Toshkent shahridagi bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlari va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining yangi miqdorlarini joriy etish toʻgʻrisida (241-son)
16.03.2016
Toshkent shahar hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1326-sonli qaroriga (“Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, 2010-yil, 17-son, 131-modda) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan 2016-yil 8-yanvardagi 1-sonli hamda 2016-1-sonli qarori (“Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, 2016-yil 18-yanvar, 2-son, 22-modda) bilan “Bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlari” (2016-yil 14-yanvarda 2751-son bilan roʻyxatga olingan) tasdiqlanganligini inobatga olib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) asosan qaror qilaman:
1. Quyidagilar:
Bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlarning miqdorlari 1-ilovaga muvofiq;
“Isteʼmolda boʼlgan transport vositalari va ehtiyot qismlar Sergeli bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar uchun undirib olinadigan toʻlovlar hamda ijara haqi miqdorlari va “Oʼrikzor savdo kompleksi” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar uchun undirib olinadigan toʻlovlar hamda ijara haqi miqdorlari 1.1 va 1.2-ilovalarga muvofiq;
bozorlar va savdo komplekslarida inventarlarini ijaraga berish va koʻrsatiladigan xizmatlar uchun undiriladigan toʻlovlarining miqdorlari 2-ilovaga muvofiq;
bozorlar va savdo komplekslari balansidagi bino va inshootlardan bozorlar va savdo komplekslari balansidagi bino va inshootlardan foydalanganlik uchun ijara toʻlovlarining miqdorlari 3-ilovaga muvofiq;
bozorlar va savdo komplekslari hududidagi umumiy foydalaniladigan obyektlarni saqlash boʻyicha koʻrsatiladigan majburiy xizmatlar uchun undiriladigan toʻlov miqdori 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish departamenti (R. Abdumajitov), Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi Toshkent shahar boʻlimi (Z. Mavlonov), Markaziy bankning Toshkent shahar bosh boshqarmasi (Sh. Shoaxmedov), “Toshbozorsavdo” uyushmasi (S. Nematullayev):
Bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyati bilan birgalikda bozorlar va savdo komplekslarida bir martalik yigʻimlar, toʻlovlar, ijara haqi toʻlovlari va koʻrsatiladigan majburiy xizmatlar qiymatining yangi miqdorlarini joriy etish boʻyicha belgilangan tartibda zarur tadbirlar oʻtkazilishini taʼminlasin.
3. Toshkent shahar hokimining 2015-yil 24-fevraldagi “Toshkent shahridagi bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlari va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining yangi miqdorlarini joriy etish toʻgʻrisida”gi 161-sonli qarori (3-bandidan tashqari) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Axborot xizmati (X. Ermatov), “Vecherniy Tashkent” va “Toshkent oqshomi” tahririyati (A. Akromov), “Kompyuterlashtirish markazi” DUK (M. Asomov). mazkur qaror rasmiy eʼlon qilinsin va www.toshkent.uz veb-saytiga joylashtirsin.
5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Toshkent shahar hokimiyatining Iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari majmuasi kotibiyati mudiri I. Alimov hamda Savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish departamenti boshligʻi R. Abdumajitov zimmalariga yuklatilsin.
