda tasvirlarni namoyish qilishga moʻljallangan reklama konstruksiyalaridir;
proyeksion qurilmalarning konstruksiyalari proyeksiyalovchi qurilma va axborot tasviri shakllanadigan yuza (ekran) yoki hajmdan iborat;
yassi tasvirlar uchun axborot yuzasining maydoni proyeksiya tushayotgan yuzaning kattaligi, hajmiy tasvirlar uchun esa hisob-kitob yoʻli bilan aniqlanadi.
67. Elektron ekranlar (elektron tablolar): yorugʻlik diodlari, lampalar, yorugʻlikning boshqa manbalari yoki yorugʻlikni akslantiruvchi elementlarning nur tarqatishi hisobiga ekran yuzasida tasvir hosil qilishga moʻljallangan reklama konstruksiyalari;
axborot yuzasining maydoni nur tarqatuvchi yuzaning kattaligi bilan belgilanadi;
bunday turdagi konstruksiyalar va ularni joylashtirish qoidalariga alohida turgan qalqonli qurilmalarga nisbatan qoʻyiladigan talablar ularga doir qismida amal qiladi. Reklama-axborot roliklarining mazmuni reklama tashuvchining egasi boʻlgan tashkilotning tahrir hayʼati tomonidan tasdiqlanadi;
tashqi reklama tasviri elementlarining yorugʻligi ichki va tashqi yoritishda yoʻl belgilarining belgilangan DSTlar boʻyicha fotometrik xarakteristikalaridan ortib ketmasligi kerak;
reklama elementlari yorugʻligi, ilingan balandligi, oʻchib-yonish davriyligi boʻyicha belgilangan talablar yoki DSTlarga muvofiq boʻlishi kerak.
68. Markizlar: reklama axboroti tushirilgan boʻgʻot va soyabon koʻrinishida ishlangan va vitrinalar, bino va inshootlarga kirish joyi yoki teshiklari ustida oʻrnatilgan reklama konstruksiyalar;
markizlar binoga mahkamlash elementlari, karkas hamda yumshoq yoki qattiq asosda ishlangan axborot maydonidan iborat;
markizning axborot maydoni yuzasi tasvir tushirilgan qismining kattaligi bilan aniqlanadi.
69. Yoʻlovchi toʻsiqlaridagi reklama: yoʻlovchi toʻsiqlarining oynavand yoki oʻzga yuzalarida joylashtiriladigan reklamadir;
yoʻlovchi toʻsigʻi konstruksiyasi axborot yuzasining maydoni uning har ikkala tomonining umumiy maydoni bilan belgilanadi;
bunday turdagi konstruksiyalar va ularni joylashtirish qoidalariga alohida turgan qalqonli qurilmalarga nisbatan qoʻyiladigan talablar ularga doir qismida amal qiladi.
70. Viloyat mebeli obyektlari (toʻxtash majmualari, tumbalar, taksofonlar)da reklamani joylashtirish.
Reklama tashuvchilar bilan birlashtirilgan koʻcha mebeli elementlari deb umumiy yuzasi 5 kv. m. dan katta boʻlmagan reklama panellari bilan jihozlangan shahar yoʻlovchi transportini kutish pavilonlari, shahar yoʻlovchi transporti toʻxtash joylarining koʻrsatkichlari, koʻcha oʻrindiqlari, axlat qutilari, koʻcha soatlari, taksofon kabinalari, yoʻlovchi harakatini toʻsuvchi elementlar tushuniladi, basharti reklama paneli konstruksiyaning oʻlchami koʻcha mebeli elementi umumiy oʻlchamining uchdan bir qismidan katta boʻlmasa hamda reklama maydoni (tomoni) yuzasi oʻlchami koʻcha mebeli elementi axborot maydoni (tomoni) umumiy oʻlchamining uchdan ikki qismidan katta boʻlmasa (koʻcha mebeli elementida reklama maydoni (tomoni) bilan bir paytda oʻzga turdagi axborotni joylashtirish uchun maydon (tomon) mavjud boʻlsa).
Reklama panellari bilan jihozlangan shahar yoʻlovchi transportini kutish pavilonlari majburiy tartibda oʻrindiq va shahar axborot lavhalari bilan majmuada, oʻrnatish ishlari yakunlangandan soʻng arizachi tomonidan pavilonga tutashgan hududni obodonlashtirish boʻyicha talablarga rioya etilgan holda oʻrnatilishi kerak.
