Toshkent shahridagi baʼzi geografik obyektlar nomlarini tartibga keltirish toʻgʻrisida (111/14-5-son)
21.04.2016
Toshkent shahar hokimining
qarori
“Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasi (“Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, 2011-yil, 41-son, 448-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 295-sonli (“Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, 2012-yil, 41-42-son, 483-modda) qarori, Toshkent shahar hokimining 2012-yil 24-oktabrdagi 845-sonli qaroriga muvofiq, Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha Toshkent shahar komissiyasining xulosasiga asosan, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi qaror qiladi:
1. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha shahar komissiyasining baʼzi geografik obyektlar nomlarini tartibga keltirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
2. Nom berilgan va nomlari oʻzgargan Toshkent shahridagi baʼzi geografik obyektlar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman hokimliklari, Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi (Gʻ. Rasulov), Obodonlashtirish bosh boshqarmasi (A. Karimov), Ichki ishlar bosh boshqarmasi (B. Qurbonov), hokimlik tizimidagi boshqarma, tashkilot va muassasalar, Toshkent shahar “Mahalla” xayriya jamoat fondi bilan birgalikda:
Tuman hududidagi baʼzi joylarga yangi nomlar berilishi va nomlar oʻzgartirilishi munosabati bilan tegishli ishlarni amalga oshirish yuzasidan 15 kunlik muddatda belgilangan tartibda zarur choralar koʻrilsin hamda hujjatlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritilsin.
4. “Toshkent oqshomi” va “Vecherniy Tashkent” gazetalari tahririyati (A. Akromov), “Kompyuterlashtirish markazi” DUK (M. Asamov) mazkur qaror ommaviy axborot vositalari orqali rasmiy eʼlon qilinsin hamda www.tashkent.uz veb-saytiga joylashtirsin.
5. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Ijtimoiy-madaniy rivojlanish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
Hokim R. USMONOV
Toshkent sh.,
2016-yil 21-aprel,
111/14-5-son
Shahar hokimining 2016-yil 21-apreldagi 111/14-5-sonli qaroriga ILOVA
Toshkent shahridagi nom berilgan va nomlari oʻzgargan baʼzi geografik obyektlar
ROʻYXATI
T/r Joyning hozirgi nomi Joyning yangi nomi Izoh Bektemir tumani boʻyicha: 1. Istiqbol mahallasi (takror) Iqbol mahallasi Hududdan oʻtadigan Chirchiq daryosi nomiga uygʻunlashtirish maqsadida Mirzo Ulugʻbek tumani boʻyicha: 2. Ahmad Yass�viy mahallasi (takror) Buyuk ipak yoʻli mahallasi Joydagi asosiy koʻchalardan biri nomi bilan uygʻunlashtirish maqsadida 3. Bobur mahallasi (takror) Gulsanam mahallasi Hududdagi asosiy koʻchalardan biri nomi bilan uygʻunlashtirish maqsadida 4. Gulzor mahallasi (takror) Sultoniya mahallasi Hududdagi asosiy koʻchalardan biri nomi bilan uygʻunlashtirish maqsadida 5. Guliston mahallasi (takror) Podshobogʻ mahallasi Hududdagi asosiy koʻchalardan biri nomi bilan uygʻunlashtirish maqsadida 6. Navroʻz mahallasi (takror) Minglola mahallasi Takror mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida 7. Salor mahallasi (takror) Asaka mahallasi Joydagi asosiy koʻchalardan biri nomi bilan uygʻunlashtirish maqsadida 8. Umid mahallasi (takror) Bogʻimaydon mahallasi Hududda “Lokomotiv” madaniyat va istirohat bogʻi joylashgani uchun 9. Yangihayot mahallasi (takror) Chimyon mahallasi Takror mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida 10. Yalangʻochota mahallasi (takror) Kamolot mahallasi Takror mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida 11. Boʻz-2 mahallasi Boʻz mahallasi Mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida 12. Oltintepa-10 mahallasi Oltintepa mahallasi Mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida Mirobod tumani boʻyicha: 13. Doʻstlik mahallasi (takror) Zaminobod mahallasi Joydagi asosiy koʻchalardan biri nomi bilan uygʻunlashtirish maqsadida 14. Istiqlol mahallasi (takror) Istiqlolobod mahallasi Takror mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida 15. Matonat mahallasi (takror) Bayot mahallasi Takror mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida 16. Mustaqillik mahallasi (takror) Yuksalish mahallasi Takror mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida 17. Navbahor mahallasi (takror) Banokatiy mahallasi Takror mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida 18. Olmazor mahallasi (takror) Ziyonur mahallasi Takror mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida 19. Sharq yulduzi mahallasi (takror) Tong yulduzi mahallasi Takror mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida 20. Oʻzbekiston mahallasi (takror) Farovon mahallasi Takror mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida 21. Bahor mahallasi (takror) Inoqobod mahallasi Hududdagi asosiy koʻchalardan biri nomi bilan uygʻunlashtirish maqsadida 22. Bogʻishamol mahallasi (takror) Lolazor mahallasi Takror mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida Olmazor tumani boʻyicha: 23. Alisher Navoiy mahallasi (takror) Quyosh mahallasi Joydagi qadimiy koʻcha nomi bilan uygʻunlashtirish maqsadida 24. Beruniy maydoni mahallasi (takror) Orzu mahallasi Joydagi yirik korxona nomi bilan uygʻunlashtirish maqsadida 25. Boʻston mahallasi (takror) Boʻstonobod mahallasi Takror mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida 26. Doʻstlik mahallasi (takror) Gulsaroy mahallasi Joydan oʻtadigan asosiy koʻcha nomi bilan uygʻunlashtirish maqsadida 27. Ismoil Shoshiy (asli Abu Bakr Shoshiy) mahallasi Abu Bakr Shoshiy mahallasi Mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida 28. Istiqlol mahallasi (takror) Hazrati Imom mahallasi Hududdagi tarixiy yodgorlik nomi bilan uygʻunlashtirish maqsadida 29. Komiljon Gʻofurov mahallasi Yangi Toshkent mahallasi Mahallaning avvalgi nomini tiklash maqsadida 30. Navbahor mahallasi (takror) Oltinsoy mahallasi Joydan oʻtadigan asosiy koʻcha nomi bilan uygʻunlashtirish maqsadida 31. Obod mahallasi (takror) Tepaguzar mahallasi Takror mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida 32. Taxtapul mahallasi (takror) Yuqori Sebzor mahallasi Sebzor dahasining yuqori qismida joylashgan uchun 33. Shodlik mahallasi (takror) Shodiyona mahallasi Takror mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida 34. Shuhrat mahallasi (takror) Shon-shuhrat mahallasi Takror mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida 35. Beshqoʻrgʻon mahallasi (takror) Yuqori Beshqoʻrgʻon mahallasi Takror mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida 36. Ahmad Yassaviy mahallasi (takror) Chamanbogʻ mahallasi Takror mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida Sergeli tumani boʻyicha: 37. Alisher Navoiy mahallasi (takror) Joʻnariq mahallasi Joydan oʻtadigan qadimiy ariq nomi bilan uygʻunlashtirish maqsadida 38. Amir Temur mahallasi (takror) Sohibqiron mahallasi Takror mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida 39. Bahor mahallasi (takror) Daryo boʻyi mahallasi Joydagi asosiy koʻcha nomi bilan uygʻunlashtirish maqsadida 40. Bobur mahallasi Ziynat mahallasi Takror mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida 41. Guliston mahallasi (takror) Madadkor mahallasi Takror mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida 42. Jomiy mahallasi (takror) Shukrona mahallasi Takror mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida 43. Mustaqillik mahallasi (takror) Charogʻon mahallasi Takror mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida 44. Navroʻz mahallasi (takror) Navqiron mahallasi Takror mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida 45. Obod mahallasi (takror) Asrobod mahallasi Joydagi asosiy koʻcha nomi bilan uygʻunlashtirish maqsadida 46. Temiryoʻlchi mahallasi (takror) Sofdil mahallasi Joydagi asosiy koʻcha nomi bilan uygʻunlashtirish maqsadida 47. Tinchlik mahallasi (takror) Ezgulik mahallasi Joydagi asosiy koʻcha nomi bilan uygʻunlashtirish maqsadida 48. Shukur Burxonov mahallasi (takror) Mehrigiyo mahallasi Joydagi asosiy koʻcha nomi bilan uygʻunlashtirish maqsadida 49. Yangihayot mahallasi (takror) Nurhayot mahallasi Joydagi asosiy koʻcha nomi bilan uygʻunlashtirish maqsadida 50. Oqibat mahallasi (takror) Saxovat mahallasi Takror mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida 51. Obihayot mahallasi Sugʻdiyona mahallasi Mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida 52. Polvonyor mahallasi Viqor mahallasi Mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida 53. Hayotobod mahallasi Chorbogʻ mahallasi Mahalla nom�ni tartibga keltirish maqsadida Uchtepa tumani boʻyicha: 54. Al-Xorazmiy mahallasi (takror) Yangiyoʻl mahallasi Takror mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida 55. Qovunchi mahallasi Diydor mahallasi Mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida Chilonzor tumani boʻyicha: 56. Bogʻiston mahallasi (takror) Bogʻzor mahallasi Takror mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida 57. Doʻstlik mahallasi (takror) Dilobod mahallasi Takror mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida 58. Mavze-8 mahallasi Nafosat mahallasi Mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida 59. Tinchlik mahallasi (takror) Xontoʻpi mahallasi Mahalla nomini tarixiy nom bilan nomlash maqsadida 60. Hamza mahallasi (takror) Beshchinor mahallasi Mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida 61. Olmazor mahallasi (takror) Katta Olmazor mahallasi Joydagi tarixiy nom bilan uygʻunlashtirish maqsadida 62. Noʻgʻoyqoʻrgʻon mahallasi (takror) Zarqoʻrgʻon mahallasi Takror mahalla nomlarini tartibga keltirish maqsadida Shayxontohur tumani boʻyicha: 63. Islomobod mahallasi (takror) Koʻkcha Darvoza mahallasi Takror mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida 64. Novza mahallasi (takror) Charxnovza mahallasi Joydagi