Hokim R. USMONOV
Toshkent sh.,
2016-yil 16-mart,
241-son
Shahar hokimining 2016-yil 16-martdagi 241-sonli qaroriga 1-ILOVA
Bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlarning
miqdorlari
T/r Mahsulot turi Oʻlchov birligi Toʻlov miqdori (soʻm hisobida) 1. Mahsulotlarni savdo oʻrinlarida sotish: 1.1. Mevalar: hoʻl mevalar: olma, anor, nok, shaftoli, anjir, olxoʻri, gilos, koʻk va qizil sulton, oʻrik, uzum, olcha, qulupnay, malina va h. k. 1 oʻrin/ kunga 6500 sitrus va tropik mevalar (apelsin, mandarin, limon, banan, ananas, kivi va h. k.) hamda chet eldan keltirilgan boshqa hoʻl mevalar. 1 oʻrin/ kunga 14500 Quruq mevalar, yongʻoqlar: turshak. bargak, mayiz, yongʻoq, yeryongʻoq, bodom, pistalar, shoʻrdanak va h. k. 1 oʻrin/ kunga 13000 1.2. Sabzavotlar: kartoshka, piyoz, karam, sabzi, sarimsoq, lavlagi, sholgʻom. bulgʻor qalampiri, baqlajon, patisson, pomidor, bodring va q. k. xamda pishirilgan joʻxori I oʻrin/ kunga 4500 Issiqxonalarda yetishtirilgan pomidor va bodring 1 oʻrin/ kunga 8500 1.3. Poliz mahsulotlari: handalak, qovun, tarvuz, qovoq (6 kv. metrgacha) 1 oʻrin/ kunga 12500 1.4. Don mahsulotlari: guruch, kungaboqar, yormalar (krupa), bugʻdoy, soʻli, arpa va q. k. 1 oʻrin/ kunga 8500 1.5. Dukkakli mahsulotlar: mosh, loviya, noʻxat va h. k. 1 oʻrin/ kunga 8500 1.6. Sut mahsulotlari: sut, qatiq, qaymoq, smetana, uy pishlogʻi, suzma va h. k. 1 oʻrin/ kunga 7000 1.7. Tuzlamalar: karam, bodring, pomidor va h. k. 1 oʻrin/ kunga 8500 1.8. Ziravor va dorivorlar (zira, murch, qalampir va h. k) hamda asal 1 oʻrin/ kunga 10500 1.9. Koʻkatlar (shu jumladan issiqxonada yetishtirilganlar) 1 oʻrin/ kunga 4500 1.10. Tuxum 1 oʻrin/ kunga 8500 1.11. Gullar va koʻchatlar (6 kv. metrgacha) 1 oʻrin/ kunga 21000 1.12. Non mahsulotlari (obi non, patir va h. k) 1 oʻrin/ kunga 4500 1.13. Uyda tayyorlangan konservalangan mahsulotlar, pazandalik mahsulotlari va uy sharoitida tayyorlangan qandolatchilik mahsulotlari 1 oʻrin/ kunga 12000 1.14. Sanoat yoʻli bilan ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari 1 oʻrin/ kunga 15000 Salqin ichimliklar 1 oʻrin/ kunga 30000 1.15. Milliy taomlar 1 oʻrin/ kunga 13500 1.16. Poliegilen va qogʻoz paketlar, savatlar va posilka qutilar I oʻrin/ kunga 6500 1.17. Supurgi I oʻrin/ kunga 4500 1.18. Tirik baliq 1 oʻrin/ kunga 11000 1.19. Xalq ijodkorligi, xalq hunarmandchiligi va kosibchilik tovarlari (6 kv. metrgacha) 1 oʻrin/ kunga 11500 2. Goʻsht mahsulotlari: mol, qoʻy, choʻchqa, parranda goʻshti, jigar, dumba va h. k. 1 oʻrin/ kunga 15000 Tayyor pishgan goʻshtli mahsulotlar: (qazi, til, yangilik, ruletlar, kolbasalar va x.k.) 1 oʻrin/ kunga 20000 3. Mahsulotlarni avtomashinalardan sotish: yengil avtomashinalardan 1 