Reklama tashuvchilar bilan birlashtirilgan koʻcha mebeli elementlari, yoritish elementlari tashqi yoritish, elektr taʼminlash tarmogʻiga qoʻshilgan taqdirda elektr taʼminoti masalalari va foydalanilgan elektr quvvati uchun toʻlov masalalari tashqi yoritish tarmogʻining elektr taʼminoti liniyalari (VL va KL) muhofaza zonasiga qoʻyilgan barcha talablarga rioya etilganda, elektr taʼminoti korxonalari bilan kelishilsagina yoʻl qoʻyiladi.
71. Tirkama konstruksiyalar (shtendyerlar) shaharda korxonalarning ish soatlarida joylashtiradigan tashqi reklama va axborotning vaqtinchalik obyektlari, jismoniy shaxslar tomonidan texnikaviy vositalarni ishlatmasdan koʻchiriladi:
shtendyerlar ikki tomonli boʻlishi va oʻz yoritqichiga ega boʻlmasligi lozim;
umumiy yuzasi 2 kv. metrdan, bunda shtenderning balandligi 1 m. dan oshmasligi lozim;
reklama qilinayotgan obyekt joylashgan binoning old devoridan 1,5 m. gacha masofada joylashtirilib, yoʻlovchilarga xalaqit bermasligi va oʻtish joylarini toʻsib qoʻymasligi kerak;
shtendyerlarni yoʻlovchilar yoʻlagida, shuningdek yoʻlning harakat qismidan koʻrinishni toʻsadigan tarzda oʻrnatish taqiqlanadi;
shtendyerlar yoʻlning harakat qismidan kamida 3,0 m. uzoqlikda joylashishi lozim.
72. Havo sharlari, aerostat, dirijabllarda reklama — havo fazosida joylashtiriladigan tashqi reklamaning vaqtinchalik vositalari, bayram va tematik tadbirlarni oʻtkazish davrida vaqtinchalik reklama bezagini tashkil etadi. Axborot yuzasining maydoni chizilgan tasvirning kattaligi bilan belgilanadi.
73. Lotoklar, aravachalar, kioskalar va soyabonlarda reklama — chakana savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining ishlash vaqtida lotoklar, aravachalar, kioskalar va soyabonlarda oʻrnatiladigan tashqi reklamaning vaqtinchalik vositalari, lotoklar, aravachalar, kioskalar va soyabonlarning ayrim qismlarini plyonkali yoki boʻyoq materiallari bilan qoplamasidan iborat. Axborot yuzasining maydoni chizilgan tasvirning kattaligi bilan belgilanadi.
74. Qurilish va chakana (koʻcha) savdosi (yozgi kafelar, koʻrgazmalar, savdo maydonlari va qurilgan maydonchalarining toʻsiqlari) obyektlarining vaqtinchalik toʻsiqlaridagi, shuningdek boshqa vaqtinchalik toʻsiqlardagi reklama ushbu obyektlarning badiiy bezagini taʼminlashi lozim. Ushbu obyektlarni alohida qalqonlar, yumshoq bezak yoki uzluksiz lenta bilan bezash tavsiya etiladi.
Qalqonli konstruksiyalar qoʻllanganda ularning balandligi toʻsiqning tayanch elementlari balandligining 1/2 qismidan oshib ketmasligi kerak.
Qurilish maydonchasida inshootlar (bino qayta taʼmirlanganda qurilish havozalari, maishiy xonalar, projektorlar uchun machtalar, kranlar va h.), shuningdek toʻsuvchi tur mavjud boʻlsa, mazkur Tartibda nazarda tutilgan tashqi reklamaning boshqa obyektlarini joylashtirish mumkin.
75. Qurilish toʻsiqlarining har qanday turidagi reklama — qurilish obyektlarini chegaralovchi turlar va toʻsiqlarning boshqa turlaridagi tasvir koʻrinishida tashqi reklama obyektlari. Bunday toʻsiqlarda reklama qurilish yoki taʼmirlash-tiklash ishlariga ruxsatnoma mavjud boʻlsa, uning amal qilish muddati davomida binoning tashqi tomoni (old tomoni)da qurilish va tiklash ishlari bajarilayotganda joylashtiriladi. Qurilish yoki taʼmirlash ishlarini olib borayotgan xoʻjalik yurituvchi subyekt bilan kelishilishi shart.
Qurilish toʻsiqlarida tashqi reklamani joylashtirish uchun ruxsat beruvchi hujjatlar mazkur Tartibda belgilangan tarzda rasmiylashtiriladi, bunda Komissiyaning alohida qarori bilan obyekt tashqi reklamani joylashtirish toʻlovidan ozod qilinishi mumkin.
