Uy-joy maydonining ijtimoiy normasini belgilash toʻgʻrisida (94-son)
19.03.2016
Fargʻona viloyat hokimining
Qarori
Viloyatda uy-joy maydonining ijtimoiy normasini belgilash maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining (Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 4-modda) 42-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Viloyatning shahar va tumanlarida uy-joy maydonining ijtimoiy normasini belgilash qoidalari (keyingi oʻrinlarda — Qoidalar deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Shahar va tuman hokimlariga, viloyat Yer resurlari va davlat kadastri boshqarmasi (Nurmatov), viloyat Yer tuzish koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi (Joʻrayev), viloyat Arxitektura va qurilish Bosh boshqarmasi (B. Xoʻjamatov) viloyat hududida ushbu Qoidalarga rioya etilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsinlar.
3. Mazkur qaror “Fargʻona haqiqati” va “Ferganskaya pravda” gazetalarida rasmiy eʼlon qilinsin hamda viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
4. Belgilansinki, ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari O. Axmedov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim Sh. GʻANIYEV
Fargʻona sh.,
2016-yil 19-mart,
94-son
Viloyat hokimining 2016-yil 19-martdagi 94-sonli qaroriga ILOVA
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi turar joylar uchun fuqarolarga uy-joy maydonining ijtimoiy
NORMASI
Uy-joy normasi Bir kishiga (minimal hajmda) Odatiy hollarda 16 m2 Kreslo-aravachada harakatlanadigan nogironlar uchun 23 m2