mashina 20500 yuk avtomashinalaridan 1 mashina 28000 tirkamali, yarim tirkamali yuk avtomashinalari va avtopoyezdlardan 1 mashina 35000 mahsulotlarni yerdan sotish (savdo rastalaridan tashqarida, maxsus ajratilgan joylarda) (6 kv. metrgacha) 1 oʻrin/ kunga 22500 4. Uy hayvonlari uchun yem-ozuqalar (har bir tirkama yoki yuk avtomashinasi uchun): Shrot, sheluxa, kombikorma, pichan, somon, guruch va makkajoʻxori poyasi va h. k. 1 mashina 13500 5. Qurilish materiallarini sotish: 5.1. Bozorlar va savdo komplekslari tomonidan maxsus ajratilgan joylarda ogʻir va katta oʻlchamdagi qurilish materiallarini sotish: 6 kv. metrgacha 1 oʻrin/ kunga 20000 6 dan — 15 kv. metrgacha 1 oʻrin/ kunga 30000 15 dan — 30 kv. metrgacha 1 oʻrin/ kunga 40000 5.2. Kichik oʻlchamdagi qurilish materiallari (mayda oʻlchamli), santexnika, yoritish uskunalarini (lyustra, svetilniklar va h. k.) sotish (6 kv. metrgacha) 1 oʻrin/ kunga 15000 6. Ilgari foydalanishda boʻlgan buyumlar va ehtiyot qismlarni sotish: 6.1 Avtomobillar uchun ehtiyot qismlar 1 oʻrin/ kunga 8000 6.2 Uy-roʻzgʻor jihoz buyumlari va kiyim-kechaklar 1 oʻrin/ kunga 6000 6.3 Noyob hamda qadimiy (antikvar) chinni va billur (xrustal) buyumlarni sotish 1 oʻrin/ kunga 12500 7. Mol bozoriga olib kiriladigan har bir chorva mollari uchun 7.1. Ot, toy, tuya 1 bosh 18500 boʻtaloq, eshak 1 bosh 15000 7.2. Yirik shoxli qoramol: yirik shoxli qoramol (shu jumladan sigir buzogʻi bilan) 1 bosh 18500 buzoq 1 bosh 12000 7.3. Mayda shoxli qoramol: qoʻy, echki (qoʻy qoʻzisi bilan, echki ulogʻi bilan va h. k.) 1 bosh 12000 qoʻzi, uloq 1 bosh 7000 7.4. Choʻchqalar, choʻchqa bolalari 1 bosh 12000 8. Uy parrandalari: kurka, tovuq, oʻrdak, gʻoz 1 bosh 1700 tovuq, kurka, oʻrdak, gʻoz joʻjalari 10 bosh 1700 9. Itlar va mushuklar 1 oʻrin/ kunga 13000 10. Manzarali qushlar va baliqlar 1 oʻrin/ kunga 17500 11. Itlar, mushuklar, manzarali qushlar va baliqlar uchun ozuqalar hamda tegishli aksessuarlar va buyumlar, bir joyda 1 oʻrin/ kunga 13000 12. Itlar, mushuklar, manzarali qushlar va baliqlar, shuningdek ularning ozuqalari va tegishli aksessuarlar va buyumlar, bir joyda 1 oʻrin/ kunga 13000 13. Poyabzal taʼmirlash xizmati 1 oʻrin/ kunga 6000
Izoh: 1. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va xalq isteʼmoli mollari bilan savdo qilinganda, bir joy (savdo oʻrni) oʻlchami 1 — 1,2 pogon metr deb belgilanadi va shu oʻlchamdan ortiq oʻrin uchun qoʻshimcha ravishda har bir savdo oʻrni uchun belgilangan toʻlov miqdorida joy haqi undiriladi.
2. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va xalq isteʼmoli mollari aralash holda sotilganda, toʻlov sotiladigan mahsulot turlari boʻyicha belgilangan eng yuqori stavka boʻyicha undiriladi.