Reklama-axborot yuzasining maydoni chizilgan tasvirning kattaligi bilan belgilanadi.
76. Reklama atributlarini joylashtirish:
reklama atributlariga donasining oʻlchami 0,2 kv. m. dan katta boʻlmagan har xil turdagi reklama mahsulotlari (breloklar, soyabonlar (faqat vaqtincha oʻrnatiladiganlari), urnalar, oʻrindiqlar, kuldonlar, kanselyariya anjomlari, taqvimlar, maykalar, maxsus kiyimlar, nishonlar, idishlar, shuningdek suvenirlar va firmalar bayroqlari) kiradi;
reklama atributlari savdo shoxobchalarini va idoralarni bezashda firma va tovarlar haqida axborot tashuvchi sifatida foydalaniladi;
reklama atributlari korxona egasi tomonidan mustaqil ravishda joylashtirilishi mumkin. Ulardan tashda reklama vositalarini joylashtirish tarifi boʻyicha haq olinmaydi va ular uchun Komissiyasining ruxsatnoma hujjatlarini olish talab etilmaydi. Bunda reklama egasi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligining tamaki va alkogolli mahsulotlarni reklama qilish boʻyicha oʻrnatilgan talablarining bajarilishiga javobgar boʻladi;
xizmat koʻrsatish shoxobchalarini tashqi bezatishning boshqa barcha turlari, jumladan, donasining oʻlchami 0,2 kv. m dan katta boʻlgan suvenirlar va firmalar bayroqlari, yorituvchi idishlar, boʻyash va firmali bezash tashqi reklama hisoblanadi.
77. Teatr va konsert afishalari, ommaviy madaniy, sport va boshqa yoʻnalishdagi tadbirlar eʼlonlarini joylashtirish:
Afisha — oʻtkaziladigan ommaviy madaniy, sport va boshqa yoʻnalishdagi tadbirlar, promo-aksiyalar toʻgʻrisidagi axborotni oʻzida mujassamlashtirgan yozuv reklamasining asosiy vositalaridan biridir.
Eʼlon — boshqa yuridik va jismoniy shaxslar hamda jamoatchilik eʼtiborini jalb qilish maqsadida aniq yuridik va jismoniy shaxslarga yetkaziladigan qisqa maʼlumot.
Teatr va konsert afishalari, ommaviy madaniy, sport va boshqa yoʻnalishdagi tadbirlar eʼlonlarini joylashtirish uchun moʻljallangan maxsus moslamalarni (keyinchalik maxsus moslamalar) joylashtirish mazkur Tartibga asosan Komissiyaning ishchi organi orqali rasmiylashtirilishi lozim;
maxsus moslamalar Komissiya tomonidan tasdiqlangan andozaviy namunalarga muvofiq shakl va tuzilishga ega boʻlishi kerak;
maxsus moslamalarda joylashtirilgan bir marta oʻtkaziladigan tadbirlar, yaʼni, teatr va konsert afishalari, ommaviy madaniy, sport va boshqa yoʻnalishdagi tadbirlar, turli promo-aksiyalar eʼlonlari tashqi reklama hisoblanadi. Ularni joylashtirish uchun Komissiyaning ruxsatini olish talab etilmaydi va tashqi reklamani joylashtirish uchun tarif boʻyicha haq olinmaydi;
maxsus moslamalar va ularda joylashtirilayotgan teatr va konsert afishalari, ommaviy madaniy, sport va boshqa yoʻnalishdagi tadbirlar, turli promo-aksiyalar eʼlonlarining tashqi koʻrinishi, estetik holati va mazmuniga qoʻyilgan talablarning bajarilishiga maxsus moslamaning egasi javobgardir;
mazkur Tartibga asosan tegishlicha rasmiylashtirilmasdan oʻrnatilgan barcha maxsus moslamalar va ulardan tashqarida oʻrnatilgan barcha afisha va eʼlonlar beruxsat oʻrnatilgan hisoblanadi;
shahar — tuman Fargʻona viloyatini beruxsat oʻrnatilgan afisha va eʼlonlardan tozalash Komissiya tomonidan belgilangan masʼul korxona yoki tashkilotlarga yuklatiladi. Tozalash boʻyicha qilingan barcha sarf-xarajatlar beruxsat afisha va eʼlonlarni joylashtirgan korxona va shaxslardan undiriladi.
