Viloyatda davlat mulklarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish hamda davlat mulki ijara haqining eng kam miqdorini belgilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida (328-son)
31.12.2015
Surxondaryo viloyati hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi 102-sonli “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2015-yil 23-dekabrdagi 440/01-14-son xatini inobatga olib qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2015-yil 23-dekabrdagi 440/01-14-son xati hamda Moliya va Iqtisodiyot vazirligi bilan 2015-yil 17-noyabrda 406/01-14-son kelishilgan ijaraning eng kam stavkalari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. 2016-yil davomida davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam miqdordagi stavkalari 1-ilovaga muvofiq;
davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun toʻlanadigan ijara toʻlovining eng kam miqdordagi stavkalariga qoʻllaniladigan hududiy zonalar koeffitsiyentlari 2-ilovaga muvofiq;
davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun toʻlanadigan ijara toʻlovining eng kam miqdordagi stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar va ijara toʻlovlarini hisoblash tartibi 3-ilovaga muvofiq;
viloyatdagi uzoq qishloqlar va togʻli tumanlar roʻyxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Davlat mulki boʻlgan obyektlarda ijarada joylashgan budjet tashkilotlari uchun ijara toʻlovining nol stavkasi qoʻllanishi belgilab qoʻyilsin.
4. Termiz shahar va tumanlar hokimlariga:
davlat mulki boʻlgan boʻsh turgan va faoliyat koʻrsatmayotgan bino-inshootlarni aniqlash, roʻyxatini yuritish va ular haqida har chorak yakunida viloyat xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy boshqarmasiga maʼlumot berish;
davlat mulki boʻlgan boʻsh turgan va faoliyat koʻrsatmayotgan bino-inshootlarni tasdiqlangan ijara toʻlovining eng kam miqdordagi stavkalari boʻyicha viloyat xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy boshqarmasi (B. Roʻziyev) bilan hamkorlikda ijaraga berilishini taʼminlash yuklatilsin.
5. Viloyat Moliya boshqarmasi (B. Xudoyberganov), viloyat Davlat soliq boshqarmasi (Sh. Raximov), viloyat Nazorat taftish boshqarmasi (B. Xusanov) va viloyat Gʻaznachilik boshqarmasi (Oʻ. Choriyev) ushbu qarorga muvofiq davlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan ijaraga berilgan davlat mulklari ijara shartnomalarining qonuniy tartibda tuzilganligini va ijara haqlarining toʻliq toʻlanganligini vakolatlari doiralarida nazoratga olsinlar.
6. Viloyatdagi barcha davlat korxonalari hamda tashkilotlar har chorak yakunida tizimlaridagi tashkilot va muassasalar boʻyicha foydalanilmayotgan davlat mulki boʻlgan, boʻsh turgan bino (xonalar) va inshootlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni viloyat “Davlat mulkini ijaraga berish Markazi” DUKga taqdim etsin.
7. Viloyat hokimining 2014-yil 26-dekabrdagi 250-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosarlari A. Abdukadirov va Z. Davlatov zimmasiga yuklansin.
9. Ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
Hokim T. MAMARAIMOV
Termiz sh.,
2015-yil 31-dekabr,
328-son
Viloyat hokimining 2015-yil 31-dekabrdagi 328-son qaroriga 1-ILOVA
2016-yil davomida davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun toʻlanadigan ijara toʻlovining eng kam miqdordagi stavkalari (umumiy foydalanish maydonining 1 kv.m uchun)
T/r Tarmoq kodi Ijaraga beriladigan maydonning amalga oshiriladigan faoliyat turlari Yillik eng kam stavka(soʻm) Sanoat 1. 11200 Yoqilgʻi sanoati 3 500 2. 13 100 Kimyo sanoati 3 500 3. 13 300 Neftkimyo sanoati 3 500 4. 14 100 Mashinasozlik 3 500 5. 14 200 Dastgohsozlik va asbobsozlik sanoati 3 500 6. 14300 Hisoblash vositalari sanoati 3 500 7. 14400 Traktor va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi 2 800 8. 14500 Qurilish, yoʻl va kommunal mashinasozlik 2 800 9. 14600 Yengil va oziq-ovqat sanoati mashinasozligi hamda maishiy priborlar ishlab chiqarish 2 800 10. 14710 Sanitar-texnik, gaz uskunalari hamda buyumlari ishlab chiqarish 3 500 11. 14 800 Metall konstruksiyalari va buyumlarini ishlab chiqarish 3 500 12. 14 900 Mashina va uskunalarini taʼmirlash 3 500 13. 14 780 Mashinasozlikning boshqa tarmoqlari 3 500 Oʻrmon xoʻjaligi, yogʻochni qayta ishlash va sellyuloza-qogʻoz sanoati 14. 15 100 Oʻrmon xoʻjaligi sanoati 3 500 15. 15 200 Yogʻochni qayta ishlash sanoati 3 500 16. 15 300 Sellyuloza-qogʻoz sanoati 3 500 17. 16 100 Qurilish materiallari sanoati 3 500 Yengil sanoat 18. 17100 Toʻqimachilik sanoati 3 500 19. 17200 Tikuvchilik sanoati* 3 500 20. 17300 Charm, moʻyna va poyabzal sanoati 3 500 21. 17900 Yengil sanoatning boshqa sohalari 3 500 Oziq- ovqat sanoati 22. 18100 Shirin oziq-ovqat sanoati (baliq.goʻsht,yogʻ-pishloq va sut sanoatidan tashqari) 3 500 23. 18200 Goʻsht va sut sanoati 3 500 24. 18 300 Baliqchilik sanoati 3 500 25. 19210 Un yorma ishlab chiqarish sanoati 3 500 26. 19 220 Kombikorm ishlab chiqarish sanoati 2 800 27. 19 700 Oziq-ovqatning boshqa tarmoqlari 3 500 Sanoatning boshqa sohalari 28. 19 300 Meditsina sanoati 3 500 29. 19 400 Nashriyot sanoati 9 900 30. 19 740 Kiyim-kechak va gazlamadan tayyorlangan boshqa buyumlarni kimyoviy tozalash, boʻyash yuvish va ularga ishlov berish* 4 200 31. 19 900 Sanoatning xoʻjalik ishlari boshqaruvi 9 900 Qishloq xoʻjaligi 32. 21 100 Oʻsimlikshunoslik (shu jumladan issiqxonalar) 1 ga 1411 200 33. 21 200 Chorvachilik 1 700 34. 21 300 Baliq yetishtirish (sh.j. pitomniklar)ga 1411 200 35. 22200 Veterinariya xizmati 3 500 36. 22 300 Qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi boshqa tashkilotlar 3 500 37. 30 000 Oʻrmon xoʻjaligi (sh.j. bogʻlar)ga 1411 200 Transport va aloqa 38. 51111 Umumiy foydalanishdagi yer usti temir yoʻl transporti 3 500 39. 51 121 Transport infrastrukturasi (avtopark va taksopark, avtomobillar toʻxtash joyi, garaj va avtomobillarni yuvish) 3 500 40. 51 121 Transport infrastrukturasi (jarima maydonchalari) 900 41. 51 220 Aholi buyurtmasi boʻyicha yuk tashish va boshqa transport -ekspeditsiya xizmatlari koʻrsatish 6 400 42. 52100 Pochta aloqasi 3 500 43. 52200 Kuryerlik xizmati 7 000 44. 52 300 Elektro-provod aloqasi 7 000 45. 52 300 Elektr-radio-uyali aloqa va peydjer aloqasi (antenna-qurilmalarini mahkamlash uchun oʻrnatiladigan moslama-tortqich qoziqlarning umumiy perimetri boʻyicha hisoblanadi, shu jumladan inshootlar va texnologik hududlar) 29 600 Qurilish 46. 60 000 Qurilish 3 500 47. 66 000 Loyiha, loyiha-qidiruv tashkilotlari 3 500 Savdo va umumiy ovqatlanish 48. 71100 Ulgurji savdo 9 900 49. 71 130 Tovar(xizmat)larni partiyalar holida sotish faoliyati bilan shugʻullanuvchi ulgurji bozorlar 25 400 50. 71200 Chakana savdo 9 900 51. 71300 Umumiy ovqatlanish* 9 900 52. 71 200 Kitob doʻkonlari* 1400 53. 