Shahar hokimining 2016-yil 16-martdagi 241-sonli qaroriga 1.1-ILOVA
“Isteʼmolda boʼlgan transport vositalari va ehtiyot qismlar Scrgeli bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar uchun undirib olinadigan toʻlovlar hamda ijara haqi
miqdorlari
T/r Koʻrsatiladigan xizmatlar turlari Oʻlchov birligi Toʻlov miqdori (soʻm hisobida) 1. Avtotransport vositalarini sotish uchun sotuv hududlaridan haftaning juma kuni 17 00 dan yakshanba kuni 1700 gacha foydalanganligi uchun har bir avtomobildan undiriladigan toʻlov (sutka): 1.1. yengil avtomashinalar va mikroavtobuslar uchun usti yopiq sotish joylaridan 1 dona 28000 1.2. yengil avtomashinalar va mikroavtobuslar uchun usti ochiq sotish joylaridan 1 dona 25000 1.3. yuk avtomashinalari, avtobuslar, traktorlar va boshqa yuk koʻtaruvchi transport vositalaridan 1 dona 32000 1.4. mototsikl, motoreller va mopedlardan 1 dona 5000 1.5. Velosipedlardan 1 dona 3000 2. Haftaning yakshanba kuni 1700 dan, juma kuni 1100 gacha sotuv hududlaridan foydalanganligi uchun bir avtomobildan undiriladigan toʻlov (1 kunga): 2.1. yengil avtomashinalar va mikroavtobuslar uchun 1 dona 4000 2.2. yuk avtomashinalari, avtobuslar, traktorlar va boshqa yuk koʻtaruvchi transport vositalari uchun 1 dona 9000 2.3. Bozor hududida joylashgan avtotransport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish boʻlimiga hujjatlarni rasmiylashtirishga kirish uchun 1 dona 4000 3. Turgʻun savdo shoxobchalari oldiga avtotransport vositalarining ehtiyot qismlari hamda avtoshinalarni chiqarib doʻkon tashqarisidagi bozor hududidan foydalanganlik (1,2x2 m. ha�mdagi joy) uchun 1 oʻrin/kunga 8000 3.1. Isteʼmolda boʻlgan ehtiyot qismlar va avtoshinalar bilan hududning belgilangan joylarda sotish (1,2x5 m. hajmdagi joy) uchun 1 oʻrin/kunga 8000 3.2. Transport vositalarini hududni belgilangan joyida kesish va ehtiyot qismlarga boʻlish uchun bir martalik toʻlov. 1 dona 15000 4. Bozor balansidagi bino, inshoot va qurilmalardan foydalanganligi uchun ijara toʻlovi (1 oyga) 4.1. Turgʻun savdo doʻkonlari uchun 1 kv.metr uchun 33000 4.2. Xaridorlarga qulay joyda joylashgan turgʻun savdo doʻkonlari uchun 1 kv.metr uchun 48000 4.3. Us�axona (tokar stanoklari, avtomobil gʻildiraklarini taʼmirlash) sifatida foydalanilayotgan xonalar uchun 1 kv.metr uchun 20000 4.4. Bank kassa shoxobchalari uchun 1 kv.metr uchun 35000 4.5. Davlat notariusi uchun 1 kv.metr uchun 20000 4.6. Ofislar uchun 1 kv.metr uchun 35000 4.7. Maishiy xizmat koʻrsatish xonalari 1 kv.metr uchun 15000 4.8. Dorixona va tibbiy xizmat koʻrsatish xonalari uchun 1 kv.metr uchun 20000 4.9. Avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish shoxobchalari 1 kv.metr uchun 25000 4.10. Umumiy ovqatlanish shoxobchalari uchun 1kv.metr uchun 35000 4.11. “Paynet” xonalari uchun 1 kv.metr uchun 80000 4.12. Ombor sifatida ijaraga beriladigan konteynyerlar uchun 1 kv.metr uchun 18000 4.13. Muzqaymoqlar savdosi uchun (1 x 2 m. hajmdagi joy) 1 oʻrin/kunga 10000 4.14. Donali taomlar (xot-dog, gamburger, pirojki, somsa va x.k.) tayyorlab sotish uchun (1 x 2 m. hajmdagi joy) 1 oʻrin/kunga 15000