IV bob. Fargʻona viloyati hududida oʻrnatiladigan tashqi reklama obyektlariga qoʻyiladigan talablar
78. Tashqi reklama vositalari reklama konstruksiyalarining texnikaviy holati va dizayniga nisbatan qoʻyiladigan talablarga muvofiq oʻrnatiladi.
79. Yer usti poydevorlari: 25 sm. dan baland boʻlmasligi lozim;
suvoq qilinishi va joylashgan yerining asosiy elementlariga muvofiq rangda boʻyalishi lozim. Poydevor boʻyaladigan rang Komissiya tomonidan aniqlanadi.
80. Poydevor yoʻlovchilar yoʻlagi, yoʻlovchilarning oʻtish joyiga chiqib ketsa yer usti poydevorlarini oʻrnatishga ruxsat berilmaydi, irrigatsiya quvurlari ustida poydevor oʻrnatish taqiqlanadi.
81. Qisman yerga kirgan poydevorlar:
poydevor 40 sm. dan ortiq yerga chuqur kirganida poydevorning yer usti qismi yer usti poydevorlariga qoʻyiladigan talablarga muvofiq ishlanishi lozim, egasi hududning yerosti kommunikatsiyalarining tahlili koʻrinishida vakolatli organlarning roziligini olishi kerak.
82. Toʻliq chuqurlashtirilgan poydevorlar: poydevor 40 sm. dan ortiq toʻliq chuqurga kirganda reklama joyini pasportlashtirishda uning yer usti qismi yer yuzasidan baland boʻlmasligi (nol sathda boʻlishi), egasi hududning yerosti kommunikatsiyalarining tahlili koʻrinishida vakolatli organlarning roziligini olishi kerak.
83. Reklama konstruksiyasi: texnik bosim xavfsizligining yuqori darajasini hamda shamol bosimi va foydalanishda yetarlicha turgʻunlikni taʼminlovchi materiallardan tayyorlanishi lozim;
loyiha hujjatlari va konstruksiyaning qurilish meʼyorlari va qoidalari hamda boshqa normativ hujjatlarga muvofiqligi tegishli litsenziyaga ega vakolatli tashkilotlarning xulosalari bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak;
reklama konstruksiyasining ustuni “0” belgisidan reklama maydonigacha kamida 5,0 m. balandlikka ega boʻlishi lozim, bunda reklama qurilmasining tuzilishi transport vositalarining haydovchilariga zarur koʻrish sathini taʼminlashi kerak;
reklama konstruksiyasining ustunlari tirgovuch yoki choʻzmaga ega boʻlmasligi kerak;
reklama konstruksiyasining ustuni tashqi koʻrinishini yomonlashtiruvchi elementlar (payvandlash choklari, zang, shikast)siz toʻgʻri tekis yuzaga ega boʻlishi kerak;
reklama konstruksiyasini mahkamlashning tashqi elementlari himoya qoplamasi bilan yopilgan va poydevor rangiga mos boʻyalgan boʻlishi kerak.
84. Konstruksiyaning reklama maydoni: reklama maydoni oʻlchamlari reklama joyining pasportida koʻrsatilgan oʻlchamlarga qatʼiy muvofiq boʻlishi kerak;
konstruksiyaning reklama maydoni tomonlari oʻrtasida tirqishsiz, reklama qoplamasini mahkamlash elementlari koʻrinishini istisno qiluvchi hoshiya ramkasiga ega boʻlishi kerak;
bir tomonli konstruksiya estetik tashqi koʻrinishni taʼminlovchi konstruksiya ort qismining metall qoplamasiga ega boʻlishi kerak;
bogʻichlarning ilmoqlari reklama maydonidan tashqariga chiqmasligi kerak;
reklama konstruksiyasi egalarining logotipi, nomi va bogʻlanish telefonlari yozilgan lavhachaga ega boʻlishi kerak;
reklama konstruksiyasi yoritmaga ega boʻlishi kerak;
oʻrnatiladigan yoritma uy-joylarning derazalariga bevosita yaqin joylashmasligi, istiqomat qiluvchilarning toʻlaqonli dam olishiga xalaqit bermasligi, yoʻl harakati ishtirokchilarini yorugʻlik, jumladan, akslangan yorugʻlik bilan qamashtirmasligi lozim;
tashqi reklama obyektlarini yoritish uchun sanoatda ishlab chiqarilgan, elektr va yongʻin xavfsizligini taʼminlovchi yorugʻlik asboblari ishlatilishi lozim. Yorugʻlik asbobining birikmasi uni reklama konstruksiyasi bilan ishonchli ulanishini taʼminlab, shamol, qor bosimini, tebranish va zarbali taʼsirlarni koʻtarishi lozim;
tashqi reklama obyektlarini joylashtirish yoʻlovchilarga, koʻcha va yoʻlovchi yoʻlaklarini tozalashga toʻsqinlik qilmasligi lozim;