tarixiy koʻcha nomi bilan uygʻunlashtirish maqsadida 65. Oqtepa mahallasi (takror) Katta Jarariq mahallasi Takror mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida 66. Choʻponota mahallasi (takror) Katta Oqtepa mahallasi Takror mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida Yunusobod tumani boʻyicha: 67. Guliston mahallasi (takror) Tiklanish mahallasi Joydagi asosiy koʻcha nomi bilan uygʻunlashtirish maqsadida 68. Doʻstlik mahallasi (takror) Qadrdon mahallasi Takror mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida 69. Mingoʻrik mahallasi (takror) Boʻzsuv mahallasi Takror mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida 70. Navroʻz mahallasi (takror) Billur mahallasi Takror mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida 71. Nodirabegim mahallasi (takror) Yurtobod mahallasi Takror mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida 72. Oybek mahallasi (takror) Muruvvat mahallasi Takror mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida 73. Oqibat mahallasi (takror) Iftixor mahallasi Joydagi asosiy koʻcha nomi bilan uygʻunlashtirish maqsadida 74. Oqqoʻrgʻon mahallasi (takror) Bogʻiboʻston mahallasi Takror mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida 75. Tinchlik mahallasi (Sevinch) Sevinch mahallasi Takror mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida 76. Turon mahallasi (takror) Buyuk Turon mahallasi Takror mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida 77. Umid mahallasi (takror) Xalqabogʻ mahallasi Takror mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida 78. Chinor mahallasi (takror) Mingchinor mahallasi Takror mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida 79. Choshtepa mahallasi (takror) Shoshtepa mahallasi Takror mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida 80. Shodlik mahallasi (takror) Yoʻlayriq mahallasi Joyning tarixiy nomi bilan uygʻunlashtirish maqsadida 81. Yangiobod mahallasi (takror) Yangibogʻ mahallasi Takror mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida 82. Ittifoq mahallasi (takror) Begʻubor mahallasi Takror mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida Yakkasaroy tumani boʻyicha: 83. Turkiston mahallasi (takror) Bogʻsaroy mahallasi Joydagi koʻcha nomi bilan uygʻunlashtirish maqsadida 84. Usmon Nosir mahallasi (takror) Muhandislar mahallasi Takror mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida 85. Oʻrikzor mahallasi (takror) Rakatboshi mahallasi Takror mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida 86. Yakkasaroy-2 mahallasi (takror) Meros mahallasi Takror mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida 87. Abdulla Avloniy mahallasi (takror) Belariq mahallasi Joydagi asosiy koʻchalardan biri nomi bilan uygʻunlashtirish maqsadida Yashnobod tumani boʻyicha: 88. Alisher Navoiy mahallasi (takror) Xosiyatli mahallasi Joydagi asosiy koʻcha nomi bilan uygʻunlashtirish maqsadida 89. Bahor mahallasi (takror) Dilbogʻ mahallasi Takror mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida 90. Binokor mahallasi (takror) Uysozlar mahallasi Joydagi asosiy koʻcha nomi bilan uygʻunlashtirish maqsadida 91. Bobur mahallasi (takror) Barkamol mahallasi Takror mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida 92. Guliston mahallasi (takror) Shohimardon mahallasi Joydagi asosiy koʻcha nomi bilan uygʻunlashtirish maqsadida 93. Doʻstlik mahallasi (takror) Doʻstobod mahallasi Takror mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida 94. Koʻyliqota mahallasi (takror) Qoʻyliqobod mahallasi Joyning tarixiy nomiga uygʻunlashtirish maqsadida 95. Mirzo Ulugʻbek mahallasi (takror) Alimkent mahallasi Takror mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida 96. Muqimiy mahallasi (takror) Mumtoz mahallasi Joydagi asosiy koʻcha nomi bilan uygʻunlashtirish maqsadida 97. Mustaqillik mahallasi (takror) Semurgʻ mahallasi Takror mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida 98. Mustaqillikning 10 yilligi mahallasi Tong mahallasi Mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida 99. Navroʻz mahallasi (takror) Navroʻzobod mahallasi Takror mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida 101. Umid mahallasi (takror) Koʻksaroy mahallasi Joydagi asosiy koʻcha nomi bilan uygʻunlashtirish maqsadida 100. Taraqqiyot mahallasi (takror) Shirinobod mahallasi Takror mahalla nomini tartibga keltirish maqsadi�a 102. Usmon Nosir mahallasi (takror) Vatandosh mahallasi Takror mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida 103. Yangaobod mahallasi (takror) Shohsanam mahallasi Joydagi asosiy koʻcha nomi bilan uygʻunlashtirish maqsadida 104. Harbiylar mahallasi Fidoyilar mahallasi Mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida Madaniyat va istirohat bogʻi 105. Oymomo madaniyat va istirohat bogʻi Nurafshon madaniyat va istirohat bogʻi Nur taratuvchi bogʻ maʼnosida. Olmazor tumani