Shahar hokimining 2016-yil 16-martdagi 241-sonli qaroriga 1.2-ILOVA
“Oʼrikzor savdo kompleksi” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar uchun undirib olinadigan toʻlovlar hamda ijara haqi
MIQDORLARI
T/r Koʻrsatiladigan xizmatlar turlari Toʻlov miqdori (soʻm hisobida) 1. MChJ hududlarida joylashgan bino, inshoot va qurilmalardan foydalanganligi uchun ijara toʻlovi (1 kv. metr uchun bir oylik). 1.1. Oziq-ovqat mahsulotlari doʻkonlari uchun 75000 1.2. Nooziq-ovqat mahsulotlari doʻkonlari uchun 60000 1.3. Maishiy texnika va xoʻjalik mollari doʻkonlari uchun: 60000 1.4. Shoxobchalarda joylashgan oziq-ovqat mahsulotlari savdo doʻkonlari uchun 40000 1.5. 2-qavati va boshqa shoxobchalarda joylashgan nooziq-ovqat mahsulotlari savdo doʻkonlari uchun 40000 2. Omborxonalardan foydalanganlik uchun (1 kv.m. uchun bir oylik toʻlov) asosiy bozor hududida 60000 yertoʻla va 2-qavatda 60000 shoxobchalarda 30000 2.1. Ombor sifatida ijaraga beriladigan konteynyerlar uchun. (1 kv.m. uchun bir oylik toʻlov) asosiy bozorda boshqa shoxobchalarda joylashgan 45000 20000 3. Umumiy ovqatlanish shoxobchalari uchun (1 kv.m. uchun bir oylik toʻlov) 50000 Donali taomlar (xot-dog, gamburger, perashka, somsa va x.k.) tayyorlab sotish uchun 15 kv.m.gacha (1 kv.m.ga oylik toʻlov) 150000 4. Bank-kassa xizmatlari uchun binolarni ijaraga berishdan olinadigan ijara haqi (1 kam. uchun bir oylik toʻlov) 4.1. Bank filiallari va mini banklar uchun 54000 4.2. Jamgʻarma va maxsus kassalar uchun 54000 5. Maishiy va xizmat koʻrsatish tarmoqlarini ijaraga berishdan olinadigan ijara haqi (1 yush. uchun bir oylik toʻlov) 5.1. Sartaroshxona 54000 5.2. Poliklinika 20000 5.3. Paynet va aloqa xizmati 54000 6. Yuqorida qayd etilmagan boshqa turdagi obyektlarni ijaraga berishdan olinadigan ijara haqi (1 kv.m. uchun bir oylik toʻlov) 25000 7. Reklama uskunalaridan foydalanganlik uchun ijara haqi (1 kv.m. uchun bir oylik toʻlov) 30000 8. Koʻrgazma stendlar sifatida foydalanganlik uchun (1 kv.m. uchun bir oylik toʻlov) Oziq-ovqat, maishiy texnika va xoʻjalik mahsulotlari doʻkonlari 150000 Nooziq-ovqat mahsulotlari doʻkonlari 100000 9. Boshqa turdagi mavsumiy joylar uchun (1 kv.m.ga oylik toʻlov) 100000
Shahar hokimining 2016-yil 16-martdagi 241-sonli qaroriga 2-ILOVA
Bozorlar va savdo komplekslarida inventarlarni ijaraga berish va koʻrsatiladigan xizmatlar uchun undiriladigan toʻlovlarining
MIQDORLARI
T/r Koʻrsatiladigan xizmatlar turi Oʻlchov birligi Toʻlov miqdori (soʻm hisobida) 1. Inventarlarni ijaraga berish: 1.1. Tosh-tarozilar uchun 1 kunga 2500 1.2. Katta yuk tortish tarozilari uchun 150 kg. gacha 1 kunga 11500 150 kg. dan 1500 kg.gacha 1 kunga 17000 1.3. Savdo jihozlari uchun (bolta, taxtakach, pichoq, oʻrindiq, voronka, patnis, savat va h. k.) (butun toʻplam uchun, toʻplam savdo faoliyati turi zaruratidan kelib chiqqan holda aniqlanadi) 1 kunga 2500 1.4. Maxsus ust-bosh kiyimlar uchun (xalat, etak, yenglik) (butun toʻplam uchun) (toʻplam savdo faoliyati turi zaruratidan