shovqin, tebranish, kuchli yorugʻlik, elektromagnit va boshqa nurlanish va maydonlarning manbasi boʻlgan tashqi reklama obyektlarini uy-joylarga yaqin oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
85. Tashqi reklama obyektlari: yoʻl harakati ishtirokchilari koʻzini qamashtirmasligi, tashqi reklama va axborot tasviri elementlarining yorugʻligi ichki va tashqi yoritishda yoʻl belgilarining fotometrik xarakteristikalaridan ortib ketmasligi kerak;
muhandislik inshootlarining gabaritlarini kichraytirmasligi;
tashqi koʻrinishi, tasviri va ovozli taʼsiri boʻyicha yoʻl harakatini tashkil etishning texnikaviy vositalari va maxsus signallarga oʻxshamasligi, ularning koʻrinishini yomonlashtirmasligi, shuningdek yoʻlda (koʻchada) transport vositasi, yoʻlovchi, hayvonlar yoki biron-bir obyekt turganidek tasavvur tugʻdirmasligi kerak;
tashqi reklama vositalarini mahkamlashda inshootlarga shikast yetkazish, shuningdek ularning mustahkamligi va turgʻunligini pasaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi;
basharti barcha reklama axboroti bir paytda paydo boʻlmasa, reklama harakatlanuvchi elementlarga ega tasvir orqali axborotni chiqarmasligi lozim.
86. Tashqi reklama vositalarini: bevosita tonnellarga kirish va tonnellardan chiqish joylari yonida, hamda ularga 10 m. dan yaqinroq joyda;
yoʻl va koʻchalarning harakat qismi va chetlari ustida ikki metrdan ortiq chetga chiqib ketsa (osma transparantlarni istisno qilganda);
yoʻl panjaralari va yoʻnaltiruvchi qurilmalarda;
avtomobil yoʻllari va koʻchalarning yuza qismiga chizish yoki qurilish materiallari, boʻyoqlar, yoʻl belgilaridan foydalanib oʻyib chizish usuli bilan joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
87. Tarkibida elektrotexnika va yorugʻlik texnikasi uskunasi mavjud har bir yer usti tashqi reklama vositasi elektr qurilmalari qoidalari talablariga muvofiq bajarilgan zaminlashtirish qurilmasiga ega boʻlishi kerak. Mazkur zaminlashtirish qurilmalari, ularning davriy sinovlari alohida hujjatda qayd etilib, reklama vositasi egasida saqlanishi lozim.
V bob. Tashqi reklama sohasida mualliflik huquqlarini muhofaza qilish toʻgʻrisida
88. Reklamaga boʻlgan mualliflik huquqi va turdosh huquqlar Oʻzbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan tartibga solinadi.
Reklamada quyidagilar taqiqlanadi:
mualliflik huquqi va qoʻshimcha huquqlarni muhofaza qilishning texnikaviy vositalari sohasidagi qonunchilikda oʻzgacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, boshqa bir reklama mahsulotida qoʻllanadigan umumiy yechimni, matn, tasvir, musiqali yoki ovozli usullarni imitatsiyalash (koʻchirma qilish yoki oʻxshatish).
89. Mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni muhofaza qilishning texnikaviy vositalari deb asarlar yoki turdosh huquq obyektlariga kirishni nazorat qiluvchi, asarlar yoki turdosh huquq obyektlariga nisbatan muallif, qoʻshimcha huquq egasi yoki mutlaq huquqning boshqa egasi tomonidan ruxsat berilmagan harakatlarning oldini oluvchi yoki cheklovchi istalgan texnikaviy vositalar va ularning tarkibiy qismlari tan olinadi.
istalgan qurilma yoki uning tarkibiy qismlarini tayyorlash, tarqatish, ijaraga berish, vaqtinchalik beminnat foydalanishga berish, import qilish, reklama qilish, ulardan daromad olish yoki xizmatlar koʻrsatish maqsadida foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi, basharti bunday harakatlarning oqibatida mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni muhofaza qilishning texnikaviy vositalaridan foydalanish imkoni yoʻqolsa yoxud ushbu texnikaviy vositalar koʻrsatilgan huquqlarni tegishlicha muhofazasini taʼminlay olmasa.