71 400 Madaniy-maishiy xizmati jihozlari va xoʻjalik yurituvidagi buyumlarini prokatga berish 9 860 54. 71 500 Xalq isteʼmol mollari olib-sotishda vositachilik xizmati koʻrsatish 15 500 55. 80 000 Moddiy texnika taʼminoti va sotish 9 900 56. 82 000 Axborot- hisoblash xizmatlari koʻrsatish 9 900 57. 82100 Internet va kompyuter tarmogʻi boʻyicha xizmat koʻrsatish 9 900 58. 83000 Koʻchmas mol-mulk operatsiyasi xizmati koʻrsatish 9 900 59. 84 300 Reklama, vakolatxona xizmati 9 900 60. 84400 Auditorlik faoliyati 9 900 61. 84500 Marketing tadqiqotlari, tijorat faoliyati, moliya va boshqaruv masalalari boʻyicha maslahat xizmati 9 900 62. 85 000 Yer osti razvedkasi va geologiyasi, geodeziya, gidrometeorologiya xizmatlari 17 600 63. 87100 Tahririyat va nashriyot 5 600 64. 87 300 Metallolom va chiqindilarni yigʻish boʻyicha tayyorlov tashkilotlari 5 600 68. 90 100 Turar joy kommunal xoʻjaligi (UJMSh obyektlari) 5 600 66. 90 220 Mehmonxona xoʻjaligi 11 300 67. 90 300 Aholiga maishiy xizmat koʻrsatishning noishlab chiqarish turlari 5 600 68. 90 300 Sartaroshxona, fotosalon, modalar uyi, poyabzal taʼmirlash 8 500 69. 90300 Lombardlar 12 700 70. 90 300 Hammom 17 000 71. Sauna va basseynlar 33 900 Sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va ijtimoiy taʼminot 72. 91 510 Sogʻliqni saqlash 7 000 73. 91 600 Dam olish va sayyohlik* 7 000 74. 91 611 Madaniy dam olish markazlari (billyard, oʻyin avtomatlari, diskoteka va boshqalar) 11 300 75. 91 700 Jismoniy tarbiya va sport* 3 500 76. 71 212 Dorixona muassasalari**, optika va tibbiyot anjomlarini sotish magazinlari 5 600 Taʼlim 77. 92100 Oliy va oʻrta maxsus maʼlumotli kadrlarni tayyorlash (shuningdek oʻquv kurslari)* 5 600 78. 92200 Ishchilarni va boshqa xodimlarni tayyorlash va malakasini oshirish* 4 900 79. 92310 Bolalar umumtaʼlim maktablari (nodavlat taʼlim muassasalari uchun)* 2 800 80. Oʻquv taʼlim muassasalarida umumiy ovqatlanishni tashkil etish* 3 500 81. 92400 Maktabgacha tarbiya (nodavlat umumtaʼlim muassasalari uchun) 2 800 82. 93 000 Madaniyat va sanʼat* 9 900 83. 93132 Koʻrgazma 8 500 84. 93145 Maktabdan tashqari tarbiya* 2 800 85. 93160 Madaniyat va istirohat bogʻlari* 7 000 86. 93170 Botanika bogʻlari va zooparklar* 7 000 87. 93180 Televideniya va radio aloqalari redaksiyalari 7 000 88. 93620 Kinostudiya va ovoz yozish studiyalari 11 300 89. 95000 Fan va ilmiy xizmat koʻrsatish 4 200 Moliya-kredit faoliyatlari 90. 96000 Moliya, kredit (sugʻurta va auditorlik faoliyatlaridan tashqari) va nafaqa (pensiya) taʼminoti 9 900 91. 96100 Bank faoliyati 9 900 Boshqa faoliyat turlari 92. 96200 Sugʻurta 9 900 93. 97800 Sud va yuridik xizmatlar 8 500 94. 84400 Hayʼat va advokatlar huquqiy maslahat xizmatlari 8 500 95. 98000 Jamoat birlashmalari 2 800 96. 80200 Omborxonalar 9 900 97. Davlat korxonalari uchun mulkdan ofis maqsadida foydalanish 4 200 98. Xususiy korxonalari uchun mulkdan ofis maqsadida foydalanish 15 500 99. Avtomobillarga yoqilgʻi qoʻyish shohobchalari 11 300 100. Yengil avtotransport va boshqa turdagi transport vositalarini taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish (sh.j. vulkanizatsiya) 11 300 101. Laboratoriyalar 7 000 102. Xizmat koʻrsatishning har xil turlari uchun toʻlovlarni amalga oshirish (paynet) 28 300 103. Madaniy meros obyektlaridagi bino va inshootlarda savdo tashkil qilish 15 500 104. Madaniy meros obyektlaridagi bino va inshootlarda umumiy ovqatlanishni tashkil qilish* 13 500 105. Aviakassalar (sh.j. temir yoʻl, transport va boshqalar) 15 500 106. Bankomatlar 141 300 107. Non-bulochka mahsulotlari tayyorlash 9 900
* Viloyatdagi uzoq qishloq va togʻli tumanlarda davlat mulkini ijaraga berishda 2016-yil uchun ijara toʻlovining eng kam miqdordagi stavkalari 25 foizga kamaytirilgan holda qoʻllaniladi.
** Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 30-iyundagi № 07/10-41-sonli yigʻilish bayonnomasining 11-bandiga asosan qishloq joylardagi QVP qoshida tashkil etilgan barcha mulkchilik shaklidagi dorixona muassasalariga ijara toʻlovining nol stavkasi qoʻllaniladi.
*** Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 22-noyabrdagi № 02/1-74-sonli topshirigʻiga asosan Koʻchmas davlat mulkidan foydalanganlik uchun toʻlanadigan ijara toʻlovining Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining savdo boshqarmalari tarkibida boʻlgan yopiq harbiy shaharlarda va uzoq boʻlgan garnizonlardagi boʻlinmalariga nisbatan nol stavkada qoʻllaniladi.
**** Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 24-iyuldagi № 02/107-1670-son topshirigʻiga asosan 2014-yil 1-avgustdan boshlab “Tadbirkorlar va ishbilarmonlar xarakati” Oʻzbekiston Liberal-Demokratik Partiyasi Kengashlari uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo, Navoiy, Fargʻona, Toshkent viloyati va Toshkent shahri (shu jumladan Mirobod tumani) boʻyicha hamda “XXI-asr” gazeta redaksiyasi uchun Partiya balansidagi davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun toʻlanadigan ijara toʻlovining nol stavkasi qoʻllaniladi.
Viloyat hokimining 2015-yil 31-dekabrdagi 328-son qaroriga 2-ILOVA
Davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun toʻlanadigan ijara toʻlovining eng kam miqdordagi stavkalariga qoʻllaniladigan hududiy zonalar koeffitsiyentlari (Kz)
T/r Shahar va tumanlar nomi Zonalar Hududiy zonalar koeffitsiyenti 1. Termiz shahar shahar hududi boʻyicha 2,6 2. Denov tumani tuman markazi 2,6 boshqa hududlari 2,3 3. Jarqoʻrgʻon tumani tuman markazi 2,3 boshqa hududlari 2,0 4. Qumqoʻrgʻon tumani tuman markazi 2,3 boshqa hududlari 2,0 5. Angor tumani tuman markazi 2,3 boshqa hududlari 2,0 6. Sariosiyo tumani tuman markazi 2,3 boshqa hududlari 2,0 7. Uzun tumani tuman markazi 2,3 boshqa hududlari 2,0 8. Sherabod tumani tuman markazi 2,3 boshqa hududlari 2,0 9. Termiz tumani tuman markazi 2,3 boshqa hududlari 2,0 10. Boysun tumani tuman markazi 2,3 boshqa hududlari 2,0 11. Shoʻrchi tumani tuman markazi 2,3 boshqa hududlari 2,0 12. Oltinsoy tumani tuman markazi 2,1 boshqa hududlari 1,8 13. Muzrabod tumani tuman markazi 2,3 boshqa hududlari 2,0 14. Qiziriq tumani tuman markazi 2,1 boshqa hududlari 1,8
Viloyat hokimining 2015-yil 31-dekabrdagi 328-son qaroriga 3-ILOVA
Davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun toʻlanadigan ijara toʻlovining eng kam miqdordagi stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar va ijara toʻlovlarini hisoblash tartibi