kelib chiqqan holda aniqlanadi) 1 kunga 1000 1.5. Mahsulotlar uchun brezent berish 1 kunga 2500 1.6. Aravachalar uchun 1 kunga 17000 1.7. Reklama joylashtirishga ajratilgan yer maydonidan foydalanganligi uchun (1 m2) 1 kunga 4500 1.8. Reklama uskunalaridan foydalanganlik uchun (1 m2) 1 kunga 1000 1.9. Turgʻun savdo shoxobchalarining atrofidan koʻrgazma stendlar sifatida foydalanganlik uchun (1 m2) 1 kunga 1000 2. Koʻrsatiladigan xizmat turlari: 2.1. Qishloq xoʻjalik va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash: sovutkichlard� (har bir yashik, qop va h.k. uchun) 1 kunga 6500 omborxonalarda, saqlash kameralarida (har bir yashik, qop va h. k. uchun) 1 kunga 4500 bozor hududidagi rastalarda va ochiq joylarda (savdo oʻrni hisobidan) 1 kunga 2500 2.2. Buyumlarni omborlarda saqlash (bir 50 x 50 x 100 oʻlchamdagi joy uchun) 1 kunga 3500 2.3. Mahsulotlarni tarozida tortish: katta yuk tarozida 1-marta tortish 2500 yirik na mayda shoxli qoramolni tortish 1-marta tortish 2500 2.4. Avtotarozilardan foydalanish: yuk koʻtarish quvvati 5 tonnadan ortiq boʻlgan tirkamali, yarim tirkamali yuk avtomashinalari va avtopoyezdlardan: yuk bilan 1-marta oʻlchash 22500 yuksiz 1-marta oʻlchash 17500 yuk koʻtarish quvvati 5 tonnagacha boʻlgan tirkamali va yarim tirkamali yuk avtomashinalaridan: yuk bilan 1-marta oʻlchash 17000 yuksiz 1-marta oʻlchash 11500 yengil avtomashinalardan: yuk bilan 1-marta oʻlchash 9500 yuksiz 1-marta oʻlchash 5500 tirkamali yengil avtomashinalardan: yuk bilan 1-marta oʻlchash 11500 yuksiz 1-marta oʻlchash 9000 2.5. Mehmonxona xizmatidan foydalanish (1 ta joy uchun) 1 kunga 11500 2.6. Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash uchun: yengil avtomashinalar uchun 1 soatga 3000 yuk avtomobillari uchun 1 soatga 3500 2.7. Hojatxona xizmatidan foydalanish 1-marta 600 2.8. Telefondan foydalanish 1-marta 800 2.9. Radiouzsl orqali eʼlon berish 3-marta takror 2000 3. Bozorlar va savdo komplekslari hududiga kiruvchi avtotransport vositalaridan undiriladigan toʻlovlar: 1.Transport vositalarining yuk ortish va tushirish uchun bozorlar va savdo komplekslari hududiga kirishi (qishloq xoʻjalik mahsulotlarini tushirish uchun kirgan avtotransport vositalari bundan mustasno) yengil avtomobillar uchun 1-marta kirish 6000 yuk avtomobillari uchun 1-marta kirish 17000 2. Qishloq xoʻjalik mahsulotlari ulgurji bozorlariga yuk ortish uchun: yuk avtomobillariga 1-marta kirish 14000 yengil avtomobillarga 1-marta kirish 7000
Shahar hokimining 2016-yil 16-martdagi 241-sonli qaroriga 3-ILOVA
Bozorlar va savdo komplekslari balansidagi bino va inshootlardan foydalanganlik uchun ijara toʻlovlari
miqdorlari
(1 kv.m. uchun bir oylik ming soʻm hisobida)