VI bob. Tashqi reklamani joylashtirishga ruxsat olish tartibi
90. Tashqi reklamani joylashtirish istagini bildirgan reklama tarqatuvchi Komissiyasining ishchi organiga reklama joylashtirish boʻyicha ariza bilan murojaat etadi.
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
tarqatilayotgan tashqi reklama eskizi va reklama matni;
agar mahsulot sertifikatlanishi kerak boʻlsa, Oʻzdavlatstandarti yoki sertifikatlash huquqiga ega idora tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatining nusxasi;
agar reklama qilinayotgan faoliyat turini litsenziyalash zarur boʻlsa, tegishli litsenziyalar nusxasi.
91. Ariza topshirilganidan soʻng u Komissiya ishchi organi tomonidan roʻyxatga olinadi va Komissiyaga yuboriladi.
92. Komissiyaning ijobiy qarori olingan taqdirda:
Komissiya nomidan uning ishchi organi reklama beruvchi bilan tashqi reklama vositalarini joylashtirish huquqi berilganligi uchun haqini undirish uchun kontrakt tuzadi. Toʻlov summasi Xalq deputatlari Fargʻona viloyat Kengashi sessiyasining qarori bilan tasdiqlangan tariflarga muvofiq belgilanadi;
tashqi reklamani vositalarini joylashtirish huquqi berilganligi uchun haqini undirish uchun kontrakti boʻyicha mablagʻlar kelib tushganidan soʻng tarqatuvchiga tashqi reklama vositalarini joylashtirish huquqini beruvchi Komissiyaning guvohnomasi beriladi. Guvohnoma bilan birga majburiy tartibda reklama joyi pasportining nusxasi ham taqdim etiladi.
93. Tashqi reklama joylashtirilishining boshlanish kuni va tugatish muddati reklama joylashtirish huquqini berish toʻgʻrisidagi guvohnomada koʻrsatiladi.
94. Reklamani joylashtirish muddati uzaytirilgan taqdirda tarqatuvchi reklamani joylashtirish huquqi guvohnomasining amal qilish muddati tugamasdan turib joylashtirilayotgan reklama muddatini uzaytirishni soʻrab ishchi organi orqali Komissiyaga murojaat qilishi mumkin.
95. Mazkur reklama joyidan foydalanish muddati ichida tuzilgan kontrakt talablaridan chetga chiqilmagan boʻlsa, tarqatuvchi ushbu reklama joyidan foydalanishni uzaytirishga imtiyozli huquqqa ega boʻladi.
96. Tarqatuvchining tashqi reklamani yangi muddatga joylashtirish shartnomasini tuzishdan voz kechsa tashqi reklama olib tashlanadi.
97. Tashqi reklamaning texnikaviy vositasini tomonlarga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra (qayta qurish, qurilish yoki taʼmir ishlarining olib borilishi va h.k.) olib tashlash zarurati yuzaga kelsa, ishchi organi 10 kunlik muddat ichida reklama beruvchi yoki uni tarqatuvchisini ushbu tadbirlarning oʻtkazilishi toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilishi, tarqatuvchiga tashqi reklamani joylashtirishga teng qiymatli joydan foydalanish huquqini berishi kerak.
Texnikaviy vosita reklama beruvchi yoki uning tarqatuvchisi tomonidan va uning hisobiga (xarajatlari) olib tashlanadi.
VII bob. Tashqi reklama vositalarini joylashtirish huquqi uchun toʻlov
98. Fargʻona viloyatida tashqi reklama vositalarini joylashtirish huquqi uchun haqlar Komissiya nomidan uning ishchi organi va reklama tarqatuvchi oʻrtasida tuziladigan Kontraktda qayd etilgan shartlarda, tasdiqlangan tariflar asosida amalga oshiriladi.
99. Fargʻona viloyatida tashqi reklama vositalarini joylashtirish huquqi uchun haqlar tariflari viloyat xokimi qarori bilan tasdiqlanadi va tarqatilayotgan reklamaning mohiyati, reklama vositalarining turlari va reklama joylashtirish hududiy zonalardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
100. Reklama joyiga reklama-axborot faoliyati boʻyicha Komissiya bilan kelishilgan va ruxsat berilgan ijtimoiy reklama joylashtirilgan hollarda tashqi reklamani joylashtirish huquqi uchun haq olinmaydi.
