Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (315-son)
25.06.1999
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida” yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1999-yil 25-iyun,
315-son
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 25-iyundagi 315-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublika “Mahalla” xayriya jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1992-yil 17-oktabrdagi 480-son qarorida:
1-bandning uchinchi xatboshida “shahar, nohiya va mahalliy mahalla qoʻmitalari” soʻzlari “fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-bandning sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Davlat uy-joy fondi xususiylashtirilishi munosabati bilan normativ hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1994-yil 28-iyundagi 325-son qarori bilan tasdiqlangan Turar joylardan va uy atrofidagi yerlardan foydalanish Qoidalarining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 6-son, 34-modda):
37-bandidagi “uy va mahalla qoʻmitalari” soʻzlari “fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari” soʻzlari bilan;
41-bandidagi “mahalla qoʻmitalari” soʻzlari “fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari” soʻzlari bilan;
44-bandidagi “mahalla qoʻmitalari” soʻzlari “fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