T/r Bozorlar va savdo komplekslari nomi Oziq-ovqat mahsulotlari sotish uchun Nooziq-ovqat mahsulotlari sotish uchun Umumiy ovqatlanish tarmoqlari uchun Maishiy xizmat koʻrsatish tarmoqlari uchun Boshqa turdagilar uchun (ombor, ofis, dorixona, paynet va h. k.) 1. Aviasozlar dehqon bozori 33,0 39,0 39,0 18,0 18,0 Binolarning 2-qavatida va yertoʻla qismida joylashgan 30,0 34,0 34,0 13,0 14,0 2. Askiya dehqon bozori 33,0 39,0 39,0 13,0 16,0 3. Besh-yogʻoch dehqon bozori 33,0 39,0 39,0 13,0 19,0 Binolarning 2-qavatida va yertoʻla qismida joylashgan 30,0 34,0 34,0 13,0 14,0 4. Mirobod dehqon bozori 42,0 50,0 50,0 25,0 34,0 Binolarning 2-qavatida va yertoʻla qismida joylashgan hamda asosiy bozordagi 100 ta doʻkon 38,0 35,0 35,0 18,0 23,0 5. Navroʻz dehqon bozori 31,0 35,0 39,0 16,0 26,0 6. Oloy dehqon bozori 33,0 64,0 39,0 26,0 21,0 Binolarning 2-qavatida va yertoʻla qismida joylashgan 30,0 34,0 34,0 13,0 14,0 7. Sirgʻali dehqon bozori 31,0 35,0 39,0 13,0 19,0 Binolarning 2-qavatida va yertoʻla qismida joylashgan 30,0 34,0 34,0 13,0 14,0 8. Toshkent qishloq xoʻjalik mahsulotlari ulgurji bozori 39,0 39,0 35,0 16,0 23,0 Binolarning 2-qavatida va yertoʻla qismida joylashgan 30,0 34,0 34,0 13,0 14,0 9. Farhod dehqon bozori 33,0 39,0 39,00 19,0 19,0 10. Eski-joʻva dehqon bozori 39,0 39,0 39,0 26,0 29,0 Binolarning 2-qavatida va yertoʻla qismida joylashgan 30,0 34,0 34,0 13,0 14,0 11. Yunusobod dehqon bozori 45,0 45,0 39,0 26,0 28,0 Binolarning 2-qavatida va yertoʻla qismida joylashgan 30,0 34,0 34,0 13,0 14,0 12. Qora-qamish dehqon bozori 31,0 35,0 39,0 13,0 14,0 13. Qoʻyliq dehqon bozori 51,0 51,0 51,0 33,0 33,0 Binolarning 2-qavatida va yertoʻla qismida joylashgan 30,0 34,0 34,0 13,0 14,0 14. Chilonzor buyum savdo kompleksi 42,0 42,0 42,0 33,0 28,0 Binolarning 2-qavatida va yertoʻla qismida joylashgan 30,0 34,0 34,0 13,0 14,0 15. Chorsu buyum savdo kompleksi 39,0 39,0 39,0 26,0 21,0 16. Parkent universal savdo kompleksi 39,0 39,0 39,0 19,0 19,0 Binolarning 2-qavatida va yertoʻla qismida joylashgan 30,0 34,0 34,0 13,0 14,0 17. Yangiobod ixtisoslashgan bozori 32,0 34,0 38,0 15,0 31,0 18. Bek tupi savdo kompleksi 30,0 34,0 34,0 13,0 14,0 19. Beshqoʻrgʻon savdo kompleksi 30,0 34,0 34,0 13,0 14,0
Shahar hokimining 2016-yil 16-martdagi 241-sonli qaroriga 4-ILOVA
Umumiy foydalaniladigan obyektlarni saqlash boʻyicha koʻrsatiladigan majburiy xizmatlar (asfaltlangan va bruschatka yotqazilgan yoʻlaklar, trotuarlar, kirish va chiqish joylari, yer osti va yer usti kanalizatsiya lotoklari, ichki va tashqi yoritish tarmoqlari va inshootlari, ichimlik suvining sanitar-texnik boʻgʻinlari, umumiy hududni qoʻriqlash va tozalash, maishiy va meva-sabzavot mahsulotlarining chiqindilarini yigʻish va olib chiqish, tashqi muhandislik-kommunikatsiya inshootlari)*
miqdori
Bozorlar va savdo komplekslari nomi Oʻlchov birligi (oylik toʻlov) Toʻlov miqdori (soʻm hisobida) “Aviasozlar dehqon bozori” “Chilonzor buyum savdo kompleksi” “Chorsu buyum savdo kompleksi” “Parkent universal savdo kompleksi” “Isteʼmolda boʼlgan transport vositalari va ehtiyot qismlar Sergeli bozori” 1 kv.metr uchun 9650 Qolgan barcha bozorlar va savdo komplekslari 1 kv.metr uchun 4800
Izoh: *Ushbu xizmatlar bozorlar va savdo komplekslari hududidagi bino va inshootlar mulkdorlariga koʻrsatiladi hamda ular uchun kadastr hujjatlarida koʻrsatilgan egallagan yer maydonlaridan kelib chiqib haq toʻlanadi.