VIII bob. Reklama tarqatuvchining huquq va majburiyatlari
101. Reklama tarqatuvchi va reklama beruvchi Oʻzbekiston Respublikasining “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq huquqlarga, shuningdek:
reklama toʻgʻrisida shartnoma tuzish haqida ommaviy taklif (ommaviy oferta) berish;
reklama materiallarini taqdim etishning oʻlcham va shakllarini mustaqil aniqlash;
qonunchilikda belgilangan tartibda reklama joylashtirishga ruxsat rad etilishi ustidan shikoyat qilish;
tijorat reklamasini joylashtirishga buyurtma boʻlmagan taqdirda belgilangan tartibda ijtimoiy reklama joylashtirish huquqiga egadir.
102. Tarqatuvchining majburiyatlari: tashqi reklama vositalarini joylashtirish bilan bogʻliq barcha harakatlarini qatʼiy ravishda Oʻzbekiston Respublikasining “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonuni va Fargʻona viloyatida tashqi reklamani joylashtirishning ushbu Tartibiga muvofiq amalga oshirish;
Fargʻona viloyatida reklama vositalarini faqat reklamani joylashtirishga ruxsat berilgani toʻgʻrisidagi guvohnoma asosida joylashtirish;
Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish zarur boʻlgan vaziyatlarda kechiktirmagan holda joylashtirish muddati tugaguncha muddatini uzaytirish boʻyicha ariza taqdim etish;
Komissiyaning reklamani joylashtirish muddatini uzaytirish boʻyicha rad qarori olingan taqdirda, oʻz hisobidan reklama vositasini olib tashlash yoki reklama vositasini olib tashlash boʻyicha qilingan haqiqiy xarajatlar qiymatini toʻlash;
keyinchalik reklamani joylashtirishdan voz kechilgan taqdirda ishchi organni bu toʻgʻrisida xabardor qilish va reklamani joylashtirishning toʻlangan muddati tugagunga qadar reklama vositasini olib tashlash;
reklama konstruksiyasi yoki reklama qoplamalarining tashqi koʻrinishi yomonlashgan taqdirda komissiya ishchi organi tomonidan xabardor qilingandan soʻng 3 sutkadan kechiktirmagan holda tiklash ishlarini oʻtkazish;
reklama joylashtirishga buyurtmalar boʻlmagan davrda Tarqatuvchi shahar zonasida Komissiya tomonidan tasdiqlanadigan ijtimoiy reklamani joylashtirishi shart, Komissiya tomonidan tasdiqlangan ijtimoiy reklamani joylashtirish uchun haq olinmaydi. Eskizi Komissiya tomonidan tasdiqlanmagan reklamani shahar zonasida joylashtirilganda buning uchun mahalliy korxona sifatida haq undiriladi;
reklama vositalaridagi reklama qoplamalarining koʻrinishini oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirmaslik;
tasdiqlangan eskiz, joylashtirish sxemasi va reklama joyining pasportiga muvofiq qatʼiy ravishda ajratilgan reklama joyidan foydalanish va reklama vositasini oʻrnatish. Tasdiqlangan loyiha, joylashtirish sxemasi, reklama vositasining pasporti va koʻrinishidan chetga chiqilgani aniqlansa, Komissiyaning ishchi organi dalolatnoma tuzadi va tarqatuvchini yozma shaklda xabardor qiladi. Dalolatnomada koʻrsatilgan muddatdan boshlab 5 kun ichida reklama tarqatuvchi buzilishlarni oʻz hisobidan bartaraf qilishi shart. Mavjud buzilishlar koʻrsatilgan muddatda bartaraf etilmagan taqdirda komissiya yoki uning nomidan ishchi organi amaldagi qonunchilik boʻyicha chora koʻrish uchun hujjatlarni Monopoliyaga qarshi organga yuboradi. Monopoliyaga qarshi organ koʻrsatmalari bajarilmagan taqdirda Komissiya oʻz qarori bilan konstruksiya olib tashlanishini taʼminlashga haqli, reklama tarqatuvchining mazkur reklama joyiga huquqi bekor qilinadi va reklama joyining pasporti tender komissiyasiga beriladi. Konstruksiyani olib tashlash, tashish va saqlashga oid barcha xarajatlar reklama konstruksiyasining egasi boʻlgan reklama tarqatuvchi tomonidan toʻlanadi. Konstruksiyani olib tashlash, tashish va saqlashga doir qarzdorlik 30 kun muddat ichida toʻlanmagan taqdirda bunday konstruksiya amalga oshirilgan xarajatlarni qoplash uchun manfaatdor shaxslarga sotuvga chiqariladi;
reklama konstruksiyasi oʻrnatilgandan yoki olib tashlangandan soʻng shu joyda obodonlashtirish ishlarini oʻtkazish;
savdoga koʻmaklashuvchi vositalar (merchandayzing)ga tegishli reklama vositalarining tashqi holati boʻyicha javobgar boʻlish, markiza, tent va boshqa turdagi reklama koʻrinishli qoplamlardan foydalanmaslik. Agar reklama maqsadida ushbu postyerlardan markiza, tentlar sifatida foydalanilsa, reklama beruvchi yoki uning tarqatuvchisi ularning mazkur Tartibga muvofiq joylashtirilishini rasmiylashtirishlari shart;
talab qilinganida ishlab chiqaruvchi yoki reklama tarqatuvchisining reklama axborotlarining haqqoniyligini tasdiqlovchi hujjatlarini taqdim etish;
reklama qilinayotgan tovar va xizmatlarga tegishli litsenziya (faoliyat litsenziyalanishi lozim boʻlsa) va sertifikatni (faoliyat majburiy tartibda sertifikatlanishi lozim boʻlsa) taqdim etish.