A. Bino-inshootlarga ijara toʻlovini hisoblash tartibi:
Bino va inshoatlarning holati va qurilish turiga qarab qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar:
1. Bino va inshootning qurilishiga koʻra (Kk)
1.1. Qurilish turi boʻyicha koeffitsiyent Kq
alohida turgan bino — 1,6
binoning ichidagi birinchi qavatdagi xonalar — 1,4
binoga taqab qurilgan — 1,3
binoning ikkinchi va undan yuqori qavatlaridagi xonalar — 1,0
binoning ustki qismi, cherdak — 0,9
yarim yertoʻla, yertoʻla — 0,6
1.2. Tutashib ketgan hududdan foydalanish koeffitsiyenti Kh
yer maydoni mavjud boʻlganda — 0,7
1.3. Tijorat maqsadlarida foydalanishda qulaylik koeffitsiyenti Ko
bozorlar atrofi, avtovokzal, temir yoʻl vokzali — 1,2
asosiy avtotransport yoʻllari boʻylab joylashishi — 1,0
ikkinchi darajali avtotransport yoʻllariga chiqishda joylashish — 0,8
Bino va inshootning holati va qurilish turiga qarab qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar qoʻshiladi.
Ijara toʻlovini hisoblashda ijara haqining tayanch stavkasi quyidagicha aniqlanadi:
Ts=EsxKzx(Kq+Kh+Ko)
Bunda:
Ts - bir yilga bir kv. metr uchun ijara toʻlovining tayanch stavkasi;
Es – 1-ilovaga muvofiq faoliyat turiga koʻra bir yilga bir kv. metr uchun ijara toʻlovining eng kam stavkasi.
Kz — hududiy zonalar koeffitsiyenti
Kq — qurilish turi boʻyicha koeffitsiyenti
Kh — tutashib ketgan hududdan foydalanish koeffitsiyenti
Ko — tijorat maqsadlarida foydalanishda qulaylik koeffitsiyenti
B. Asosiy vositalarga ijara toʻlovlarini hisoblash tartibi
Ijara toʻlovini hisoblash quyidagicha tartibda amalga oshiriladi:
Kb x Sk x Ok
Asosiy vositalarga nisbatan qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar:
1. Qayta baholangandan keyingi qiymati (Kb)
2. Soha koeffitsiyenti (Sk) — 0,30
3. Oshirish koeffitsiyenti (Ok):
asosiy vositaning holati yaxshi boʻlsa — 2,5 oshirish koeffitsiyenti
oʻrtacha boʻlsa — 1,4 oshirish koeffitsiyentlari qoʻllaniladi.
shu jumladan savdo toʻlov terminallari uchun;
xolati yaxshi boʻlsa — 1,9 oshirish koeffitsiyenti
oʻrtacha boʻlsa — 1,5 oshirish koeffitsiyentlari qoʻllaniladi.
V. Avtotransport vositalarga ijara toʻlovlarini hisoblash tartibi
Ijara toʻlovini hisoblash quyidagicha tartibda amalga oshiriladi:
Kb x Sk x Ok
Avtotransport vositalariga nisbatan qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar:
1. Qayta baholangandan keyingi qiymati (Kb)
2. Soha koeffitsiyenti (Sk) — 0,30
3. Oshirish koeffitsiyenti (Ok):
avtotransport vositasining holati yaxshi boʻlsa — 2,5 oshirish koeffitsiyenti
oʻrtacha boʻlsa — 1,3 oshirish koeffitsiyentlari qoʻllaniladi.