IX bob. Komissiya ishchi organining huquq va majburiyatlari
103. Komissiya ishchi organi: shartnoma tuzish va reklama beruvchi tomonidan asossiz ravishda shartnoma tuzishdan bosh tortishi natijasida yetkazilgan zararni qoplashga majbur qilish boʻyicha daʼvo bilan sud organlariga murojaat qilish;
qonunchilikda belgilangan holatlarda reklama tarqatuvchidan tegishli litsenziya va sertifikatlarni talab qilish;
reklama-axborot faoliyati boʻyicha Komissiya bilan kelishgan holda tashqi reklama pasportini va uni joylashtirishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi guvohnomani rasmiylashtirishgani uchun ketadigan xarajatlarni qoplash uchun qoʻshimcha haq olish;
tarqatuvchilarga belgilangan tartibda ishchi organning Ustavida koʻrsatilgan qoʻshimcha pullik xizmatlar koʻrsatishga haqli.
104. Komissiya ishchi organi majburiyatlari: reklama tarqatuvchiga hech qanday toʻsiqsiz reklamani joylashtirish tartibi va reklama joylariga rasmiylashtirilgan boʻsh pasportlarning mavjudligi, shuningdek reklamani joylashtirish bilan bogʻliq va Komissiya faoliyatiga tegishli boʻlgan boshqa masalalar boʻyicha maʼlumotlarni berish;
reklama tarqatuvchini u tomonidan ijaraga olingan reklama joyi atrofidagi hududlarda qayta taʼmirlash ishlari oʻtkazilishi haqida ogohlantirish;
toʻlangan reklamani joylashtirish muddatining tugagunga qadar tomonlarga bogʻliq boʻlmagan holda reklama (yoʻllar, maydonlarni qayta taʼmirlash, qurilish yoki yer bilan bogʻliq ishlarning oʻtkazilishi va boshqa sabablarga koʻra) olib tashlansa, tarqatuvchiga yangi reklama joyi berish, foydalanilmagan davrdagi summani qayta hisob-kitob qilib, yangi reklama joyi hisobiga oʻtkazish yoki uni qaytarib berish.
X bob. Reklama materiallarini saqlash muddatlari
105. Reklama tarqatuvchilar reklama materiallari (guvohnomalar, pasportlar va reklama materiallarini joylashtirishga oid boshqa materiallar)ni reklamani joylashtirish muddati yakunlangan oxirgi kundan boshlab 1 yil davomida saqlashlari shart.
XI bob. Ruxsat etilmagan reklamalar bilan ishlash tartibi
106. Komissiyaning ruxsat guvohnomasi olinmasdan har xil turdagi reklama vositalarini oʻrnatish va ularga reklama joylashtirilishi oʻzboshimchalik bilan oʻrnatilgan hisoblanadi va ruxsat etilmagan reklama hisoblanadi.
107. Ruxsat berilmagan reklama joylashtirgan yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan “Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida kodeksiga asosan choralar koʻriladi.
XII bob. Nizolarni hal etish
108. Reklamani joylashtirish jarayonida yuzaga keladigan nizolar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq hal qilinadi.
XIII bob. Tashqi reklamani joylashtirish tartibini buzganlik uchun javobgarlik
109. Mazkur tashqi reklamani joylashtirish tartibini buzgan yuridik va jismoniy shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda javobgar boʻlishadi.