Qoʻshimcha izoh:
Ijaraga olingan davlat mulklaridan foydalanish hamda ijara toʻlovi summalarini belgilash tartibi, bajariladigan qoʻshimcha harajatlar, kommunal toʻlovlarini va yer soliqlarini toʻlash, ijaraga olingan davlat mulklarini kapital taʼmirlash, qoʻshimchalar qilish ishlari uchun sarflangan harajatlarni toʻlash tartiblari toʻgʻrisida.
a) Bino-inshoot hamda asosiy vositalar va avtotransport vositalarini kapital taʼmirlash, qoʻshimchalar kiritish ishlarini bajarish uchun sarflangan mablagʻlar toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlar “Balans saqlovchi”ga taqdim etilganda va tomonlarni roziligi bilan, ushbu sarflangan mablagʻlar summasi ijara shartnomasi boʻyicha “Balans saqlovchi”ga toʻlanishi lozim boʻlgan ijara toʻlovi summasidan chegirib qolinishi mumkin. Ijara vaqtida olingan mahsulot va foyda “Ijaraga oluvchi”ning mulki hisoblanadi.
b) Belgilangan ijara toʻlovi summasiga yer soligʻi, kommunal harajatlar (va boshqa turdagi xizmatlar) kiritilmagan boʻlib, ushbu xarajatlar boʻyicha “Ijaraga oluvchi” va “Balans saqlovchi” (mulk egasi) oʻrtasida asosiy ijara shartnomasiga qoʻshimcha alohida shartnoma tuziladi va ushbu shartnoma boʻyicha “Ijaraga oluvchi” mazkur harajatlarni toʻlash majburiyatini oladi.
v) Oliy oʻquv yurtlari, kollejlar, akademik litseylar, oʻrta taʼlim maktablarning ichkarisida joylashgan talaba va oʻquvchilarga xizmat koʻrsatuvchi oshxona, bufet va boshqa savdo, maishiy xizmat koʻrsatish shohobchalarini ijaraga olgan ijarachilar yozgi taʼtil davrida (yilning iyun, iyul va avgust oylari) ijara toʻlovi toʻlashdan ozod qilinadi.
Oʻqitishga ixtisoslashgan Nodavlat xarbiy maktablar, avtomobil maktablari uchun ushbu nodavlat maktab talaba va oʻquvchilarga xizmat koʻrsatuvchi oʻquv xonalari, oshxona, bufet va boshqa savdo, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalariga ijara toʻlovi oʻquvchilarning yozga taʼtil davrida (yilning iyun, iyul va avgust oylari) xisoblanmaydi.
g) “Ijaraga oluvchi” ijara shartnomasida koʻrsatilgan davlat mulkidan foydalanganligi uchun ijara toʻlovini toʻlash muddati quyidagicha amalga oshiriladi:
ijara shartnomasida ijara toʻlovini har oyda toʻlab borish belgilanganda, ijara toʻlovi ijara shartnomasi qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab har oyning 10-kunidan kechiktirmasdan “Ijaraga beruvchi”ning tranzit hisob-raqamiga yuz foiz oldindan toʻlash shaklida amalga oshiriladi.
ijara shartnomasida ijara toʻlovini har chorakda toʻlab borish belgilanganda, ijara toʻlovi ijara shartnomasi qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab har chorakning birinchi oyining 20-kunidan kechiktirmasdan “Ijaraga beruvchi”ning tranzit hisobraqamiga yuz foiz oldindan toʻlash shaklida amalga oshiriladi.
Viloyat hokimining 2015-yil 31-dekabrdagi 328-son qaroriga 4-ILOVA
Viloyatdagi uzoq qishloq va togʻli tumanlar
rOʻyxati
T/r Tumanlar nomi Uzoqlashgan qishloq va togʻ hududlari 1. Oltinsoy Vahshivor, Xujaipok, Chep va Dugʻoba aholi punktlari 2. Qumqoʻrgʻon Tebet va Tarvuzpoya aholi punktlari 3. Denov S�na, Chagʻam, Ushor, Koʻkabuloq va Kiyovsuv aholi punktlari 4. Uzun Bobotogʻ va Xondjiza aholi punktlari 5. Sariosiyo Nelu, Kenguzar, Xufar, Pistamazor, Chashma, Shoʻrob, Toqchayon va Sangardak aholi punktlari 6. Boysun Inkabod, Darband, Dashtigʻoz, Tuda, Sayrob, Munchoq, Qoʻrgʻoncha, Machay, Sangchil, Alochopon, Dehibola, Chilonzor va Qizilnavr aholi punktlari
